Transport vositalari va atrof-muhit



Yüklə 17,39 Kb.
tarix04.05.2023
ölçüsü17,39 Kb.
#108469
Transport vositalari va atrof-muhit



Transport vositalari va atrof-muhit
Kirish

  1. Avtotransport vositalarining havo muhitiga ta'siri.

  2. Suv transportining suv muhitiga ta'siri.

  3. Xavo transportining atmosfera xavosiga ta'siri.

  4. Atmosfera havosini avtotransport chiqindilaridan muhofaza qilish.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Xozirgi davrda inson salomatligi uchun eng xavfli manbalardan yana biri avtotransport vositalaridan chiqadigan zaxarli gazlardir. Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, AQSH va Yaponiyada atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar ichida avtotransport vositalari oldingi o'rinda turadi. Xorijiy mamlakatlar atmosfera havosini ifloslantiruvchi gazlar ichida is gazi, uglevodorodlar, shuningdek, azot oksidlari barcha tajovuzkor gazlarning 60-70 % ini tashkil qilsa, bizda 14 % ini tashkil qiladi. Umuman, ichki yonuv vositalari atmosfera xavosini ifloslantirish borasida salmoqli o'rinni egallaydi.


MDXda avtotransport vositalari 1988-yilning o'zida 35,8 mln.tonna zararli moddalarni havoga chiqarib tashlagan. Moskva, Sankt-Peterburg, Toshkent, Erevan va boshqa shaharlar havosida is gazi ruxsat etilgan mikdoridan 3-10 barobar ziyod ekanligi qayd etilgan.
Qizig'i shundaki, sulfat angidridi atmosfera xavosida turli reaksiyalarga kirishib, atmosfera xavosi namligida erib, qataliz hamda fotokimyoviy jarayonlar vositasida oqsidlanadi va pirovardida, sulfat kislotasini hosil qiladi. Bunday kimyoviy birikmalar 750-1500 metr balandlikka ko'tarilib, hatto 3000-4000 metr masofaga yetadi. Shuning uchun sanoat korxonalari joylashgan markazlar atrofidagi turar joylarda sulfat kislotasi yomg'ir bo'lib yog'adi va tabiatga shu jumladan, tirik organizmlarga katta zarar etkazadi.
Agar 1950-yili atmosferaga 70 mln.tonna, 1975-yili 120 mln.tonna, 1980- yili 181 mln.tonna zaxarli moddalar chiqarib tashlangan bo'lsa, 2000-yilda 280 mln.tonna tajavvuzkor moddalar atmosferani bulg'ashi taxmin qilinmoqda. Atmosfera havosining kundan-kunga, yildan-yilga bunchalik ifloslanib borishiga avtotransportning "aybi" borligi yaqqol ko'rinib turibdi. Shuni ham qayd qilish kerakki, avtomabillar purkagan gazlar tarkibidagi is gazlari (SO), azot kush oksidi(NO2), uglevodorodlar bilan bir qatorda juda zaxarli modda qurg'oshin ham mavjud.
Avtotransport vositalari tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi dudbo'ronlardan chiqadigan gazlarning tarkibi va mikdoriga, transport xarakati tezligiga, mashinalar soniga, ko'chalarning katta-kichikligiga ularning loyixasiga, relefiga, turar joylarning topografik xolatiga, joylarning xolatiga, iqlim sharoitiga va meteorologik omillariga bog'lik bo'ladi. Avtotransportlarning atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy moddalari is gazi, uglevodorodlar, azot oksidlari, aldegidlar, ketonlar, akrolein, qo'rg'oshin va boshqalar aksariyat xollarda gigienik nuktai nazardan juda zararli hisoblanib, belgilangan me'yordan ortgan xolda bo'ladi
Avtomobil transporti -yuk va yo‘lovchilarni relssiz yo‘llarda tashishga mo‘ljallangan transport turi. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida keng foydalaniladi. Bajaradigan ishiga qarab umumiy foydalanilmaydigan (ayrim korxonalar, tashkilotlar uchun xizmat qiladigan) Avtomobil transporti hamda qaysi tashkilotga mansubligidan qat’i nazar yo‘lovchi va yuk tashuvchi umumiy foyda-lanishdagi Avtomobil transporti ga bo‘linadi. Shuningdek shaxsiy foydalanishdagi yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar ham mavjud (qarang Avtomobil). Avtomobillarning har qanday yo‘llarda yura olishi, yo‘lni tez o‘zgartira olishi, yuk ortish va tushi-rish joylariga bevosita bora olishi, yuk hamda yo‘lovchilarni bir transport turidan ikkinchisiga o‘tkazmay tashishga imkon beradi. Natijada yo‘lovchi va yuk tashish tezlashadi. Avtomobil transporti sanoat va qishloq xoʻjaligi, markazlashgan tartibda xalqaro, shaharlararo va mahalliy yo‘llarda ta-shishda qo‘llaniladi. Avtomobil transporti aviatsiya, dengiz va daryo transporti, shuningdek temir yoʻl transporti bilan uzviy bog‘langan. Avtomobil transporti uncha uzoq bo‘lmagan masofalar uchun foydalanishda eng qulay transport turi hisoblanadi. Shu bilan birga boshqa transport turlarida tashish noqulay bo‘lgan yuklar, xususan, tez buziladigan mahsulotlarni uzoq, masofalarga tez va qulay yetkazib berishda ham ko‘p foydala-niladi.Avtomobil transporti 19-asr oxirida paydo bo‘ldi, 20-asrning 20-yillaridan qisqa masofalarga yuk va yo‘lovchi tashishda temir yoʻl va daryo trans-porti bilan raqobat qila boshladi. Avto-mobil sanoatining rivojiga qarab, tez sur’atlarda taraqqiy etdi. Mamlakatlar avtomobil parkining asosiy qismi yi-rik ixtisoslashtirilgan yuk va yo‘lovchi tashish korxonalari va birlashmalari tarkibiga kiradi. Bu esa mehnat unum-dorligini yuqori sur’atlarda o‘stirish va Avtomobil transporti vositalaridan samarali foydala-nishni ta’minlaydi.Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mam-lakatlarda tashilgan yuklarning umumiy hajmida Avtomobil transporti hissasi katta salmoqqa ega. Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR, Yaponiya, Kanada, Rossiyada Avtomobil transporti taraqiy etgan. AQShda yuk avtomobil parki turli sa-noat va savdo kompaniyalari, korxonalar va ayrim shaxlarga tegishli bo‘lib, jami avtotransport vositalarining 10% umu-miy foydalanishdagi yuk tashish kompa-niyalariga to‘g‘ri keladi.O‘zbekistonda A.T. 20-asr boshlarida paydo bo‘ldi, unga qadar ot-ulov asosiy transport vositasi bo‘lgan. Dastlabki avtobus katnovi 1906 yilda Farg‘ona – Marg‘ilon marshrutida yo‘lga qo‘yilgan. Toshkentda birinchi avtobus 1909 yildekabrda qatnay boshladi, 1910 yil chet ellarda ishlab chiqarilgan 8 ta kichik va 1 ta 40 o‘rinli avtobus ishladi.1921 yilda Avtomobil transporti ixtiyorida 40 yengil va 15 yuk avtomobili hamda Toshkent avto-mobil ta’mirlash ustaxonasi bo‘lgan. 30-yillarda Avtomobil transporti rivojlanishi bilan qattiq qoplamali yo‘llar qurilishi boshlandi, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish korxonalari, kadrlar tayyorlaydigan o‘quv yurtlari ochildi. 1939 yil 25 iyulda O‘zbekiston Avtomobil transporti xalq komissarligi tashkil etildi. 50-yillarda avtotransportda yuk va yo‘lovchilar tashish o‘sdi. 60–80-yillarda respubli-kada avtotransport vositalarining tur tarkibi ko‘paydi. 1991 yilga qadar O‘zbekiston xalq xo‘jaligida asosan Rossiya ("ZIL", "Moskvich" – Moskva shahri; "GAZ" yuk va "Volga" yengil avtomo-billari – Nijniy

Novgorod shahri; "Ka-mAZ" – Naberejniye Chelni shahri; "Jigu-li" – Tolyatti shahri; "UAZ" –


Ulyanovsk shahri; "Ural" – Chelyabinsk vil. Miass shahri; "PAZ" – Pavlovo shahri), Ukraina


("LAZ" – Lvov shahri; "KrAZ" – Kremenchuk shahri; "ZAZ" – Zaporoje shahri), Belorussiya ("MAZ" – Minsk shahri; "BelAZ" – Jodi-no shahri), Gruziya ("KAZ" – Kutaisi shahri) respublikalarida ishlab chiqarilgan yuk va 138engil avtomobillari, avtobuslari ishla-tildi. Oʻzbekiston Respublikasining yuk mashinalari saroylarida vazifasiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan


(o‘t o‘chirish, un, paxta, don, qurilish materiallarini tashish, sanitariya va boshqalar) avtomobillar bor. Respublikada xalq xo‘jaligining sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, suv xo‘jaligi, aloqa, savdo, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jaligi, madaniyat, mudofaa va boshqa tarmoqlarida ixtisoslash-tirilgan yirik avtotransport korxonalari mavjud. Ular vazifasiga ko‘ra umu-miy foydalanilmaydigan ichki ishlab chiqarish Avtomobil transporti ga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan 14,7 ming avtobus, 5 mingdan ko‘proq yengil taksi mashinalari ish-ladi. Respublika bo‘yicha 2892 avtobus marshrutlarida (jumladan 593 shahar, 1768 shahar atrofi, 532 shaharlararo, 142 xalqaro) avtobuslar qatnadi. Avtobuslar bilan har kuni 5 mln.ga yaqin yo‘lovchi ta-shiladi, 27avtovokzal, 120 avtostansiya xizmat ko‘rsatadi. Faqat shaharlardagi avtobus marshrutlarida turli markadagi 3 mingga yaqin avtobus qatnaydi (1999). 1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasida jami transport turlari yuk oborotining 28,9% Avtomobil transporti hissasiga to‘g‘ri keldi, yuk oboroti 8135,3 mln.tkm, tashilgan yuk 733,2 mln.t, 1t yuk tashishning o‘rtacha masofasi 10,1 km bo‘ldi; avtobuslarda 22779 mln. yo‘lovchi, yengil taksilarda 62,7 mln. yo‘lovchi tashildi.O‘zbekiston xalq xo‘jaligi tasarru-fida turli maqsadlardagi va markadagi 199,7 ming yuk avtomobillari (uning 55 mingdan ortiqrog‘i o‘zi ag‘daruvchi), 35,4 ming avtobuslar, 45,9 ming yengil avto-mashinalar xizmat ko‘rsatadi (1995).90-yillar boshidan aholiga yengil avtomobillardan tashqari yuk avtomobillari hamda avtobuslarni sotib olishga ruxsat berilishi natijasida shaxsiy avtotransport soni va tur tarkibida ham jiddiy o‘sish kuzatildi. Respublikada fuqarolarning mulki bo‘lgan va mamlakatda hamda chet ellarda ishlab chiqarilgan 788,2 ming yengil, 16,9 ming yuk avtomobillari, 2,6 ming avtobuslar, 419,1 ming mototransport (mototsikl, motoroller va boshqalar) vositalari bor (1995). 1996 yilda O‘zbekistonning har 1000 aholisiga 43 ta yengil avtomobil to‘g‘ri keldi (ulardan 39 tasi shaxsiy foydalanishda).Umumiy foydalaniladigan yuk va yo‘lovchilar tashuvchi Avtomobil transportining yirik kor-xonalari "O‘zavtotrano davlat-aksiyadorlik korloratsiyasi (1993) tarkibiga kiradi (respublika yuk avtoparkining 14%, avtobus parkining 46,8%; 1999).Tarmoq korxonalari uchun texnik xodimlar 12 mutaxassislik bo‘yicha Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti (1972) da, Qo‘qon (1945), Nukus (1965), Buxoro (1969), Urganch (1981), Toshkent (1986) avtomobil va yo‘llar texnikumlarida tayyorlanadi. Avtomobil transportining nazariy-amaliy masalalari, ilg‘or texnologiya va fan yutuqlari targ‘iboti "O‘zbekiston avtotransporti" jurnal (1993; rus tilida), "O‘zbekiston avtomo-bilchisi" (1990; o‘zbek va rus tillarida) gaz.da yoritiladi.Baxtiyor Avazov.


.
Avtotransport vositasidan atmosfera havosiga tashlanadigan ba'zi zaxarli gazlar meteorologik sharoitlarda fotokimyoviy o'zgarishlarga uchraydi. Azot qo'sh oksidi parchalanib, azot oksidiga aylanadi, natijada atomlar xolidagi oksigen(kislorod) xosil bo'ladi, aldegid va kationlar esa radikallarni paydo qiladi. Mazkur ko'rinishdagi reaksiyalar navbatdagi ikkinchi reaksiyalarning kelib chiqishiga yordam beradi, oqibatda o'ta zaxarli tarkibga ega bo'lgan smog xosil bo'ladi. Biz yuqorida tashqi muxitga nixoyatda tasirchan ko'rg'oshin bilan ifloslanishiga asosan avtomobillar sababchi ekanligini ko'rsatib o'tgan edik. Manbalarda keltirilishicha, 1928-yildan avtotransport yonilg'ilari tarkibiga tetroetilko'rg'oshin birikmasi ko'shiladigan bo'ldi va bu usul 1959-yildan boshlab tadbiq etila boshlandi.
Ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan qo'rg'oshin birikmalari 1 m
atmosfera h avosida 1-2 mg.dan 4-5 mg.gacha yetadi, bunda albatta, motorlarning
ish rejimiga qarab, xavoning ifloslanish darajasi o'zgarib turadi. Manbalarda
keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, qishloqlardagi turar joylardagi 1m havo tarkibida qo'rgoshin miqdori 0,1 dan 0,5 m ga teng bo'lsa, shaharlar havosida 1 dan 5 mkg atrofida bo'ladi. Katta magistral yo'llar atrofidagi 1 m havo tarkibida 14-38 mkg qo'rgoshin borligi aniqlangan.
Avtotransport vositalari sonining ortib borishi tashqi muhitga ajralib chiqayotgan qonserogen moddalarning salmog'ini ortishiga olib keladi. Ko'rinib turibdiki, tajovuzkor va zaxarli hisoblangan qo'rg'oshin va qonserogen moddalar orasida qandaydir uzviy bog'lanish bo'lib, ulardan biri salmog'ining ortishi ikkinchisining ham ortishiga ham bog'liq bo'ladi. Ularning tabiatda aylanishini quyidagicha ifodalash mumkin:
> inson
Xavo —>tuproq—>o'simliklar dunyosi —>odamlar.
> hayvon
Ko'rsatilgan tarix asosida xavfli, tajovuzkor moddalar tashqi muhitda aylanib yurib, pirovardida odam organizmiga salbiy tasirini ko'rsatmasdan qolmaydi, degan xulosaga kelish mumkin.
Avtotransport vositalari atmosfera xavosini azot oksidi bilan 40,5%, uglerodlar bilan 42% zararlantiradi. Xavoga chiqarib tashlanadigan 100 mln.tonnaga yakin is gazining 73,5 mln.tonnasi yoki 78% i avtotransport vositalariga to'g'ri keladi. Shaxarlar havosining 60% ini zaxarli gazlar bilan ifloslanishi avtotransport hisobiga to'g'ri keladi.
2. Tabiat boyliklari shunday taqsimlanganki, bir region neftga boy bo'lsa,
boshkasi metallarga boy, qaysi bir mamlakat qurilish materiallariga juda boy
bo'lsa, ikkinchi mamlakat undan maxrum. Bunday tabiiy boyliklarni bir regiondan
ikkinchi regionga tashishni avtotransportlar orqali amalga oshirish mumkin emas.
Bunga bir tomondan, kit'alar katta okean va dengizlar bilan ajratilganligi bo'lsa,
ikkinchidan, katta hajmdagi yuklarni avtotransportlarda tashish iqtisodiy jixatdan
samara bermaydi. Shu sababli transport vositalari orqali tashilayotgan yukning
umumiy miqdori bo'yicha hisoblaydigan bo'lsak, birinchi o'rinda dengiz va okean taransportlari turadi. 1980 yillar atrofida neft maxsulotlari qazib olish dunyo bo'yicha o'zining eng baland nuqtasiga chiqqan edi. O'sha yillarda 3 mlrd.tonna atrofida neft qazib olingan bo'lsa, uning taxminan 60% i Fors ko'ltig'i mamlakatlariga to'g'ri keldi. Shu bilan birga jaxonda ayrim mamlakatlar borki, ularda umuman neft qazib olinmaydi. Masalan: Yaponiyaga o'xshagan sanoati juda rivojlangan mamlakat yiliga 300-400 mln.tonna neftni qayta ishlab undan energiya, avtotransport yoqilg'ilari, kimyoviy maxsulotlar va boshqa dori- darmonlar ishlab chiqaradi. Shu neftni taxminan 90 % dan ko'prog'i tankerlarda O'rta Shark mamlakatlaridan va uzoq indoneziyadan olib kelinadi. Yevropadagi juda ko'pchilik mamlakatlar Fors qo'ltig'i mamlakatlaridan, bir qismini sobik ittifoqdan olar edi. Mana shunday katta xajmdagi neft va neft mahsulotlarini tankerlar va super tankerlarda tashilishi natijasida yiliga 10-12 mln.tonna neft va neft maxsulotlari dengizlarga to'kilmoqda. Tankerlarni qanday yuk bilan avariya bo'lishi va cho'kishidan qat'iy nazar, dengiz suvlar u yomon darajada ifloslanadi.
1960-yili AQSH ning Liberiya bayrog'i bilan yurgan "Tori kanvon" nomli
super tankeri Angliyaning janubiy Yevropa qismida dengizning sayoz joyida
toshga urilishi natijasida 12000 tonna xom neft bilan halokatga yuz tutdi. Juda
katta urinishlarga qaramay qutqarish mumkin bo'lmadi, natijada tanker cho'kib
ketdi. Undan to'kilgan katta miqdordagi neft Angliya va Fransiya qirg'oqlarigacha
yetib keldi. Bir necha oy davomida cho'milish xavzalaridan foydalanish mumkin
bo'lmadi. Eng achinarlisi shundaki, biosferaga, ayniqsa gidrosferaga juda katta
zarar etdi. Bir necha ming tur dengiz hayvonlari va shuningdek dengiz kirg'og'ida
yashaydigan hayvonlar va qushlar xalok bo'ldi. Dengiz ekologiyasi buzildi. 1976
yili Tinch okeanida 10000 tonnali tanker, shu yili Ispaniyaning uncha uzok
bo'lmagan rayonida 40000 tonnali tanker, shu yili Amerikaning shimoliy sharqida
27000 tonnali tanker, Los-Anjeles yakinida 40 ming tonnali tanker avariyaga
uchradi. Amerikada chiqadigan "Taym" jurnalida ta'kidlanishicha, fakat 1976
yilning o'zidagina 19 ta tanker xalokatga uchradi. 1964-1976 yillar orasida 198 ta
tanker xalokatga uchradi va uning oqibatida 108 kishi xalok bo'lgan. 1917 yili 2 ta

AQSHning super tankeri har biri 330 ming tonnadan neft bilan o'zaro to'qnashib xalokatga uchradi va okeanga 26 ming tonna neft to'kildi. Tarixda eng katta xalokat 1978 yili Amerikaning Liberiya bayrog'i bilan yuradigan "Amakades" super tankerida O'rta yer dengizida yuz berdi. Tankerda 220 ming tonna neft maxsulotlari bo'lib, ularning to'kilishi natijasida dengizning 3,5 ming kv.m qismi neft maxsulotlari bilan qoplangan. Bir necha yuz ming dengiz hayvonlarining xalokatiga sabab bo'ldi.



  1. Atmosfera xavosining ifloslanishiga juda tez rivojlanayotgan aviatsiya ham o'z xissasini qo'shmoqda. Bitta o'rtacha xavo layneri 8 soat uchishi davomida 25 tonna aviakerosin sarflab, 200 tonna kislorodni boshqa gazlarga aylantirib yuboradi. TU-144 tipidagi samolyotlar yuqoridagiga nisbatan 3-4 barobar ko'proq yoqilg'i va kislorod sarflaydi. Samolyotlarda ham yonish maxsulotlari asosan avtomabillarnikiga o'xshash. Ammo bu yerda azot oksidlarining miqdori ancha ortiq. Samolyotlar uchishi natijasida atmosferada sun'iy bulut xosil bo'ladi va o'z navbatida mikroiqlim yomonlashuviga olib keladi. Eng yomoni shundaki, samolyotlardan xosil bo'layotgan azot oksidlari xisobiga ozon kavati yemirilib bormoqda.

  2. Yuqorida aytib o'tilganidek, shaharlar xavosini ifloslantiradigan asosiy omillardan biri avtotransport vositalaridir. Bular ifloslantirgan havoning zaxarliligini kamaytirish maqsadida yoki xavoga chikarib tashlanadigan chikindilarning umumiy miqdorini kamaytirish uchun turli texnologik jarayonlarni qo'llash yo'li bilan istalgan maqsadga erishish mumkin. Masalan, motor silindrlarida paydo bo'ladigan zaxarlar kuchini neytralizatorlar yordamida kesish mumkin. Bundan tashqari har qanday yo'qilgi to'la yonishini ta'minlaydigan motorlar ishlab chiqarilishi kerak. Atmosfera xavosini avtotransport chikindilaridan saklash uchun shaxar asosiy erlari, yo'laklar soz bo'lishini ta'minlash, chorraxalarda tartib o'rnatish, transprot xarakatini tog'ri yo'lga qo'yish maqsadida shaxar qurilish loyixalarini lozim darajada o'zgartirish, ko'cha chetlariga daraxtlar o'tkazish, yer osti yo'llarini ko'paytirish, ayniqsa, chorraxalarda avtotransport to'planib qolishiga yo'l ko'ymaslik kerak.

Yo'lga yaqin uy-joylardan kam qavatlilari oldingi qatorda bo'lishi lozim, undan keyin yuqori kavatli uylar, uylarning o'rtida esa bolalar bog'chalari, maktab binolari joylashtirilishi kerak.
Davlat avtomabil inspeksiyasi shahar va tuman xududidagi avtomabil transportlarini hisobga oladi, uning texnik xolatini tekshiradi, avtomabil dudburonidan chiqadigan chiqindilar tarkibini tekshiradi. Is gazi Davlat tasdiqlangan ko'rsatkich me'yoridan oshib ketsa, qarbyurator tuzatilib, sozlanmaguncha mazkur mashinani ishlatish man etiladi. Masalan, is gazi 1,5 % dan, ikkinchi rejimda ishlasa 1 % dan oshmasligi kerak.

Adabiyotlar:

    1. N.Jabbarov "Ximiya va atrof-muxit", Toshkent "O'qituvchi", 1992 yil 13-27 betlar.

    2. Sh.Otaboev, M.Nabiev "Inson va biosfera", Toshkent "O'qituvchi", 1995 y. 2435 bet.

    3. Yu.SHodimetov "Ijtimoiy ekologiyaga kirish", Toshkent "O'qituvchi", 1994 yil, 169- 171 betlar.

    4. X.T.Tursunov "Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish", Toshkent 1997 yil, 19-26 betlar.



Yüklə 17,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə