Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Yüklə 69,91 Kb.
tarix26.03.2018
ölçüsü69,91 Kb.
#33796

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



58 Mavzu: Buyrak patologiyasida asosiy klinik sindromlar

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

58 Mavzu: Buyrak patologiyasida asosiy klinik sindromlar



1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, endokrinologiya bo’limi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

4. Motivasiya.

5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Proteinuriya variantlari:
l.Ko'p hollarda kapillyar koptokchalarida plazma oqsillarining filtratsiyasini oshib ketishi-glomerulyar proteinuriya.Bu gloumerulanefritda uchraydi
2.Kam kuztiladigan kanalchalar proteinuriyasi-normal koptokchalarda filtrlangan past molekulali plazma oqsillarini proksimal kanallar reabsorbsiya qila olamsligi.Ajralayotgan oqsilning miqdori kamdan-kam holatlarda 2mg/sutka dan oshadi(oqsil albumin )(selektiv proteinuriya).Piyelonefrit va tug'ma tubulopatiyalarda uchraydi.
3."To'lib ketgan"proteinuriya-normal koptokchalarda kanalchalarning reabsorbsiya qila oladigan miqdoridan ko'p filtrlanishi.Miyelomaning rivojlanish mexanizmida(Bens-Jons proteinuriyasi)
4.Funksional proteinuriya.Patogenezi to'liq aniqlanmagan.Unga kiradi:ortostatik proteinuriya,kuchlanish proteinuriyasi,isitma proteinuriyasiidiopatik o'tuvchi proteinuriya.
Gematuriya ko'p uchrovchi,buyrak va siydik yo'llari kasalliklarida ko'p xollarda dastlabki belgi.Intensivligiga ko'ra makro va mikrogematouriya farqlanadi. Mikrogematouriya siydik co'kmasini mikroskopiya qilingandagina namoyon bo'lishsi mumkin(l ml siydikda 2000 dan ortiqroq eritrositlar).Jadal gematuriyada siydikning rangi "go'sht yuvundisi"ga o'xshab qoladi.Klinik xususiyatlariga ko'ra gematuriyaning qaytalovchi va soimiy,og'riqli,og'riqsiz ko'rinishlari bor.Nefropatiyalarda gematuriya turg'unjkki taraflamali,og'riqsiz bo'lib,ko'pincha,proteinuriya,silindruriya,leykosituriya bilan kuzatiladi.Buyrak gematuriyasining patogenezioxirigacha aniqlanmagan. Buyrak gematuriyasi O'tkir va surunkali glaumerulanefritda kuzatiladi.Shuni yodda tutish kerakki,gematuriya aniqlanganda birinchi bi'lib urologik kasalliklar nazarda tutiladi. Leykosituriyasiydikda leykositlarning miqdori oshishi(lml qonda 4000 dan ortiqroq).Silidruriya-kanalcha bo'shligida oqsillarning cho'kishi.Farqlanadi:oqsilli(gialinli va mumlangan),xujayraviy.
Gipertonik sindrom
Buyuraklar arterial bosimni boshqarishda katta axamiyatga ega.Buyrak kasalliklarining aksariyati gipertonik sindrom bn kuzatiladi.Buyrak kasalliklarida arterial bosimni ko'tarilish mexanizmi:Na va suvning ushlanishi,pressor sistemaning faollashuvi(renin-angiotenzin-aldesteron sitemasi),depressor sistema faoliyatini pasaytirish.Ko'pchilik bemorlarda AB ning oshishi belgilarsiz kechadi.Lekin,bosh og'rig'i,yurak soxasida og'riqlar,o'rishni pasayishi,nafas qisishi kabi shikoyatlar bn murojat qilishadi.Yomon sifatli gipertoniya sindromi baland va turg'un diostolik bosim(130-150mm sim.ust),ko'rmay qolish,yurak yetishmovchligi va ensefalopetiya bn bn xarakterlanadi.Gipertonik sindromning rivojlanishi nefritni o'girlashtiradi.
Nefrotik sindrom
Buyraklarning o'tkir va surunkali kasalliklarining xarakterli ko'rinishlaridan biri.Klinik jihatdan nefrotik sindrom yuqori proteinuriya(3,5 g/sut va ko'proq),gipoproteinemiya bn oqsil,yog',suv-tuz almashiuvining buzilishi,disproteinemiya,giperlipidemiya va anasarkagacha olib boradigan massiv shishlar.Nefrotik sindrom buyrak potologiyasining xaqiqiy belgisi bo'lib xizmat qiladi.Nefrotik sindrom asosida 2 xil o'zgarishlar yotadi-amiloidoz yoki glomerulyar zararlanishlar.Patogenezi oxirigacha aniqlanmagan.
Buyrak shishlari
Xar hil darajada bo'ladi. Kerkishdan to teri osti kletchatkasining intensiv shimilishigacha.Shishlar birinchi bo'lib yuzda,qovoqlarda,ko'z ostida yuzaga keladi,keyinchalik ular oyoqlar,bel,ko'krak,seroz bo'shliqlarda aniqlanadi.Bunday tarqoq massiv shishlar anasarka deb ataladi.Terining qichishi qonda oqsil almashinuv buzilishi maxsulotlari to'planganligidan kelib chiqadi.

Uremiya bn kechuvchi kasalliklar,surunkali nefrit,nefroarterioloskleroz va boshqa buyrak kasalliklarida ishtaxa yo'qligi ,dispepsik buzilishlar,qayd qilish va ich ketish kabi shikoyatlar uchraydi.


Kasallik tarixi
Buyrak kasalliklarini rivojlanishini aniqlashtirish uchun,bemorni,bundan oldin boshdan kechirgan o'tkir infeksion kasalliklari so'rab-surishtiriladi. Angina,gripp,yuqori nafas yo'llarining yallig'lnishi(katar) odatda o'tkir nafritga olib keladi. Surunkali infeksiyalar(tuberkulyoz,sifilis) va surunkali yiringli jarayonlano'pka absessi,bronxoektatik kasallik,osteomiyelit buyrakda amiloidozni rivojlanishida omil bo'lib xisoblanadi.O'pkada tuberkulyoz bo'lganlarda,buyurak tuberkulyoza xam qo'shilishi mumkin.Sulema,vismut,yod bn zaxarlanish nikronefrozga olib keladi
Xayot tarixi
Bemorni so'rab-surishtirish:angina,skarlatinadan rivojlanuvchi o'tkir nefrit,buyrak tosh kasalligi,sistit va piyelit,piyelonefritga olib keluvchi kasalliklarni so'rab surishtirish. Ayollarda xomiladorlik qanday otgani,shishlar yoki siydikda qandaydir o'zgarishlar bo'lganmi yo'qmi aniqlash kerak.Shifokor bemorning turmush va mexnat sharoitlarini bilishi kerak. U yerda qattiq sovuqotish bor yo'qligini bilishi lozim.Bu kasallik rivojlanishida yoki zo'rayishida muhim omil bo'lishi mumkin.Boshqa organ va sistemalar kasalliklariga katta axamiyat berilishi lozim.

Umumiy ko'zdan kechirish
Buyrak kasalliklarini tashqi tekshiruvlarida teri qoplamlarining rangparligi va shishlarga axamiyat beriladi.Shishlar xar-xil darajada bo'lishi mumkin-to'qimalarning bilinar bilinmas karashligidan to teri osti klechatkasining massiv shimilishigacha .Dastlab shishlar yuz,qovoq,ko'zlar ostida namoyon bo'ladi.bunga sabab u yerdagi teri osti kletchatkasi ancha yumshoq.Keyinchalik oyoqlar,bel,to'sh va seroz bo'shliqlarda(assit,gidrotoraks,gidroperikakrd) aniqlanishi mumkin.Bunday tarqoq va umumiy shishlar anasarka deb nomlanadi.Buyrak shishlari yurak shishlaridan farqli bir qator o'ziga xosliklarga ega:buyrakdagi shishlar dastlab yuzda,yurakniki oyoqda yuzaga keladi.Buyrak shishlari tezda kattalashib(bir necha soatda),tazda yo'q bo'lib qoladi.Yaqqol shishlardan oldin ularda doim yashirin davri bo'ladi,bu davrda 4-6 1 shish suyuqligi organizm to'qimasida ushlanib turadi.Uni oldindan bilish uchun sistematik tarzda bemorni og'irligi va sutkalik diurezini tekshirib borish kerak.
Yuz teri qoplamlarini rangparligi bilan kuzatiladigan shishlar buyrak kasalliklariga xos belgi bo'lgani uchun Facies nephritika degan nom olgan.
Tashqi tekshiruvlardan faqat paranefritni aniqlash mumkin. Chunki bunda yallig'langan buyrak atrofi kletchatkasi, kasal tarafi shishgan va retida giperemiya kuzatiladi
Buyraklar paypaslanishi,
S.P.Botkin taklifiga ko'ra chalqancha yotqizilib va vertikal xolatda olib boriladi.Bunday holatlarda ko'pincha o'zining og'irligi va diafragmaning nisbatan past joylashganligi sababli buyrak tushishi(nefroptoz)aniqlanadi.
Kattalashgan buyraklar polikistoz,saraton,absess,gidronefroz kasalliklarida xam paypaslanadi.Juda ko'p og'ir kechuvchi kasalliklarda(o'tkir,surunkali nefritlar,piyelitlarda,birlamchi va ikkilamchi buyrak burishishida)paypaslash metodi diagnostic ahamiyatga ega emas,chunki buyraklar bu kasalliklarda paypaslanmaydi.
Obrassova-Strajesko bo'yicha paypaslashning uch bosqichga asoslanadi,ulardan birinchisi shifokor qo'lining to'g'ri joylashishi.Buning uchun shifokorning chap qo'l barmoqlari yozilgan va birga yig'ilgan holatda bemorning o'ng bel sohasiga qo'yiladi.O'ng qo'l barmoqlarini yengil bukgan holatda qovurg'a yoyi ostiga,qorinning yon sohasiga qo'yadi.Shifokor o'ng qo'li cha qo'liga perpendikulyar holatda bo'ladi.Chap buyrak paypaslanganda bu qo'l bemorning chap bel sohasi tomon suriladi.Ikkinchi bosqichda shifokor qo'llarini bir biriga yaqinlashadi.Qorin pressi yumshoq bemorlarda birinchi chuqur nafas chiqarilgandayoq amalga oshirilishi mumkin.Ko'pincha shifokorga nafas chiqarish vaqtida asta sekin qorin bo'shlig'iga kirib boorish orqali qo'llarini yaqinlashtiradi.Buyrakni paypaslash bimanual bo'lganligi uchun chap qo'l buyrakni o'ng qo'lga yaqinlashtirishdan ko'ra,chaqqonlik bilan bel sohasini oldinga itaradi.Uchinchi bosqich shifokor qo'llarini bir biriga yaqinlashtirganda bo'ladi.Bu vaqtda bemorga chuqur nafas oldiriladi,agar buyrak kattalashgan yoki tushgan bo'lsa uning pastki qismi ikki qo'l orasida paypaslanadi,bunda shifokor buyrakning tuzilishi,qalinligi,pastki qismida og'riq bor yo'qligini aniqlay oladijuda kattalashgan yoki pastga tushgan buyraklarda shifokor o'ng qo'l barmoqlarini yuqoriga xarakatlantirib,buyrakning yuqori qismini 2 qo'li bilan sezishi mumkin.(to'lqin urilishi(ballotirovanie)metodi).Bu metod chap qo'l
bilan uzuq yuluq yengil zarba berilsa,bu buyraklar orqali o'ng qo'lga uzatiladi.Kattalashmagan va tushmagan buyraklarda sezilmaydi.Patologik holatlarda bu metod buyrak tuzilishi,kattaligi,konsistensiyasi,sezuvchaniligini aniqlash imkoniyatini beradi.
Paypaslashda o'ng buyrak kattalashganini qorin parda ortida joylashgan o'sma kasalligi jigar o'ng bo'limining pastga tushishi,o't qopi kattalashganidan farqlab olishga to'g'ri keladi. Bunday holatlarda buyrakka hos bo'lgan xususiyatlari va to'lqin urilishi metodi yordam beradi.
Chap buyrak paypaslaganda yuqoridagi qiyinchiliklarni qorin parda orti o'smalari va taloq keltirib chiqaradi.
Bemor tik turgan holatida buyrakni paypaslash metodikasi ham huddi yuqorida keltirilgandek olib boriladi.Astenit konstitutsiyali ozg'in odamlarda tushgan buyrakni paypaslash yotgan holdagiga qaraganda tik turgan holatdagisi osonroq.
Strajesko bo'yicha buyrak tushishining 3 ta darajasi bor(nefroptoz) .1-darajada buyrakning 1/3 yoki Vi qismi paypalanadi(ren palpabilis).2-darajada buyrak yaxlit paypaslanadi,harakatchan lekin umurtqa chizig'idan surilmaydi(ren mobilis).3-darajasida paypaslaganda buyrak qorin bo'shlig'ida yengil harakatlanadi,umurtqa chizig'idan qarama qarshi tomonga o'tadi(ren migrans).Bu darajada buyrak tushishi ko'pincha 2 tomonlama bo'ladi.
Ba'zi holatlarda tug'ma ektopik buyraklarni paypaslanadi;buyrak qorin bo'shlig'ida turlicha joylashishi mumkin,ba'zida son chanoq sohasida ham joylashishi ham mumkin.Buyraklarning tug'ma ektopiyasi ko'pincha erkaklarda bo'ladi va chap tomonlama kuzatiladi.Ayollarda buyrak tushishi ko'pincha o'ng tomonlama uchraydi.
Buyraklarni tukillatishBu metod buyrakning topografik joylashishning o'ziga hosliklari bo'lganligi uchun diagnostic ahamiyatga ega emas.
Tebrantirish metodiBu metod Pasternadskiy tomonidan taklif etilgan bo'lib,buyrak tosh kasalligini aniqlashda foydalaniladi va uning ismi bilan nomlanadi.bu quyidagicha amalga oshiriladkshifokor chap qo'lini bel sohasiga qo'yib,o'ng qo'li bilan chap qo'lning tashqi tomoniga engil urib qo'yadi .Bunda buyrak silkinadi,agarda unda tosh bo'lsa bemor og'riq sezadi va bu holatda Pasternadskiy simptomi "musbat"deyiladi.Miozit,radikulit,umurtqa pog'onasi kasalliklarida ham belda og'riq bo'lishi sababli bu metod bilan aniq tashxis qo'yilmaydi.
Siydik pufagini tukillatishLin.mediana anterior bo'ylab barmoq-plessimetr kindikdan pastga tos suyaklari birlashgan bo'g'im tomonga parallel holatda harakatlantiriladi.Tukillatish zarbalari engil beriladi.Odatda,siydik pufagi qov supachasidan chqib turmaganligi uchun uning ustida nog'ora(timpanik) tovushi eshitiladi.Siydik pufagida peshob ko'p to'plangan bo'lsa tovush bo'g'iq eshitiladi
6.2.Analitik qism.

Amaliy mashg'ulot o'tkazish vaqtida awalo talabalrning siydik ajratish sistemasining anatomiya,fiziologiyasini bilish darajasini aniqlash.Buning uchun an'anaviy didaktik shakl(savol berish va javob olish) yoki interaktiv pedogogik texnologiya bo'yicha("qopdagi mushuk'V'kuchsiz bog'in","galereya bo'ylab sayoxat " va boshq.)olib borish mumkin.Shunga e'tibor qaratish kerakki savollar bir yo'nalishda bo'lishi kerak-boshida xammaga fizika,anatomiya,keyin fiziologiya.Masalan.-5w_yraA:qanday qismlardan tashkil topgan? -Birlamchi siydik qanday xosil bo 'ladi? Bilimlar yetarli bo'lamagan xolatlarda qisqacha tarzda asosiy bilishlari kerak bo'lagan qismlari aniqlashtirib olish kerak,aks holda mavzuni o'tish qiyinlashishi va o'tiladigan material tushunarli bo'lmasligi mumkin.buning uchun quyida keltirilgan ikkinchi variant savollarni berish kerak.Masalan:-5&ryraЈ/ar lokalizasiyasini ayting? -Buyraklarning asosiy vazifalarini aytib о 'ting? Jarayon davomida kuchli tayyorgarlikga ega bo'lgan va bo'lmagan talabalrni ajratib olish kerak.Bu keyinchalik pedogogik interaktiv texnologiyalar o'tkazishda guruhni 3-4 guruhchalarga bo'lishda kerak bo'ladi.Keyin bevosita mavzuni muhokamasiga o'tish mumkin."tekshiruv suhbati'V'kim ko'p,kim tez?" metodlaridan

foydalaniladi.Hohlagan talabal daqiqada savollar ketma ketligiga javob beradi.Konsultatnt javobi to'g'ri aytilgan savollarni sanab turadi.Kim ko'proq savolga javob aytsa balandroq ball oladi.Xar bir to'g'ri javobga 1 ball.Eng ko'p ball to'plagan talaba eng kuchli dep topiladi. Qoidalar tushuntirilgandan keyin savollarga о 'tamiz:
1-savol:Buyrakdagi yallig'lanish jarayonlarining sababi
Javob:l)infeksiya 2)dorilar,og'ir metall tuzlari bn intoksikatsiyalanishi 3)birga boruvchi surunkali kasallilar

2-savot:Buyrak kasalliklari bilan kasallanishning omillari: Javob: irsiy ,alimentar

3-savol.Buyrak kasalliklari bilan og'rigan bemorlarning asosiy shikoyatlari?

Javob:qorinning pastki sohalariga tarqaluvchi beldagi og'riq,siydik ajratishning buzilishi,tana haroratining ko'tarilishi,siydik rangining o'zgarishi.
4-savol:Buyrak kasalligi bn og'rigan bemorlarni ko'rdan kechirganimizda nimalarni ko'rishimiz mumkin?
Javob:Yuzda shishlar,oqarganlik,teri qoplamining sadaf tus olishi,teri quruqligi
5-savo/:Buyrakni paypaslash qanday olib boriladi?
Javo6:chalqancha yotgan holatda( Obrassov-Botkin bo'yicha) va turgan xolatda(Botkin bo'yicha).Buyraklar kattalashganda va tushganda paypaslanadi.
6-savol:Buyrak va siydik pufagida tukillatish qanday o'tkaziladi?
Javob:Buyrakni tukillatish,tebratish ko'rinishida o'tksziladi-Pasternadsko simptomi.Siydik pufagi qorinning oq chizig'i bo'ylab kindikdan,yuqoridan pastga.Agar pufak to'lgan bo'lsa,bo'g'ik tovush bilinadi.
7-savol:Gipertonik sindrom tushunchasiga nimalar kiradi?
Javob:Gipertonik sindrom.Buyrakdagi ko'p kasalliklar gipertonik sindrom bilan kuzatiladi(10-12% gipertoniya).Buyrak gipertoniyasi renin ishlanishi ortishi xisobiga yuzaga keladi.Renin gipertenzinogenga ta'sir qilib,uni gipertenzinga aylantiradi.Gipertenzin yaqqol pressor ta'sir ko'rsatib,aldesteron ajralishini stimullidi,u qon tomirlar devorini toraytirib,arterial bosimni shiradi.Bunda bemorlar bosh og'rig'i,aylanishi,quloqlarda shang'illash,uyqusizlikdan shikoyat qiladi.Pulsatsiya qilinganda puis kuchlangan,yurak uchi turtkisi kuchli.
S-savo/.Nefrotik sindrom tushunchasiga nimalar kiradi?
JavofrNefrotik sindrom massiv proteinuriya,gipoproteinemiya,giperlipidemiya va shishlar bilan kuzatiladi

Uchraydi,buning oqibatida siydik ushlanib qolishi kuzatiladi-(retentio urinae).Shu kabi xodisalar prostate bezi va siydik qopi bo'yin qismining tosh yoki o'sma bn to'silib qolishida xam uchraydi.Siydik ajralishining buzilishida ba'zida siydik ajralishining jadallashuvii-polliakiuriya(polliakis-tez-tez,ouron-siydik) va og'riqli bo'lishi-stranguriya kuzatiladi. Ikkala simptom birgalikda dizuriya deb ataladi va ko'pincha sistit va uretritlarda sodir bo'ladi.


Siydik chiqarish organlari kasalliklari bilan og'rigan bemorlar siydikning rangiga xam shikoyat qilishlari mumkin.Masalan:"go'sht yuvindisi",xira-oq rang va boshqalar.
6.3 Amaliy qism.

7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Joriy nazoratni baxolash mezoni




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

1. Mirraximov M.M., Ruppa Ya.M., Mogilner A.S. "Osnovi auskultasii serdsa", g.Tashkent, "Medisina", 1984 god.



2."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.
Yüklə 69,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə