Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Fanning rivojlanish tarixi



Yüklə 71,94 Kb.
səhifə1/7
tarix04.03.2023
ölçüsü71,94 Kb.
#101899
  1   2   3   4   5   6   7
2-O‘simlik jamosi fitosenoz belgilari




MAVZU: O‘SIMLIK JAMOSI FITOSENOZ BELGILARI
REJA:
Kirish
Asosiy qism

  1. Fanning rivojlanish tarixi.

  2. Fitotsonologiyaning tadqiqot metodlari.

  3. O'simliklaming hayotiy shakllari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
1.Fanning rivojlanish tarixi.
Fitosenologiya (Geobotanika) botanikaning bir tarmog'i bo'lib, asosan XVIII asrdan boshlab fan sifatida rivojlanib bordi.
Geobotanika alohida bir o'simlik turini o'rganmaydi, balki u bir necha turlar (yoki individ) yig'indisini tashkil etgan jamoani o'rganadi. Muayyan maydondagi o'simlik jamoasidan tortib yer yuzidagi o'simliklar qoplamini o'rganish bu fanning vazifasiga kiradi.
Geobotanika - yer botanikasi demakdir. Ammo fan sifatida u yer sharidagi barcha o'simliklaming tuproq muhitiga bo'lgan munosabati vatuproq (substrat) ning o'simliklarga ta’sirini o'rganadi.
Geobotanik tadqiqotlar qo'riq yerlami o'zlashtirish, botqoqliklami quritish, o'rmonlar holatini yaxshilash, o'simliklar qoplamini klassifikatsiyalash kabi muhim vazifalami amalga oshiradi.
Geobotanika o'simliklar qoplamini, uning tarkibiga kiruvchi o'simlik jamoalarini, ulaming kelib chiqishi (genezisi) va shakllanish qonuniyatlarini hamda ana shu jamoalarda borayotgan ekologik populyatsion va fitosenotik jarayonlami o'rganadi. Ushbu fanning yana bir muhim vazifalaridan biri o'simliklar qoplamini klassifikatsiya qilishdir, ya'ni uning prodromusini yaratishdir. Prodromusni shakllantirish uchun eng asosiy sintaksonomik birliklardan foydalaniladi.
Fitotsenologiya yunoncha yiton-o'simlik, fcay?ras-umumiy, fitotsenologiyaning sinonimi geobotanika yunoncha geo-yer, botanike-o'simlik, ya'ni yer yuzidagi o'simliklar uyushmasi (jamoasi) to'g'risidagi ta'limot. Bu ta'limot 1918 yilda Goms tomonidan taklif qilingan. U botanika va geografiya fanining ajralmas qismi bo'lib, o'simliklaming yer yuzida tarqalishi va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi.
Fitotsenoz va uni tashkil etgan tur hamda individlaming tuzilishi, tarkibi va rivojlanishini tuproq, iqlim sharoitlari va boshqa omillarga bog'lab tekshiradi. Fitotsenoz o'zining ma'lum bir tuzilishiga ega. Ular o'rmon, o'tloqzorlar, botqoq va boshqalami tashkil etadi. Uchinchi Xalqaro botanika kongressidan keyin fitotsenozning elementar taksonomik birligi sifatida assotsiatsiya (lotincha assotsiato-qavm) kabul qilindi. Yashash sharoiti, taraqqiyot davri bir xil bo'lgan o'simlik turlari bir assotsiatsiyaga kiritiladi. O'zbekiston cho'llarida shuvoqlar, isiriqlar va sapsarlar kabi assotsiatsiyalar uchraydi. Mavjud o'simliklar guruhini biror assotsiatsiyaga birlashtirish, shu o'simliklardan to'g'ri foydalanish, ulami to'g'ri xaritalashtirish va ular uchun mos bo'lgan maydonlami to'g'ri rejalashtirish kabi masalalami hal etishda katta amaliy ahamiyatga ega. Assotsiatsiyalami ilmiy jihatdan o'rganish o'simliklardan to'g'ri va ratsional foydalanishga yordam beradi.
Fitotsenologiya floristika bilan yaqindan alohada bo'lib, uning asosiy maqsadi biror geografik sharoitdagi o'simlik turlari majmuini tuzishdan iborat. Flora, lotincha flora - gul ya'ni tur va undan katta bo'lgan taksonomik birliklar to'g'risidagi ma'lumot. Floristika ma'lumotlari fitotsenologiyada va sistematikada keng qo'llaniladi.
O'simlik turlarini, uning kelib chiqishi va tuzilishini sistematika va morfologiya o'rgansa, o'simliklar jamoasini geobotanika fani yoki fitotsenologiya o'rganadi. Fitotsenologiyaning ob'ekti ham fitotsenoz- o'simliklar jamoasi hisoblanadi.
Tashqi muhit bilan hamda o'zaro aloqada va muayyan bir maydonda uchraydigan o'simliklar guruhi - fitotsenoz deb ataladi va bu atama V.N.Sukachyev tomonidan 1954 yili fanga kiritilgan. O'simlik qoplamining eng kichik maydonchasi fitotsenozdir. Fitotsenozlar tashqi muhit sharoiti har xilligi sababli ham xilma-xildir: tog'da bir jamoa paydo bo'lsa, cho'lda-boshqa, botqoqliklarda esa uchunchi xili va hokazolar paydo bo'ladi. .
Har bir fitotsenoz turlaming tarkibi, turlar o'rtasidagi o'zaro miqdor va sifat munosabatlari, yaruslik, fitotsenozning mozaikligi (gorizontal tuzilishi), tashqi qiyofasi, hayot formalari bo'yicha xilma- xilligi, yashash joyi va shunga o'xshash bir qancha xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
O'simliklar jamoasi dastlab muayyan bir kichik maydonda o'rganiladi. O'simliklar jamoasi lotin tilida fitotsenoz, hayvonlar jamoasi esa zootsenoz deb ataladi. Fitotsenoz bilan zootsenoz birgalikda umumbiologik tushunchani - biotsenozm tashkil qiladi, ya'ni tirik organizmlar jamoasi degan ma'noni anglatadi. Ma'lumki, yer sharida mavjud bo'lgan barcha tirik organizmlar o'zaro ma'lum munosabatda bo'lib qolmasdan, balki tashqi muhit va, ayniqsa, iqlim va tuproq muhiti bilan vositali yoki vositasiz munosabatda bo'ladi. Bunday munosabatlami o'rganuvchi soha biogeotsenologiya deyiladi. Biogeotsenologiya awalo tirik organizmlaming tuproqqa bo'lgan munosabatini o'rgangani uchun uning ob'ekti biogeotsenoz hisoblanadi. Biogeotsenoz haqidagi tushunchani birinchi bo'lib akademik V.N.Sukachyev 1944 yili fanga kiritgan. Bu tushuncha bilan u yer yuzining ma'lum bir bo'lagida o'zaro o'xshash sharoitlanting mavjudligi va shu sharoitda mikroorganizmlar, hayvon va o'simliklaming birgalikda yashashi natijasida bir-biriga nisbatan ta’sir ko'rsatishi, uni kuzatish hamda o'rganish kerakligini ta’kidlaydi. O'lik tabiat bilan tirik tabiat o'rtasidagi munosabatlami biogeotsenologiya o'rganadi.




  1. Yüklə 71,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə