|
 Universiteti hamda termiz davlat pedagogika instituti
|
səhifə | 1/4 | tarix | 18.05.2023 | ölçüsü | 32,17 Kb. | | #110961 |
| Termiz davlat pedagogika instituti shartnoma Prezident Sh.Mirziyoyevning besh tashabbusi- jamiyat ma’naviy yuksalishining muhim omili sifatida., дистация, Pedagogik konfiliktologiya, 1 KURS, MUSTAQILLIK YILLARIDA BOLALAR MUSIQASINING RIVOJLANISHI, Reja Тa’lim mazmuni. Ta’lim metodlari va usullari haqida ma’lum, 2323233333, Қаюмжонова G, Готовый вариант УМК по логоритмики, geografiya 111mustaqil, geografiya 111mustaqil, axborot soati, kasbiy ta\'lim, Ijodiy ishlar, 605 24.09.2021 (5)
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
hamda
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
o‘rtasida ta’lim va fan sohasi bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik to‘g‘risida
_______-sonli SHARTNOMA
1.Umumiy qoidalar
Ushbu shartnoma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (yuridik manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor 27 uy, indeks 100185) nomidan rektor Kirgizbayev Abdugappor Karimjonovich bir tomondan hamda Termiz davlat pedagogika instituti (yuridik manzil: Termiz shahar Islom Karimov ko‘chasi 288-b uy) nomidan rektor Qobulov Eshbolta Atamurodovich ikkinchi tomondan (bundan keyin - Taraflar deb nomlanadi) o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash, 2018-yil 5-iyundan “Oliy ta`lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-soni qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 824-sonli qarorida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida taraflar o‘rtasida ta’lim va fan sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni amalga oshirilishi to‘g‘risida tuzildi.
1.2. Shartnomaning asosiy maqsadi rakobatbardosh yuqori malakali yetuk mutaxassislarni tayyorlash, o‘zaro metodik yordam ko‘rsatish, masofaviy ta’limni amalga oshirish. Qo‘shma ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazish, birgalikda ilmiy amaliy, fundamental) tadqiqotlar o‘tkazish va iqtisodiy, siyosiy, huquqiy hamda, ilmiy adabiyotlarni yaratish, kadrlar ilmiy saloxiyatini oshirish ishlariga ko‘maklashish hamda taraflarning ilmiy-texnik va ilmiy saloxiyat imkoniyatlarini birlashtirish deya qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|