Tuzuvchi: Karimova Fotima



Yüklə 74,76 Kb.
səhifə1/5
tarix24.02.2022
ölçüsü74,76 Kb.
#84033
  1   2   3   4   5
2 5224248071092704825

Tuzuvchi:Karimova Fotima


Buyumlar interneti texnologiyasi

«Buyumlar interneti» konsepsiyasi hamda, termining o‘zi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan o‘rtaga tashlangan edi. Unga ko‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy ro‘zg‘or buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vositalar, masalan, ko‘cha chiroqlari, eskalatorlar, avtomobil to‘xtash joylari (parkovka) va shahar xavfsizlik xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qo‘llaniladigan yuqori texnologik qurilmalar - masalan, kardiostimulyatorlardan boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha bo‘lgan barcha-barcha jabhalarni internet bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi odam ishtirokini istisno qilishi, ya'ni, buyumlar odam ishtirokisiz ham internet orqali o‘zaro «muloqot»qilishi nazarda tutiladi. «Buyumlar interneti» deyilishning sababi ham shunda.

  • «Buyumlar interneti» konsepsiyasi hamda, termining o‘zi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan o‘rtaga tashlangan edi. Unga ko‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy ro‘zg‘or buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vositalar, masalan, ko‘cha chiroqlari, eskalatorlar, avtomobil to‘xtash joylari (parkovka) va shahar xavfsizlik xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qo‘llaniladigan yuqori texnologik qurilmalar - masalan, kardiostimulyatorlardan boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha bo‘lgan barcha-barcha jabhalarni internet bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi odam ishtirokini istisno qilishi, ya'ni, buyumlar odam ishtirokisiz ham internet orqali o‘zaro «muloqot»qilishi nazarda tutiladi. «Buyumlar interneti» deyilishning sababi ham shunda.
  • Qayd etish joizki, buyumlar orasida internet orqali muloqotga kirishgan eng birinchi buyum bu yana o‘sha Massachusets texnologik instituti bitiruvchisi Jon Romkining tosteri bo‘lgan edi

1990-yilda Romki TCP/IP protokoli orqali ushbu buyumni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalanishga kirishgan. 2008-yilda esa internet endi haqiqatan ham «buyumlarniki» bo‘lib qoldi. Chunki, o‘sha yili internetga ulangan buyumlar soni internetga ulangan odamlar sonidan oshib ketgan edi. Bu raqam borgan sari o‘sishda davom etdi va 2018-yilga kelib, jahon bo‘ylab tarmoqqa ulangan buyumlar soni endilikda telefonlar sonidan ham o‘zib ketgani iddao qilinmoqda.

Xo‘sh, bundan maqsad nima?



Odamzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon bo‘lgani bu - erinchoqlikdir. o‘sha Romki ham tosterni o‘rnidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bo‘lsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qo‘yasiz. Ular esa, internet orqali o‘zaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini ko‘taradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qo‘yib yoqib qo‘yadi. Zo‘r-a? To‘g‘rimi? Bu - buyumlar internetining birinchi muddaosi.

Yüklə 74,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə