Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot



Yüklə 352,2 Kb.
səhifə1/31
tarix24.06.2022
ölçüsü352,2 Kb.
#90051
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot






lek

lek

pr

Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlanish istiqbollari.


2






"4.0-ishlab chiqarish" (Industry-4.0) konsepsiyasi.


2






Biznesni boshqarish (ERP, CRM, BPM) tizimlari.


2




2

Aqlli dunyo konsepsiyasi. Buyumlar interneti (Internet of Things).


2




2

Virtual reallik (Virtual Real) va uning о‘ziga xos xususiyatlari.


2




2

Bulutli hisoblashlar (Cloud computing).





2

2

Katta ma’lumotlar (Big Data) va ularning asosiy tamoyillari. Grid- texnologiya konsepsiyasi.





2

2




10

4

10

6.1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanish istiqbollari.

Zamonaviy axborot texnologiyalar va tizimlar. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlanish istiqbollari. "4.0-ishlab chiqarish" (Industry-4.0) konsepsiyasi. Korxona resurslarini loyihalashtirish (ERP) tizimlari. Aqlli dunyo konsepsiyasi. Buyumlar interneti (Internet of Things). Virtual reallik (Virtual Real) va uning о‘ziga xos xususiyatlari. Bulutli hisoblashlar (Cloud computing). Katta ma’lumotlar (Big Data) va ularning asosiy tamoyillari. Grid- texnologiya konsepsiyasi.


1-ma’ruza. Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlanish istiqbollari.


Reja:

    1. Axborot tizimi tushunchasi.

    2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari.

    3. Axborot tizimining strukturasi va qо‘llanilish sohalari.


Tayanch iboralar: tizim, axborot tizimi,axborot texnologiyalari avtomatlashtirilgan axborot tizimi,



    1. Axborot tizimi tushunchasi

Axborot texnologiyalarining yunalishlaridan biri axborot tizimlarini ishlab chiqish va loyihalash bо‘lib, insonga tegishli bо‘lgan masalalarini yechishga yо‘naltirilgan. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining keskin rivojlanishi natijasida ularni turli sohalarda ishlatish imkoniyatlari paydo bо‘lmoqda. Ilgari axborot tizimlarining qо‘llanilish sohasi faqatgina buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish bо‘lgan bо‘lsa, hozirgi kunda turli sohalarda keng qо‘llanilmoqda.
Axborot tizimlari inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormokda. Axborot tizimlari va texnologiyalari ishlab chikarishda, boshqaruvda va moliyaviy faoliyatda keng kо‘lamda ishlatilishi barcha sohalar bо‘yicha tayyorlanayotgan kadrlarning bu borada chuqur bilimga ega bо‘lishini davrning о‘zi talab etmoqda.
«Tizim» deganda bir vaqtning о‘zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har qanday obyekt, ham qо‘yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi.
Ma’lumki, bugungi kunda kо‘plab turli xil tizimlar yaratilgan bо‘lib, ular о‘z tarkibi va bosh maqsadlari bо‘yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlarga namunalar keltirilgan.
«Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda kо‘plab ma’nolarda qо‘llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qо‘llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar tо‘plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan tо‘ldirilgan kо‘plab dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin.

1.1-jadval. Tizimlarga misollar



Tizim

Tizim elementlari

Tizimning bosh maqsadi

Firma

Odamlar, jihozlar, materiallar, binolar va boshqalar

Tovarlar ishlab chiqarish

Kompyuter

Elektron va elektr mexanik elementlar, aloqa liniyalari va boshqalar

Ma’lumotlarga ishlov berish

Telekommunikatsiya tizimi

Kompyuterlar, modemlar, kabellar, tarmoq dasturiy ta’minoti va boshqalar

Axborot uzatish

Axborot tizimi

Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, odamlar, axborot va dasturiy ta’minot

Professional axborot ishlab chiqarish


Yüklə 352,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə