Uchun olinadigan soliq



Yüklə 8 Kb.
tarix22.05.2018
ölçüsü8 Kb.
#45460

TRANSPORT VOSITALARIGA BENZIN,

DIZEL YOQILG’ISI VA GAZ ISHLATGANLIK

UCHUN OLINADIGAN SOLIQ
Soliq to’lovchilar

Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to’lovchilar oxirgi iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg’isi va gazni realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardir.

Ushbu bo’limni qo’llash maqsadida:

avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari deganda avtomobillarga kompressor vositasida gaz to’ldirish, avtomobillarga yoqilg’i quyish va avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tushuniladi;

oxirgi iste’molchilar deganda o’z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi.

Soliq solish obyekti.

Soliq solinadigan baza

Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gazni oxirgi iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanish soliq solish obyektidir.

Benzin, dizel yoqilg’isi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan va o’z zhtiyojlari uchun foydalanilgan hajmi soliq solinadigan bazadir.

Soliq davri

Yil choragi soliq davridir.



Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim

etish va soliq to’lash tartibi
Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi transport vositalari uchun realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yoqilg’isi va gazning narxida hisobga olinadi. Benzin, dizel yoqilg’isi va gazdan o’z ehtiyojlari uchun foydalanilganda transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisoblangan summasi soliq to’lovchining xarajatlariga kiritiladi.



Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning hisob-kitobi joriy o’n kunlik to’lovlar hisobga olingan holda har chorakda, soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Hisob-kitob benzin, dizel yoqilg’isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi, bundan avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilg’isi va gazni realizatsiya qilish hollari mustasno. Avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilg’isi va gaz realizatsiya qilinganda hisob-kitob avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.

Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to’lash transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz realizatsiya qilingan oyning o’n kunligi tugaganidan keyingi uchinchi kundan kechiktirmay, hisob-kitob taqdim etiladigan yerda har o’n kunda amalga oshiriladi.
Yüklə 8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə