Xloroz kasalligi va kelib chiqish sabablari Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/9
tarix12.05.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#86797
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xloroz kasalligi va kelib chiqish sabablari


Xloroz kasalligi va kelib chiqish sabablari

Reja:

Kirish

  1. Asosiy qism

    1. Xloroz kasalligi kelib chiqish sabablari

    2. Tokning xloroz kasalligi va kurash choralari

    3. Xloroz va nekroz o'rtasidagi farq

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

So‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasida uzumchilikni rivojlantirish, hosildorligini sifat va miqdor jihatdan oshirishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Shunday bo‘lsada, tokda uchraydigan turli xil kasalliklar sababli, uzum hosilining ko‘pgina qismiga zarar yetmoqda. Bu esa, o‘z navbatida uzum mahsulotlarining sifatini pasayishiga olib keladi.

Tokda ko‘p uchraydigan shunday kasalliklardan biri xloroz kasallgi hisoblanadi. Ushbu kasallik bilan zararlangan tokning tashqi belgilariga e’tibor bersak, barglari asta-sekin o‘zining yashil rangini yo‘qotib borayotganligini kuzatishimiz mumkun. Kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen mikroorganizmlarning salbiy ta’siri natijasida tokning barg hujayralarida xloroplastlar keskin kamayib ketishi oqibatida ular rangsizlanib qoladi. Dastlab, barglar sarg‘ish-yashil, keyinchalik esa oqarib, sarg‘ayib ketadi. Ko‘p hollarda novdalardagi barcha barglar sar‘ayadi, lekin faqat bargning asosiy tomiri yonidagi qismlargina yashilligicha qoladi. Kasallik kuchli rivojlanganda barglar sekin-asta qo‘ng‘irlashib qoladi. Natijada novdalar o‘shishdan to‘xtaydi, ingichka, kalta bo‘lib qoladi. Ba’zan tok tuplari kasallik ta’sirida nobud bo‘lib, tokzorlar siyraklashib ketishi mumkun. Xloroz bilan kasallanish tokning gullash davriga to‘g‘ri kelib qolsa juda xavfli hisoblanadi. Chunki, uzumlar umuman tugmay qolishi yoki mayda bo‘lib qolishi mumkun. Kasallikning paydo bo‘lishiga turli xil omillar sabab bo‘ladi. Shulardan biri, yer osti suvlarining ko‘tarilishi ta’sirida ohakning ko‘p miqdorda erishi kuzatiladi, natijada ildizlar chiriydi. Bu esa xloroz kasalligining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, tuproqda tuz ko‘pligi, temir, marganes moddalari yetishmasligi, tuproqnig esa sernam yoki juda quruqligi ham kasallikni keltirib chiqarishi mumkun.



  1. Yüklə 0,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə