Vikipediya, ochiq ensiklopediya Jump to navigationJump to search



Yüklə 11,97 Kb.
tarix15.03.2022
ölçüsü11,97 Kb.
#84508
5- Laboratoriya ma\'lumot


Stafilokokk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jump to navigationJump to search

Stafilokokk (yun. staphyle — shingil va kokklar) (Staphylococcus) — Micrococcaceae oilasiga mansub sharsimon bakteriyalar turkumi; S.ni R. Kox (1878-yil) va L. Pasterlar (1880-yil) birinchi boʻlib aniqlashgan. F. Rozenbax (1884-yil) bemorlarning yiringli yalligʻlangan oʻchoqlaridan S.ni ajratib olib, uning biokimyoviy xossalarini oʻrgangan. S. yumaloq shaklda boʻlib, surtmalarda, asosan, uzum shingiliga oʻxshab koʻrinadi. S. harakatsiz, fakultativ, anaerob, grammusbat, xivchin va spora hosil qilmaydi, patogen turlarida mikrokapsulasi bor. S. tabiatda keng tarqalgan mikroorganizmlar boʻlib, ularning saprofit, shartlipatogen va patogen turlari mavjud. Odam terisi va shilliq qavatlarida 14 turi uchraydi.

S, asosan, havoda, suvda, odam va hayvonlarning normal mikroflorasi tarkibida, patogen turlari mikrob tashuvchi odam, hayvonlarda uchraydi va ularda kasallik qoʻzgʻatadi. S. organizmga, asosan, teri, havotomchi, chang , alimentar yoʻllar orqali kiradi. Hozirgi S. qoʻzgʻatadigan juda kup kasallik anikdangan. Koʻp hollarda S. ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishiga sabab boʻladi.



Patogen S. tushgan sut va sut mahsulotlari, tort, muzqaymoq va boshqa oziqovqat mahsulotlari isteʼmol qilinganda zaharlanish (toksikoinfeksiya) kuzatiladi.

м
Yüklə 11,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə