Xomashyo va tayyor mahsulotlarning



Yüklə 376,14 Kb.
səhifə1/8
tarix04.06.2023
ölçüsü376,14 Kb.
#115400
  1   2   3   4   5   6   7   8
Orifjonov Saidabbos


MUNDARIJA:

        1. KIRISH………………………………………………………………….2

  1. ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI……………….4

  2. XOMASHYO VA TAYYOR MAHSULOTLARNING

FIZIK – KIMYOVIY XOSSALARI…………………………………..11

  1. TANLANGAN TEXNALOGIK SXEMANING TAVSIFI…………..17

  2. MATERIAL VA ISSIQLIK BALANSINI HISOBLASH……………21

  3. XULOSA………………………………………………………………...29

  4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI............................30


KIRISH

O‘zbekiston kimyo sanoati nafaqat eksportni diversifikatsiya qilish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, balki fuqarolarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Kimyo sanoati mahsulotlarining iste’molchilari — bular qishloq xo‘jaligi (mineral o‘g‘itlar, defoliantlar, kimyoviy o‘simliklarni himoya qilish vositalari), mebel sanoati (formalin, karbamid, qatron KFZ), tog‘-kon kompleksi (natriy sionid suvli eritmasi, poliakrilamidlar, tiomochevina, azot kislotasi, ammiakli suv), elektron va elektrotexnika sanoati (epoksidli qatronlar), neft va gaz sanoati (uniflok, K-9 preparati, burg‘ulash reagenti), qurilish sanoati (kalsiyli soda, natriy nitrati), oziq-ovqat sanoati (sirka kislotasi, soda va oziq-ovqat tuzi) va boshqalar.Lekin, O‘zbekiston kimyo sanoatida bir qator muammolar bor edi. Xususan, uskunalarning 60 foizigacha eskirgan, energiya sarfi jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan ikki-uch barobar ko‘p bo‘lgan korxonalarning eskirgan moddiy-texnik bazasi.


Kimyo sanoatining keyingi bo‘limi organik va noorganik mahsulotlardir. Bu turdagi mahsulotlarning O‘zbekistonda ishlab chiqarilishida ham yaxshi natijalar ko‘zga ko‘rinadi, ya’ni deyarli barcha turdagi mahsulotlar o‘sishiga erishildi. Oxirgi 5 yil mobaynida resurslar va energiya sarfining kamayishi, shuningdek, boshqa choralar tufayli O‘zbekiston kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga, shuningdek, uning eksportini sezilarli darajada oshirishga erishdi. Bu borada kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportining o‘sishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 fevraldagi qarori ijrosiga bog‘liq bo‘ladi. PP-4992-sonli «Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida».So‘nggi yillarda sohada yaratilgan poydevor kelgusi yillarda kimyo sanoati salohiyatining barqaror o‘sish dinamikasini ta’minlashga qodir. Shu bilan birga, kimyo sanoatining barcha sohalarini uzoq muddatli ilg‘or rivojlantirish mustahkam bazani yaratish, eng ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, tarmoqni o‘zgartirish jarayonlarini tezlashtirishni taqozo etadi. O’zbekistonda Qo’ng’irot soda zavodi yaqinidagi natriy xlaridning Barsakelmas konidan foydalanilmoqda. Ushbu kondagi nartiy xlaridning zaxirasi 131 mln.tonna va nartiy xloridning o’rta muqdori 96,32 %ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda dumyo bo’yicha yiliga 40 mln.tonnadan ortiq kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqariladi. Eng ko’p zoda ishlab chiqaradigan (yiliga 10mln.tonnadan ortiq) davlat AQSH hisoblanadi.


Tabiiy manbalardan ishlab chiqarilgani sababli AQSHning sodasi juda arzon bo’ladi. Kalsinatsiyalangan soda sanoatning turli sohalarida keng qo’llaniladi. Kimyo sanoatida kimyoviy usulda kaustik soda, natriy gidrokarbanat ( oziq-ovqat yoki choy sodasi ), yuvish vositalari,kremniy ftarit, kriolit, natriy nitrat, xrom, sulfat, sulfid, sulfit, nartiy frarid va nitrit birikmalarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Yana bir qator sohalar ham kalsinatsiyalangan soda keng qo’llaniladi.


  • Shisha ishlab chiqarish sanoatida varaqli shisha, yorug’texnika shisha, silikatli tosh, xrustal, navli idishlar, kiyoviy va issiqqa chiqamli idishlar va h.k.lar ishlab chiqarishda;

  • Rangli metallurgiyada boksidlardan alyuminiy oskid ishlab chiqarish uchun, qo’rg’oshin rux, kobaltit-nikel va molibdenli ma’danlar qayta ishlanishida, alyuminiy, nikel va boshqa rangli metallar ma’danlarining flatatsiya jarayomida;

  • Sellyuloza-qog’oz sanoatida soda sellyulozaning sulfatli pishirishida, pergament, xamirturish ishlab chiqarilishida, qog’oz va karton kleylashda;

  • Neft kimyo va neftni qayta ishlash sanoatida sintetik yog’li kislatalar va yuvish vositalari ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Neft qazilmalarini tayyorlashda ularning devorlarini mustahkamlaydigan eritmalarning tarkibida ham kalsinatsiyalangan soda qo’shiladi.

  • Qora metallurgiya cho’yanining tarkibidan oltingugurt va fosforlarni va koks kimyo ishlab chiqarishida hosil bo’ladigan saqichlardan bir qator komponentlarni chiqarib olish uchun ham kalsinatsiyalan-gan soda qo’llaniladi.

  • Meditsinada sodadori-darmonlar olishda;

  • Charm va poyavzal ishlab chiqarishda;



Yüklə 376,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə