Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Yüklə 59,27 Kb.
tarix14.06.2018
ölçüsü59,27 Kb.
#48361

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan


57 Mavzu: Buyrak kasalliklarini o’rgahish usullari, so’rab-


surishtirish, ko’zdan kechirish, paypaslash, tukillatish.

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

57 Mavzu: Buyrak kasalliklarini o’rgahish usullari, so’rab-


surishtirish, ko’zdan kechirish, paypaslash, tukillatish

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, nefrologiya bo’limi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

a) Talabalarni sidik ajratish tizimi kasalliklarida bemorlarni so’rab-surishtirishga, ko’zdan kechirishga, buyrakni paypasiashga,tukillatishga

(paupaslash simptomi) o’rgatish.



b) Talabalarni fikrlashda diqqatini ushbu patalogiyalarga qaratishni va man-

tiqiy hulosa chiqarishga o’rgatish.



Talaba bilashi kerak:

--bemorning asosiy shikoyatlarini, anamnezini

--ko’zdan kechirish , paypaslash, tukillatish malumotlarini.

--qo’shimcha tekshirish usullarini.



Talaba bajarishi kerak:

--bemordan to’g’ri shikoyat va anamnez yig’ishni.

-- bemorni fizikal tekshirish usulini. (ko’zdan kechirish, paypaslash, tukillatish).

--qo’shimcha tekshirish usullari//tuzish va tekshirish natijalarini// (tahlil) qilish.



4. Motivasiya.

5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Ko’zdan kechirish.

Ko’rishda diqqatni bemorning umumiy axvoliga qaratish kerak. Buyrak etishmovchiligi rivojlanganda tirishish, es-hushni yo’qotish kuzatiladi.

Uremik komada bemor hushsiz bo’ladi. Tizza bo’g’imini bukib, majburiy

vaziyatda yonbishlashi buyrak osti yog’ kleachatkasi yalig’langanda kuzatilad.(paranivrit). Buyrakni ko’p kasalliklarida tari oqaradi va yupqalashadi, qovoqlari shishadi va ko’zlari qisiladi. Shish yuzdan boshlab butun tanaga tarqalishi mumkin. Buyrak etishmovchiligida va azotomiya belgisi terida tirnoq izlari vujudga keladi. Bunda teri sarg’yib, quruqlashadi.

Nafas chiqarganda og’zidan amyak hidi keladi (terisidan ham).

Buyrakni paypaslash.

Buyrak orqaga yotgan holda, yonbishlatib, turgan , o’tirgan va tizza tirsakka


yotgan holda ikki qo’l bilan bimanual paypaslanadi.Vrach bemorning o’ng tomoniga o’tirib, uni o’ng qo’li qorin to’g’ri muskulining tashqi tomoniga,

qovurg’a yoyiga perpendikulyar qo’yiladi. Chap qo’l orqadan 12 qovurg;a ostiga umirtqa pag’onasining yaqin joyiga qo’yiladi, oldin o’ng buyrak so’ng chap buyrak paypaslanadi. Bemor nafas olganda buyrakni xarakatlanishidan

foydalanib, o’ng qo’l chap qo’lga yaqinlashtiriladi. Odatda buyrak qo’lga unamaydi. Buyrak kattalashadi yo pastga tushganda uning pastki qutubi qo’l-

ga unaydi.Buyrak ancha pastga tushganda ikkala qutibini ham paypaslash mumkin. Buyrak jomlari sidik yo yiringa to’lganda buyrak chayqalishini aniqlash mumkin. Qorining oldingi yuzasida buyrak sohasida og’riqlar aniqlanadi. Bu nuqtalar bitta barmoq bilan paypaslanadi.



Og’riq nuqtalari.

1)Umiritqa-qovurg;a nuqtasi 12 qovurg’aga va umiritqadan hosil bo’lgan burchakda.

2)Qovurg’a-muskul nuqtasi-12 qovurg’aning orqani rostlovchi umumiy muskullarni kesib o’tgan joyda.

3)Yuqori sidikchil nuqtasi-to’g’ri muskulning kindik to’g’risidagi tashqi qirrasida.

4)Pastki sidikchil nuqtasi-toz chizig’i bo’ylab yonbosh suyagining oldingi yuqori qirrasida.

Tukillatish.

Buyrakni tukillatib bo’lmaydi, chunki oldtimondan ichak bo’lib timkanik tovush beradi. Shuning uchun buyrak // tebratish usuli qo’llaniladi. Bemorni bel sohasidagi (buyrak proeksiyasi) chap qo’lni kaftini qo’yib, o’ng qo’l barmoqlari bilan qisqa kuchsizroq turtki beriladi. Agar bemor bu vaqtda og’riq sezsa bu simtom ijobiy bo’ladi.(Pasternaki simpto’mi)



Eshitish.

Buyrak kasalliklari diagnostikasida eshitishni buyrak arteriyalarining patalo’giyasini aniqlashda qo’llaniladi. Buyrak arteriyasi torayganda

(stenoz), umutqa yonida , bel sohasida yoki oldingi qorining tepa qismida

sistolik shovqin eshitilishi mumkin.



Sidik sindromi.

Sidik ajratish miqdor va sifat tomonidan o’zgarishi mumkin. Sidik ajratish buzilishi-dizuriya deyiladi. Sutkada sidik ajratishning ko’payishi 2 l dan ko’p


poliuriya deyiladi. Sidikni ajralmasligi buyrak tomonidan –anuriya deyiladi.

Tez-tez sidik ajratish –poliuriya deyiladi. Sidik tunda ko’p ajralishi kunduzga nisbatan –nikturiya deyiladi. Solishtirma og’irlik past bo’lsa (1009-1011)-gipoizoztonuriya deyiladi. Sidikda sifat riyalsiyasi bilah aniqlanuvchi oqsil miqdori bo’lsa –protainuriya deyiladi. Fiziologik pratanutiya va patologik pratonuriya bo’ladi. Renal pratonuriya va buyrakka bog’liq bo’lmagan protonuriya bo’ladi.(gemoliz, miclom kasalligi).

Oqsilni aniqlashning eng kop usullari koagulatsiyaga asoslangan(qizdirish yoki kislotalar quyish bilan.

Azot kislota quyish-Geller sinamasi.

Sulfosalisil kislota qo’shish.

Qaynatish bilan aniqlash.

Mikroskop ostida sidikda qoning shakil elementlari aniqlanadi. Sidikda ertrositlarni paydo bo’lishi-gemkaturiya deyiladi. Makro’gematonuriya va mikrogemato’nuriya ajratiladi. Glomerullyar gematonuriyada ertrositlar bilan bir vaqtda ko’p miqdorda oqsil ajraladi. Gematanuriya o’chog’ini yana bir aniqlash usuli 3stskanli sinama. Bu vaqtda bemor 3 ta stkan siyadi. Agar 1ta

stkan qon ko’p bo’lsa sidik yo’llaridan kelayongan bo’ladi. Agar ohirgi porsida qon ko’p bo’lsa sidik pufagidan kelayotgan bo’ladi. Agar hamma stakanda barobar bo’lsa buyrakdan ajralayotgan bo’ladi.

Lekasitlarni sidikda ko’p ajralishi –lekotonuriya deyiladi.Agar lekasitlar juda ko’p niqdorda ajralsa –piuriya deyiladi. Hozirgi vaqtda ‘’aktiv lekosinlar “ni aniqlashadi. Bular donachali lekosinlar bo’lib (Shteyingeymer-Malbin hujayrasi) deb ataladi. Ularning sidikda bo’lishi sidik yo’llarida yoki buyrak

jomchalarida yalig’lanish garayoni borligidan dalolat beradni. Bundan tashqari sidikda yassi, o’tkinshi va buyrak epiteliyalarini uchratish mumkin.

Silindrlar oqsillardan yoki hujayralardan hosil bo’lib, u naychalarda payda bo’ladi.

Giyalinli silindrlar oqsildan paydo bo’lib, o’tkir va surinkali nefritlarda, amilokdozada kuzatoladi.

Donachali silindrlar emirilgan buyrak epitelilaridan hosil bo’ladi. Nayshalarda distrofik jarayonlar bo’lganda kuzatiladi.

Mumsimon silindrlar gomogen bo’lib buyrakni surunkali kasalliklarida hos.

Bundan tashqari sidikda baktetiyalar (bartenuriya) va tuzlar (oksalat, fosfat, urat) aniqlanadi.

Gipertonik sindrom

Buyrak arteriyal bosimni boshqarishda katta ro’l o’ynaydi. Buyrakni ko’p kasalliklari gipertonik sindrom bilan kechadi. Buyrak kasaliklaridagi arterial bosimni oshish mehanizomida natriy va suvni ushlab qolishi, pesser sistemani faolashuvi (penin-angiotenzim-aldesteron sistemasi), depressor sistema funksiyasini pasaytirish asosiy sabab bo’lib hisoblanadi. Bir qisim bemorlarda bosh og’rig’iga, yurak sohasidagi og’riqga, ko’rishni yomonlashishiga, harsillashga shikoyat bo’ladi. Yomon sifatli gipertonik sindromda ayniqsa dis-

tolik bosim yuqori va barqaror turadi.(130-140mm.sm.ust), ko’rish keskin pasayadi, ko’rmay qolish holatigacha boorish mumkin, yurak etishmovchiligi va etsifalopatiya kelib chiqadi.

Nefrotik sindrom.

Bu sindrom klinik yuqori protoinuriya (3,5g/sutka) oqsil, lipid(yog’), suv-tuz

modda almashinuvining buzilishi va gipoproteinemiya, disprotenemiya, giper-

lipedemiya hamda massiv anasarkagacha beruvchishishs bilan tariflanadi.

Nefratik sindrom haqiqiy buyrak patalogiyasining ko’rinishi bo’lib hisoblanadi. Nefrotik sindrom asosida 2hil turdagi buyrak o’zgarishlari yotadi.

Amilokdoz yoki buyrak kalavasi shikastlanishi. Buyrak shishi 1-yuzda, qovoqlarda, ko’z ostida paydo bo’ladi, keyinchalik oyoqlar, bel ko’krakda se-

roz bo’shliqlarda aniqlanadi. Bunday tarqalgan massiv shishlar anasarka de-

yiladi.


6.2.Analitik qism. Mashg’ulotning ikkinchi yarmida mavzuning analitik yoritilishini o’tkazish kerak.Bu maqsadda situatsion masalalar va testlar ishlatilidi

Testlar.


I.Buyrak kasalliklarida bemorlarni asosiy shikoyatlari?

1.bel og’riq

2.sidik ajralishining buzilishi

3.shishlar

4.holsizlik

5.ko’rishni yomonlashishi.

II.Musbat diuriz kuzatiladi:

1.shishlst kamayayotganda

2.sidik haydovshi dorilar ichganda

3.organizomda suyuqlik yshlanib qolganda

4.ko’p terlaganda

5.sovuq eganda(qotganda)

III.Buyrardan tashqari poliuriya:

1.qandli diyabetda

2.gipoglimiyada

3.glomerulonefrida

4.qandsiz diyabeda

5.pielonefrida

IV.Sekretor inuriya uchraydi:

1.nefronekroz

2.guruhi boshqa qon quyilganda

3.sidik chiqarish kanali (uretr) o’smasida.

4.shokda.

5.sidik yo’lida tosh bilganda.

V.”facies nephritika” uchun harakterli:

1.yuzi oqargan, shishganroq.

2.yuzi sarg’aygan,shishganroq.

3.ko’z burchaklari qisilgan.

4.qovoqlari shishgan.

5.ko’z yoriqlari o’zgarmagan.

VI.Shishlar harakterli:

1.glomerulonefridga.

2.uretrikga.

3.nefrotik sindromga

4.//

5.sistitga.


VII.Buyrakni paypaslashda aniqlanadi?

1.shakli.

2.kattaligi.

3.joylashishi.

4.qattialigi.(konsistensiyasi).

5egiluvchanligi.

VIII.Bir tomonlama bel sohasida “Buyrak sanchig’i” tipiday keskin og’riq

ko’picha hisiblanadi:

1.sidik yo’lining tosh bilan to’silib qolishi.

2.buyrak amiloidozi

3.surunkali glomerulonefrit.

4.o’tkir glomerulonefrit.

5.surunkali piolonefrit.

IX.Diurezni qanday buzulishi diurez deb ataladi?

1.tungi diurezni kunduzgidan ko’p bo’lishi.

2.sutkalik sidik miqdori 500 mldan kam bo’lishi.

3.sutkalik diurizni 2l dan ko’p bo’lishi.

4.tez-tez sidik ajralishi.

5.og’riqli sidik ajralishi.

X.Dizurik holat ko’pincha kuzatilada:

1.otkir piolonefritda

2.surunkali glomerulonefritda

3.buyram amilokdozida.

5.surinkelik buyrak etishmovchiligida.



Vaziyatli masali.

I.Bemor Karimov S. 20 yosh. Klinikiga quydagi shikoyat bilan keldi: sidikni

qizig’ish go’sht yuvundusuga o’hshab kelishga, bosh og’rog’iga, ko’z ostidagi shishga. Ko’rilganda yuzi biroz shishinqiragan, oqargan, tukillatishda Pasterpasikiy simtomi musbat.



1. Sizni dabolash tashhisingiz?

a)otkir glomerulonefrit.

b)otkir piolonefrit.

c)buyrak amilkitozi.

d)surunkali glomerulonefrit.

2.Yana qanday qo’shimcha tekshiruv o’tkazish kerak?

a)rengenoskopiya.

b)UZD

c)Rebert sinamasi.



d)sidik umumiy analizi.

II.Bemor Ahmedov V. klinikaga bel sohasida cimillatib og’riqqa, istma 37.5 gacha ko’tarilishiga, holsizlikka, ertalab turganda ko’z osti qavargan va biroz shish bo’lishidan. Ahvoli qoniqarli. shikoyat bilan keldi. Ko’ruvda rangi biroz oqarib, sidik umumiy analezida lekasitlar 15-20, oqsil 0,66. Pasterpaskiy simptomi musbat.

1. Sizning tashxisingiz?

a)surinkali piolonefrit.

b)o’tkir gromerulonefrin.

c)buyrak sili.

d)o’tkir piolonefrin.

i)buyrak amiloidozi.



2.Yana qanday qo’shimcha tekshiruv o’tkazish kerak?

rengenografiya

UZD.

Buyrak similashi



Ziminovskiy cimptomi.

Robert cimptomi.



6.3 Amaliy qism.

Mashg’ulotning bu qismi uning yo’naltirilganlig i zaruratini asoslash,tibbiy anjomlar bilan ishlash,tibbiy xujjatlar yuritish,bemor bilan m u loqat, maslaxat, amaliy ko’nikmalar va malakalarni egallash nuqtai nazaridan izoxlanadi.



7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Joriy nazoratni baxolash mezoni




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.

1)Buyrak kasalliklarini asosiy belgilari qanday?

2)Diurez nima?

3)Oliguriya nima vau bemorlarda qanday holatlarda kuzatoladi?

4)Anuriya nima va ubemorlarda qanday holatlarda kuzatiladi?

5)Ishuriyaning farqli belgilari qanday?

6)Poliuriya nima vau bemorlarda qanday holatlarda kuzataladi?

7)Qanday holatlarda bemorda pollaliuriya va stanguriya paydo bo’ladi?

8)”Dizurik buzilish” tushinchasini qanday holat birlashtiradu?

9)Enuriya vasidik tutolmaslik nima?

10)Nikturiya nima va uning rivojlanish sababi?

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.




Yüklə 59,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə