Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti «kimyoviy texnologiyalar»



Yüklə 374,6 Kb.
səhifə1/8
tarix23.05.2022
ölçüsü374,6 Kb.
#87797
  1   2   3   4   5   6   7   8
Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti «k


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

«KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR» KAFEDRASI



KURS LOYIXA ISHI

Mavzu:_________________________________________________________________


Bajardi: ___-YSTJ guruh talabasi _________________

Kurs loyiha ishi rahbari: _________________

Mavzu: Erkaklar shimini ishlab chiqarish texnologik jarayonni loyixalash
REJA
1.KIRISH
2.Erkaklar shimi uchun model tanlash va asoslash.
3. Erkaklar shimini tikish ketma-ketligini tuzish.Mayda bo’laklarni tayyorlash.
4.Erkaklar shimini tikish texnologik haritasini tuzish.
5. Xulosa.
6. Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH

Mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va mexanizmlari, eng avvalo, shu davlatda yaratilgan intellektual va ilmiy- texnikaviy salohiyatdan qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘liq. Sh. Mirziyoev



Tikuvchilik sanoati oldida qo‘yilgan asosiy vazifalaridan biri - tovarlar
assortimentini yangilash, moda yo‘nalishiga katta e’tibor berish, sifatli va xalq
ehtiyojini qondiradigan kiyim ishlab chiqarishdan iboratdir.
Bugungi kunda tikuvchilik sanoatida kiyimni modellash, uni tikish va tikuv
texnologik jarayonini loyihalashda qo‘l mehnatining salmog‘ini kamaytirib,
mehnat unumdorligini oshirish sohadagi dolzarb masala sanaladi. Buning uchun
Germaniya, Vengriya, Chexoslovakiya davlatlaridan o`zaro hamkorlik o`rnatib
yangi mashinalardan, ko‘p operatsiya bajaradigan avtomat va yarim avtomatlardan
foydalanib yuksak samarali jarayonlarni o`zlashtirishimiz lozim. Ana shu vazifalar
hozirda bosqichma-bosqich amalda oshirilmoqda.
Shu bilan bir gatorda, ish o‘rinlarini robotlashtirish, kompleks
mexanizatsiyalashgan kiyim tikish liniyalarini qo‘llash va namlab-isitib ishlov
berishni mikroprotsessorlar yordamida boshqarishni ta’minlash kerak.
Kiyim tikish texnologik jarayonini takomillashtirishga kiyim tikishning
parallel usulini keng ishlatish, ko‘p operatsiyali mashinalarni qo‘llash, yangi
materiallarni ishlatish, ishlab chiqarishning eng zamonaviy formasi – oqim
usulidan foydalanish lozim.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun tikuvchilik korxonalarini malakali
kadrlar bilan uzluksiz ta’minlash muhim ahamiyatga egadir.
Mamlakatimiz iqtisodiy qudratini oshirish uchun ishlab chiqarishning hamma
tarmoqlarini kengaytirish, turli tarmoqlarning bir me’yorda rivojlanishini
ta’minlash, ishlab chiqarishni boshqarishning yangi shakllarini qo‘llash va shu yo‘l
bilan korxonalarni samaradorligini oshirish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlar
strategiyasi”da keng iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan, qayta
tayyorlash, saqlash, sotish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli korxonalarni
rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga,
iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga
alohida e’tibor qaratilgan, shuningdek Prezidentimizning 2016 yil 15 sentyabrdagi
PQ-2592 sonli “2016-2020 yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari dasturi” qarorida hamda 2017 yil mart oyida Buxoro va Navoiy
viloyatlarida tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda
o‘tkazilgan majlis bayonida (№55) viloyatlarda xom-ashyoni qayta ishlash va
yuqori sifatli mahsulotlarini ishlab chisarishga alohida e’tibor qaratilgan.
“Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ning sifat bosqichining ijrosini
ta’minlash maqsadida egallangan nazariy ma’lumotlarni amaliy tatbig‘I uchun
talabalarga laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish tartibini ishlab chiqish va uni
o‘quv jarayoniga joriy etish kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Laboratoriya ishlari talabalarning “Texnologik jarayonlarni loyihalash” fani
bo‘yicha nazariy darslarda olgan bilimlarini mustahkamlaydi, shu yo‘nalishda
ta’lim olgan mutaxassislar ishlab chiqarishda duch kelishi mumkin bo‘lgan texnik
masalalarni yechish uslublari bilan tanishtiradi.
Har bir laboratoriya ishida berilgan ishni bajarish uchun kerakli nazariy
bilimlar ifodalangan, ularning yechimi texnologiyada amaliy ahamiyatga egaligi
ko‘rsatilgan va umumiy metodik ko‘rsatmalar berilgan. Ishni bajarish uchun zarur
bo‘lgan materiallar, namunalar, jihozlar va uskunalar ro‘yxati keltirilgan.
Laboratoriya ishlari bir nechta topshiriqdan tuzilgan, ular har bir laboratoriya
ishi mavzusi bo‘yicha mustaqil ishlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Shuning
uchun, laboratoriyadagi jihozlardan oqilona foydalanish maqsadida bajaruvchilarga
bitta ishga oid turli topshiriqlarni berish mumkin.
Ishni bajarishdan oldin talabalar ishga oid ma’ruzalar matni, darslik yoki
tavsiya etilgan adabiyotlardan o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha tayyorlanadi.
2. Erkaklar shimiuchun model tanlash va asoslash Zamonaviy moda yo'nalishi tahlili Boshqa kiyimlar qatori shimlarga ham yildan - yilga o’zgarishlar sezilib turibdi. Bu ishlab chiqarilayotgan materiali , rangi, silueti, konstruktiv yechimiga bog’liq. Dizaynerlar moda tendensiyalariga amal qilib har hil yangiliklar va o’rgartirishlar kiritib bormokda. 2014 yil ham bundan mustasno emas. Shimlarni yaratishda ishlatiladigan material sifati, uning fizik mexanik xususiyati, rangiga katta e'tibor berilishi kerak. To’qimachilik korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yumshoq tabiiy paxta tolali diagonal, djins matolari, aralash tolali yuqori texnologik matolardan tikilgan maxsus kiyimlar bu mavsumda juda aktual hisoblanadi. Shimlar uchun tavsiya etiladigan material rangiga keladigan bo’lsak ana’anaviy ranglardan ko’k, qora, kulrang qatorida, ochiq ranglar sariq, qizil, oq, och jigarrang ishlatilmoqda. Mahsulotning sifati unga oid ko’rsatkichlar majmuida namoyon bo’ladi. Shu bois sifat deganda, mahsulotning vazifasiga ko’ra, insondagi muayyan talablarni qondirishga yaraydigan xususiyatlari majmui tushuniladi.Sifat ko’rsatkichlar nomlarining ro’yhati mahsulotning vazifasiga bog’liq. Shu bois mahsulot sifatini baholashdan avval, unga xos inson talablarini qondiradigan xususiyatlarini aniqlash kerak. Elektriklar uchun mo’ljallangan shimlarga qo’yiladigan talablar ikki guruhga bo’linadi :iste'molchi va tehnik - iqtisodiy. Iste'molchi talablari inson o’z ehtiyojini qondirishga qaratilgan, ular ijtimoiy, estetik, ergonomik va ekspluatasion talablarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy talablar - kiyim sifatiga oid ijtimoiy ko’rsatkichlardan o’lcham va bo’ylar assortimentining haqiqiy ehtiyojlar hajmiga muvofiqligini belgilaydi. Funksional talablar - kiyimning asosiy vazifasiga, Bo’yumning muayyan maqsadga mosligi va iste'molchining o’lchami, yoshi va to’lalik guruhi xususiyatlariga mosligida namoyon bo’ladi . Elektriklar uchun mo’ljallangan shimning vazifasi –asosan kundalik kiyishuchun mo’ljallangan. Estetik talablar - kiyim sifatini baholashda muhim o’rin tutadi. Estetik ko’rsatkichlar zamonaviy uslub va modaga mosligi, model kompozisiyasining mukammallik darajasi, Bo’yumning xaridorlik ko’rinishini ta'minlaydi. Ergonomik talablar - Buyumning insonga moslashganlik darajasini bildiradi. Kiyim tizimini baholashda gigienik anropometrik, psixofiziologik ko’rsatkichlar muhim ahamiyat kasb etadi. Gigiyenik sifat ko’rsatkichlari sanitariya va gigiyena me'yorida moslikni harakterlab, kiyim ostida qulay mikroiqlimni ta'minlashi kerak. Ekspluatasion talablar ekspluatasiya davrida kiyimning ishonchlilik ko’rsatkichi detallarning shakl saqlovchanligi, chidamliligi, choklarning pishiqliligi bilan harakterlanadi.. Tehnik-iqtisodiy talablar konstruksiyaning tehnik jihatdan mukammallik darajasini, ishlab chiqarish va istimolchi harajatlarini xisobga olgan holda kiyimni loyhilash va tehnologik usullarini bildiradi Standartlash va unifikatsiyalash ko’rsatkichilari modellarning konstruktiv va tehnologik jihatdan bir biri bilan bog’lanish darajasini ko’rsatadi. Konstruksiyaning ishlov berishga qulaylik ko’rsatkichi mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va foydalanish bosqichlarida barcha mehnat, vaqt va boshqa
vositalarning sarf xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan. Iqtisodiy ko’rsatkichlar iste'molchiga va ishlab chiqarishga oid talablarni o’zaro bog’lab, mahsulotni konstruksiyalash, ishlab chiqarishda tehnologik ishlarni tayyorlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan talablarni etiborga olgan holdabituruv malaka ishidaerkaklar shimining modeli taklif qilindi . Bunda bichimi jihatidan qulay, estetik did bilan yaratilgan, ekspluatatsion jihatdan juda mukammal, harakatni chegaralamaydigan holda model ishlab chiqildi . Model tavsifi Erkaklar shimi mavsumbop bo’lib,o’rta yoshdagi erkaklar uchun mo’ljallangan.Erkaklar shimito’g’ri bichimli bo’lib, biriktirma belbog’li, taqilmasi molniyali. Belbog’ 1ta tugma va izma yordamida taqilgan. Shimning old yon qismida yon cho’ntak joylashgan. Biriktirma belbog’ bo’ylab 5 ta kamar tutgich. Tavsiya etilgan: razmerlar 88-112 Bo’ylar 164-188 1.2.3.Material tanlash va asosolash Maxsus kiyim yaratishda uning gigienik talablarga javob berishligi, ekplutaciya davrida chidamliligi ishlatilagan materialga bog’lik.Chunki kiyish davrida kiyim o’z shaklini, rangini, saqlab qolishi kerak. Ob-havo ta'siriga, tez-tez yuvilib turishga va ishqalanishga chidamli bo’lgan materiallardan tayyorlanishi kerak. To‘quvchilik sanoatida ishlab chiqarilayotgan gazlama turlari ichida ip gazlamalari alohida o‘rinda turadi. Ularning asosiy qismini klassik paxta tolasidan ishlab chiqarilgan turlari tashkil qiladi. Biroq ular bilan birga paxta tolasi viskoza, lavsan, nitron tolalari bilan aralashmasidan olinuvchi gazlamalar ham keng tarqalgan. Har yili ishlab chiqariladigan paxta tolali gazlamalarning (ip gazlamalar)
10–12 foizi yangi to`zilishdagi va pardozlanishdagi gazlamalar hisobiga o‘zgaradi. Hosila o’rilishdagi gazlamalar polotno, sarja va atlas o’rilishlaridagi yakka qoplamalarni kuchaytirish natijasida oladilar. Odatda ular bosh o’rilishlarni xossalarini saqlab qoladilar, ammo tanda va arqoq bo’yicha rapport teng bo’lmaydi. Sarja o‘rilishdagi maxsus ich kiyimlari uchun qo‘llaniluvchi gazlama. U yaxshi havo o’tkazuvchan namlikni shimadigan, antistatik material. Tandasida 42 teksli, arqog‘ida 29–72 teksli iplar ishlatiladi. Yo`za zichligi 180 – 380 g/m2, eni 67–100 sm. Ayrim artikullarida 12–15 foiz kapron tolasi qo‘shiladi. Elektriklar uchun maxsus kiyim yaratishda hosila sarja asosiy material sifatida tanlab olindi va quyidagi jadvalda material tavsifi keltirildi.

Yüklə 374,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə