Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 44,51 Kb.
səhifə1/10
tarix25.03.2023
ölçüsü44,51 Kb.
#103169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTS


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
UMUMIY O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Akademik litsey diplomining davlat namunasi 4-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari uchun filologiya fanlari va aniq fanlar bo‘yicha mashq daftarlarini nashr etish hamda yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 1-iyundagi PQ-363-son qarorida belgilangan darsliklarni nashr etish hamda yetkazib berishni moliyalashtirish tartibiga asosan, multimediali disk ilovasi bilan ta’minlash esa — o‘qituvchilarni o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi asosida amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
ikki oy muddatda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quv dasturlarini yangidan ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga yetkazsinlar;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda yaratilayotgan o‘quv-metodik majmualarning o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga undaydigan, rasmlarga boy, zamonaviy matbaa talablariga javob beradigan shakllarda chop etilishini ta’minlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-2018 o‘quv yiliga qadar akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi taqdim etgan xarajatlar smetalari asosida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’limning davlat ta’lim standartlari, akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablarini, o‘quv rejalari va dasturlarini, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari diplom, sertifikat, akademik ma’lumotnomalari blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2020-yil 1-sentabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

Yüklə 44,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə