Vazirligi respublika ta’lim markazi tarix



Yüklə 327,26 Kb.
səhifə1/6
tarix11.03.2018
ölçüsü327,26 Kb.
#31138
  1   2   3   4   5   6

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI




VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI








TARIX








FANI O’QUV DASTURI VA

DAVLAT TA’LIM STANDARTI


новый рисунок









TOSHKENT – 2016


Davlat ta’lim standarti
O’q’uvchilar tarix ta’limi jarayonida quyidagi bilimlarni egallashlari shart:

- insoniyat doimo oldinga intilganligini, bu esa tarixiy taraqqiyotning asosi bo’lganligini anglash va taraqqiyot qonuniyatlarining turli mamlakatlarda o’ziga xos ravishda namoyon bo’lishi haqida ma’lumotga ega bo’lish;

- jahon va O’zbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlari, davlatlari,

ularning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega bo’lish;

- asr va yil hisobini bilish, tarixiy voqyea va hodisalarning davomiyligini, ularning qaysi davrga mansubligini ayta olish, eramizdan oldingi asrlarni hisoblay olish;

- o’zbek xalqining etnik shakllanishi va o’zbek davlatchiligining shakllanish va rivojlanish tarixini bilish va o’ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lish;

- bobomiz Amir Temurning o’zbek va jahon xalqlari tarixida tutgan o’rni haqida bilimlarga ega bo’lish;

- O’rta Osiyo tarixida bo’lgan davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida ma’lumotga ega bo’lish;

- O’rta Osiyo tarixida bo’lgan davlatlardagi feodal munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida ma’lumotga ega bo’lish;

- mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashgan vatanparvar sarkardalar, qahramonlar, milliy ozodlik va jadidchilik harakatlari to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish;

- sovet mustabid tuzumining xalqimizga, davlatimizga nisbatan yuritgan qatag’onlik siyosati, xalqimizning mulkiy va ma’naviy huquqlari poymol etilganligi haqidagi ma’lumotlarni bilish;

- O’zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, xalqimizning front va mehnat sohasidagi jasorati haqida ma’lumotlarga ega bo’lish;

- mustaqillik davrida erishilgan dastlabki yutuqlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish;

- jahon tarixida O’zbekiston tarixining tutgan o’ziga xos o’rnini kurslararo bog’lab aniq va ravshan ifodalay olish;

- tarix kurslarini o’rganish jarayonida dunyo dinlari tarixi haqida tushuncha va bilimlarga ega bo’lish;

- Prezident asarlarida Vatanimiz tarixi haqida bildirilgan fikrlarni bilish, ularda ilgari surilgan g’oyalar asosida mushohada yurita olish;

- mustaqil O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishining umumiy xususiyati to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish;

- dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish vazifalari, O’zbekiston Respublikasida bu muammolarni hal etish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotga ega bo’lish;

- o’z oilasining shajarasi hamda maktabi, ko’chasi, tumani, qishlog’i, shahri, viloyati tarixi bo’yicha bilimlarga ega bo’lish.

- milliy istiqlol g’oyasining tarixiy ildizlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish;

- diniy ekstremizm va fundamentalizmning kelib chiqishi va bugungi xavfini bilish.


Davlat ta`lim standartiga sharh

Umumiy tavsif

Jamiyat va uning ijtimoiy taraqqiyoti tarix fani asosini tashkil etib, shu fanning ob`ektidir. Tarix fanining predmeti insoniyatning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha bosib o’tgan hayot yo’li, kishilik jamiyati taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rganadigan fandir. Tarixiy voqea-hodisalarni ilmiy, xolis o’rganishning aniq yo’lini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1998-yil 26-iyunda mamlakatimiz tarixchi olimlari, shoir va jurnalistlari bilan bo’lgan uchrashuvda ko’rsatib berdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 27-iyunda "O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida" qaror qabul qildi. Tarixni xolisona yoritish, tarix fanini o’qitish davlat siyosati darajasiga kotarildi. Bu yo’l umumta`lim maktablarida tarix fani asoslarini organish oldiga, xususan ushbu o’quv fanini o’qitish mazmuniga katta talablar qo’ydi.

O’quvchilar ijtimoiy ongini shakllantirishda tarix fanining o’rni va ahamiyati har qachongidan ortdi. Ayni paytda mazkur fanni turli soha yo’nalishlari bilan mustahkam aloqadorlikda o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ham kuchaydi.


Tarix ta'limining maqsadi:
- o’quvchilar ongiga insoniyatning eng qadimgi davrlaridan XX asr boshlariga qadar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish bosqichlari to’g’risidagi bilimlarni singdirish;

- o’quvchilar tarixiy tafakkurini shakllantirish orqali tarixiy jarayonga yagona hodisa sifatida qarab (o’tmish-bugun-kelajak), ularda tarixiy bilimlar vositasida ijodiy yondashuv malakalarini hosil qilish;

- o’quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo’naltirish orqali ularni o’zligini anglash, shaxs sifatida kamol torishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;

- o’quvchilarga tarix o’z millati va o’zga millatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanish qonuniyatlarini izchil o’rganish quroli ekanligini anglatishdir.

Tarix fanining o’rganish ob’yekti xalqlarning o’tmishi, bashariyatning tabiiy va ijtimoiiy (inson - tabiat - jamiyat) hayotini o’rganishdan iborat.

Ushbu ob’yekt quyidagilarni o’z ichiga oladi.

Chunonchi:

- tarixiy makon, tarixiy davr, tarixiy-ijtimoiy harakat, uni harakatga keltiruvchi kuchlar: ijtimoiy guruh, tabaqa, urug’, qabila, xalq, millatlar va ularning taraqqiyot bosqichlari;

- siyosiy tarix, davlatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi, etnoslar tarixi - qabila - urug’, xalqning vujudga kelishi, turmush tarzi, o’lka tarixi.

Maktab tarix kursining asosiy mazmuni Vatan va jahon tarixida o’z ifodasini topadi.

Vatan tarixi tarkibida o’lka, shahar, tuman, qishloqlar tarixi, ya’ni o’lkashunoslik muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quv predmetining tayanch o’quv rejasidagi o’rni

Umumiy o’rta ta’lim davlat standartini ishlab chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1X sessiyasida qabul qilingan "Ta'lim to’g’risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" asos qilib olindi.

Tarix umumiy o’rta ta`lim maktablari (V-IX sinflar) hamda akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida (keyingi bosq’ichlarda) asosiy o’quv fani sifatida o’qitiladi.

Umumiy o’rta ta'lim maktablarining V-IX sinflarida O’zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlardan XX asr boshlarigacha bo’lgan davri o’rganiladi.



Standartning mazmun yo’nalishi
Tarix fanini o’rganish ob’yektiga yuqorida berilgan tavsifdan kelib chiqqan holda, maktabda tarix ta’limining quyidagi asosiy yo’nalishlari belgilanadi:

- tarixiy davr, tarixda yillar hisobi, taqvimlar va tarixiy hodisa hamda jarayonlarning (yil, asr, mingyilliklar) tadrijiylik, izchillikda sodir bo’lishi;

-tarixiy makon, tarixiy voqealar sodir bo’lgan joy, makonni ko’rsatuvchi xaritalar, mamlakat, aholi, urug’, qabila, xalqlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishlari, o’troqlashuvini aks ettiradigan xaritalar (ekologik, siyosiy, iqtisodiy, hududiy va harbiy harakatlarga doir).

Tarixiy-ijtimoiy harakat:

a) tarixiy davrlarda insoniyatning rivojlanishi, o’sha davr ehtiyojlari, talablari, manfaatlari, dunyoqarashi, hayot sharoiti va odamlarning turmush tarzi;

b) bashariyatning evolyutsiya tarixiy, tabiiy sharoitda taraqqiy etib rivojlanishi, moddiy hayoti, mehnat qurollari, ishlab chiqarish munosabatlari va kuchlarining o’zgarish darajalari, mulkiy munosabatlar, o’zaro va tashqi aloqalari;

c) insoniyatning etnik rivojlanishi (urug’, qabila, xalq, millat darajasiga yetishi), bunda oddiylikdan yuksaklikka qarab taraqqiy etishi, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, sinflarning vujudga kelishi;

d) davlatlarning tashkil topishi va ularning tarixiy shakllari; Vatanimiz va jahondagi siyosiy jarayonlar;

e) insonlar va jamiyat, davlatlararo munosabatlar; inson ongidagi o’zgarishlar, tarixiy voqealar, tabiiy hodisalarning bu jarayonga ta'siri;

f) Vatan va jahon tarixi, xalqlar madaniyati, iqtisodiyoti, ma’naviyati, qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon madaniyati rivojida tutgan o’rni;

j) tarixda xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat, milliy-ozodlik kurashlari, bosqinchilik urushlari va ularning ijtimoiy oqibatlari.

Ana shulardan kelib chiqqan holda, tarix fani konsepsiyasi, dasturlari ishlab chiqilishi, davlat ta’lim standarti mavzulari va talablari asosida tarixiy hodisalar, voqealar xronologik izchillikda, adolatli va xolisona o’z bahosini olishi lozim.



Yüklə 327,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə