Xozirgi o’zbek tilining tarixiy ildizlari r e j a



Yüklə 17,05 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü17,05 Kb.
#109610

XOZIRGI O’ZBEK TILINING TARIXIY ILDIZLARI

R e j a:

1. O`zbek tili va uning tarixiy ildizlari.
2. O`zbek tilining boshqa turkiy tillar o`rtasida tutgan o`rni.
3. O`zbek adabiy tillining shakllanishida turkiy bo`lmagan tillarning ishtiroki.
4. Arab kitobiy tillar tradisiyasining O`rta Osiyoda yoyilishi.

O`zbek tili turkiy tillardan biri sanaladi. U tuzilish jihatdan O`rta Osiyo va Qozog`iston hududidagi tillar va boshqa tillar qurilishiga o`xshaydi. Bu narsa o`zbek tilining boshqa turkiy tillar bilan qardoshligidan dalolat beradi.


O`zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyot davriga nazar tashlasak olinma so`zlar va so`z shakllari turli davrlarda turlicha ijtimoiy sabablar bilan kirib kelganligiga guvoh bo`lamiz. O`zbek adabiy tilining lug`at tarkibidagi so`zlar tarixiy shakllanishi jihatdan faqat turkiy tillarga xos bo`lgan, balki fors - tojik, arab, mug`ul, rus, uyg`ur tillari orqali kirib o`zlashtirilgan so`zlardan iborat.
O`zbek tillining lug`at tarkibida maishiy hayot, kasb-hunar, adabiyot-san`at, hayvonot dunyosi, jonivorlar, o`simliklar, qishloq xo`jaligi, tabiat hodisalari va vaqt, masofa, o`rin-joy va boshqa sohalar xos bo`lgan tojikcha so`zlar.
O`zbek adabiy tili lug`at tarkibida arab tilidan qarib o`zlashgan so`zlar mavjud. Bu so`zlarning kirib kelishi arablarning istilochilik harakatlari bilan aloqadordir.
Arablar VII asrning II-yarmi va VIII asrda O`rta Osiyoni bosib olganlaridan keyin erli aholiga majburiy ravishda islom dini qabul qildirganlar. Islom dini bilan birga arab yozuvi ham keng tarqala boshlagan. Maktab, madrasa, masjid va idora ishlari asosan arab yozuvi hamda arab tilida olib borilgan. Arab tilining kitobiy til va davlat tili bo`lib qolish an`anasi ancha vaqtgacha davom etib kelgan. Ana shu jihatdan yon bossak arabcha so`z shakllari va iboralar o`zbek adabiy tiliga kitobiy til va qisman og`zaki so`zlashuv nutq orqali kirib o`zlashgan.
Arablar O`rta Osiyoga kelganlaridan keyin bu erdagi mahalliy, turkiy, rum, xorazmiy, suxt kabi yozuvlar siqib chiqarilib, ularning o`rniga arab yozuvi ishlatilgan edi. Bu arab tili va yozuvining ta`sir doirasini yanada kengaytirib yubordi. Arab tili eroniy va turkiy tillarga katta ta`sir ko`rsatdi. Madaniy saviyasi jihatdan arablardan ancha yuqori bo`lgan o`zbek va tojik xalqining o`sha davrdagi avlodi o`z adabiyoti va madaniyatlarini arab tili shaklida yaratishga majbur bo`lganlar. Arab tilida ilmiy atamalar puxta ishlanganligi, uning lug`at boyligi va uslubiy imkoniyatlari rang-barangligi, qulayligi, xususan jahon miqyosdagi adabiy tillardan biri bo`lgani uchun mahalliy olimlar o`z asarlarini ana shu tilda yozganlar. O`zbek tilida boshqa turkiy tillarga xos xusususiyatlar bilan birga turkiy bo`lmagan tillarda so`zlashuvchi etnik unsurlarning ta`siri ham bor. Bu hol o`zbek tili materiallari asosida turkiy tillarga oid bir qator muammolarni hal qilishda qiyosiy-tarixiy usulni joriy qilishga keng imkon beradi.
O`zbek tili tarixni qiyosiy-tarixiy usul asosida o`rganish natijasida qo`shni qardosh turkiy tillarga xos bo`lgan ayrim leksik grammatik va fonetik jihatdan umumiyliklarni topish qiyin emas. Tarixiy lingvistik ma`lumotlarni, ya`ni faqat tildagi ba`zi umumiyliklargacha nazarga olganimizdagina o`zbeklarning bir qismi bilan uyg`urlar orasida, o`zbeklar bilan qozoq, qirg`iz, qoraqalpoqlar orasida o`zbeklar bilan turkmanlar orasida genetik yaqinliklar bo`lgan degan xulosaga kelish mumkin. shu xalqlar tillari orasida umumiy bo`lgan xodisalarning paydo bo`lishiga olib kelgan eng muhim sabablardan biri xalqlar tarkibidagi ayrim qabila va urug`lar orasida qardoshlik munosabatlarining mavjudligidir.
Tillarni chog`ishtirib o`rganish tilning leksik va grammatik xususiyatlarini yoritish uchun, uning taraqqiyot manbalarini aniqlash uchun keng imkoniyat tug`diradi.
Turkiy tillarning qiyosiy va qiyosiy tarixi usul asosida o`rganishda ham muhim an`anaga egamiz.
Nihoyat o`zbek tili Respublikamizning «Davlat tili» deb qonunlashtirildi. Bu esa xalqimiz tarixiy-madaniy hayotida katta voqea bo`ldi.
Davlat tili haqidagi qonunida: «O`zbekistonda o`zbek xalqining ilm-fan tilini takomillashtirish uchun o`zbek tilida ilmiy texnik hamda ijtimoiy-siyosiy atamalarni yaratish va rivojlashtirish ta`minlanadi» deyilgan.
Keyingi paytlarda jumhuriyatimizda chiqaradigan gazeta va jurnallarda, radiao va oynai jahonda so`z, atama va iboralarni qo`llashda har – xillik bosh-uyushqoqlik paydo bo`lmoqda. hu bilan birga so`z ishlatilishga bag`ishlangan maqollarda ham bir-biriga zid fikrlar aytilmoqda.
Quvonarlisi shuki, ko`pchilik mualliflar tilimizning tabiatini hisobga olgan holda ish tutmoqdalar.
Turkiy tillar bilan mug`ul tilini chiqib kelishi nuqtai nazardan olib ko`rsak ular bir katta tillar oilasiga taalluqliligi, qarindosh tillar ekani aniq. eng qadimiy davrlarda hozirgi turkiy, mug`ul tung`uz-manjir tillar oltoy tili oilasi tarkibiga kirgan. Ular ko`p sonli urug` qabilalar ittifoqidan iborat bo`lib, bir-birlariga yaqin lahchalarda so`zlashgan. Oltoy oilasiga kirgan tillar guruhlari u vaqtda hali tom ma`noda shakllangan. O`z tabiati tuzilishiga ega bo`lib ajralgan emas.
Yüklə 17,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə