Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali “Gidromelioratsiya” fakulteti 5450700- “Suv ta’minoti



Yüklə 16,97 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü16,97 Kb.
#82163

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali “Gidromelioratsiya” fakulteti 5450700- “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo’nalishi talabasi Jumayev Islom Sunnatillo o’g’lini “Yil talabasi-2021” Respublika tanloviga nomzodlik uchun

T A Q D I M N O M A

Jumayev Islom Sunnatillo o’g’li 2020-yil 10-oktabrdan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali “Gidromelioratsiya” fakulteti 5450700- “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo’nalishida ta’lim olib kelmoqda. Jumayev Islom Sunnatillo o’g’li o’qishning dastlabki kunlaridan o’zining namunali xulqi, odobi, tirishqoqligi, tashabbuskorligi hamda mas’uliyatliligini namoyon etib kelmoqda. Shu bilan o’zining bilimi, intizomi va jamoat ishlarida faolligi bilan boshqa talabalarga, tengdoshlariga har tomonlama o’rnak bo’la oladigan talabadir. Jumayev Islom Sunnatillo o’g’li 2020-yilning 10-noyabridan O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali STMT guruh yoshlar yetakchisi vazifasi faoliyati davomida faolligi va teran fikrlashi bilan talaba yoshlarga o’rnak bo’lib kelmoqda. Jumayev Islom Sunnatillo o’g’li jamoat ishlarida faolligi bilan bir qatorda bir qancha taniqli forumlarda, konferensiya va treninglarda faol delegat sifatida qatnashib kelmoqda. Shular jumlasidan 2021-yilda bo’lib o’tgan “Super brain 8” online training course, “Bzone consulting center” MCHJ, “Strategy forum”, “Young politicians”, “Future juventud”, “Asyc familiy volunteer”, “Bir zamin-bir maqsad”, “Upward growth forum”, “Development”, “ The future youth”, “Rise”, “Yuksalish”, “International forum solidarity for Afganistan and Uzbekistan youth”, “Yoshlar kelajak poydevori” kabi bir qancha forumlar hamda seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Bundan tashqari Jumayev Islomning bir qator maqolalari taniqli ilmiy-ommabop jurnallarda chop etilgan.

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi TIQXMMI Buxoro filiali yoshlar Kengashi iqtidorli va faol talaba Jumayev Islom Sunnatillo o’g’lining ijtimoiy faolligini inobatga olib “Yil talabasi-2021” Respublika tanlovining “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasiga nomzodlik uchun tavsiya etadi.

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi

TIQXMMI Buxoro filiali



boshlang’ich tashkiloti yetakchisi U.Ravshanov
Yüklə 16,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə