Turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali muta-xassislartayyorlash



Yüklə 59,14 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.09.2023
ölçüsü59,14 Kb.
#124417
Oliy taʼlim - Vikipediya



Oliy taʼlim
Oliy taʼlim
— turli oliy maktablarda yuqori,
oliy malakali muta-xassislartayyorlash.
Oliy taʼlim oliy oʻquv yurtlari tomonidan
xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning turli
sohalari boʻyicha oliy malakali
mutaxassis boʻlishni istagan va tegishli
talablarni bajargan oʻrta maxsus yoki
kasb-hunar taʼli-mini olgan kishilarga
ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan
koʻnikmalar shakllantirish yoʻli bilan
amalga oshiriladi.


Oliy taʼlim jarayonida talabaga oliy
maʼlumot beriladi. Oliy maʼlumot
tushunchasi muayyan ixtisoslik boʻyicha
mutaxassis oldida turgan nazariy va
amaliy muammolarni mustaqil hal qilish
imkonini beradigan darajadagi bilim va
malakalar yigʻindisini anglatadi.
Oliy taʼlim uzoq tarixga ega boʻlib, u
dastlab Qad. Sharq mamlakatlarida
paydo boʻlgan. Misr, Bobil, Xitoy singari
mamlakatlarda mil.dan bir necha ming
yillar burun Oliy taʼlim tizimi dunyoga
kelgan. Oliy bosqichdagi maktablarda
talabalar olimlarning tabiat va
jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari,
davlatni boshqarish yoʻllari haqidagi


asarlarini oʻrganar edilar. Platon
(miloddan avvalgi 428—348 yil), Aristotel
(miloddan avvalgi 384—322 yil) singari
mutafakkirlar har bir shaxening jismoniy
va akqliy imkoniyatlari 3 bosqichli
taʼlimda toʻla namoyon boʻlishini asosla-
ganlar. Shuning uchun ham Yunoniston va
Qad. Rimda ozod kishilar hamda asl-
zodalarning farzandlari uchun taʼlimning
uchinchi — oliy bosqichi zarurligi tan
olingan. Antik Oliy taʼlimda falsa-fa, filol.,
musiqa, notiqlik, tibbiyot, mat. fanlarini
oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Musulmon Sharqining koʻp mamla-
katlaridagi kabi Turkistonda ham
dastlabki Oliy taʼlim madrasalarsa


berilgan. Insoniyat tarixida musulmon
Renes-sansi degan bosqichning yuzaga
kelishida madrasalar hal qiluvchi
ahamiyat kasb etgan.
Gʻarb mamlakatlarida 11—12-asrlarga
kelib zamonaviy maʼnodagi Oliy taʼlim
tizimining dastlabki koʻrinishlari vujudga
kela boshladi. Uygʻonish davrida mat.,
mexanika, astronomiya, navigatsiya,
tibbiyot kabi sohalardagi ulkan ilmiy
kashfiyotlar Oliy taʼlimning mazmuni
chuqurlashuvi hamda qamrovi
kengayishiga sabab boʻldi. Fan, texnika,
madaniyat va sanʼatning rivojlanishiga
mutanosib ravishda Oliy taʼlim ham
taraqqiy etib bordi.


Oʻzbekistonning mahalliy aholisiga hozirgi
tushunchadagi Oliy taʼlim Oʻrta Osiyo
jadidchilik harakati asoschisi
Munavvarqori rahbarligida 1918-yil 12-
mayda Toshkentda tashkil etilgan Xalk,
dorilfununida berila boshlangan.
Shoʻrolar davrida Oliy taʼlim tarmogʻi bir
qadar kengaygan boʻlsada, maqalliy
aholidan oliy maʼlumotli kadrlar
tayyorlash us-tuvor mavqeda boʻlmagan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan
keyin Oliy taʼlim tez surʼatlar bilan
rivojlana boshladi. Oʻzbekiston
Respublikasining „Taʼlim toʻgʻrisida“gi
qonuni (1997)ga muvofiq, Oliy taʼlim oʻrta
maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi negiziga


asoslanadi hamda ikki — bakalavriat va
magistratura bosqichiga ega. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturini roʻyobga
chiqarishning maʼlum davriga qadar Oliy
taʼlim oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim
negizida ham amalga oshiriladi. Eʼtiqod
erkinligiga amal qili-nadigan OʻzRda
dunyoviy oliy oʻquv yurtlari bilan
birgalikda oliy dinipoʻquv yur-tlari ham
bor. Oʻzbekistonda Oliy taʼlim davlat
qaramogʻidadir. Mamlakatda universitet
Oliy taʼlimi ustuvor maqomga ega. Bu
tayyorlanayotgan mutaxassislarning
jahon darajasida nazariy bilim va amaliy
tayyorgarlik-ka ega boʻlish imkonini
beradi.

Yüklə 59,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə