Uslublar tasnifi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/30
tarix31.12.2021
ölçüsü0,61 Mb.
#81423
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
uslublar tasnifi
falsafa


 

 

 



 

 

 



 

XALQARO JURNALISTIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI 

 

 

 

MAVZU:


 

USLUBLAR TASNIFI 

 

BAJARDI:

 202-guruh talabasi Muxtor ABDULLAYEV 



ILMIY RAHBAR:

 F.F.N. katta o’qituvchi Feruza HAYITOVA 

 

 

 




 

 

REJA: 



I. Kirish: 

 

 

 

1) Uslub haqida umumiy  ma’lumot 

II. Asosiy qism: 

1)

 

Rasmiy uslub 

2)

 

Ilmiy uslub 

3)

 

Ommabop (publisistik) uslub 

4)

 

Badiiy uslub 

5)

 

So’zlashuv uslubi 

6)

 

 Uslubni yaratuvchi vositalar 

III. Xulosa.


 

 

 



 

KIRISH

 

O‟zbek  tilshunosligining  nisbatan  yangi  sohasi  sanaladigan  stilistika  - 



uslubshunoslik  til  birliklarining  aloqa  vositasi  sifatida  muomala  jarayonida  turli 

soha  va  vaziyatda  qo‟llanishi,  nutqni  tashkil  qilish  qonuniyatlari,  til  tizimidagi 

barcha  vositalarning  nutq  jarayonidagi  imkoniyatlari  va  ma‟no  nozikliklarini 

aniqlash  bilan  shug‟ullanadi.  «Stilistika  –  tilda  mavjud  bo‟lgan  barcha  vositalar  – 

leksik,  grammatik,  fonetik  vositalardan  nutqda  qanday  foydalanish  zarurligini, 

ma‟lum  bir  tipdagi forma, so‟z va konstruksiyalardan qaysi birini qo‟llash muvofiq 

ekanini,  yaxshi  va  eng  muvofiq  vositasini  tavsiya  etadi,  norma  qilib  belgilaydi, 

nutqning  turli  stilistik  qatlamlarida  qo‟llanadigan  vositalarni  belgilab  beradi, 

Shunga ko‟ra, stilistika  so‟z san‟ati, ifoda vositalar haqidagi  alohida  bir fandir» 

Tildagi  ana  shunday  muammolar  bilan  shug‟ullanadigan  uslubshunoslikning 

quyidagi  yo‟nalishlari  mavjud: 

1.     Tilning  leksik  resurslarini  o‟rganuvchi yo‟nalish. 

 

2.     Funksional stilistika  – vazifaviy  uslubshunoslik. 



3.     Badiiy adabiyot uslublari. 

4.     Amaliy  uslubshunoslik. 

Mavzu  nuqtai  nazaridan  bu  o‟rinda  bizni  vazifaviy  uslubshunoslik 

qiziqtiradi.  Kishilar  o‟z  ijtimoiy  faoliyatlarida  tildagi  barcha  vositalardan  –  fonetik, 

grammatik,  leksik,  frazeologik  birliklardan  foydalanganlarida,  avvalo  ularni  o‟z 

ehtiyojlaridan  kelib  chiqib,  nutq  mavzusiga,  vaziyatga  qarab  tanlaydilar  va 

qo‟llaydilar.  Tilimizdagi  vositalarning  bir  nechalab  ko‟rinishlarga  ega  bo‟lishi, 

sinonimik  rang-baranglik  shunday  yo‟l  tutishga  imkon  beradi.  Mana  shu  tanlash 




 

 

nutq  jarayonida  til  birliklarining  o‟ziga  xos  uslubiy  chegaralanishini  taqozo  qiladi. 



Til  birliklarini  ijtimoiy  muhitda  tanlab  ishlatish  zarurati  va  ularni  tilshunoslikda 

ilmiy-amaliy 

tahlil 

qilish 


uslubshunoslikda 

yangi 


sohani 

–  vazifaviy 

uslubshunoslikni  vujudga  keltirdi. 

O‟zbek  tili  uslublarini  vazifaviy  jihatdan  tasnif  qilish  ikki  omilga  –  til  va 

tildan  tashqarida  bo‟lgan  omillarga  tayanadi.  Bu  uslublarning  N.A.Baskakov, 

A.Sulaymonov, 

A.Shomaqsudov, 

G‟.Abdurahmonov, 

B.O‟rinboyev, 

S.Muhamedovlar  tomonidan  tavsiya  etilgan  variantlari  mavjud  bo‟lib,  ularda 

asosan  beshta  uslub  –  so‟zlashuv,  ommabop,  ilmiy,  rasmiy  va  badiiy  uslublar 

e‟tirof etiladi. 

Ular  haqida  bilimga  ega  bo‟lish  o‟quvchilarga  ona  tilimizning  nutq 

jarayonidagi  imkoniyatlarini  o‟rganishga ko‟maklashadi. 



Rasmiy  uslub

   Davlat  idoralari  tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, 

nizomlar,  xalqaro  hujjatlar  rasmiy-idoraviy  uslubda  yoziladi.  Ariza,  tilxat, 

ma‟lumotnoma,  chaqiruv  qog„ozi,  taklifnoma,  shartnoma,  tarjimai  hol,  e‟lon, 

tavsifnoma,  dalolatnoma,  hisobot  kabilar  ham  shu  uslubda  yoziladi.  Bunday 

uslubdagi  hujjatlar  qisqa,  aniq,  barcha  uchun  tushunarli  qilib  tuziladi. Bu uslubning 

asosiy  belgisi:  jumlalarning  bir  qolipda,  bir  xil  shaklda  bo„lishi.  Bu  uslubda  ham 

so„zlar  o„z  ma‟nosida  qo„llanadi,  ko„pchilikka  ma‟lum  bo„lgan  ayrim  qisqartma 

so„zlar  ishlatiladi,  har  bir  sohaning  o„ziga  xos  atamalaridan  foydalaniladi,  qaror 

qilindi,  inobatga  olinsin,  ijro  uchun  qabul  qilinsin,  tasdiqlanadi,  yuklatilsin, 

tayinlansin  kabi  so„z  va  so„z  birikmalari  ko„plab  uchraydi.  Rasmiy-idoraviy 

uslubda ko„pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko„rsatma kabilarda esa buyruq 

gaplardan  ham  foydalaniladi.  Bu  uslubda  gap  bo„laklarining  odatdagi  tartibda 

bo„lishiga  rioya  qilinadi: 



O„z  lavozimini  suiiste‟mol  qilganligi  uchun  M. 

Ahmedovga hayfsan e‟lon qilinsin.

  

Rasmiy 



uslub 

 

hozirgi 


o‟zbek 

tilining 

davlat-ma‟muriy, 

huquqiy 


muassasalarida,  rasmiy  diplomatik  munosabatlarida  namoyon  bo‟ladigan 


 

 

ko‟rinishidir.  Qonun  matnlari,  farmonlar,  farmoyishlar,  buyruqlar,  xullas  barcha 



rasmiy  ish  qog‟ozlari  ana  shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning og‟zaki va yozma 

ko‟rinishlari,  binobarin,  ushbu  ko‟rinishlarining  o‟z  me‟yorlari  mavjud.  Jumladan, 

aniqlik.  Ushbu  uslubda  shakllangan  matnda  noaniqlikka,  izohtalab  o‟rinlarga  yo‟l 

qo‟yilmasligi  lozim.  Fikr  va  mazmun  sodda,  aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi 

kerak: 

O‟zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‟zlab va 

O‟zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi  hamda  uning  asosida  qabul  qilingan 

qonunlar vakolat beradigan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.1

 

Qolip.  Fikr  –  mulohaza,  bayon  asosan  bir  qolipda  ifodalanadi. 



Solishtiramiz: 

O‟zbek  milliy  madaniyati  rivojiga  ulkan  hissa  qo‟shgan  marhum 

adabiyot va san‟at namoyandalarini mukofotlash to‟g‟risida.

 

“Betakror  iste‟dodi  va  o‟lmas  ijodiy  merosi  bilan  o‟zbek  milliy 



madaniyatining  rivojiga  beqiyos  hissa  qo‟shgan,  butun  hayotini  el-yurt 

taraqqiyoti, 

xalqimiz 

ma‟naviyatining 

yuksalishiga 

baxsh 

etgan 

vatandoshlarimizning  xotirasini  yod  etib,  ularni  Vatan  oldidagi  unutilmas 

xizmatlarini  inobatga  olib,  quyidagi  marhum  adib  va  san‟atkorlar  «Buyuk 

xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlansin”

 

O‟zbekiston  Respublikasi  Mustaqilligi  e‟lon  qilinganligining  o‟n  yilligi 



munosabati bilan  amnistiya  to‟g‟risida. 

“O‟zbekiston  Respublikasi  Mustaqilligi  e‟lon  qilinganligining  o‟n  yilligi 

munosabati bilan insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O‟zbekiston Respublikasi 

Konstitusiyasi 93-moddasining 20-bandiga asosan qaror qilaman”

 Shu  tarzda  ariza,  qaror,  bildirishnoma,  ma‟lumotnoma,  shartnoma, 



tabriknoma  singari  turli  xarakterdagi  rasmiy  hujjatlarning  har  birining  o‟ziga  xos 

bayon  etish  qolipi  bo‟ladi.  Ayni  paytda,  ularning  har  birining  alohida  so‟z  va 

                                                                 

1 . O‟zR  Konstitusiyasi,  7 - modda 

2. O‟zR  Prezidentining  2001 yil  22 avgust  Farmoni 



 

 

turg‟un  birikmalari  ham  mavjud  bo‟ladi.  Masalan,  huquqiy  hujjatlar  matniga  ko‟z 



yugurtirsak,  ularda  boshqa  vazifaviy  uslublarda  deyarli  uchramaydigan  atamalarga 

duch  kelamiz:



 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə