Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Yüklə 87,89 Kb.
tarix25.03.2018
ölçüsü87,89 Kb.
#33313

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



49 Mavzu: Gastritlar simptomatologiyasi.

Meda shirasini tekshirish

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

49 Mavzu: Gastritlar simptomatologiyasi. Meda shirasini tekshirish

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

Gastrit bilan og'rigan bemorlarni tekshirish metodikasini, savol-javob qilishni, kuzatishni, palpatsiyani va taxlil qilishni talabalarga o'rgatish. Mashg'ulot vazifasi:

-o'tkir va surunkali gastrit bilan og'rigan bemorlarni tekshirishning asosiy metodlari bilan talabalarni tanishtirish.

-bemorlar shikoyati, anamnez yig'ish, umumiy tekshiruv

-o'tkir va surunkali gastrit bilan og'rigan bemorlarni tekshirish metodini talabalarga o'rgatish.

-chekish, alkogol va noratsional ovqatlanish zarar ekanligi haqida ma'lumot berish.



. Talaba bilishi kerak:

  • Gastrit paydo bo'lishining mexanizmi

  • Anamnez ma'lumotlaridan diagnostika uchun kerakli dalillarni ajratib olish, to'g'ri ovqatlanish ahamiyati, alkogol zarari.

  • Asosiy gastrit simptomatologiyasini

  • Quyidagi patalogiyada umumiy va xususiy kuzatuv metodikasini.

  • Klinik ma'lumotlardan olingan natijalarni baholash.

  • Olingan laborotor-instrumental ma'lumotlarni

  • Talaba qila olishi kerak:

  • -o'tkir va surunkali gastritli bemorlar bilan maqsadga qaratilgan so'roq olib borish.

  • -umumiy va xususiy kuzatuv olib borishning ketma-ketlik qoidasi

  • -amaliy ko'nikmaning qadamma-qadam bajarilishi: palpatsiya va oshqozon perkussiyasi

  • -laborotor-instrumental ma'lumot natijasini taxlil qilish.

4. Motivasiya.

Gastrit -bu ovqatlanishning buzilishi, ayniqsa kechqurun to'yib ovqatlanishdan kelib chiqadigan, alimentar buzilish bo'lib, ekzogen omillar ichida tez-tez uchraydigan kasallik. Gastrit profilaktikasi uchun kasallikning etiologiyasi va patogenezini bilish kerak.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Quyidagi fanlar bilan integratsiya qilinadi:

  1. Vertikal fanlar

A) Normal anatomiya

B) Normal fiziologiya

2. Gorizontal fanlar:

A) Patologik fiziologiya



Normal anatomiya

Me’da (ventriculus, gaster) hazm kanalining kengaygan qismi bo’lib, qorin bo’shlig’ining yuqori qismida joylashgan. Uning kirish va chiqish qismlari tafovut qilinadi.Ovqat bilan o’rtacha to’lgan me’da yuqoridan jigar chap bo’lagining pastki yuzasiga diafragmaning chap gumbaziga tegib turadi. Pastki tomondan ko’ndalang chambar ichak va uning tutqichiga tegib turadi. Me’daning oldingi devori qorin devoriga tegib tursa, orqa devoir me’da osti bezi, chap buyrak va uning ustki beziga, taloqqa tegib turadi. Me’da qorin parda bilan chor atrofdan o’ralgan. Me’daning chiqish qismi ikkiga ajralgan: antrum pyloricum – kengaygan qismi g’orcha deyilsa, torayib davom etgan joyi kanal – canalis pyloricus bo’lagi deyiladi.Me’da devoir quyidagi 3 pardadan iborat:1) tunica mucosa – shilliq parda bo’lib, uning shilliq osti qavati – tela submucosa juda yaxshi rivojlangan, 2)tunica muscularis – muskul parda, 3) tunica seroza – seroz pardalardir.

Normal fiziologiya

Me’da fiziologiyasi.Ovqat moddasi og’iz bo’shlig’idan halqum va qizilo’ngach orqali me’daga tushgach, unda 4 soatdan 10 soatgacha saqlanadi. Bu davrda ovqat moddasi me’da devor muskullarining qisqarishi tufayli parchalanishda davom etadi.Me’dada 2 xil (tonik va peristaltik) qisqarish bo’ladi.Me’daning uzoq va to’xtovsiz qisqarishiga tonik qisqarish deyiladi. Me’daning kirish qismidan chiqish tomonga qarab yo’nalgan to’lqinli qisqarishi esa peristaltik qisqarishlardir Me’daning shu darajada qisqarishi ovqat moddalarining mexanik va ximik ravishda parchalanishini ta’minlaydi.

Kimyoviy parchalanish esa so’lak fermentlari va me’da shirasi orqali bajariladi. Natijada ovqat moddasi asta-sekin bo’lak-bo’lak bo’lib bo’tqa holiga o’tadi. Me’dada suv, dorivorlar, mineral tuzlar va spirt shimiladi. Ovqat moddasi bo’lmaganda shira ishlanmaydi. Ovqat yeyila boshlagandan 5-10 minut o’tgach, bezlar shira ajrata boshlaydilar. Shiralarning ajralish vaqti va miqdori yeyiladigan ovqat sifatiga bog’liqdir.



Patologik fiziologiya

Gastrit – yallig’lanish kaslligidir. Etiologiyasida alimentar – ovqat omili katta ahamiyatga ega. Sifatsiz ovqat iste’mol qilish, haddan tashqari issiq, sovuq, achchiq ovqatlar yeyish, ovqatni yetarli chaynamaslik gastrit kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ayrim hollarda gastrit qator boshqa ichki kasalliklarda ikkilamchi rivojlanadi.Kechishiga qarab o’tkir va surunkali gastritlar farqlanadi.



O’tkir gastrit odatda ovqatlanish tartibi buzilganda ovqatdan 3-5 soat o’tgach rivojlanadi, ba’zan u shiddatli kechishi ham mumkin. Kasallar ishtaha yo’qligidan, ko’ngil aynishi, kekirish (ovqat, shilliq, o’t aralash qusish)dan, qorinning yuqori qismida og’riq turishi, og’irlik sezish, bosim, ba’zan tutib qoladigan og’riqdan, og’iz bemaza bo’lishidan shikoyat qiladilar. Ayrim hollarda oshqozon shilliq qavati kislota yoki ishqordan shikastlanganda korroziv gastrit uchraydi. Bunda qizilo’ngach va oshqozonning chuqur kuyishi kuzatiladi. Chuqur yarali shikastlanish oqibatida chandiqlar hosil bo’lishi tufayli me’da deformatsiyaga uchraydi.

  1. Surunkali gastrit o’tkir gastritdan so’ng yoki surunkali zaharlanish natijasida rivojlanadi: chekish, ichish, o’pkaning surunkali kasalliklari, endokrin kasalliklar va h. Ovqatlanishda har qanday buzilishdan so’ng kasallik qaytalashi mumkin. Gastritda ishtaha goh ko’tarilib, goh pasayib turadi. Ich ketishi barqaror emas, ich qotish bilan almashinib turadi. Umumiy holsizlik rivojlanadi, mehnat qobiliyati pasayadi. Gipopolivitaminoz rivojlanganda og’iz burchaklari bichiladi, soch vaqtidan oldin to’kiladi, tirnoqlar mo’rt bo’lib qoladi va h. Gastroskopiyada ko’rinishdan ba’zan eroziya, petexiyali qontalashlar aniqlanadi. Kasallik yillab, o’n yillab davom etishi mumki. Shira ajralishi yetishmovchiligi bilan kechadigan surunkali gastrit o’sma oldi kasalligiga kiradi. Mashg'ulot mazmuni.

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Gastrit- me'da shilliq pardasiining yalligianishi. O'tkir va surunkali gastrit turlari farqlanadi.

O'tkir gastrit -me'da shilliq pardasining polietiologik yallig'lanib, tashqi va ichki taraflarida ta'sirlanishni chaqiradigan kasallik.
Etiologiya va patogenez. Ekzogen faktorlar orasida quyidagilar farqlanadi:

о Alimentar buzilish

о Ozuqa maxsulotlarining mikroblari

о Ozuqa maxsulotlarining ayrimlariga allergiya

о Medikomentoz zararlanish
Endogen omillariga quyidagilar kiradi:

о Infeksion kasalliklar о Autointoksikatsiya



Klinik tasvir. Kasallikning og'irligi va formasiga bog'liq. O'tkir ekzogen oddiy gastrit ko'ngil aynish, shilliq bilan ba'zida o't bilan aralashmagan ovqat qusish, epigastrda kattalashishni sezilishi, ko'pchilik kasllikdagi sindromlar, og'izdan noxush hid chiqishi, umumiy xolsizlik bilan xarakterlanadi. Terining, timing oqarib ketishi, epigastriyadagi kasallanishlar, og'ir xollarda -ABning tushishi, tana haroratning oshishi, enterit belgilari kuzatiladi. Kasallik davomiyligi 5 kungacha.

O'tkir korriziv gastrit me'da shilliq pardasining koagulyatsion yoki kollikkvatsion nekroz bo'lishi, og'izda, qizilo'ngachda me'da atrofi sohasida kuchli og'riq bo'lishi, shilliq va qon qusishi, og'ir xollarda -shok simptomi, "achchiq" qorin, keyinchalik

chandiq stenoz bilan paydo bo'ladi. Flegmonoz gastrit remitik yoki gektik tipidagi isitma, bo'ysindirib bo'lmas qusish, epigastriyada og'riq bilan bo'ladi. Til quruq, qorin
epigastriya kasallangan. Keyinchalik yurak-qon tomir yetishmovchilik bilan qo'shilib

ketadi.


Davolash. Me'da illiq suv yoki moychechak tindirmasi bilan yuviladi. Ichak tozalovchi klizma yordamida bo'shatiladi. Yotoq rejimi buyuriladi. Qoringa isituvchi compress qo'yiladi. Zarur bo'lganda teri ostiga kofein, kordiamin yuboriladi.

1-sutkalarda maqsadga muvofiq och qolish, teriosti yoki to'g'ri ichakdan 0,5-11 5%li glyukoza eritmasi yuboriladi.

2-kunga taklif qilinadi- choy, namatak qaynatmasi, tiniq sho'rva, yog'H bo'lmagan bulyon.

3-kundan -sut, qaymoq, manka bo'tqsia va sirguruch, nordon bo'lmagan mevalardan kisel. Keyinchalik bemor №1 diyetaga o'tkaziladi.



Surunkali gastrit -bu etiologiyasi va patagenezi bo'yicha turli xil bo'lgan me'daning progress atrofiyasi bilan boruvchi shilliq va shilliq osti pardasining yallig'lanishi yoki deregeneratorlik zararlanishi, funksional va struktur qayta tuzilishi, turli klinik belgilari birikuvchi xolat. SG -keng tarqalgan kasallik. 60% katta yoshli odamlarda kuzatiladi. Autoimmune gastritning ulushi taxminan 9%ni, xelikobakteriyaniki 70%ni, limfotsitniki 2%, boshqa formalariniki 2%ni tashkil etadi.

Etiologiya. SG polietiologik kasallik. Me'da shilliq qavatida yakka patologiya bilan bitta nozologik birlikga birikadi. SG rivojlanishiga quyidagi omillar ta'sir etadi.

  1. Alimentar factor: yomon ovqatlanishning uzoq davom etishi, oziqaning sifati va uni qabul qilishni buzilishi, me'da shilliq qavatini issiq taom va qattiq oziqa tufayli tizimli jaroxatlanishi, zirovarlarni, shirinlik, alkogol, chekishni meyoridan ortiq qabul qilish, chaynov apparati buzilishi yoki shoshib ovqatlanish natijasida oziqning yomon maydalanishi.

  2. Pilorik xelobakteriyalar bilan zararlanish qorinda yiringli -distrofik jarayonlar rivojlanishiga sabab bo'ladi. Buni ko'plab bakteriologik, gistologik va immunologic tekshiruvlar natijasi isbotlaydi. Dori yordamida qo'zg'atuvchini yo'qotish kasallik simptomlarini yo'qolishiga va uning remissiyasiga olib keladi. Infeksiya manbasi kasal odam va uy hayvoni hisoblanadi.

  1. Endogen, autoimmune, genetic determinatsiyali sababga shartli ravishda me'daning qoplovchi hujayrasi uchun antitelaning hosil bo'lishi kiradi. U gistologik birikma HbA &B bilan uzviy bog'liq.

  2. O't bilan doimiy ravishda me'da shilliq qavatining revmatizatsiya bo'lishi. U reflex paytida tushadi: me'da rezeksiyasidan, gastroentrotomiyadan, vagotomiyadan xoletsistektomiyadan so'ng, duodenal o'tkazuvchanlikning buzilishi,

  3. Dori va ishlab chiqarilgan zararli ta'sirlar: uzoq va tartibsiz holda steroid bo'lmagan yiringga qarshi moddalar, glyukokortikoid, rauvolfiya va boshqalarni qabul qilish, kislota va ishqor bug'ini, qo'rg'oshin, cho'yan, sintetik chang, zaharlarni va boshqalarni nafas orqali chiqarish.

Patogenez. Me'da shilliq qavatiga himoya bar'yeri bo'lib devoroldi shilliq qatlami, epiteliy tomonidan bikarbonatlarni sekretsiyasi, shilliq qavatni qon bilan yaxshi ta'minlanganligi, tez va to'liq regeneratsiya qilish xususiyati kiradi. Ekzogen omillarning uzoq vaqt ta'siri natijasida shilliq qatlam bar'yeri zararlanadi, yallig'lanish sodir bo'ladi, shilliq parda regeneratsiyasi va trofikasi buziladi. Bu keyinchalik uning atrofiyasiga va pilorik hamda ichak qismi sohasini qayta tuzilishiga olib keladi. Hujayralarni faol regeneratsiya qilish qobiliyati ularni qon bilan yaxshi taminlanganligi bilan tushuntiriladi. Shilliq parda gipoksiyasi atrofik o'zgarishlarga olib keladi. Pilorik xelibakteriyalarning harakatlanish va fermentative xususiyati hisobiga me'da bo'shlig'iga tushishi shilliq qatlamni yengadi va hujayraro bo'shliqlari yaqinida-mochevina chiqish joyida to'planadi. Bakteriyalarni ureaza ta'sirida eritilishi natijasida mochevina amiakga aylanadi, bu me'da shirasi ajralishiga to'sqinlik qiladi, shilliq qatlamni buzadi, epiteliyni zararlaydi va yiringli jarayonlarni chaqiradi. Fundal gastritda, nasliy bo'lgan, qoplovchi hujayralarni oqsil tuzilishi antigen rolini bajaradi, bu me'da shilliq pardasining limfotsit va plazmatik hujayra infiltratsiyasini chaqiradi. Qoplovchi hujayralarga, ichki omillarga va Na+ -K+ -ATFazaga antitela ishlab chiqariladi. Bu antitela, qoplovchi hujayralar bilan aloqalashib, fundal bezlarni zararlaydi va progresslashgan atrofiyaga va axlorgidriyaga olib keladi. Me'da shilliq pardasini yallig'lanjshi, pankreatik shiraning fosfolipazasi ta'siri ostida o'tning uzoq vaqtli ta'siri orqali sodir bo'ladi, yallig'lanish lipid strukturasini buzilishini, me'da shillig'ini degeneratsiyasini va gistamin ajralishini chaqiradi. Mos tushuvchi morfologik tasvir steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi moddalar qabul qilinganda kuzatiladi. Bu prostaglandin endogen biosintezi tormozlanishi bilan bog'liq va shilliq pardaga sof kimyoviy zararlovchi ta'siri bo'ladi.

Surunkali gastrit tasnifi.

Kasallanish topografiyasi: antral, fundal, pangastrit



Etiologiya: xelikobakteriyali, autoimmunli, ideopatik, o'tkir medikomentozli.

Morfologiyasi; o'tkir, surunkali, asosiy shakllari (granulematoz, eozinofil, limfotsitar, reaktiv).


Shakllari: noatrofik, atrofik.
1-bosqich -xususiy plastinkaning me'yor granulotsitar infiltratsiyasi

2-bosqich -xususiy plastinkasini granulitsitar infiltratsiyasi, qoplovchi va chuqurcha epiteliyda.

3-bosqichi - xususiy plastinkani aniq ko'ringan granulotsitar infiltratsiyasi, qoplovchi epiteliy va "ichichuqurcha abstsess"da.

6.2.Analitik qism. Mashg’ulotning ikkinchi yarmida mavzuning analitik yoritilishini o’tkazish kerak.Bu maqsadda situatsion masalalar va testlar ishlatilidi

Test.

1. Gastrit tashxisining nisbatan aniq metodi:



  1. Gastroskopiya

  2. UTT

  3. Rentgen tekshiruv

  4. Me'da shirasini tekshirish

  5. Laparoskopiya

2. Qanday kasallik uchun me'da shira tarkibida erkin xlorid kislota
bo'lmasligi xarakterli?

  1. Surunkali gastrit

  2. Me'daning yara kasalliklari

  3. Me'da raki

  4. Surunkali enterit

  5. 12 barmoqli ichakning yara kasalliklari

3. Gipoatsid gastrit uchun xarakterli emas:

  1. Appetitning oshishi

  2. Kekirish

  3. Anemiya

  4. Qusish

4. Secretor funksiyaning oshishi bilan bo'ladigan gastrit uchun xarakterli
emas:

  1. Appetit oshishi

  2. Tutilish

  3. Jig'ildon qaynashi

  4. Ko'ngl aynish

  5. Nordon kekirish

5. O'tkir gastrit bo'Hshi mumkin:

  1. Oddiy

  2. Yara-nekrotik

  3. Korroziv

  4. Fibrinoz

  5. Flegmonoz

6. Oddiy o'tkir gastrit uchun xarakterli-

  1. Turli xil qo'zg'atuvchi tushgandan 6-8 soat keyin klinika

  2. Ko'hgil aynish

  3. Yuz giperemiyasi

  4. Epigastiy sohasida og'riq

  5. Tilqip-qizil

7. Surunkali gastrit tasnifi o'z ichiga oladi:

  1. Etiologiyani

  2. Morfologiyani

  3. Faollikni

  4. Funksional holatni

  5. Kasallikning kechishi

8. Surunkali gastritning endogen sababi

  1. Xoletsistit

  2. Chekish

  3. Qandli diabet

  4. Aspirin qabul qilish

  5. Uremiya

9. Surunkali gastrit uchun xarakterli:

  1. Me'da dispepsiyasi

  2. Anemiya

  3. TeriZudi

  4. Temperaturi oshishi

  5. Ichak dispepsiyasi


Vaziyatli masala.

l.B. 25 yoshli bemor klinikaga jig'ildon qaynashi bilan, epigastral sohada og'riq bilan, ko'ngil aynish, nordon kekirish shikoyati bilan keldi. Bemor aytishi bo'yicha u 3 yildan beri kasal, o'zining kasalini u noregulyar ovqatlanish bilan bog'layapti. Qanday kasallik haqida gap ketyapti? Javob: sekretsiyasi oshgan surunkali gastrit.

2. Klinikaga 35 yoshli bemor С tushdi. Shikoyatlari: to'sh oldida va epigastral sohada kuchli og'riq, qon aralash qusish. Bemor aytishicha adashib uksus ichib qo'ygan. Qanday kasallik haqida gap ketyapti. Javob: Korroziv gastrit.

6.3 Amaliy qism.

Darsning bu qismi amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun bag'ishlanadi. Bu qismda у ana qorin sohasini palpatsiya qilishning ketma-ketlik metodikasi o'rgatiladi. Palpatsiyani birinchi o'qituvchining o'zi volontyor yo talabada ko'rsatib beradi. So'ng guruh talabalari ikkitadan guruhchalarga bo'linadi va bir-birida qorin palpatsiyasini o'rganishadi. Keyinchalik ham talaba o'qituvchi boshchiligida va kuzatuvida gastrit bo'lgan bemorlarni qorin sohasini palpatsiya qilib, shikoyatlarni eshitadi.



7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Mashg'ulotning xronologik kartasi.



Etap

Forma

Davomiyligi

1

O'qituvchining kirish so'zi




5

2

Nazariy qismi

Savol-javob. Interaktiv metod

20

3

Xulosa chiqarish




5

4

Taxlil qismi

Vaziyatli

25







masalalar, testlar




5

Amaliy qismi

Bemor ko'rish,

me'da


palpatsiyasi

25

6

100 ballik sistemada baho qo'yish. Keyingi mashg'ulot mavzusi

Ma'lumot

10

10. Tekshiruv savollari.

  1. Ovqat hazm qilish tizimi kasallangan bemorlarni tekshirish ketma ketligi.

  2. O'tkir va surunkali gastrit uchun xarakterli shikoyatlar.

  3. Ovqat hazm qilish tizimi kasallangan bemorlarni umumiy tekshirishning diagnostic ahamiyati.

  4. Gastrit bilan og'rigan bemorni og'iz bo'shlig'ini tekshirish metodikasi va klinik ahamiyatli o'zgarishlar.

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

  1. "Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.




Yüklə 87,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə