Xalqaro moliya



Yüklə 63,91 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü63,91 Kb.
#184194
  1   2
Xalqaro moliya


Xalqaro moliya
Sistemaning mazkur sifatlariga e’tibor karatishimizning boisi, siyosiy tizim tarkibiga kiruvchi kismlar urtasida uzoro alokadorlikning mavjud ekanligini chukur tushunish va ular urtasidagi munosabatlarning uzviy boglikligi va dialektikasiga e’tiborni jalb etishdir.
Moliya tizimi- moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini uz ichiga olib, turli sohalar pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Moliya tizimining asosiy funksiyalari quyidagilardan iboratdir:

  • Rejalashtirish funksiyasi.

  • Tashkillashtirish funksiyasi.

  • Rag‘batlantirish funksiyasi.

  • Nazorat

Moliya tizimining bo‘g‘inlari.



Davlatning moliya tizimi quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topgan:
Moliya tizimining bug‘inlarga ajratilishi xar kaysi bug‘inlarning vazifalaridan kelib chikadi.
Shuningdek yuqoridagilardan kurinib turibdiki moliya tizimining bug‘inlar mamlakat miyosida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog‘liqdir.
Umumdavlat moliyasi xujalik subyeketlari moliyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki bir tomondan budjet daromadlarini asosiy manbalaridan biri moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratiladigan milliy daromad hisoblanadi. Shuningdek korxonalar miqyosidagi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni nafaqat korxonalarning xususiy mablag‘lari hisobiga balki karz mablag‘lari hisobiga ham amalga oshiriladi. Chunonchi, bunday mablag‘lar tarkibida budjet resurslari ham mavjuddir.
Budjet davlat moliyasini asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Chunki budjet orkali YAIMning taxminan 25-30%i qayta taqsimlanadi. Davlat budjet orali yirik miqdordagi pul resurslariga ega buladi. Bunday pul resurslari orkali davlat uzining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vazifalarini amalga oshiradi. Chunonchi, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda budjet asosiy roli uynaydi. Hozirgi sharoitda umumiy budjet xarajatlarining taxminan 40 % atrofida ijtimoiy madaniy tadbirlarga yo‘naltirilmoqda. Shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlari uchun jami budjet xarajatlarining 7,4%i sarflanishi rejalashtirilgan. Mazkur ko‘rsatkichlar budjetning ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyatini yuqori ekanligini tasdiklaydi.
Aksariyat iqtisodchilar tomonidan sug‘urta munosabatlari moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini sifatida kurib o‘tiladi.
Sug‘urta munosabatlari- unda qatnashuvchi subyektlar o‘rtasidagi xujalik subyektlari iqtisodiy faoliyati natijasida vujudga keluvchi extimolli zararlarni koplash yoki sug‘urta holatlarini sodir bulishi oqibatlari bilan bog‘liq uy xujaliklari yukotishlarini tenglashtirish uchun muljallangan sug‘urta fondiga maqsadli badallar hisobiga aloxida pul fndlarini shakllantirish bo‘yicha qayta taqsimlash munosabatlari majmuasidir.
Sug‘urtaning quyidagi turlari mavjud:
1. Ijtimoiy sug‘urta
2. Mulk sug‘urtasi.
Shaxsiy sug‘urta.
4. Javobgarlik sug‘urtasi.
5. Tavakkalchilik sug‘urtasi.
Ijtimoiy sug‘urta munosabatlarining obyekti - fukarolarning daromadlari hisoblanadi. Shaxsiy sug‘urtada- fukarolarning xayoti, sogligi va mehnat kobiliyati hisoblanadi. Ijtimoiy va shaxsiy sug‘urta yirikrok tarmoqda birlashtirilishi mumkin ya’ni uy xujaligi daromadlarini sug‘urtalash. Javobgarlik sug‘urtasida obyekt sifatida sug‘urtalanuvchining mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma shartlarini bajarish, kreditorlar karzlarini qaytarish va boshqalar hisoblanadi. Tavakkalchilik sug‘urtasi yoki tadbirkorlik xatarlari sug‘urtasida foyda olinmaslik va ko‘rilishi mumkin bo‘ladigan zarar hisoblanadi.
Mulkiy sug‘urta munosabatlarining obyekti sifatida sug‘urtalovchining moddiy qiymatliklari hisoblanadi.
Sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • Risk;

  • Ogohlantirish;

  • Nazorat.

Tayanch suzlar: tizim, moliya tizimi, davlat moliyasi, xujalik subyektlari moliyasi, sugurta, davlat budjeti, davlat krediti, budjetdan tashkari fondlar.
Kishilik jamiyatining rivojlanishidagi dastlabki mehnat taqsimotlarining sodir bo‘lishi natural xo‘jalikning yemirilishi va tovar xo‘jaligining shakllanish jarayonini shakllantirdi.
Tovar xo‘jaligining shakllanishi qiymatning oddiy shaklini paydo bo‘lishiga olib keldi va keyinchalik qiymatning umumiy va pul shakllarini vujudga kelishi bilan davom etdi. Ishlab chiqarish jarayonining evolyutsion tarixiy taraqqiyoti natijasida obyektiv iqtisodiy kategoriya sifatida dastlabki moliyaviy munosabatlar ham shakllana boshladi.
Moliya tushunchasining mazmuni “pul to‘lovi”, “daromad” “to‘lov” degan polisemantik harakterdagi ma’nolarga ega bo‘lib dastlab XIII-XV asrlarda italiyada paydo bo‘lgan.
Moliya dastlab har qanday pul to‘lovlarini anglatgan bo‘lib, keyinchalik bu tushuncha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi pul munosabatlari tizimining muhim elementlaridan biriga aylanib qoldi.
Ammo har qanday pul munosabatlari tizimi ham moliyaviy munosabatlar hisoblanmaydi. Shuning uchun ham moliya va pul o‘rtasida o‘zaro bog’liqlik bilan birgalikda ularni solishtirib bo‘lmaydigan farqli tomonlari ham mavjuddir.
Chunonchi, pul- tovarlar dunyosidan ajralib chiksa va barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent rolini uynovchi maxsus tovardir.
Moliya esa mavjud o‘ziga hos pul munosabatlari tizimini o‘z ichiga oladi. Moliya davlat va boshqa iqtisodiy subyektlar o‘rtasida turli xil ko‘rinishdagi pul fondlarini shakllantirish bilan bog’liq pul munosabatlari tizimidir.
Moliyaning moddiy asosini pul aylanishi tashkil qiladi.
Pul aylanishining 2 xil turi mavjud:

  1. Naqd pul aylanmasi;

  2. Naqd pulsiz aylanmalar.

Real pul aylanmasi bu iqtisodiy jarayon bo‘lib qiymatni harakatini yuzaga keltiradi va pul to‘lovlari va hisob kitoblari bilan biralikda harakat qiladi. Real pul oborotlarini asosiy obyektlari bo‘lib kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lgan moliyaviy mablag’lar hisoblanadi.
Moliyaning harakterli belgilari qo‘yidagilardan iborat:

  1. Pul munosabatlari harakteridan iborat.

  2. Taqsimlash harakteridan iborat.

  3. Fondli harakterdan iborat.

Moliya o‘ziga hos ravishdagi tarixiy kategoriya hisoblanadi. Pul insoniyatning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridayok pullar paydo bo‘ldi tovar pul munosabatlari paydo bo‘ldi, davlatlar shakllandi. Ammo nima uchun moliya o‘rta asrlarda paydo bo‘ldi.


Buning 1-shart sharoiti o‘sha davrlarda yevropa davlatlarda ichki ziddiyatlar va muammolar paydo bo‘la boshladiki ularni hal qilish uchun davlat yirik miqdordagi pul mablag’lariga extiyoj seza boshladi.
2-asosiy shart sharoit o‘sha davrlarda pul fondlarini shakllantirish va undan foydalanish tizimli harakterga ega bo‘la boshladi. Usha davrlardayok harajatlarni 4 turi amal qila boshlagan edi: harbiy harajatlar, iqtisodiyot, ijtimoiy soha harajatlar va boshqaruv harajatlari.
3-shart sharoit Usha davrlarda soliq to‘lovlarini undirishning pul shakli rivojlanayotgan davr edi. Soliqlarni undirishning 2 xil shakli bor: natural va qiymat ya’ni pul shakli.
Moliyaning mavjudligi tovar-pul munosabatlari va qiymat qonunlarining amal qilishi bilan belgilanadi.

  1. Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi;

  2. Davlatlarning paydo bo‘lishi.

  3. Iqtisodiy qonunlarning amal qilishi;

Davlatlarning paydo bo‘lishi bilan moliyaning paydo bo‘lishini obyektiv shart sharoitlari davlatlar jamiyat iqtisodiy tizimidagi roli va unga tegishli bo‘lgan funksiyalarda namoyon bo‘ladi.
Davlatlarning iqtisodiy roli jamiyat iqtisodiy tizimida mulkchilik munosabatlarining islox qilish, institutsional o‘zgarishlar, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy tenglik me’yorlarini ta’minlashdan iboratdir.
Davlatning iqtisodiy roli uning qo‘yidagi: tartibga solish, qayta taqsimlash, ijtimoiy, nazorat funkitsyalarida namoyon bo‘ladi.
Tartibga solish funksiyasi: Davlat amal qilishi zarur bo‘lgan shunday sohalar mavjudki ularni to‘laqonli amal qilishida davlat bosh pozitsiyada bo‘ladi (masalan mudofaa, ijtimoiy ximoya tizimlari va boshqalar). Davlat turli xil institutsional tizimlar vositasida iqtisodiy siyosatni amalga oshiradi. Tartibga solish sohalari: Davlat moliyasi, pul muomalasi, naqdpulsiz hisob kitoblar, valyuta kurslari, iqtisodiy xavfsizli va boshqalar.
+ayta taqsimlash funksiyasi. Yaratilgan milliy daromad ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida qayta taqsimlashning obyekti hisoblanadi. Bunday qayta taqsimlanishining mexanizmi sifatida soliq va budjet tizimi hisoblanadi.
Ijtimoiy funksiyasi. Utish davrining asosiy muammosi hisoblanuvchi ijtimoiy ximoya tizimlarini shakllantirish va aholining kam ta’minlangan qatlamini ximoya qilish davlatning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Bu funksiyaning amal qilish mexanizmi: ijtimoiy transfertlar tizimi, Respublika va mahalliy darajadagi ijtimoiy dasturlar, adresli ijtimoiy yordamlar.
Davlatning iqtisodiy roli va funksiyasi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning moliyaviy siyosatini va moliyaviy usullarini aniqlab beradi.
Tovar pul munosabatlarining mavjudligi.
Har qanday pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiritilmaydi. Masalan, bank kreditlarini olish va uni qaytarish jarayoni, kreditorlik qarzlarini to‘lash jarayonidagi pul munosabatlari moliyaviy munosabatlar kategoriyasiga kiritilmaydi. Moliyaviy munosabatlari kategoriyasi mazmunini aniqlovchi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi pul munosabatlar qo‘yidagilardan iborat:
Korxonalar tayyor mahsulotni sotuv qilish natijasida pul tushumlariga ega bo‘ladi. Pul tushumlarini birlamchi va qayta taqsimlash natijasida qiymat taqsimot jarayoni sodir bo‘ladi.
Moliya mohiyatiga va tashqi paydo bo‘lish shakllariga egadir. Moliyaning mohiyati deganda alohida qiymat kategoriyasi sifatida moliyaning ichki mohiyatini namoyon bo‘lishi tushuniladi. Moliyaning mohiyati va paydo bo‘lish shakllari o‘zaro bog’likdir.
Masalan, 1995 yildan xo‘jalik subyektlarining davlat budjeti bilan o‘zaro munosabatlarida foydani taqsimlanishining davlat budjeti daromadlariga foydadan ajratma shakliga o‘tildi. Xo‘jalik islohotlari sharoitida bu munosabatlar 3 shaklda namoyon bo‘ldi ya’ni: ishlab chiqarish fondlariga ajratmalar, Fiksirlangan (renta) to‘lovlari; foydaning erkin qoldig’idan budjetga badallar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa bu munosabatlar soliqlar vositasida amalga oshiriladi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda shuni ta’qidlash joizki, moliyaning iqtisodiy mohiyati masalasi mazkur kategoriyaning ichki mazmunini aniqlovchi 2 nazariya amal qiladi:
1. Taqsimlash nazariyasi tarafdorlari.
2.Takror ishlab chiqarish nazariyasi tarafdorlari.
Taqsimlash nazariyasi tarafdorlari tasdiqlaydiki, moliya ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining 2 boskichida paydo bo‘ladi, ya’ni yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi.
Takror ishlab chiqarish nazariyasi tarafdorlari esa moliya takror ishlab chiqarish kategoriyasi sifatida takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi deb ta’kidlaydilar.
Iqtisodiy qonunlarning amal qilishi.
Asosiy iqtisodiy qonunlar: qiymat qonuni, pul muomalasi qonuni, talab va taklif qonuni. iymat qonuni. Tovar qiymati uni shakllantirish jarayonida sarflangan abstrakt va konkret mehnat bilan belgilanadi.
Pul muomalasi qonuni. Muomaladagi pullarning umumiy miqdoriga pulning aylanish tezligi teskari proporsional, ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori va ularning bahosiga to‘g’ri proporsional.

Moliyaning asosiy funksiyalari.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi.
Funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bo‘lish jarayonidir.
Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi olimlarning o‘rtasida qatori bahsli holatlar mavjud.
Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning 3ta funksiyasi mavjudligini e’tirof etishadi.
A.M. Birman moliyaning qo‘yidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi:

  1. Xo‘jalik yuritish jarayonini pul mablag’lari bilan ta’minlash;

  2. Nazorat

  3. Taqsimlash.

  1. A.M. Aleksandrov va E.A. Voznesenskiy tasdiqlaydiki moliya quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  2. Pul fondlarini shakllantirish.

  3. Shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish

  4. Nazorat.

I.T. Balabanovning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning taqsimlash funksiyasi o‘zining mazmunini yukotadi.
Iqtisodchi V.M. Rodionovaning fikriga ko‘ra moliya taqsimlash va nazorat funksiyalarni bajaradi.
Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat qilish funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.
Iqtisodiy subyektlarning asosiy manfati foyda olish hisoblanadi.
Foyda markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning ko‘p ukladli shakllarini paydo bo‘lishi va bozor iqtisodiyotining amal qilishi to‘liq iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni shakllantirishni obyektiv zarur qilib kuyadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalari ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga bog’liqdir.
Savol tuziladi. Turli darajadagi ko‘p sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy manbalari nima hisoblanadi.
Albatta bunda makrodarajada yalpi ichki mahsulot. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy instrumentlar: meyorlar, stavkalar, ta’riflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy instrumentlar vositasida amalga oshiriladi.
Mikrodarajada esa uning manbai korxonalar pul daromadlari va jamg’armalari hisoblanadi.
Moliyaning nazorat funksiyasi- bu obektiv amal qiluvchi pul munosabatlari jarayonlarini nazorat qilishdir.
Moliyaning nazorat funksiyasining obyekti bo‘lib xo‘jalik sub’ktlari faoliyatining moliyaviy natijalari hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat o‘tkazuvchi subyektlar nuqtai nazaridan moliyaviy nazorat qo‘yidagi turlarga ajratiladi:
Moliyaning boshqa qiymat kategoriyalari: pul, kredit, mehnatga to‘lovlar fondi, baho va boshqalardan farkli tomoni uni davlatlarni amal qilishi bilan bevosita bog’likligi hisoblanadi.
Moliya tizimi- moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o‘z ichiga olib, har kaysi sohalar pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Moliya tizimining asosiy funksiyalari qo‘yidagilardan iboratdir:

  1. Rejalashtirish funksiyasi.

  2. Tashkillashtirish funksiyasi.

  3. Rag’batlantirish funksiyasi.

  4. Nazorat

Moliya tizimining bug’inlarga ajratilishi har kaysi bug’inlarning vazifalaridan kelib chiqadi. Shuningdek yuqoridagilardan kurinib turibdiki moliya tizimining bug’inlar mamlakat miyosida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog’liqdir.
Hozirgi sharoitda ayrim iqtisodchi olimlar tomonidan moliya tizimining muhim bug’inlaridan biri sifatida aholi moliyasini alohida ko‘rib utadilar. Ularning fikrlariga ko‘ra YAIMni taqsimlanishi jarayonida aholi iqtisodiy subyekt sifatida katnashadi va yirik miyosida pul jamg’armalariga ega bo‘ladi. Bunday jamg’armalar hozirgi sharoitda nafaqat bank tizimi uchun muhim moliyaviy biznes balki iqtisodiyotdagi yalpi investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim manbalaridan biriga aylanmokda.
Umumdavlat moliyasi korxonalar moliyasi bilan bevosita bog’liqdir. Chunki bir tomondan budjet daromadlarini asosiy manbalaridan biri moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratiladigan milliy daromad hisoblanadi. Shuningdek korxonalar mikyosidagi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni nafaqat korxonalarning xususiy mablag’lari hisobiga balki qarz mablag’lari hisobiga ham amalga oshiriladi.
Chunonchi, bunday mablag’lar tarkibida budjet mablag’lari ham mavjuddir.
Budjet davlat moliyasini asosiy bo‘g’ini hisoblanadi. Chunki budjet orqali YAIMning taxminan 30-35%i qayta taqsimlanadi. Davlat budjet orqali yirik miqdordagi pul mablag’lariga ega bo‘ladi. Bunday pul mablag’lari orqali davlat o‘zining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vazifalarini amalga oshiradi. Chunonchi, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda budjet asosiy rol o‘ynaydi. 2002 yilda umumiy budjet harajatlarining 40,27% i ijtimoiy madaniy tadbirlarga yunaltirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek aholini ijtimoiy ximoya qilish tadbirlari uchun jami budjet harajatlarining 7,495%i sarflanishi rejalashtirilgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar budjetning ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyatini yuqori ekanligini tasdiqlaydi.
Aksariyat iqtisodchilar tomonidan sug’urta munosabatlari moliya tizimining asosiy bug’’inlari sifatida ko‘rib utiladi.
Sug’urta munosabatlari- unda katnashuvchi subyektlar o‘rtasidagi xo‘jalik subyektlari iqtisodiy faoliyati natijasida vujudga keluvchi extimolli zararlarni koplash yoki sug’urta holatlarini sodir bo‘lishi okibatlari bilan bog’lik uy xo‘jaliklari yuqotishlarini tenglashtirish uchun muljallangan sug’urta fondiga maqsadli badallar hisobiga alohida pul fondlarini shakllantirish bo‘yicha qayta taqsimlash munosabatlari majmuasidir.
Sug’urtaning qo‘yidagi turlari mavjud:

        1. Ijtimoiy sug’urta

        2. Mulkiy sug’urta.

        3. Shaxsiy sug’urta.

        4. Javobgarlik sug’urtasi.

        5. Tavakkalchilik sug’urtasi.

Ijtimoiy sug’urta munosabatlarining obyekti- fukarolarning daromadlari hisoblanadi. Shaxsiy sug’urtada- fukarolarning xayoti, sog’ligi va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Ijtimoiy va shaxsiy sug’urta yirikrok tarmoqda birlashtirilishi mumkin ya’ni uy xo‘jaligi daromadlarini sug’urtalash. Javobgarlik sug’urtasida obyekt sifatida sug’urtalanuvchining mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma shartlarini bajarish, kreditorlar qarzlarini qaytarish va boshqalar hisoblanadi. Tavakkalchilik sug’urtasi yoki tadbirkorlik xatarlari sug’urtasida foyda olinmaslik va qurilishi mumkin bo‘ladigan zarar hisoblanadi.


Mulkiy sug’urta munosabatlarining obyekti sifatida sug’urtalovchining moddiy qiymatliklari hisoblanadi.
Sug’urta qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Risk;

  2. Ogoxlantirish;

  3. Nazorat.

Davlat har qanday o‘zining vazifalari bo‘yicha aniq maqsadlarga erishish uchun moliyadan foydalanadi. O‘rnatilgan maqsadlarni amalga oshirishda moliyaviy siyosat muhim rol o‘ynaydi. Moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va uni amalda qullash jarayonida o‘rnatilgan vazifalarni amalga oshirish shart sharoitlari ta’minlanadi. Ular iqtisodiy manfaatga ta’sir qilishning faol quroli sifatida ishtirok etadi. Moliyaviy siyosat ko‘p kirralidir. U quyidagi muhim bug’inlarni o‘z ichiga oladi:
Moliyaning rivojlanishini ilmiy asoslangan konsepsiyalarini ishlab chiqish. U asosan iqtisodiy qonunlar talablarini o‘rganish, xo‘jalikning rivojlanish holatini har tomonlanma kompleks tahlil qilish, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini, aholi extiyojlarini rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Istiqboldagi va joriy davrda moliyadan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash. Bunda xalqaro omillar, moliyaviy mablag’larni o‘sish imkoniyatlarini hisobga olingan holdagi iqtisodiy siyosatda ko‘zda tutiluvchi o‘rnatilgan maqsadlarga erishish yo‘llaridan kelib chiqadi.
Amaliy faoliyatlarni muvofiqlashtirish. Bunda belgilangan maqsadlarga erishishga yunaltirilgan amaliy faoliyatlarni tashkiliy asoslari ko‘zda tutiladi.
Yuqoridagi bug’inlarning yaxlitligi moliyaviy siyosatni mazmunini aniqlab beradi. Istiqbolsiz moliyaviy siyosat moliyaning rivojlanishini asosiy konsepsiyalarini to‘lakonli ravishda mukammalashtirmaslik oqibatlari hisoblanadi.
Davlatning moliya siyosati bilan jamiyatning iqtisodiy faoliyati o‘rtasida muhim o‘zaro bog’liqlik mavjud.
Bir tomondan, moliyaviy siyosat iqtisodiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, jamiyat siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda erkin emas, ya’ni moliyaviy siyosat mamlakat iqtisodiyotiga bevosita bog’liqdir.
Ikkinchi tomondan, moliyaviy siyosat mamlakatning iqtisodiy bazisidan kelib chiqqan va rivojlangan holda ma’lum bir mustaqillikka ega, hamda u o‘ziga hos qonuniyatlar va rivojlanish mantiqiga ega.
Ushbu yo‘nalishlarga asoslangan holda moliyaviy siyosat davlat iqtisodiyotiga va moliyaviy holatiga teskari ta’sir etadi. Bu ta’sir turlicha bo‘lishi mumkin;
Ba’zi hollarda siyosiy chora tadbirlar o‘tkazish vositasida iqtisodiyotni rivojlanishi uchun qulay shart sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi.
Ba’zi hollarda siyosiy chora tadbirlar o‘tkazish vositasida iqtisodiyotni orkaga ketishi uchun qulay shart sharoitlar vujudga keladi.
Xo‘jalik yuritishni jaxon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning rivojlanishi uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi moliyaviy siyosatni ta’sir etish darajasini o‘sishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda xo‘jalik tarmoqlarini turli darajada rivojlanishi, xo‘jaliklararo va hududlararo iqtisodiy alokalarni qiyinlashuvi iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni bir-biriga bog’liq holda va yakin darajada iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini davlat tomonidan ta’minlanishini talab etadi. Shuning uchun ham davlat tomonidan moliyaviy tartibga solib turish muhim ahamiyatga egadir.
Davlatning iqtisodiy jihatdan qanchalik kuch qudrati oshsa, shunchalik moliyaviy mablag’larni o‘z ko‘lida mujjassamlashga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy konyukturaga faol ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.
Iqtisodiy qarorlar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qonunlari mantigi asosida, ko‘zda tutilgan moliyaviy tadbirlar okibatlarini ilmiy asoslangan holda va ularni iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlariga mos holda shakllantirish jamiyatning taraqqiyoti asosini tashkil qiladi. Bu o‘z navbatida moliya siyosatida tez tez uchraydigan va ilgaridan ko‘zda tutilishi qiyin bo‘lgan o‘zgartirishlarni oldini olishga imkoniyat yaratadi.
Moliyaviy siyosat o‘zining davriyligi va xal kiluvchi vazifalar tavsifiga bog’liq holda moliyaviy strategiya va moliyaviy taktikaga bo‘linadi.
Moliyaviy faoliyat tahlili shuni tasdiqlamokdaki hozirgi sharoitda moliyaviy siyosat va strategiya tushunchalari o‘rtasida yagona tushuntirishlar mavjud emas. Bu tushunchalar aralash holda talkin qilinmokda. Meyoriy xujjatlarda ham mazkur kategoriyalarni aniq talkini mavjud emas. Bu O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan moliyaviy siyosatni ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga tegishlidir.
Lug’atda siyosat nimagadir erishish uchun qandaydir harakat tavsifi sifatida aniqlanadi. Strategiya siyosatni amalga oshirish san’atidir. Taktika siyosatni yuritish san’atining tarkibiy qismi sifatida kuriladi. Biroq mazkur tushuncha mazmunini tushungan holda shuni ta’kidlash joizki ko‘rsatib utilgan “siyosat” aniq yo‘nalishlar bo‘yicha moliyaviy strategiyani amalga oshirish uslubidan tashqari boshqa narsa emas.
Moliyaviy strategiyani har bir yo‘nalishini tavsifi amaliyotda ularni amalga oshirishning taktik uslublari yigindisining mavjudligini tasdiqlaydi.
Davlatning moliyaviy siyosati makroiktisodiy siyosatning bosh elementlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi sharoitda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan moliyaviy siyosat islohotlarning utish davridagi moliyaviy iqtisodiy inqirozlar okibatlarini tugatish va mamlakatdagi barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yunaltirilgadir. Chunonchi, iqtisodiyotning barcha sohalarida liberal rejimni shakllantirish va uni rivojlanishini ko‘zda tutuvchi iqtisodiyotni erkinlashtirish masalalari moliyaviy siyosatning markazida turmokda.
Moliyaviy siyosat qo‘yidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Soliq siyosati;

  2. Budjet siyosati;

  3. Pul kredit siyosati;

  4. Institutsional o‘zgarishlar;

  5. Investitsiya siyosati;

  6. Ijtimoiy siyosat.

Moliyaviy siyosatni tatbiq qilish uchun qo‘yidagilar zarur hisoblanadi;
- ijtimoiy tanglik kamaytirilishi lozim.
- davlat moliyasini soglomlashtirish lozim;
- bank tizimini meyor bo‘yicha ishlash imkoniyatlarini shakllantirish lozim;
-tovar va pul okimlarini tenglashtirish lozim;
-hududlarning moliyaviy iqtisodiy mustaqilligini yagona boshqaruv tizimi asosida okilona ta’minlash lozim.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri soliq siyosati hisoblanib. U asosan davlat uchun ham bozor katnashchilari uchun ham iqtisodiyotning real sektorining moliyaviy holatini yuksalishini ta’minlovchi soliqka tortish bo‘yicha imkoniyatlar shakllantirishi lozim. Soliq siyosatining asosiy vazifalari:
-soliq qonunchiligini, soliqka tortish bazalarini mukammallashtirish va to‘lov muammolarini pasaytirish maqsadlarida kompleks islox qilish;
-mavjud soliq va bojxona imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish;
-budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar va jarimalarni restrukturizatsiya qilish;
- soliqka tortish mexanizmini soddalashtirish va iqtisodiyotning ustivor sohalari uchun soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish;
-soliq ma’muriyati faoliyatini takomillashtirish.
Budjet siyosati moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida xozirda qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishi muhim hisoblanadi:
-davlat harajatlarini iqtisod qilish dasturlarini amalga oshirish;
-ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda budjetning o‘rnini mukammallashtirish;
-budjet mablag’laridan samarali foydalanishning nazorat tizimlarini mukammallashtirish;
-budjetning daromadlar va harajatlar ijrosi tizimlarini takomillashtirish;
-mahalliy boshqaruv organlari faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini shakllantirish maqsadida mahalliy budjetlar uchun yaxshi moliyaviy potensialni shakllantirish;
Davlat qarzlarini boshqarish va restrukturizatsiya qilish.
Pul kredit sohasidagi bugungi kunda mavjud muhim vazifalar qo‘yidagilardir:
-bank tizimini restrukturizatsiya qilish jarayonini chuqurlashtirish;
-banklar uchun joriy etilgan majburiy meyorlarini soddalashtirish va ularni takomillashtirish;
-davlatning valyuta zaxiralarini tuldirish va chetga kapitallar okimini kamaytirish;
-iqtisodiyotning ustivor sohalarini moliyaviy kullab kuvvatlash uchun imtiyozli kreditlashtirish mexanizmlarini shakllantiri;
-moliyaviy bozorlarni shakllantirish va rivojlantirish.
Moliyaviy siyosatning amalga oshirishda institutsional o‘zgarishlar muhim rol o‘ynaydi. Institutsional o‘zgarishlar davlatning boshqarish sohasidagi asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Ularga qo‘yidagilar kiritiladi:
tashkilotlarning soliqlar bo‘yicha qarzlarini kapitalizatsiya qilinishi natijasida davlat korxonalarning aksiyalarini jalb qilinishi;
davlatga tegishli aksiyalar paketini ishonchli boshqaruvlariga berish;
yagona mulkiy kompleks sifatida korxonalarni xususiylashtirish;
yoqilg’i energetika komplekslari va temir yo‘l sohasi, aloka va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasini samaradorligini oshirish va rakobatni rivojalntirishga yunaltirilgan institutsional o‘zgarishlar.
Hozirgi sharoitdagi davlatning moliyaviy siyosati ijtimoiy yunaltirilgandir. Bu sohadagi asosiy vazifalar qo‘yidagilardir:
-budjet sohasida ishlovchi ishchilarga joriy ish haqini tulik xajmda berish;
-aholining kam ta’minlangan katlamini oladigan daromadlari uchun kompensatsiya mexanizmini ishlabi chiqish va takomillashtirish;
-ishsizlikni o‘sishini oldini olish va budjet sohasidagi ish haqini indeksatsiya qilish;
Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatni amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir.
Moliya siyosatini amalga oshirish va uni xayotga unumli tadbik etish uchun moliya mexanizmi ishlatiladi. U o‘z navbatida jamiyat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun ishlatilayotgan moliyaviy munosabatlarni yig’indisidan tashkil topadi.
Moliyaviy siyosatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, davlatning moliya sohasidagi barcha faoliyatini amalga oshishiga sabab bo‘ladigan moliyaviy mexanizmni belgilash hisoblanadi. Moliyaviy mexanizm moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning davlat tomonidan belgilangan shakllari, turli va usullarini o‘z ichiga oladi.
Moliya mexanizmining tuzilmasi bir muncha murakkabdir. Amaldagi turli xil moliyaviy munosabatlar uning elementlariga kiradi. Davlat moliyaviy zaxiralaridan foydalanish prinsip va yo‘nalishlarini aniqlashda, to‘lovlarni turlarini ko‘rishda, mablag’larni to‘planish formalarida, milliy daromadda, umumiy foyda taqsimotining iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalarida, moliyaning qonuniy-me’yoriy rivojida, iqtisodiy qonunlarni harakatini o‘rganishda davlat bosh isloxotchi.
Moliyaning samaradorligini oshirishda rejalashtirish va istiqbolni belgilash, hamda moliyaviy munosabatlarda tashkilotlarni rasmiylashtirish me’yorlari (soliq, harajat va boshqalar), turli xil ko‘rinishdagi ko‘llanishlarni to‘gri noto‘griligi ustidan nazorat, moliyaviy munosabatlarni shakl va usullari muhim rol o‘ynaydi.
Moliya mexanizmini yangi boskichdagi muhim xususiyatlaridan biri-xo‘jalik jarayonlarining yuzaga kelishi, tegishli ma’lumotlarni olishi va ular asosida xo‘jalik xayotini rivojlanishini diagnostikasi va zaruriy tartibga soluvchi choralarni ko‘rish paytlarini o‘zaro yakinlashtirish. Ushbu mexanizmning yana bir to‘zuvchisi ishlab chiqarishni va pul bozorini dinamikasini, ularning funksiyalarini amalga oshirilishi hamda zararli iqtisodiy okibatlarini uzluksiz istiqbollashtirish.
Moliya mexanizmini tuzilmasi birmuncha murakkabdir.
Davlat o‘zining ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi organlar orqali:
-iqtisodiy qonunlar ta’sirini chuqur urganish;
-moliyaning rivojlanish qonunlarini urganish;
-iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini urganish asosida ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini qo‘llaydi, pul jamg’armalarig’ni shakllarini belgilaydi, to‘lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlat moliyaviy mablag’laridan foydalanish yo‘nalishlari va prinsiplarini ishlab chiqadi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar-bu korxona faoliyatini har tomonlama ta’riflashga, pul fondlarini va jamg’armalarni yaratish va sarflashni ta’riflaydigan rejali, hisobotda va hisob- kitobda ishlatiladigan ko‘rsatkichlar.
Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy prognozlashtirish-xo‘jalik rejasini bir qismi va moliya mexanizmining asosiy qismi bo‘lib, pul mablag’larini yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlash hamda foydalanishni rejali ravishda boshqarishdir.
Moliyani boshqarish- kuyilgan maqsadlarga erishish uchun obyektga moliyaviy ta’sir qilish usullari va shakllari yigindisidir.
Moliyaviy zaxiralar deb, kutilmagan xodisalar va maxsus extiyojlarni ta’minlash uchun davlat boshqarish organlarida, korxonalarda yigiladigan pul mablag’lariga aytiladi.
Ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olish hozirgi iqtisodiyotni islox qilish strategiyasining boshlang’ich nuktasi bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida birinchi darajali chora-tadbirlar hamda ustuvor yo‘nalishlar sifatida moliya va soliq siyosati soxasida qo‘yidagilar ilgari suriladi;
kat’iy moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti defitsitini iloji boricha kamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarning barcha turlarini boskichma-boskich qisqartirib borish;
budjet mablag’lari daromad tushganidan keyingina taqsimlashtiradigan yo‘ldan og’ishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat extiyojlari uchungina budjetdan mablag’ ajratish;
halk xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan pul bilan qaytarilmaydigan qilib ta’minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu maqsadlar uchun investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
Soliq tizimini takomillashtirish, budjet daromadlarini barqaror suratda to‘ldirib turilishini ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi, qishloq xo‘jalik maksulotini qayta ishlaydigan va halk is’temoli mollari ishlab chiqaradigan ko‘shma korxonalarning rivojlanishini rakbatlantiradigan pishik-puxta soliq siyosatini olib boish.


Yüklə 63,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə