Xalqaro savdoda Jahon Savdo Tashkilotining tutgan o'rni



Yüklə 2,63 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü2,63 Kb.
#163517
Xalqaro savdoda Jahon Savdo Tashkilotining tutgan o\'rni-hozir.org


Xalqaro savdoda Jahon Savdo Tashkilotining tutgan o'rni

Xalqaro savdoda Jahon Savdo Tashkilotining tutgan o'rni


Maʼlumki, Jahon savdo tashkiloti (JST) — mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi. Ushbu tashkilotning asosiy vazifasi nimalardan iborat? Global dunyo uchun qanday ahamiyat kasb etadi? Unga aʼzo boʻlish qanchalik samara keltiradi?
Avvalo qayd etish lozimki, JST (WTO, ingl. World Trade Organization)ning asosiy maqsadlaridan biri oʻzini oʻzi himoya qilishni kuchaytirish va proteksionizm qoʻllanishini bekor qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat eshigi. Oʻzaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning oʻz savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida masʼuliyat yuklaydi. Bundan koʻzlangan maqsad — jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir. Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy oʻsish va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir.
Uning ahamiyati sifatida esa quyidagilarni keltirish mumkin:
Birinchidan, uning zamirida iqtisodiy manfaat turadi. Yaʼni toʻsiqlarsiz oʻzaro mahsulot ayirboshlashga erishiladi va tovar ayirboshlanishi yuksak texnologiyalarning qoʻllanilishi hamda rivojiga hissa qoʻshadi.
Ikkinchidan, xalqning turmush darajasini yaxshilashga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot isteʼmol qilish imkonini yaratadi.
Uchinchidan, eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxi tushirilishiga xizmat qiladi.
Toʻrtinchidan, milliy ishlab chiqarish hajmini oshirib, byudjetga pul tushumlarini koʻpaytiradi, savdo liberallashuvi mamlakat va aholi daromadlarini oshiradi.
Beshinchidan, mehnat bandligiga ijobiy taʼsir etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Jahon savdo tashkiloti ahamiyati juda yuqori, u a'zo mamlakatlar iqtisodini rivojlantirishga hissa qo'shadi.
http://hozir.org
Yüklə 2,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə