Urdu filologiya Fakulteti 2-bosqich 202-guruh talabasi Baxtiyorova Mohidilning Hozirgi O'zbek adabiy tili fanidan Mustaqil ishi



Yüklə 1,93 Mb.
tarix02.07.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#90294
qo\'shma gap qolplarining nutqiy hususiyatlari

UrDU Filologiya Fakulteti 2-bosqich 202-guruh talabasi Baxtiyorova Mohidilning Hozirgi O'zbek adabiy tili fanidan Mustaqil ishi

Mavzu: qo'shma gap qolplarining nutqiy hususiyatlari

REJA:

1.Qo‘shma gap sintaksisi.

2.Qo‘shma gapning sodda gapdan farqi.

3. Qo‘shma gap komponentlarini bog‘lovchi vositalar.

4. Komponent (qism)larning birikish usuliga ko‘ra qo‘shma gap turlari: bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan (ergash gapli) qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap.

  • Qo‘shma gap sintaktik birlikning eng yuqori shaklidir. Qo‘shma gaplar uchun sodda gaplar qurilish materiali sanaladi. Qo‘shma gaplar mustaqil sodda gaplardan emas, balki mazmun va grammatik jihatdan bir-biriga bog‘liq birliklardan tashkil topadi. Mazmuni, grammatik tuzilishi hamda intonatsiyaga ko‘ra bir butunlikni tashkil etgan, turli xil grammatik, leksik-grammmatik va leksik vositalar yordamida birikkan tuzilmalar qo‘shma gap deyiladi.
  • Demak, qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gaplar mazmun va intonatsiyasi jihatidan yaxlitlikni, bir butunlikni tashkil etadi. Qo‘shma gap muammosi o‘zbek tilida XX asrning 30-yillaridan keyin ma'lum darajada o‘rganila boshlandi. Qo‘shma gaplar dastlab ikki asosiy turga bo‘linib kelingan. V.A.Bogorodskiy ham qo‘shma gap gaplarni ergashgan va bog‘langan deb ikkiga ajratish birmuncha sun'iy ekanligi, u tildagi jonli turli-tumanlik, xilma-xillikni o‘zida aks ettira olmasligini aytgan.
  • I.A.Batmanov o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarni uchga bo‘lib tekshiradi: shart ergash gap, o‘zgalar gapi, bog‘langan qo‘shma gaplar. A.K.Borovkov qo‘shma gapning ikki asosiy turi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Xuddi shu xildagi fikr A.N.Kononov ishida ham ta'kidlangan. M.Asqarova qo‘shma gaplarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganadi. G`.A.Abdurahmonov esa qo‘shma gaplarni uch turga ( bog‘lovchisiz qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gaplarga) bo‘lib tekshirali.
  • N.A.Baskakov qo‘shma gaplarni uch guruhga bo‘lib tekshiradi: bog‘langan qo‘shma gaplar, (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) ergashgan qo‘shma gaplar (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) va ko‘chirma gaplar ergashgan qo‘shma gap. Keyingi yillarda qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning qurilish qolipiga ko‘ra tasniflash tavsiya etiladi. Qo‘shma gaplarni tasniflaganda ularning tarkibidagi sintaktik aloqa va munosabatlarni ham hisorbga olish lozim bo‘ladi.
  • Sintaktik aloqaning tenglashish aloqasi, tobelanish aloqa kabi oppozitsiyalarini hosil qiluvchi qutblari mavjud. Tenglashish aloqasining xarakteri uning birinchi bosqich paradigmasini belgilashda oppozitsiya asosi vazifasini bajaradi. Tenglashish aloqa tarkibida ikki ko‘rinishni farqlash mumkin: a) yopiq qatorli tenglashish; b) ochiq qatorli tenglashish. Yopiq qatorli tenglashishda ma'nosiga ko‘ra biriktiruv, zidlov aloqasi o‘z aksini topadi, vazifaga ko‘ra qo‘shma gap hosil qiladi.
  • Tilda qo‘shma gap modelining mavjudligi ham sodda gap kabi nutqning tabiiy talabidir. Fikr ifodalash, nutq tuzish uchun gapning sodda shakli qanday zarur bo‘lsa, qo‘shma gap shakli ham shunday zarurdir. Biroq bu nutqiy birliklarning har ikkalasi kommunikativ vazifa ifodalashdan qat’iy nazar, mazmun va tuzilishi jihatidan farqli hodisalardir.
  • Qo’shma gap sodda gap bilan mustahkam bog’langan, biroq undan ham struktur, ham uzatilayotgan axborot miqdori va sifati nuqtai nazaridan farqlanuvchi sintaktik qurilma. Shu bois qo’shma gapning umumiy lisoniy mohiyati uning sodda gap bilan o’zaro munosabatida ochiladi. Lisoniy struktura jihatidan qo’shma gapning sodda gapdan farqi ma’lum darajada ravshan. Aniqrog’i, sodda gapda shakllangan kesim bitta bo’lsa, qo’shma gapda u birdan ortiq bo’ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi.
  • Qo’shma gap tarkibidagi sodda gap alohida olingan sodda gapdan nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Avvalo, bu – grammatik va intonatsion nomustaqillik. Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasiga ergash gapli qo’shma gap tusini bergan jihat mazmuniy va grammatik taqozo etish va birdan ortiq axborot mavjudligi. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun sabab maqomida. Biroq bunday mazmuniy zich bog’lanishsiz ham qo’shma gap hosil bo’lishi mumkin.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə