Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti



Yüklə 16,9 Kb.
tarix25.04.2023
ölçüsü16,9 Kb.
#106881
davlat xizmatlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O‘ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI

XALQARO MUNOSABATLAR VA IJTIMOIY-SIYOSIY FANLAR FAKULTETI
SIYOSATSHUNOSLIK YO’NALISHI

Davlat xizmatlari asoslari fanidan
Kurs ishi
MAVZU: Davlat xizmatchilarining majburiyatlari va javobgarligi

Bajardi: Salimova Farangiz
Tekshirdi: Omonov.B




Davlat xizmatchisining majburiyatlari deganda, O‘zbekiston Konstitutsiyasi va boshqa normativ- huquqiy hujjatlar bilan ta’minlangan, xizmatchi kasbiy xizmat faoliyatining mohiyatidan tashkil topgan majburiy harakatlar tushuniladi. Xizmatchilar davlat xizmatida bo‘lganida umumiy huquq me’yorlaridan farq qiladigan maxsus huquqiy tartib ta’sirida bo‘ladilar. Shu bilan birga, ular fuqarolar sifatida umumdavlat majburiyatlaridan ozod qilinmaydilar (soliqlar to‘lash, armiyada xizmat qilish va h.k.). Davlat davlat xizmatchilariga davlat xizmati xususiyatlari bilan bog‘liq yuqori majburiyatlar yuklaydi.


Davlat xizmatchilarining majburiyatlari ularning xizmat faoliyatlarining mohiyatini tavsiflaydi, chunki davlat (davlat organi) fuqaroni unga ma’lum bir mansab majburiyatlarini yuklash maqsadida ishga qabul qiladi. Majburiyatlarning mazmuni va turlari davlat organining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, vazifasi va funksiyalariga qarab belgilanadi.

Davlat xizmatchilariga umumiy bo‘lgan majburiyatlarga - konstitutsiyaviy tuzumni qo‘llab-quvvatlash hamda Konstitutsiya va qonunlarga, shuningdek, ularning vakolatlarini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash kiradi.


Davlat xizmatchisi davlat nomidan va davlat topshirig‘i bo‘yicha uning manfaatlarini ifodalab harakat qiladi, shuning uchun u o‘z vazifasini Konstitutsiya qoidalariga muvofiq tarzda bajarishi kerak.



O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng inson va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda inson manfaatlari ustunligi mamlakatning Asosiy Qonuni - Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab aytganidek, «Jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i - inson degan fikrni ilgari surdik va shu asosda «fuqaro - jamiyat - davlat» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topishga intildik»1. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning mafaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar», deya ta’kidlanadi. Ushbu normaga ko‘ra davlat xizmatchisi ham davlatning vakili sifatida jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul hisoblanadi. Uning bu mas’ulligi unga yuklatilgan burchlarning bajarilishi orqali ta’minlanadi va kafolatlanadi.


Davlat xizmatchilari majburiyatlarining asosiy xususiyati shundaki, ular nafaqat davlat xizmati sha’niga dog‘ tushuruvchi yoki davlat organiga zarar yetkazuvchi harakatlardan, balki «davlat xizmatchilarining davlat va jamiyat manfaatlariga zid harakatlarni sodir etmoqda», degan fikrlarning paydo bo‘lishidan saqlanishi lozim. Davlat xizmatchisi xizmat majburiyatlaridan davlat xizmati sha’niga dog‘ tushirish, davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning faoliyatini qoralashda foydalanishi mumkin emas.


Davlat xizmatchilarining asosiy majburiyatlaridan biri - bu vijdonan mansab majburiyatlarini bajarishidir. Qonun hujjatlarida davlat xizmatchilarining funksiyalari va vakolatlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular xizmatchilar tomonidan to‘g‘ri va aniq bajarilishi lozim. Mansab majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik - nojo‘ya harakat, huquqbuzarlik, ba’zi hollarda esa jinoyat hisoblanishi mumkin.


Davlat xizmatchilari ularning egallab turgan lavozimlaridan kelib chiqqan holda o‘rnatilgan huquqlarni va yuklangan majburiyatlarni bajarishga majburdir. Bu talablar davlat xizmatchisiga lavozim bo‘yicha vakolatlar hajmi va doirasi to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qilishiga majbur qiladi.
Davlat xizmatchilarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish majburiyati davlat organida o‘rnatilgan xizmat tartibiga rioya qilish bilan bevosita bog‘liqdir.
Davlat xizmatchilari fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ommaviy manfaatlarni ta’minlash maqsadida mansab majburiyatlarini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘ladilar.
Agar davlat xizmatchilari o‘z vakolatlaridan boshqa maqsadlarda foydalansalar yoki vakolat doirasidan chetga chiqadigan bo‘lsalar, ularning harakati xizmat nojo‘ya harakati, ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sifatida tasniflanishi mumkin.


Davlat xizmatchilarining asosiy majburiyatlaridan yana biri - bu fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va muhofaza etilishini ta’minlash hisoblanadi. Davlat xizmatchilari fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini tan olishga, ularning qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish va ta’minlashga majburdirlar. Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat xizmatchilari uchun muhim kategoriyalardir. Davlat xizmatchilari tomonidan mazkur majburiyatning bajarilishi ijtimoiy munosabatlarning muvozanatini, qonuniylik tartibiga rioya qilinishini ta’minlaydi, umumiy huquq tartibotni kafolatlaydi. Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilingan ekan, davlatning asosiy vazifalaridan biri bajarilgan bo‘lib hisoblanadi.
Davlat xizmatchilari yuqori turuvchi davlat organi (davlat xizmatchisi)ning farmoyishlarini, buyruqlarini va boshqa xildagi ko‘rsatmalarini, qonunga zid bo‘lganlaridan tashqari, ijro etishga majburdir. Davlat xizmati bo‘ysunuvlik iyerarxiyasi prinsipiga asoslanar ekan, davlat xizmatchilari o‘zlaridan yuqori turgan, bo‘ysunuv asosida, rahbarlarning vakolat doirasida berilgan buyruqlarini, farmoyishlarini, ko‘rsatmalarini va boshqa qonuniy qarorlarini ijro etishga majburdirlar.

  • Davlat xizmatchilari barcha farmoyishlarni shaxsiy javobgarlik asosida amalga oshiradilar. Shuning uchun ham ijro etish uchun olingan farmoyish davlat xizmatchisi tomonidan qonuniylik va davlat manfaatlariga mos kelish nuqtai nazaridan baholanishi lozim.

  • Davlat xizmatchilari mansab majburiyatlarini bajarib borish maqsadida o‘zining malaka darajasini saqlash va oshirib borish majburiyatiga ega. Davlat xizmatchisi davlat xizmatiga kirar ekan, xizmat funksiyalarini va mansab majburiyatlarini sifatli bajarishga tayyor bo‘lishi kerak. U o‘zining ishchanlik xususiyatlariga ko‘ra egallanadigan davlat lavozimi talablariga mos kelishi kerak.

  • Nazariy va amaliy ta’lim olish barcha davlat xizmatchilarining xizmat majburiyati hisoblanadi. Qoida bo‘yicha, professional tayyorgarlik malaka darajasini berishda, maxsus unvon olishda talab qilinadi.

  • Davlat xizmatchilari o‘zlarining xizmat faoliyatlarini olib borish jarayonida bir davlat organi doirasida turli ahamiyatdagi funksiyalarni amalga oshiradilar. Davlat xizmatchisi lavozimi bo‘yicha yuqori ko‘tarilganida, yanada murakkab bo‘lgan majburiyatlarni bajarishiga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan, kasblarning evolyutsiyasi sodir bo‘lishi mumkin, masalan, ba’zi birlari tugashi, paydo bo‘lishi yoki uning mazmuni o‘zgarishi mumkin.

  • Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, davlat xizmatchilari doimo o‘z kasbiy malakalarini oshirib borishlari lozim, davlat xizmatchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash esa ularning majburiyatiga aylanadi.

  • Davlat xizmatchisi xizmat etikasi normalariga rioya qilishi kerak. Davlat xizmatchisi o‘zining professional burchini bajarishi shart. U o‘zining xizmat majburiyatlarini vijdonan, adolatli, jamiyat manfaatlarini e’tiborga olgan holda bajarishi lozim.

  • Davlat xizmatchilari davlat sirini hamda qonun hujjatlari bilan himoya qilinadigan boshqa sirlarni saqlash majburiyatiga ega. Amaldagi qonunchilikka binoan davlat xizmatchisi mansab vakolatlarini ijro etish orqali ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni sir saqlashi lozim. Lekin shu bilan birga, qonunchilikda, qaysi holatlarda davlat, xizmat va boshqa qonun bilan qo‘riqlanadigan sirni oshkora etish mumkinligi ham nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, davlat xizmatchisi jinoyat ishining qo‘zg‘atilishi munosabati bilan yoki qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda davlat, xizmat siri hisoblangan ma’lumotni oshkor qilishi mumkin.

  • Davlat xizmatchilari vakolat doirasiga kiradigan turli murojaatlarni (fuqarolarning, korxona, muassasa va tashkilotlarning ariza, shikoyat va takliflarini) o‘z vaqtida ko‘rib chiqishga majbur.

  • X.R Alimovning ko‘rsatishicha, davlat xizmatchilari o‘zlarining mansab majburiyatlarini va funksiyalarini amalga oshirishda:

  • davlat xizmatining maqsadlariga va vazifalariga qat’iy rioya qilish;

  • qonunlarga, davlat manfaatlariga, mansab ko‘rsatmalariga asoslanib faoliyat ko‘rsatish, vakolat doirasiga kiruvchi davlat organlarining va yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qarorlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

o‘z faoliyatini doimo takomillashtirish va professional malakasini oshirib borish;
davlat va xizmat sirlarini saqlash;
fuqarolarning qadr-qimmatini va shaxsini hurmat qilish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va himoya qilish;
ma’muriy hokimiyat sohasida qonuniylikni ta’minlash;
xizmat etikasiga rioya qilish;
boshqaruv madaniyati darajasini oshirib borish, boshqaruv ishiga yangi zamonaviy uslub va shakllarni tatbiq qilish;
qonunchilik bilan o‘rnatilgan ish kuni vaqtida xizmatda bo‘lish;
qonun hujjatlarga tayangan holda murojaatlarni (ariza, shikoyat va takliflarni) o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqish;
davlat xizmatchilari maqomi va tegishli davlat mansabi bilan o‘rnatilgan boshqa majburiyatlarni bajarishlari lozim.1
Yuridik adabiyotlarda, davlat xizmatchilarining majburiyatlari bilan bir qatorda etik talablar va turli xildagi taqiqlar hamda cheklovlar o‘rnatilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Davlat xizmati davlat xizmatchilarining etikasi, ma’naviyati, axloqiy jihatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Davlat xizmatchilariga ishga kirishda ham, xizmatni o‘tash jarayonida ham quyidagi etik talablar qo‘yilishi lozimdir:
yuqori ma’naviy prinsiplarga asoslanish, davlatga sodiqlik; davlat xizmatchilari davlat manfaatlarini o‘zining individual (shaxsiy) manfaatlaridan ustun qo‘yishi lozim;
davlat xizmati prinsiplariga rioya etishi;
Konstitutsiya va qonunlarni himoya qilishda hamma vaqt tayyor turishi;
davlatga sodiqlik bo‘yicha bergan qasamyodini buzmasligi, davlat lavozimi bo‘yicha berilgan qonuniy talablarni bajarishi;
davlat vazifalari va funksiyalarini bajarish jarayonida samarali va kam xarajatli usullarni izlashi va qo‘llashi;
davlat xizmati faoliyatida bir subyektga qaraganda ikkinchi subyektga alohida imtiyozlar berilmasligi;
o‘z manfaati yoki oila a’zolari manfaatlari uchun davlat xizmat mansabidan foydalanmaslik- lari;
davlat xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan va’dalarni bermasliklari;
mansab majburiyatlarini bajarish jarayonida olgan maxfiy ma’lumotlarni shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
davlat organlaridagi korrupsiyaga qarshi doimiy kurash olib borish;
mehnat faoliyatining tartibiga rioya qilish va fuqarolar hamda hamkasblari bilan yaxshi muomalada bo‘lish;
davlat xizmat mansabidan qasddan yoki boshqa manfaatlar yo‘lida foydalanmasliklari va h.k.lar.
Davlat xizmatchisi sha’niga putur yetkazadigan nojo‘ya xatti-harakatlarni, masalan, umumiy e’tirof etilgan me’yorlar va qoidalarni qo‘pol buzish, qonun talablarini qasddan buzish, vijdonsizlik oqibatida noxush oqibatlarni keltirib chiqarish, davlat xizmatiga sodiqlik to‘g‘risidagi qasamyodni buzish va boshqa shunga o‘xshash harakatlarni sodir etgan xizmatchilar davlat organida ishlashi va xizmat vakolatlarini amalga oshirishi mumkin emas. Bu xatti-harakatlar oqibatida nafaqat davlat xizmatchisining sha’ni, balki davlat organlarining manfaatlariga ham putur yetkaziladi. Shu sababli davlat xizmatchilari har qanday holatda ham davlat (davlat organi) sha’nini saqlab qolishi lozim.
Davlat xizmatiga kirish vaqtida davlat xizmatchilari nafaqat huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi, balki ular faoliyatida qonunchilik bilan ma’lum bir cheklovlar va taqiqlar ham o‘rnatilishi mumkin. Davlat xizmatchilari huquqini cheklash ularning davlat funksiyalarini bajarishi bilan, xizmat vakolatlarini amalga oshirishi bilan tavsiflanadi. Davlat xizmatidagi bunday cheklovlar va taqiqlar, birinchi navbatda davlat xizmatining normal va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, davlat xizmatchilari tomonidan mansab vakolatlaridan foydalanishining huquqiy chegaralarini o‘rnatadi, mansab majburiyatlarini mustaqil amalga oshirishi uchun sharoit tug‘diradi.1


Davlat xizmatchilari uchun o‘rnatilgan cheklovlar va taqiqlar ular tomonidan xizmatni o‘tashining butun muddati jarayonida amalda bo‘ladi.


Davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar deganda, Konstitutsiya va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan, davlat xizmatchisini chiqish man etilgan aniq belgilangan huquq doirasida belgilangan shart va qoidalar tushuniladi. Ular davlat xizmatchisining alohida huquqiy tartiblari bilan bog‘liq va uning samarali kasbiy faoliyati, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish imkoniyati uchun to‘siq qo‘yish, xizmatchilar tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklariga amal qilish, mustaqil xizmat faoliyati uchun sharoit yaratishni ta’minlashga qaratilgan.
Davlat xizmatchilarining biz yuqorida ko‘rsatib o‘tgan burchlari ular tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar tarzida ifodalangan. Davlat xizmatchilarining burchlari cheklashlar tarzida ham bo‘lishi mumkin. Chunki cheklashlar ham mohiyatiga ko‘ra burch bo‘lib hisoblanadi. Ammo cheklashlarning bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlardan farqi shundaki, cheklashlar burch sifatida, odatda, harakatsizlik orqali bajariladi1.
Davlat xizmatchilari uchun o‘rnatilgan cheklovlar va taqiqlarga quyidagilarni kiritish mumkin:


birinchidan, davlat xizmatchisi boshqa haq to‘lanadigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi
mumkin emas (pedagogik, ilmiy faoliyat bundan mustasno). Davlat xizmatchisi o‘zini davlat xizmatiga bag‘ishlashi lozim. Agar davlat xizmatchisi bunday cheklovni buzgan holda boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullansa, u davlat xizmatini yoki boshqa faoliyatni tanlashi lozim
ikkinchidan, davlat xizmatchilari uchun tadbirkorlik faoliyati bilan shaxsan yoki boshqalar
orqali shug‘ullanish taqiqlangan. Davlat xizmatchilari shaxsan yoki boshqalar orqali ishlab chiqarish bilan, tovarlar va boshqa mahsulotlarni sotish bilan, foyda olish maqsadida ishlarni bajarish yoki pulli xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanishi mumkin emas;
uchinchidan, davlat xizmatchisi uchinchi shaxslarning vakili bo‘lishi mumkin emas, ya’ni davlat
xizmatchisi davlat xizmatida bo‘lgan hamda unga ma’lum bir jihatdan bo‘ysungan uchinchi shaxslarga vakillik qilishi taqiqlanadi;
to‘rtinchidan, davlat xizmatchisi xizmatdan tashqari vaqtda moddiy-texnik, moliyaviy va
axborot vositalaridan, davlatning boshqa mulkidan va xizmat ma’lumotlaridan foydalanishi taqiqlanadi;
beshinchidan, davlat xizmatchilari jismoniy va yuridik shaxslardan mansab majburiyatlarni
bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday mukofot va sovg‘alarni olishi taqiqlanadi;
oltinchidan, jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar hisobidan xizmat safariga yoki xorijiy
safarga borish taqiqlanadi;
yettinchidan, davlat xizmatchisining xizmat vakolatidan foydalanib davlat organlarida
jamoat birlashmalarini (kasaba uyushmasidan tashqari) tashkil etishi yoki uning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi mumkin emas va boshqalar.
Taqiqlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat xizmatchisining huquqiy cheklovlariga yaqin, ammo o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchi holda xizmatchilarning axloqi va xatti-harakatlari cheklanadi, ikkinchisida qat’iy man etiladi. Davlat xizmati bilan bog‘liq taqiqlar - bu ma’nosiga ko‘ra davlat xizmatchilariga xizmat vaqtida, shuningdek, undan tashqarida ham u yoki bu xatti-harakatni amalga oshirishni taqiqlovchi amaldagi qonunchilik tomonidan belgilangan va o‘rnatilgan me’yorlar.
Qonunchilik hujjatlarida davlat xizmatchilari uchun boshqa kafolatlar ham o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining VII bobi ish vaqti me’yorlarini tartibga solgan.
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va ular ish vaqtining aniq muddati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Ish haftasining turi (ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi yoki bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi) va ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti, sutka davomidagi smenalar soni, ish kunlari hamda ishlanmaydigan kunlarning navbat bilan almashinishi, xodimlarning smenadan smenaga o‘tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan, bu hujjatlar bo‘lmaganda esa, xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va ular ish vaqtining aniq muddati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Ish haftasining turi (ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi yoki bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi) va ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti, sutka davomidagi smenalar soni, ish kunlari hamda ishlanmaydigan kunlarning navbat bilan almashinishi, xodimlarning smenadan smenaga o‘tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan, bu hujjatlar bo‘lmaganda esa, xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasiga asosan bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi .


Yüklə 16,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə