Transport xizmatlarining xalqaro bozori



Yüklə 185,88 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.04.2022
ölçüsü185,88 Kb.
#86246
mustaqil ish
Sab\'ai sayyor 2020


Transport xizmatlarining xalqaro bozori. 

Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlaridan bir shundan iboratki, unda 

tovarlar xalqaro savdosi bilan bir qatorda xizmatlar savdosi ham keng rivoj topgan. Tovarlar 

va xizmatlar xalqaro savdosi o‘zaro bog‘liqdir. Xorijga qancha ko‘p tovarlar sotilsa, shuncha 

ko‘p xizmatlar ham ko‘rsatiladi, ya'ni ular o‘z ichiga bozorlarni tahlil qilishdan tovarlarni 

transportirovka qilishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Xizmatlar - boshqa shaxslar 

ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati bo‘lib, mehnat huquqiga oid 

munosabatlar asosida amalga oshiriladigan faoliyat bundan mustasno. 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining belgilashiga ko‘ra eksport qilinadigan 

xizmatlarga xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarga (yoki ularga 

tenglashtirilgan boshqa xujjatlarga) muvofiq, belgilangan tartibda respublikaning xo‘jalik 

yurituvchi sub'ektlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar (ishlar) kiradi. BST ning nizomiga 

asosan xizmatlar quyidagi 12 sektorga bo‘linadi: 

 biznesga ko‘rsatiladigan xizmatlar; 

 qurilish xizmatlari; 

aloqa xizmatlari (pochta, kurerlik va telekommunikatsiya); 

 distribyutorlik xizmatlari (savdo agentlarining xizmatlari, chakana va ulgurji savdo, 



franchayzing); 

 transport xizmatlari; 

 moliyaviy xizmatlar; 

 ta'lim xizmatlari; 

 meditsina xizmatlari; 

 turistik xizmatlar; 



 

rekreatsion xizmatlar



 atrof muhitni muxofaza qilish bo‘yicha xizmatlar; 



 boshqa tavsiflanmagan xizmatlar. 

Boshqa tasnifga ko‘ra xizmatlar bo‘yicha asosiy iqtisodiy savdo bitimlariga transport 

xizmatlari, injiniring (muhandislik-texnika xizmatlari), ijara munosabatlari (lizing), turistik 

xizmatlar, informatika va boshqarishni takomillashtirish sohasidagi maslahat xizmatlari, 

sug‘urtalash kabi xizmatlar kiritiladi. Xizmatlar soxasi moddiy ishlab chiqarishga nisbatan 

davlat tomonidan xorij raqobatidan ximoya etiladi. Xalqaro xizmatlar savdosi asosiy 

tamoyillarining tartibga solinishi TSBB doirasidagi muzokaralarning Urugvay raundining 

munozarali masalalaridan biri bo‘ldi. Ushbu muzokaralarning boshidayoq rivojlangan va 

rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi. Birinchi guruh 

mamlakatlari xizmatlar savdosi ham xalqaro savdoni tartibga solishning umumiy tizimiga 

kiritilishi tarafdori bo‘lsalar, ikkinchi guruh mamlakatlari xizmatlar moddiy tovarlardan 




ajratilishi tarafdori edilar. Shu sababli Urugvay raundining boshida xizmatlar bo‘yicha 

aloxida muzokara guruhi tuzildi. Muzokaralarni olib borish uchun namuna va asos sifatida 

TSBB olindi, lekin tovarlar va xizmatlarning chegaralararo o‘tkazilishida sezilarli farqlar 

mavjud bo‘lganligi tufayli yangi bitim – Xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh bitim (XSBB) 

rasmiylashtirildi. 

Xizmatlar bo‘yicha asosiy iqtisodiy savdo bitimlari Distribyutorlik xizmatlari. Eksport-

import operatsiyalari bevosita yoki bilvosita bo‘lishi, ya'ni tovar sohiblari yoki vositachilar 

tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Vositachilar sifatida brokerlar, dilerlar, 

komissionerlar, konsignatorlar, ulgurji xaridorlar, savdo agentlari faoliyat ko‘rsatishi 

mumkin. Eksport-import operatsiyalaridan tashqari iqtisodiy iqtisodiy faoliyat amaliyotida 

tovarlarni sotish uchun iqtisodiy savdoning savdo, auksion (kimoshdi savdosi) va birja singari 

maxsus shakllaridan ham foydalanadi. Ilmiy-texnik tadqiqotlar natijalari savdosi. Xizmatlar 

iqtisodiy savdosida ilmiy-texnik tadqiqotlar natijalari savdosi va mualliflik huquqlari savdosi 

aloxida o‘rin tutadi. Ilmiy-texnika bilimlarini ayirboshlashga 

doir kelishuvlar nafaqat ilmiy

balki tijorat qiymatiga ham ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlari yakunlarining oldi-sotdisi bilan 



bog‘liqdir. Ilmiy-texnika bilimlari savdosiga doir operatsiyalarda patentlar, litsenziyalar, 

tovar belgilari, sanoat namunalari shaklida maydonga chiqadigan intellektual mehnat 

mahsulotlari, shuningdek «nou-xau» tushunchasi bilan birlashtirilgan texnik bilimlar va 

tajriba ishtirok etadi. 

Moliyaviy xizmatlar. Iqtisodiy savdo aloqalari moliyaviy aloqalar bilan bog‘lanadi, zero 

moliya savdo paydo bo‘lishi bilan va savdo hosilasi sifatida paydo bo‘ladi. Moliya – pul 

oqimida, pullarning uzluksiz boradigan oborotida yuzaga keladigan munosabatlar tizimidir. 

Boshqacha qilib aytganda, moliya-pul fondlari shaklanishi va ulardan foydalanishda hamda 

pul mablag‘lari oboroti paytida yuzaga keladigan munosabatlari tizimidir. 

Moliya uchta funksiyani bajaradi: 

- fondlarni shakllantirish va naqd pul mablag‘larini olish; 

- pul fondlari va naqd pul mablag‘laridan foydalanish; 

- pul fondlari va naqd pul mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazorat 

qilish. 


Xalqaro kreditlash, xalqaro sug‘urtalash, xalqaro bank xizmatini ko‘rsatish (hisob-kitoblar, 

depozitlar va boshqa bank operatsiyalari) moliyaviy iqtisodiy iqtisodiy aloqalar shakllari 

hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va jahon iqtisodiyotida fan-texnika 

taraqqiyoti ishlab chiqarishga oid va investitsion iqtisodiy iqtisodiy aloqalarning paydo 

bo‘lishi va chuqurlashishiga olib keldi. 

Xalqaro turizm xizmatlari Xalqaro turizmning iqtisodiy mohiyati va mazmuni. Xalqaro 

turizm xizmatlarni xalqaro ayirboshlash qismi hisoblanadi. Davlatlaaro muloqotlarning 

rivojlanishi bilan xizmatlar sohasi alohida mamlakatlar doirasidan chiqdi va iqtisodiy 

iqtisodiy aloqalarning eng muhim shakllaridan biriga aylandi. Uning moliyaviy natijalari 

alohida mamlakatlarning to‘lov balanslari yakuniga borgan sari ko‘proq ta'sir ko‘rsatmoqda. 

Jahon savdosining deyarli 1\4 qismini uning ko‘rinmas deb nomlanadigan moddalari tashkil 

etadi va ular tovarlar bilan xalqaro savdoga qaraganda ancha tez o‘sadi, buning ustiga o‘sish 

sur'atlari tezlashmoqda. Ko‘rinmas moddaalari bo‘yicha savdoning o‘sishi shu jihat bilan 



qiziqarliki, u hatto jahon iqtisodiyotidagi buhron hodisalari kuchayishi munosabati bilan 

jahon tovar oborotining o‘sish ko‘lamlari pasaygan davrda ham sodir bo‘lgan. 

Halqaro xizmatlar sohasi iqtisodiy iqtisodiy aloqalar jarayonida shakli bo‘yicha ham, 

o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni bo‘yicha ham tovar almashishga xizmat ko‘rsatish, 

sarmoya harakatlanishi va mazkur mamlakat xorijiy valyutada tushum va to‘lovlarnga ega 

bo‘lgan boshqa faoliyat turlari bo‘yicha eng xilma- xil joriy operatsiyalarni birlashtiradi. 

Bunga birinchi navbatda xalqaro turizm, transporta tashishlar, sug‘urta 

operatsiyalari

, bank 

faoliyati va xorijga kapital qo‘yish bilan bog‘langan xizmatlar hamda ko‘p sonli boshqa 

operatsiyalar: madaniyat sohasida almashish, axborot, ekspert va boshqa xizmatlar kiradi. 

Xalqaro xizmatlarning eng salmoqli tarkibiy qismlaridan biri iqtisodiy iqtisodiy faoliyatining 

o‘suvchan sohasini taqdim etuvchi, jahonning ko‘plab mamlakatlarida katta biznesning 

gurkirab o‘suvchi jabhasiga aylangan xalqaro turizm hisoblanadi. 

Turistik biznes ulushiga jahon yalpi milliy mahsulotining salkam 6 foizi, summar sarmoya 

qo‘yilmalarining foizi, jahon iste'mol xarajatlarining 11 foizi va barcha soliq tushumlarining 

5 foizi to‘g‘ri keladi. 1995 yilda jahondagi har bir 16-chi ish o‘rni turizmga to‘g‘ri kelar edi. 

Xalqaro turizmning ulushijahon eksportning salkam 7 foizini tashkil etadi, bu esa eksportdan 

tushgan daromadlar summasida turizm neft va neft mahsulotlarini eksport qilishdan va 

avtomobillarni eksport qilishdan daromadlardan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi demakdir. 

1998 yilda Jahon turistik tashkiloti tomonidan 625 mln turistik tashriflar qayd etildi,ulardan 

olinadigan darmad bir yilda 9 foiz ko‘payib, 445 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi, bu esa 

turizmni jahon ho‘jaligining yetakchi jabhalaridan biri aylanish yo‘lida qo‘yilgan katta 

qadamni anglatadi. U hatto ayrim noqulay siyosiy va iqtisodiy sharoitlarga qaramay jadal 

rivojlanishni davom ettirmoqda. Jahon turistik tashkilotining prognozlariga qaraganda, jahon 

yalpi milliy mahsulotini yaratishda turizmning salmog‘i 2005 yilda 12-14 foizga yetadi. 

Turistik biznes tadbirkorlarni ozginagina boshlang‘ich investitsiyalar, ularning tez qoplanish 

muddatlari, turizm xizmatlariga doimiy talab, ishlab chiqarish xarajatlari rentabelligining 

yuqori darajasi bilan jalb etadi. Iqtisodiyot rivojlanishining muayyan bosqichida sayohat 

qilishga ehtiyoj keskin oshganda, ana shunday sayohatlar uchun xizmatlarni ishlab 

chiqaruvchilar ham paydo bo‘lishdi. Bu alohida turdagi tovar - turizmning shakllanishiga olib 

keldi. Shunday qilib, avval turizm iste'molchilar bozorida sotib olish va sotish mumkin 

bo‘lgan tovar sifatida vujudga keldi. Turizm tovar sifatida xizmatlar (moddiy va nomoddiy) 

shaklida sotiladi. Turistlarga (sayohat qilayotgan kishilarga) xizmat ko‘rsatish uchun 

mo‘ljallangan xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar «turizm» sohasiga birlashishdi. Turizm 

birinchi hayotiy 

zarur tovar hisoblanmaydi

, shuning uchun insonning faqat uning daromadlari 

muayyan darajada va jamiyatning boyligi mo‘ayyan darajada bo‘lganda zaruriy ehtiyoji 

bo‘ladi. 

Turizm odamlarning turli turistik yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishi natijasidir. Turizm har 

doim ikki unsurni o‘z ichiga oladi: 

-tayinlangan joyga sayohat va u yerda to‘xtash; 

-turizm - turistning turistik yo‘nalish bo‘yicha vaqtincha harakati, ya'ni turist qanchadir 

vaqtdan keyin o‘zining doimiy yashash joyiga qaytadi; 

-turizm - foyda olish bo‘yicha faoliyatini o‘ziga olmagan sayohatdir. 




Turizm aholining bir mintaqadan (tuman, shahar, mamlakat) boshqasiga, agar u yashash joyi 

yoki ishi o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmasa, vaqtincha ko‘chishi bilan tavsiflanadi. Turizm – 

dam olish, davolanish, madaniy, ilmiy yoki amaliy uchrashuvlarda ishtirok etish maqsadida 

sayohat qilish bilan bog‘liq halovatdir. Turizmda ehtiyojni tug‘diradigan omillar uchta asosiy 

guruhga kiritilishi mumkin: ma'rifiy, mintaqaviy, iqtisodiy. Tarixiy-madaniy diqqatga 

sazovor joylarga tarixiy va arxeologik yodgorliklar, muzeylar, badiy galeoeyalar, teatrlar va 

boshqa ob'ektlarni kiritish lozim. Alohida qiziqishni etnografik jihatdan diqqatga sazovor 

sifatida tavsiflanadigan urf-odatlar, kiyim-kechak, taomlar va xalq ijodining boshqa 

ko‘rinishlari uyg‘otadi. Xo‘jalik yuritishdagi diqqatga sazovor narsalarga xo‘jalikni 

yuritishning o‘ziga xos shakllarini kiritish lozim. Mintaqaviy omillar guruhiga mintaqaga 

turistlarning kelishlari uchun sabab bo‘la oladigan 

mazkur mintaqadagi voqyealar

, masalan 

teatr va musiqa festivallari, kinofestivallar, turli turdagi sport musobaqalari (olimpiadalar, 

ezgu xohish o‘yinlari, spartakiadalar, sport kurashlari va hokazo), yarmarkalar, karnavallar, 

ko‘rgazmalar va hokazolar kiradi. 

Turizm ichki va xalqaro bo‘ladi. Xalqaro turizm ishtirokchisi xorijlik turist deb ataladi. 

«Xorijlik turist» atamasi (xalqaro shartnomalarda – oddiygina «turist») hozirgi vaqtgacha 

tugamagan uzoq evolyusiyani bosib o‘tdi. BMT bir necha bor xorijlik turist ta'rifini ko‘rib 

chikdi. BMTning 1963 yildagi Xalqaro turizm va sayohatlar bo‘yicha Rim konferensiyasi 

tomonidan ifodalangan ta'rifga ko‘ra xorijda bo‘lgan talabalar va o‘quvchilar ham turist 

hisoblanishadi. 

Turistlarning quyidagi asosiy guruhlari belgilangan edi: 

-yig‘ilishlar, qurultoylarga (ilmiy, ma'muriy, sport va boshqa) boradigan fuqarolar; 

-xizmat ishlari bo‘yicha boradigan fuqarolar; 

-mamlakatda ishga joylanish uchun shartnoma tuzib yoki shartnomasiz keladigan fuqarolar; 

-mamlakatga doimiy yashash uchun shartnoma tuzib yoki shartnomasiz qoladigan fuqarolar; 

-chegaraning bir tomonidan yashaydigan, ikkinchi tomonida esa ishlaydigan chegara 

tumanlari aholisi turist deb hisoblanmaydi. 

 

 



Biroq ko‘plab davlatlar xalqaro darajada «turist» atamasining aniq va bir turdagi izohini ishlab 

chiqm


agan va shu bilan xalqaro turizm sohasida o‘zlarining hamkorligi to‘g‘risida xalqaro 

shartnomalar va bitimlar mavzuini aniqlashmagan. Turizm xizmati umuman xizmat kabi foydali 

samarada ifodalanadigan muayyan iste'molchilik harakatidir, 

u odatda


, namoyon bo‘lganda 

insonning u yoki bu ehtiyojini qondiradi. Bunda xizmat yo buyum, ya'ni buyum (tovar) yordamida, 

yoxud jonli mehnatning o‘zining faoliyat ko‘rsatishi jarayonida ko‘rsatilishi mumkin. Xizmatlar ishlab 

chiqarishining ko‘rsatilgan ikki usuli xizmatlar o‘zining ham ikki turini shartlaydi. Birinchi xizmat turi 

bu shunday xizmatlarki, buyumda bevosita ifodalanib, iste'mol tovarlari bilan daxldordir. Bu turdagi 



xizmatlarni ko‘rsatish o‘zining mazmuniga ko‘ra moddiy ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonidan 

farq qilmaydi, unga aynan o‘xshash, sababi bu yerda mehnat jarayoning barcha beshta unsuri 

yaqqol: mehnat vositalari, mehnat predmetlari, mehnatning o‘zi (

ya'ni insonning maksadga 

yo‘naltirilgan faoliyati), texnologiya va tashkil etish. Bu birinchi turdagi xizmatlarni moddiy (ishlab 



chiqarishga doir) deb atashga asos beradi. Turist uchun ozik-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish 

bo‘yicha xizmatlar xizmatining ushbu turiga misol bo‘lib hisoblanadi. Iste'mol qiymati sifatida mehnat 

odamlarning aniq etiyojini qondiradi. Bunday xizmatni iste'mol qilish boshqa shunday tovar kabi shu 

mehnat beradigan alohida iste'mol qiymati xizmat deb ataladi, chunki mehnat xizmatni buyum 

sifatida emas, balki faoliyat sifatida ko‘rsatadi. Nomoddiy xizmatlar ularni ishlab chiqarish uchun 

zarur bo‘lgan jamoat mehnati xarajatlariga ekvivalent qiymatga ham ega. Nomoddiy xizmatlarni 

ishlab chiqarish jarayonida ham aniq mehnat, ham mavhum mehnat sarflanadiki, u bilan ularning 

ham iste'mol qiymati yaratiladi. Turistik xo‘jalik yurituvchi sub'ektning butun faoliyati turistlarga turli 

xil xizmatlarni taqdim etish bilan bog‘liq. Turistlar turizm xizmatlarini ishlab chiqarish va ushbu 

xizmatl


arni sotishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar ishlab chiqaradigan xizmatlar 

iste'molchilari bo‘lib maydonga chiqishadi. Xizmatlarni iste'mol qilishni sotish va tashkil etish 

jarayonida turistlarga xizmat sodir bo‘ladi, chunki iste'molni sotish va tashkil etish bo‘yicha faoliyat –

 

xizmat ko‘rsatish jarayonidir. Ushbu uchta funksiyaning mavjudligi xo‘jalik yurituvchi barcha turistik 



sub'ektlarni yagona soha - 

turizmga birlashtirishga imkon beradi. Hozirgi vaqtgacha xalq xo‘jaligi 

sohalarining amaldagi tasnifida turizm aniq ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega emas. 

Bu hozirgi zamonda bozor iqtisodiyotining faoliyat ko‘rsatishi sharoitlariga jamoat ishlab chiqarishni 

tasnifiy chizma qurilishining sohaviy prinsipi nomuvofiqligi natijasidir. Jamoat ishlab chiqarishining 

diversifikatsiyasi o‘sishida sohaning jamoat ehtiyojlarini qondirishdagi funksional roli uning mezoni 

bo‘ladi. Shuning uchun aholining iste'mol vositalariga (birga olingan tovarlar va xizmatlar) 

ehtiyojlarini qondiruvchi ijtimoiy sohalar tarkibida turizm kiradigan ijtimoiy

maishiy infratuzilmaning 



sohaviy majmui ajratiladi. Sohaning mezoni 

mahsulotning predmetligi emas

, uning ahamiyati bo‘ladi. 

Shuning uchun ham iste'mol predmetlari (oziq-ovqat, yodgorliklar va hokazo) ishlab chiqariladigan 

turizm, bu ma'noda yagona funksional mezonga ega. Turizmning xalq xo‘jaligi majmui sohalari 

tarkibidagi o‘rnini quyidagi pozitsiyalardan baholash kerak.

 

Jahon iqtisodiyotining muhim infratuzilmaviy tarmoqlaridan biri transport tizimi bo‘lib, uni 



rivojlantirish har bir milliy iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Iqtisodiy aloqalarning globallashuvi va xalqaro savdoning rivojlanishi sharoitida ichki va 

tashqi bozorlardagi yuqori raqobatbardoshlik, transport tizimining sifat jihatdan rivojlanish 

darajasi bilan belgilanadi. Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchi tashish umumiy temir 

yo‘l transportining 20,0 % ini, shu jumladan, tezyurar poezdlar hozirgi kunda faqat 1,0% ni 

tashkil etadi – (Hindiston va Yaponiyada yo‘lovchi tashish miqdori bo‘yicha yuk tashish 

hajmidan oshadi). Jahon temir yo‘llarining 2 trln. yo‘lovchi-km yo‘lovchi aylanmasi 

mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: Yaponiya va yevropa – 370-380 mlrd. 

yo‘lovchi-km; Hindiston va Xitoy - deyarli 300 mlrd. yo‘lovchi-km; boshqa mamlakatlar – 

200 mlrd. yo‘lovchi-km

1



Jahonda temir yo‘l transporti xizmatlari bozorida marketing faoliyatini samarali tashkil etish 



yuzasidan keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, temir yo‘l transporti 

infratuzilmasi sifatini yanada oshirish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tizimli tashkil qilish, 

mijoz va transport korxonalari munosabatini uyg‘unligiga yo‘naltirilgan samarali marketing 

faoliyatini tashkil etish kabi yo‘nalishlardagi tadqiqotlarni amalga oshirishga alohida e'tibor 

qaratilmoqda. Xalqaro transport xizmatlari bozorida murosasiz raqobat kechayotgan bir 

sharoitda iste'molchilar talabini qondirish, yangi bozor segmentlariga kirib borish va faoliyat 

natijaviyligini ta'minlash temir yo‘l transporti xizmatlari bozorini rivojlantirishning samarali 

marketing strategiyasini ishlab chiqarish mug‘im ahamiyat kasb etadi. 

So‘nggi o‘n yillikda mamlakatimizda transport xizmatlari bozorini rivojlantirishga va uning 

infratuzilmasini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasida 




amalga oshirilayotgan islohotlarda temir yo‘l transporti tizimining alohida o‘rni bor. Ushbu 

transport turi zimmasiga 2016 yilda xalqaro yo‘nalishdagi yo‘lovchilarning 27,6 foizdan 

ko‘prog‘i, shuningdek, shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha 20,8 foizi to‘g‘ri keldi

2

. Ammo 



temir yo‘l transporti iqtisodiyotda bo‘layotgan o‘zgarishlar va turizm sohasini jadal 

rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan talablarni miqdor va sifat jihatdan qondira olmayapti. Shu 

boisdan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 

yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasida «...xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, 

shuningdek, aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yuk va yo‘lovchi 

tashish faoliyatini yaxshilash, ularning xavfsizligini oshirish vazifalari belgilab 

berilgan».

3

 Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta'minlash respublikamiz temir yo‘l 



transporti xizmatlari bozorini rivojlantirishning marketing strategiyasini ishlab chiqishni 

taqozo etadi. 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF



-4947-

son «O‘zbekiston 

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi va 2015 yil 6 

martdagi PF-2313-son «2015-2019 yillarda muxandislik-

kommunikatsiya va yo‘l transport 

infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida»gi

 

farmonlari



, 2017 yil 2 

dekabrdagi PQ-3422-son «2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk 

tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora

-

tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, 



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma

hkamasining 2016yil 26 fevraldagi 55-son «2016-2020 yillarda 

xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi qarori hamda mazkur yo‘nalishdagi boshqa 

me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat 

qiladi. 

 

Transport xizmatlari bozorini rivojlantirish va korporativ tuzilmalar raqobatbardoshligini oshirishning 



marketing mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy 

markazlari va oliy ta'lim muassasalarida, jumladan, World bank (Economic Development Institute), 

UNCTAD (Handbook of Statistics), Harvard University (SShA), Montpellier Business Sshool (Fransiya), 

The World Factbook (Central Intelligence Agency), Korea Railroad research institute, (Koreya 

Respublikasi), Nanjing university of information science & technology (KNR), Moskva temir yo‘l 

transporti muhandislari instituti (Rossiya Federatsiyasi), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 

Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti (O‘zbekiston)da olib borilmoqda.

 

 



Jahonda transport xizmatlari bozorining rivojlanish darajasini aniqlash va tarmoqdagi marketing 

faoliyati masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida qator, jumladan, quyidagi ilmiy 

natijalar olingan: globallashuv sharoitida servis iqtisodiyoti shakllanishining qonuniyatlari va o‘ziga 

xos xususiyatlari aniqlangan (Harvard University, AQSh); xizmatlar eksporti va importining jahon 

darajasidagi tendensiyalari va ularning xalqaro savdo rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan 

(Hosei University, Yaponiya); transport xizmatlari bozori sub'ektlarining faoliyati strategiyasini ishlab 

chiqish, iqtisodiy munosabatlarning barcha murakkabliklari zamirida yotgan inson manfaatlarini 

hisobga olish lozimligi asoslab berilgan (Korea Railroad research institute, Koreya Respublikasi); 

temir yo‘l transporti tizimida xarajatlarni qisqart

irishga qaratilgan marketing innovatsiyalarini joriy 

etish asoslab berilgan (Nanjing university of information science & technology, XXR); temir yo‘l 

transporti tizimining infratuzilmasini rivojlanish darajasi va transport xizmatlari samaradorligini 

oshiri

shda marketing strategiyasining o‘rni asoslangan (International University of Logistics and 



Transport in Wrocіaw, Polsha), infratuzilma rivojlanishining past darajasi sharoitida logistika bozori 


tizimi rivojlanishining maqsadga muvofiqligi hamda transport-logistika xizmatlariga ehtiyojlarning 

ortishi asoslab berilgan (Moskva temir yo‘l transporti

 

muhandislari instituti



, Rossiya Federatsiyasi). 

 

Jahonda transport xizmatlari bozorining rivojlanishining marketing strategiyalarini ishlab chiqish 



bo‘yicha tadqiqotlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda olib borilmoqda: ya'ni globallashuv sharoitida 

marketing tadqiqotlarida iste'molchilarning hulq-atvorini hisobga olish; transport xizmatlari maqsadli 

bozorining rivojlanishi; marketing strategiyalarini transport xizmatlar bozori xususiyatlarini hisobga 

olgan holda shakllantirish; transport xizmatlari sifatini bozordagi raqobat kuchayishini e'tiborga olgan 

holda oshirish; raqobat o‘sishi sharoitida maqsadli bozorlarni segmentlashning asosiy yo‘nalishlarini 

ishlab chiqish; transport kompaniyalarining raqobatbardoshligini tashqi va ichki muhit omillarini 

hisobga olgan holda oshirish, transport xizmatlari bozorini rivojlantirish uchun marketing 

strategiyasini tanlash kabi masalalar shular jumlasidandir. 

 

 

 



 

 

 



 

 

Yüklə 185,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə