2-Mavzu: Zamonaviy darsliklar va elektron resurslardan o‘quv
jarayonida foydalanish usullari
Reja:
1.
Zamonaviy darsliklar va elektron resurslardan foydalanish usullari
va yondashuvlari.
2.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan yaratilgan
darsliklar va ularning strukturasi.
3.
Ta’limga oid elektron xizmat ko‘rsatish manzillari.
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari so‘nggi yillarda jamiyatni
o‘zgartirdi. Shu bilan birga
katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan
ijtimoiyinfratuzilma qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning
eskirganligi,
kadrlar
kompetensiyalarining
kasbiy
rivojlanish
strategik
maqsadlariga nomuvofiqligi, intellektual mulkni
himoya qilish muammolari, oliy
ma’lumot olish imkoniyatlarining, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan
ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o‘rta
bo‘g‘in rahbar va xodimlarning past darajadagi
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT)dan foydalanish malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan
rag‘batning kamligi, ishchi va muhandis-texnik kasblar obro‘sining tushgani,
eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi muammolar o‘z yechimini kutmoqda.
Jamiyatda raqamli texnologiyalarning yangi to‘lqini
kutilmoqda, bu esa
barcha sohalarni rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi. Raqamli
texnologiyalarni
rivojlantirishda
kechikish
milliy
iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini pasaytirishi, shuningdek, o‘sib borayotgan geosiyosiy raqobat
sharoitida uning zaifligini oshirishi mumkin.
Xususan, jamiyatda kutilayotgan raqamli
texnologiyalar sharoitida
umumta’lim maktablarida “Informatika va AT” fanini o‘qitish o‘quvchilarda
kreativ axborot-kommunikatsion kompetensiyasi, innovatsion ko‘nikmalarni
shakllantirish, ularda maktabdan keyingi ta’lim bosqichi yoki mustaqil hayotga
qadam qo‘yishda zarur bo‘ladigan tayanch kompetensiyasiyasi va dunyoqarashini
shakllantirishda asosiy yechim bo‘lib xizmat qiladi.
Shu o‘rinda umumta’lim maktablarining informatika va AT fani o‘quvchilari
hamda o‘qituvchilariga darsliklardan tashqari qo‘shimcha
foydalanish uchun
o‘qituvchi kitoblari, metodik qo‘llanmalar, mediaresurslar kerak bo‘ladi. Shu bilan
bir qatorda ularning dunyo qarashini kengaytirish, Internetdan oqilona foydalanish
ko‘nikmalarini shakllantirish, bu borada o‘qituvchilarning muhim o‘rinlari
ahamiyatlidir.