Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Yüklə 62,83 Kb.
tarix11.06.2018
ölçüsü62,83 Kb.
#48157

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



70 Mavzu: Biriktiruvchi to’qima kasalliklarida bemorlarni tekshirish. Kollagenozlar haqida tushuncha.

Allergik kasalliklar haqida tushuncha.

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

70 Mavzu: Biriktiruvchi to’qima kasalliklarida bemorlarni tekshirish. Kollagenozlar haqida tushuncha.



Allergik kasalliklar haqida tushuncha.

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, revmatologiya bo’limi palatalari va allergologiya bo’limi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

  1. Biriktiruvchi tuqimaning sistemali kasalliklarida bemorlarni tekshirish xaqqida tushuncha berish. Talabalarni shu sistemadagi kasallik bilan kasallangan bemorlar bilan to’g’ri muloqotda bo’lish va diagnostika bilan tanishtirishga qaratilgan. Talabalarni biriktiruvchi tuqimasining sistemali jarayonlarida bemorlarni tekshirish usullari bilan tanishtirish. Shu sistemadagi kasallangan bemorlar bilan muloqotda bulish va diagnostika xaqida tushuncha berish va urgatish. Shu sistemadagi bemorlarni tekshirish usullarining xozirgi zamon tartibi to’g’risida tushuncha berish. Allergik kasalliklar haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak.

4. Motivasiya.

  1. Biriktiruvchi to’qimaning sistemali jarayonlarida bemorlarni tekshirishni o’rgatish va allergik kasalliklar haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak.

5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

    1. Biriktiruvchi to’qima va bo’g’im kasalliklari keng tarqalgan va xilma - xil xususiyatga ega bo’lib, ularga biriktiruvchi to’qimasining shikastlanishi sabab buladi. shuni nazarda tutish kerakki, suyak bo’g’im, muskul biriktiruvchi to’qima sistemasining shikastlanishidagi klinik belgilar birlamchi kasallik xisobiga rivojlansa, boshqa xollarda esa ular ikilamchi, ya'ni boshka kasalliklar xisobiga kelib chiqadi. Umumiy biriktiruvchi to’qimasining diffuz kasalliklarini kuydagi to’rtta katta gurux kasalliklari: shol (revmatoid artrit), qizil bo’richa, sklerodermiya, dermatomiozit tashkil qiladi.

Patogenezi jixatidan revmatizm kasalligi xam shu kasalliklarga yaqin turadi.

Organizmdagi immun va autoimmun o’zgarishlar (buzilishlar) bu kasalliklar rivojlanishida asosiy urin tutadi.

Umumiy tekshirish usullari:

Surab - surishtirish.

Bemorlarni shikoyatlari: bemorlar vrachga turlicha shikoyat qiladilar. Ko’pincha ular bo’g’imlardagi, umurtqalar yoki muskullardagi og’rikdan, ertalab urindan turayotganda xarakat karaxtligidan, muskullar xolsizligidan,ba'zan xarorat kutarilishidan shikoyat kiladilar. Kasallik rivojlanib borgan bo’g’imlar oraligidagi tirkish yukolib, bo’g’imlar kiyshayadi (ankiloz) va ularni xarakati keskin chegaralanadi. Revmatizm va kiyshaytiruvchi artrozlarga xos belgilardan biri katta bo’g’imlarning nosimmetrik shikastlanishi xisoblanadi. Bod (revmatizm) - poliartritga xos belgilardan biri katta bo’g’imlardagi ogrikning bir bo’g’imdan ikkinchi bo’g’imga kuchib yurishi va xuruj yukolgandan sung bo’g’imlarda xech kanday asorat kolmasligi xisoblanadi.

Spondiloartrozda (Bexterev kasalligida) ogrik asosan umurtqa pog’onasida va quymich bo’g’imi oraligida paydo bo’ladi. u kupincha bir xil vaziyatda yotganda tunda paydo buladi. panjalardagi, ayniksa oyok panjasining katta barmog’ida paydo buluvchi keskin og’rik xuruji purin almashinuvi buzilganda - podagra kasalligida namoyon buladi. Shunday kilib, bemor bo’g’imdagi ogrikdan va xarakat buzilishidan shikoyat kilganda sinchkovlik bilan ogrik xususiyatini (jadalligi, joylashishi, davomiyligi va xokazo) aniklash kerak. Muskullardagi ogriklar xam xar xil bulishi mumkin. Bitta yoki bir gurux muskullarda ogrik paydo bulishi va ular xar xil davomiylikda va jadallikda bulishi mumkin. Muskul ogriklari sovuk oldirgandan sung, boldir muskullarida esa kupincha arteriyalar yopilib kolganda, tomirlar aterosklerozida rivojlanadi.

Almashinuvchi oqsoqlikda xarakatdan tuxtaganda og’rik xam yukoladi.

Ba'zan muskul ogriklari ayrim infeksiyalar (tirixinellez, sistiserkoz), miozitlar (muskullar yaliglanganda) natijasida, sovuk, issik, vibrasiya natijasida paydo bulishi mumkin. Bu vaktda ogrikning joylashishi, jadalligi, xusisiyati, davomiyligini aniklash muxim. Muskul bushashishi fakat uzok vakt xarakatsiz yotgan bemorlarda bulmay, balki ayrim asab kasalliklarida xam namoyon buladi

(miotoniya, miosteniya, rivojlanib boruvchi muskul distrofiyasi va xokazo). Ba'zan muskul xarakatining susayishi (parez) yoki musukullarning butunlay xarakatlana olmasligi (falajlik) muskul boshkarilishi buzilganda namoyon buladi. bu xolatlarni tekshirish asab kasalliklari kafedrasida urgatiladi. Ayrim xollarda bemorlar kul panjalarining sovkotib okarib ketishidan shikoyat kiladilar. Bu ruxiy xayajon ta'sirida kelib chikadi va unga ogrik, terining xarakatini sezish xususiyati pasayishi

kuyiladi. Xurujdan sung sezuvchanlik ortib (gipersteziya) ketadi. Bu xuruj Reyno sindromiga xos bulib, sklerodermiya kasalligining birinchi belgisi bulishi mumkin.

Kasallikning rivojlanish tarixi.

Suyak - bo’g’im kasalliklari kupincha asta - sekin, belgilarsiz rivojlanib boradi. Kasallikning utkir,shiddatli boshlanishi revmatizm, shol kasalligining ayrim turlarida, infeksion artritlarda kuzatiladi. Muskullarning utkir shikastlanishi miozitlarda, utkir falajlarda kuzatiladi. Shuning uchun kasallikning boshlanishi va uning kechishini aniklash zarur.Kuzdan kechirish: ayrim vaktlarda bir karashda fakat kasalning umumiy xolatini emas, balki kasallning tashxisini xam aniklash mumkin. Masalan, qizil bo’richa yonok ravoklariga va burun usti kismlariga kapalaksimon eritematoz (qizil) toshmalar toshgan bulishi mumkin yoki shol kasalligidamayda bo’g’imlar kiyshayib (ankiloz) uning ustidagi muskullar kichrayib kolgan (atrofiya) bulishi mumkin. Kuzdan kechirgan vaktda bemorning turishiga, yurishiga axamiyat berish kerak. Kukrak kafasi kifozida (oldinga burtib chikish) va bel soxasining silliklangan lardozida umurtqa xarakati chegaralanishi tufayli bemor oldinga egilib yuradi. Bu vaziyat kiyshaytiruvchi spondiloartrit

(Bexterov kasalligi) tashxisini kuyishga asos buladi. Umurtqa bo’g’imlarining shikastlanishi, muskullarning utkir yaliglanishi (miozitlar) bemor xarakatlarining chegaralanishiga, ogrik tufayli butunlay xarakat kilolmaslikka olib keladi. Oyok va kul panjalari mayda bo’g’imlarning keskin kiyshayishi shol kasalligiga xos alomat xisoblanadi. Yosh ayollarda barmoklar oxirgi bo’g’imlarining kiyshayib kichrayishi, ular ustidagi terining sklerozga uchrashi, ogir xollarda esa nekroz vujudga kelish sistemali sklerodermiya tashxisi kuyishga asos buladi. Ba'zan muskullarda (kupincha yiguvchi) kontraktura rivojlanishini kurish mumkin.

Kuzdan kechirganda bemorning yurishiga e'tibor berish kerak. U tashxis kuyish uchun kimmatli ma'lumot berishi mumkin. Falajlikdagi yurish - gemiplegiyada yoki paretik yurishda bemor xuddi oyogi polga yopishib kolayotgandek sekin xarakat kiladi.

Paypaslash:

Paypaslash orkali terining kurib kolganligini, uning atrofiyasini xamda muskullarning kattiklashganligini (sistemali sklerodermiyada va dermatomiozitda) aniklashimiz mumkin. Reyno sindromida panjalar, ayniksa uning oxirigi bo’g’imlari xarorati sog odamlarnikiga nisbatan sovukrok bulishini aniklash mumkin.Bo’g’imlarni paypaslash ularni yuzasi va atrofi kizarganligini xamda kiyshayganligini aniklashgaimkon beradi. Ularning ogrikliligi va kiyshayishi aniklanadi. Bundan tashkari, jarayonning atrofidagi to’qimalarga utgan - utmaganligini xam aniklashimiz mumkin. Limfa tugunlarining kattalashishi qizil bo’richa, sklerodermiyada, dermatomiozitda kuzatiladi. Paypaslash yuli bilan

bo’g’imlarning sust xarakatini aniklash mumkin. Shol kasalligida paypaslaganda ogrikdan tashkari, teri ostida shol tugunlari kulga unnaydi, ular suyaklar buylab joylashgan, xarakatchan va kattaligi 0,5 sm dan 2 sm gacha bulishi mumkin.

Laboratoriya va asbob- uskunalar yordamida tekshirish usullari.

Biriktiruvchi to’qima va bo’g’im kasalliklari kon zardobidagi uglevod va oksil komponentlaridan xosil bulgan glikoproteidlar (glikoprotein) mikdoriy va sifat uzgarishlariga olib keladi.

Glikoproteidlarga ayrim fermentlar, gormonlar xamda immunoglobulinlar kiradi.

Glikoproteidlar kimyoviy va elektroforez usulida aniklanadi. Soglom odamlarda

glikoproteidlarning oksil fraksiyalari kuyidagi (%) mikdorda buladi:

albumin - 10,4-16,6%;

α1 -globulin - 14,2-18,3%;

α2 -globulin - 24,8-32,8%;

β -globulin - 21,7-25%;

γ - globulin - 16,0-19,2%.

Globulin fraksiyalarining kon zardobida ortishi patologik jarayon faollashganidan dalolat beradi.

Qizil bo’richada qonda, ilik punktatida, ekssudatlarda volchanka omili (LE - fenomeni, qizil volchanka xujayrasi) topiladi. LE - xujayra neytrofil leykosit (fagosit) bulib, uning sitoplazmasida bitta yoki bir nechta qizil binafsha rang tuzilma kurinadi (mikroskop ostida). LE - xujayra 40-95% bemorlarda topiladi. Bundan tashkari, qonda g’, g’ - globulinlar mikdori ortadi.

Leykopeniya, trombositopeniya va siydik tarkibida oksillar, leykositlar, silindlar bulishi mumkin.

SOE ning 60-70 mm/soatgacha ortishi kuzatiladi. Kumbe va DFA sinamalari musbat buladi. terining uzgargan joyidan punktat olib tekshirish tashxis kuyishga yordam beradi.Keyingi vaktda xujayra yadrosiga, dezoksiribonukleotidga va DNK ga nisbatan antitelolarni aniklash katta tashxisiy axamiyatga ega ekanligi aniklandi. Bu tekshirish immunoflyuoressensiya uslubida utkaziladi. Biriktiruvchi to’qimaning boshka kasalliklarida g’, g’ - globulinlar mikdorining oshishi (sklerodermiyada) kuzatiladi. Dermatomiozitda kamkonlik, leykositoz, eozinofiliya, qonda aminotransferazalar faolligi oshishi, siydikda kreatinuriya bulishi kuzatiladi.Qonda lateks - test va Valler - Doze sinamalari bilan revmatoid omilning aniklanishi shol kasalligi uchun xos xisoblanadi. Biriktiruvchi to’qima kasalliklarida qonda immunologik kursatkichlarning siljishi antistreptogialuronidaza, antistreptokinaza, antistreptolizin antitelolarining juda

katta titrlarda ortishi, ayniksa infeksiya uchogi bulmaganda, juda katta axamiyatga ega. Bu gurux kasalliklarida to’qimalarni biopsiya kilib tekshirish muxim tashxisiy axamiyatga ega. Masalan, qizil bo’richada buyrakni biopsiya kilib gemotoksilin tanasini va "simli xalka" fenomenini aniklash bo’richa nefriti uchun xos xisoblanadi yoki shol kasalligida amiloidoz turdagi ikkilamchi uzgarish

buyrakni yoki tugri ichak shillik kavatini biopsiya kilib tekshirilganda aniklanadi. Bundan tashkari, teri va limfa tugunlarining biopsiyasi xam axamiyatga ega.

Rentgenologik tekshirish.

Rentgenologik tekshirish asosan suyak - bo’g’im patologiyasini aniklashda katta axamiyatga ega.

Rentgenografiya simmetrik joylashgan bo’g’imlardan 2 xil tasvirda bajariladi. Bunda biz suyaklarning kiyshayib kolishini, uning kattiklashishini, bo’g’imlardagi tirkishning kichrayishini yoki yukolishini, suyakni bo’g’imda joylashishi, uning chikishlarinin aniklaymiz. Ba'zi kasalliklarda suyaklarning murt bulib kolishini aniklashimiz mumkin.

Biriktiruvchi to’qima kasalliklarida ichki a'zolar xam shikastlanadi, yurak (endokardit, perikardit, yurak nuksonlari), upka (zotiljam), buyrak (nefritlar) va boshka a'zolar. Xulosa kilib aytganda, biriktiruvchi to’qima va bo’g’im kasalliklariga tashxis kuyish uchun bemorlarni sinchkovlik bilan xar tomonlama tekshirish kerak.

Allergoanamnez: irsiy moyillik qobiliyatini ro’yobga chiqarish, atrof muhit omillari bilan kasallik rivojlanishi o’rtasidagi bog’liqlikni ro’yobga chiqarish, (kasallikning paydo bo’lishi). Imkoni boricha allergenlar guruhini aniqlash kerak, jumladan shu allergenlar kasallik paydo bo’lishi qobiliyatiga ega bo’lganlarini, dorilarni qabul qilganda, qon zardobini, vaksinatsiya bemorga kiritilganda qanday йфигд qilinganligini aniqlash kerak.

Qo’shimcha tekshirish usullari:


  1. Eozinofiliya – umumiy qon analizi.

  2. Teri sinamalarini o’tkazish.

  3. Provakatsion sinamalarni qo’yish.

  4. Radiomunosorbet tekshirish.

  5. Radioallargosorbent tekshirish.

Krapivnitsa (Urti lavia).

Kasallik terida qichishuvshi toshmalar paydo bo’lishi bilan harakterlanib, u so’rg’ichsimon qavatda shish ko’rinishida bo’ladi. Ko’pincha ayollar kasallanadi. Allergenlardan tashqari krapivnitsa fizik faktorlar ta’siridan chaqirilishi mumkin. O’tkir qichima kuchli qichishishlar bilan harakterlanadi. Agar kasallik kechishi 5-6 haftadan oshsa, kasallik surunkali formaga o’tadi.



Kvinke shishi.

Derma va teri osti kletchatkaning shishi bo’lib, jumladan uni bosilgan paytda qichishmaydi, o’zidan chuqurcha qoldirmaydigan shishni – kvinke shishi deyiladi. Shishlar lablarda qovoqlarda, og’izning shilliq qavatida uchraydi. Agar shish hiqildoq soxasida paydo bo’lsa, u yo’tal, nafas olishning qiyinlashishi, yuzning tsianozi yoki hiqildoqning rangsiz shishi bilan harakterlanib, 1 sutkagacha dimlanib turishi mumkin.



Anfilaktik shok.

Allergik reaksiyalarning tezkor tipli ko’rinishida bo’lib, organizmga takroran allergenlarni kiritish natijasida paydo bo’ladi, oziq-ovqat allergiyasida kamdan-kam rivojlanadi.

Anfilaktik shok organizmga dori darmonlar va profilaktik preparatlar, sepsifik diagnostika usullarini qo’llanilganda va giposensibilizatsiyalarda, bo’g’imoyoqlilar chaqqanda rivojlanadi. Anfilaktik shok oziq ovqat allergiyasida kamdan kam rivojlanadi. Anfilaktik shok patogenezi asosida tezkor tipdagi reaktsiya yotadi. Anfilaktik shok o’rtacha og’irlikda kechganda boshlang’ich belgilari bo’lishi mumkin: issiqlik sezish, teri gipermiyasi , bosh og’rig’i.

Tez kechiktirib bo’lmaydigan yordam.

Dori preparatlarini kiritishni to’xtatish, hashoratlar chaqqanda zaxarli ignasini tezkorlik bilan olib tashlash, chakkan joyini va mahalliy dori yuborilgan joyi atrofiga adrenalin kiritish lozim. Bemorni yotqizib qo’yish lozim, uni issiq o’rab qo’yish, grelka va kislorod berish darkor. Vena ichiga 500 ml glyukoza 5%+strofantin 0,05%-1,0+ prednizolon 30-90 mg tomchilab yuborilishi lozim.



6.2.Analitik qism. Mashg’ulotning bu qismida situatsion masalalar, testlar ishlatiladi. Undan keyin talabalar o’qitish formalarini interpretatsiya qiladilar.

Testlar:

  1. Kasallik terida qichishuvshi toshmalar paydo bo’lishi bilan harakterlanib, u so’rg’ichsimon qavatda shish ko’rinishida bo’ladi. Ko’pincha ayollar kasallanadi?

  1. Krapivnitsa

  2. Kvinke shishi

  3. O’tkir qichishish.

  1. Allergik reaksiyalarning tezkor tipli ko’rinishida bo’lib, organizmga takroran allergenlarni kiritish natijasida paydo bo’ladi, oziq-ovqat allergiyasida kamdan-kam rivojlanadi?

  1. Krapivnitsa

  2. Kvinke shishi

  3. O’tkir qichishish.

  1. Allergoz kasalligi bor bemorlarni qo’shimcha tekshirish usullari?

  1. Eozinofiliya – umumiy qon analizi.

  2. Teri sinamalarini o’tkazish.

  3. Provakatsion sinamalarni qo’yish.

  4. Radiomunosorbet tekshirish.

  5. Radioallargosorbent tekshirish

  6. Barcha javoblar to’g’ri.

Masala:

Kasalxonaga rangpar, sovuq ter bosgan, og’izdan oz miqdorda ko’pik kelgan bemor tez yordamda olib kelindi. Tez yordam mashinasida qanday kechiktirib bo’lmaydigan yordam olib borilgan?



6.3 Amaliy qism.

Bu qismda talabalar amaliy ko’nikmalarni o’rganadilar. Biriktiruvchi to’qima kasalliklarida ko’zdan kechirishni bo’g’imlarni paypaslashni amaliy ko’rsatadilar. Amaliy mashg’ulot yakunida faqatgina og’zaki javob emas, balki amaliy va ma’ruzalar daftari borligi hisobga olinadi.



7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul: : “Aqliy hujum”

Usul sharti: assistent talabalarga bitta umumiy topshiriq beradi va har bir talaba bergan topshiriq savol bo’yicha o’z javobini aytadi, javob berayotgan talabaga hech qanday tanqidiy mulohaza fikrlar bildirilmaydi. Talabalardan hamma fikrlar olingach o’qituvchi javoblarga baho berib chiqadi.



8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Joriy nazoratni baxolash mezoni




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.

  1. Kvinke shishiga ifoda bering?

  2. Anafilaktik shok nima?

  3. Allergozlarda tekshirish usullarini sanab bering?

  4. Allergiya kasalliklarida organizmda bo’ladigan o’zgarishlar?

  5. Biriktiruvchi to’qima kasalliklariga qanday kasalliklar kiradi?

  6. Kasalliklarning asosiy belgilari.

  7. Asosiy tekshiruv usullariga nimalar kiradi?

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Propedevtika vnutrennix bolezney" V.X.Vasilenko, A.L. Grebenev, Moskva, 1989.

2. "Propedevtika vnutrennix bolezney" M.V. Muxin, V.A. Moiseev, Moskva, 2002.

3. "Propedevtika vnutrennix bolezney" V.T.Ivashkin, V.K. Sultanov, S-Peterburg, 2000.

4. "Propedevtika vnutrennix bolezney" A.A. Grebenev, Moskva, 2001.

5. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" E.Y.Kosimov va b., Toshkent, 1996.


Qo’shimcha:

1. "Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.

2. "Vnutrennie bolezni. Raspoznavanie.Semiotika. Diagnostika" A.L.Shishkin, S-Peterburg, 2000.

3. “Terapevtichiskiy spravochnik” M. Vudli, A. Vallan, 1995.





Yüklə 62,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə