U nimaning reklamasida katnashgan



Yüklə 18,08 Kb.
tarix11.05.2022
ölçüsü18,08 Kb.
#86714

AKSH sobik prizidenti Ronald Reygan asli kasbi aktyor bulgan u juda kup jaxon urushi xakidagi filmlarda katnashgan shu saxnadardan birida jaroxat olgan bu jaroxatini saylov oldi uchrashuvlardagi savol javoblarda xam sezdirmagan.Prezidentlikdan ketganidan keyin bir reklama roligida suratga tushgan vaqt uning bu nuksoni borligidan xamma xabar topib kolgan.

U nimaning reklamasida katnashgan

javob.

Eshitish aparatini reklamasida katnashgan.



Urush saxnadardagi portlashlar vakti kulogi yaxshi eshitmaydigan bb koladi.Kogan umrini eshitish moslamasda utkazgan ekan.

2. Savol


Faylasuf Sukrot fikriga kulok tuting.

Shifokorda vakt yetishmovchiligi bulishi mumkin, ammo UNING yetishmovchiligi bulishi mumkin emas degan.

javob.

Shafk,at yetishmovchiligi bulishi mumkin emas degan.



YA’ni raximdillik shafk,at bu shifokorga xos xususiyat emas demokchi.

3. Savol


Ozar xalq afsonalaridan birida bir kampirni tongda un elab xamir qorgani, navqiron nabirasi non yasagani, zabardast o'g'li tandir yoqib qizartirgani va bemor kelini uni yegani xaqida aytib o'tiladi.

Aytingchi afsona nima xaqida

Fasllar

4. X larning asl vatani Fransiya hisoblanadi. Uni ba’zilar Napoleon davri bilan bog’lab, Napoleon askarlari X ni yashirincha cho’ntaklariga olib chiqmasliklari uchun shu ko’rinishda tayyorlashga buyruq bergan, deb aytishadi. Boshqa bir qator mutaxassislar esa Parij metropoliteni qurilishi vaqtida ishchilarning pichoqdan foydalanishlarini biroz cheklash maqsadida qurilish rahbariyati X larni shunday ishlab chiqarishga buyruq bergan, deyishadi. Savol, X ni toping.

NON

5. Savol


2015-yilda Buyuk Britaniya va AQSh kinoijodkorlari tomonidan mashhur hind matematigi Srinivas Ramanudjan haqida real voqealarga asoslangan “Cheksizlikni anglagan inson” filmi suratga olinadi. Filmda Hindistonning Madras provinsiyasida tug’ilgan, o’ta qashshoq ahvolda yashovchi Ramanudjanning to Angliya Qirollik Jamiyatiga a’zo bo’lishigacha bo’lgan hayot yo’li ko’rsatib berilgan. Qizig’i, ko’plab internet saytlarida film yana bir nom bilan atalgan.

Diqqat savol o’sha uch so’zdan iborat nomni aniq yozib bering

Xarobadan chiqan matematik

6. Google kompaniyasi ŏz ishchilarini tŏğri ovqatlanishga ŏrgatish uchun Xni ŏzgartirishgan. Bu bilan ular nafaqat ishchilarini tŏğri ovqatlanishga ŏrgatishgan balki ularning ovqatiga ketadigan mablağni ham tejashgan. Savol: Kompaniya nimani ŏzgartirgan

LIKOPCHANI IKKI DYUMGA KICHRAYTIRISHGAN

Dunyoning eng mashhur milliarderlar qatoridan joy egallagan insonlarni aksar qismi Xni bajarmaganligini aytishadi. Buni qarangki oddiy va ŏrta aholi bu ishni qilgan bŏlsa ham milliarder bŏlish nasib qilmagan ammo milliarderlar Xni qilmagan bŏlsalarda omadli hisoblanishadi. Savol: Gap qanday jarayon haqida ketmoqda?

TA’LIM OLISHMAGAN

7. X shunday bir narsaki, u orzu-umidlarning ilk shabadasi esishi bilan darhol ortiq shishib, kengayib ketadi, voqelikning sovuq shamoli esgudek bo'lsa, birdan siqilib kichrayib qoladi.

X-?

A.Dyuma "Graf Monte Kristo" asaridan



Yurak

8 Masay xalqining to'ylarida qarindoshlar kelinni Xni qilmaslikka ogohlantiradilar, aks holda toshga aylanishini aytishadi. Savol: Masaylarda kelin nima qilsa toshga aylanadi degan irim bor?

Orqaga qaytshmi

9. Utkir Xoshimovning "Daftar xoshiyasidagi bitiklar" kitobida aynan u ish ayolga Yaratgandan berilgan ne’mat deya ta’riflangan. Sizlar menga gap kanday ish xakida borayatganini ayting.

Kòz yosh yig'lash

10. Bizda azaldan qiz bilan yigit bir-birlariga uzuk taqishadi nikoh payti. Shvetsiya davlatida hozir emas, albatta, 20-asr boshlarigacha kuyov to'yda kelinga 2 ta uzuk sovg'a qilar ekan. 1-si nikoh uzugi, 2-csi ona bo'lsin deb onalik uzugini ham taqar ekan. Eng qizig'i ayrim qizlarning otalari to'y kuni kuyovga uzuk taqar ekan.

Savol: Nega hamma otalar emas, ayrim otalar kuyovlariga to'yda uzuk taqishadi?

Ramziy uzuk bo'lgan agar oilada ogil bo'masa kiyovga uzuk berishgan

11. Italiyan maqollari...

"U" qanchalik aqlli bölsa...

shunchalar xavflidir...

"U" -???


12. Qadimda shunday deyshar ekan...

"U" shunday bir vositaki...uning sohibi...sohibasi bir oz qoqilishi mumkin...lekin halok bölmaydi...

Ikkinchi bir turi esa shunday bir vositaki...uning sohibi... sohibasi uzoq vaqt tinch yurishi mumkin...lekin ohiri najot topmaydi...

Shu ikki vositani aniq ayting...!!!

Haqiqat va yolgon

13. c..

X ni toping

Umid


Yaponiyaning Nara shahri hukumati bir qonun joriy qilgan. Unga ko'ra, transport yoqilg‘i mahsulotlari sotish joylarida benzin bilan birgalikda Uning xam narxini yozib qo'yish belgilangan. E’tiborlisi shundaki, yoqilg'i qimmatlashishi mumkin, ammo Uning narxi umuman o'zgartirilmasligi kerak

?))U nima?

Velisaped

15 U 1869-yil 17- fevral kuni mehnat ta‘tiliga chiqadi. Uni uzoq, mashaqqatli, ammo samarasiz mehnat charchatgan edi. Shu kuni u uzoq uyquga ketadi. Uyg‘onishi bilan uzoq davom etgan mehnatiga va nihoyat nuqta qo‘yadi.

Diqqat savol: Ushbu tariflar qaysi buyuk shaxs haqida?

Mendeleyv

2012-yilgi yangi yil bayramini nishonlash arafasida Parij ko'chalarida bir ayol do'kon aylanib yuribdi. Hamma yangi yilga xar xil shirinliklar, archa o'yinchoqlari sotib olmoqda. Ayol xamma do'kondan faqat sizlarda X bormi deb so'rab chiqmoqda.Savolga diqqat bilan e'tibor bergan holda ayol bayramga nima qidirayotgan bo'lishi mumkin ekanini toping?

Savol. Serxio Ramos Real Madrid jamoasi himoyachisi. 33 yoshda. Bo‘yi 184 sm, Og‘irligi 82 kg. Uni yer yuzidagi eng qo‘pol o‘yinchilardan biri sifatida tanishadi. Salaxga jarohat yetkazganidan keyin musulmon dunyosida salbiy qahramonga aylangan. U 24 ta qizil kartochka olgan. Uning hatto ...... ham qizil rangda ekan. Nuqtalar o‘rnidagi so‘zni topasiz?

Vatani

Yaponiyaning chekka hududida joylashgan qishloqda 200 ta odam yashar ekan. Bu qishloqqa ham xavfsizlik nuqtai-nazaridan bir dona X o‘rnatilgan ekan. Diqqat savol. X nima bo‘lishi mumkin?

Svetofor

Qadimgi Rusda bunday odamlar juda katta izzatda bo‘lishgan ekan. Bunday sifatli insonlarni Titanik filmida ham kuzatgansiz. Gap qadimgi rusda sholg‘omni juda yaxshi ko‘rishgani bilan bog‘liq. Diqqat savol. Gap qanday sifat haqida bormoqda?

Javob. Uzoqqa tuflovchi.

Izoh. Sholg‘om urug‘i juda mayda bo‘lgani uchun, qadimda uni og‘iz bilan sepishgan ekan.

Angliyada bu jarayon davomida pishloqni, Ispaniyada kartoshkani, Rossiyada uzumni tilga olishadi. Bizda esa sukut saqlanadi. Diqqat savol. Gap qanday jaryon haqida?

Rasmga tushish

Chetda odamlar sug‘urta kompaniyalari bilan shartnoma imzolashni xush ko‘radilar. Bir inson shartnomasiga ko‘ra, sumalakni yalashi, mototsiklda uchishi, pivoxonada mushtlashishi ma’n qilingan edi. Tushungandirsiz, agar shu tariqa jabr ko‘rilsa, sug‘urta kompaniyasi va’da qilingan pulni bermaydi. Shartnomaga ko‘ra, bu inson bir yumushni kuniga 3 marta bajarishga majbur ekan. Diqqat savol. Sizningcha qanday yumushni?

Javob. Tishlarini yuvish(tozalash).

Izoh. Ken Dodd tishlarini 6,5 millionga sug‘urta qildirganidan keyin, shu majburiyatlarga amal qilishni o‘z zimmasiga oladi.

Yevropaning bir mamalakatida arfa cholg‘usini chalish uchun 3 ta kuyni bilish talab qilingan. Biri kuldira oluvchi, ikkinchisi yig‘lata oluvchi. Diqqat savol. Uchinchisi qanday?

Uxlatuvchi

Amerikalik milliarder dangasa jiyaniga bir shart bilan merosidan pul berib turishni vasiyat qilib ketadi. Milliarder juda oz vaqtni nazarda tutgan edi. Biroq, jiyan bu pullarni doimiy ravishda olib turish yo‘lini qilgan. Diqqat savol. Tog‘a qaysi vaqt uchun pul to‘lashga rozi bo‘lgan edi?

avob. Talabalik davri uchun.

Izoh. “Abadiy talaba” asari qahramoni talaba sifatida umrbod yashashga qaror qiladi.

Aytishlaricha u sekin hazm boladi. Ammo judda foydali. Yana uni yoshartiruvchi hislati ham bor ekan. Olimlarning aytishicha undan kuniga 50gr estemol qilishning özi soğliq uchun juda foydali bòlarkan. Gines rekordlarids uning 3 kglisi kirganmish. Savol u nima\

Behi


Aqilga sig'maydigan narsa-.....dir. U qayerda joylawganini hechkim bilmaydi lekin og'rig'ini hamma biladi.(Anton Chehov) nuqtalar o'rnini to'ldiring

Kalb


Hindistonda katta avtostradalardan 500 metr masofada alkogol sotishni ta’qiqlovchi qonun qabul qilindi. Yo‘lga juda yaqin joylashgan bir bar egasi uni qurish orqali, barini saqlab qoldi. Ishbilarmon tadbirkor bar va ko‘cha o‘rtasida nima qurgan?

Javob. Labirint. Labirint orqali aylanib borgan mijoz 500 metr masofani bosib o‘tar edi.

1858 yili 3 ta darvozadan o‘tgan mohir kriketchiga muxlislar sovg‘a qilgan buyum nomidan xet-trik iborasi dunyoga kelgan. Sizningcha muxlislar kriketchiga nima sovg‘a qilishgan?’

Javob. Shlyapa. Xet so‘zi inglizcha “hat” so‘zidan kelib chiqqan.

Agar Berronning rafiqasi yaxshi xotiraga ega bo‘lganida ular hozir 4 ta emas 6 ta bo‘lar edi. Gap nima haqida ketyapti?

Javob. Pin-kod. Jon SHepard Beron bankomatni ixtiro qilgan. Pin-kodni xotinida sinab ko‘rgan. Xotini 6 talik raqamlarni eslab qololmagan.

Bir necha asr muqaddam rassom “Vitruvian odami” asarini chizadi. Bu odamning 4 qo‘li va 4 oyog‘i bor edi. Bu rasm keyinchalik mashhur film suratga olinishiga turtki bo‘lgan edi. Gap qaysi film haqida?

Javob. Marvell kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan “O‘rgimchak odam” filmi.

13-asr o‘rtalarida arablar o‘zlari tomonidan aytilgan “xitoy gullari”ga qiziqib qolishdi. Bu gullar bayramlarga o‘zgacha faraxsh berar edi. Arablar bu yangilikni o‘z vatanlariga olib kelishni istashardi. Taxminlarga ko‘ra bu ajib gullar dastlab, bambuk novdasi orasidan o‘sib chiqqan.

Arablarning nimani “xitoy gullari” deb atagan bo‘lishlari mumkin.

Javob. Salyut, mushak. Arablar mushakbozlikni ko‘rib, guldastaga o‘xshatishgan va mushaklarni “xitoy gullari” deb atashgan.

XX asr boshlarida Rossiyada abituriyentlar imtihon topshirgach natijalarini juda uzoq kutishar edi. Biroq, e’lon chiqmasdan turib ularning ko‘pchiligi o‘qishga kirganligini bir kasb egalaridan bilib olishar edi. Kimlardan?

Javob. Tikuvchilardan.

Izoh. Talabalar uniformasini tikuvchilar o‘rtasidagi kuchli raqobat tufayli, tegishli odamlar orqali natijani bilib, abituriyentga o‘qishga kirganligi suyunchisiga formaga buyurtma olar edilar.

Kema xo‘jayini ekipajning alkogolga berilib qolganligini eshitib, safar kuni kutilmaganda tintuv o‘tkazib, barcha spirtli ichimliklarni kemadan olib chiqib ketadi. Biroq ko‘p o‘tmay butun ekipaj, hatto kompas ham chayqalib turar edi. Natijada manzil Kanar orollari bo‘lgani holda, kema Azor orollariga yetib boradi. Ekipaj qaysi spirt hisobiga mast bo‘lib qolgan?

Javob. Kema kompasi spirtini ichib qo‘yishgan.

Izoh. Dengiz chayqalishida kompas to‘g‘ri ishlashi uchun kema kompasi suyuqlikka solinadi. Ba’zan suyuqlik sifatida spirtdan ham foydalaniladi.

Arab shifokorlari uni dorixonalarda dori vositasi sifatida sotish taklifi bilan chiqibdi. Dunyo olimlari bo‘lsa, agar u har bir insonni taomnomasida bo‘lsa, inson depressiya nimaligini bilmaydi va doimiy ravishda yosharib boradi deb ta’kidlashmoqda. Xatto bir nechta Gollivud aktyor va aktrisalari uning foydasini bilib, xunuk ko‘rinsada uni sinab ko‘rmoqda ekan. Men hatto uni arab shayhlari muzqaymoqqa qo‘shib eganini ham ko‘rdim. Savol gap nima haqida?

Javob - Oltin edi! Izoh- Oltin kukuni juda foydali bo‘lib, u insonni yoshartirib, depressiyani yo‘qotish hususiyatiga ega. Gollivudlik aktyor va aktrisalar ( M.n Madonna ) Oltindan yasalgan kapa taqib yurarkan. Arab shayhlari esa muzqaymoq ustiga oltin kukuni sepib yer ekan.

Mashxur olim J.Brunoning ta'kidlashicha muhabbatning Undan yaqin do'sti ham, undan yomonroq dushmani ham bo'lmaydi. Shekspir esa u bilan kasallanganlar uchun biror bahona kerakmasligini aytadi. Unga eng ajoyib tarifni Lafarg bergan: "U-xususiy mulkka egalik tuyg'usining bir ko'rinishidir."D.S: U-?

Rawk

Masalan, Napoleon va Edison UNING oz miqdorini ma'qul deb bilishgan. Eynshteyn va Mendeleyev esa aksincha. Ford kampaniyasiga kelgan jurnalist bir hodimning nega ish joyida emasligini so'raganida, janob Ford kampaniya rivoji uchun o"sha hodimning hozirgi ishi muhim ekanini aytadi.



D.S: Yuqoridagi fikrlarda gap nima haqida ketganini ayting.

avob. Uyqu.



Izoh. Napoleon va Edison kuniga 4-5 soat uxlagan ekan. Eynshteyn esa 10 soatdan oshiq. Mendeleyev davriy jadvalni tushida ko'rgan deyishadi. Fordning aytishicha, kampaniyaning o'sha hodimi ham uyqusida yangi-yangi mashinalar maketlarini ko'rardi.
Yüklə 18,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə