Xulosa va tavsiyalar



Yüklə 26,54 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#150678
  1   2   3   4
kurs ishi 2023.TAYOR JMN (2) (3)



Koʻnikma va malakalarning ijobiy va salbiy koʻchishi.
MUNDARIJA:
KIRISh.
Koʻnikma va malakalarning ijobiy va salbiy koʻchishi.
1.1.Harakat koʻnikmasi va malakasi.
1.2Harakatga oʻrgatishning oʻziga xos xususiyatlari
1.3. Malakaning ijodiy va salbiy koʻchishi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
ILOVALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.1. Harakat koʻnikmasi va malakasi


Jismoniy tarbiya jarayonida oʻquvchi oʻqituvchisi rahbarligida dasturning har bir yosh guruhi talablariga muvofiq harakat koʻnikmasi va malakasini egallaydi. Turli harakatlarga oʻrgatish jarayonida koʻnikma va malakalarni shakllantirish jismoniy sifatlarni tarbiyalash bilan uzviy mushtaraklikda amalga oshiriladi. Jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasida bolalarning harakat faolligi muvaffaqiyati va harakatlarning yangi shakllarini egallash qobiliyati ulardan maqsadga muvofiq foydalana olishi bilan belgilanadi. Bu jarayon quyidagi tarzda kechadi: harakat faoliyatiga oʻrgatish- harakat koʻnikmasining shakllanishi- harakat malakasining shakllanishi- oliy tartibdagi harakat malakasining shakllanishi- maxsus bilimlarni egallash. Harakat koʻnikmasi oʻquvchining har bir harakatni, oʻrganiladigan harakat faoliyatini bajara olish qobiliyati yoki harakat texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi. Harakat koʻnikmasining ikki turi farqlanadi.


1. Yaxlit harakat faoliyatini amalga oshirish.
2. Murakkabligiga koʻra turlicha boʻlgan ayrim harakatlarda ifodalanadi. Birinchi turdagi koʻnikmalar oʻzgaruvchan sharoitda toʻsatdan vujudga keladigan harakat vazifalarini hal etish zarurati, masalan, oʻyinlar, kurashlar va boshqalar bilan bogʻliq. Bunday holda harakat faoliyati doimo ongli va allaqachon oʻzlashtirilgan harakatlar hamda shakllangan jismoniy sifatlarning ijodiy qoʻllanilishi bilan tavsiflanadi. Boshqa harakat koʻnikmalariga kelsak, ular asta-sekin koʻnikmaga aylana boradi, bunda rivojlanish harakat texnikasining dastlabki egallanganidan yanada yuksaklikka, uni takomillashtirishgacha boradi. Harakat malakasi — bu, harakat texnikasini egallash darajasi boʻlib, unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar oʻzining juda ishonchliligi bilan ajralib turadi. Bunda har bir alohida harakatni bajarish usulini avtomatlashtirish u yoki bu harakatni ongli tushunishni umuman istisno etmaydi. Ong qoʻyilgan vazifalarni bajarish, harakatlarni nazorat qilish va harakat vazifalarini bajarishning toʻsatdan oʻzgarib turadigan sharoiti bilan bogʻliq ravishda, ba'zi hollarda hatto malakani gʻayri avtomatik tarzda qoʻllash uchun zarurdir. Koʻnikma muntazam boʻlganda, harakat aktining turli variantlaridan foydalanish mumkin. Biroq uning texnik asoslari (masalan, turli variantlarda yugurish) saqlab qolinadi. Oʻz navbatida, harakat faoliyatining oʻzgarishi bir muncha yuksakroq ijodiy yoʻsindagi yangi koʻnikmaning vujudga kelishiga yordam beradi. Bu oʻzlashtirilgan malakani butun bir faoliyatga qoʻllash va harakatlarni bajarish uchun eng munosib, juda ma'qul variantlarni tanlab olishga imkon yaratadi. Harakat malakasini shakllantirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro harakatdagi dinamik steriotipi yuzaga kelish jarayonidan iboratdir. Bunda ikkinchi sigaal sistemasi ustunroq boʻladi. Amalda bolalarni harakatlarga oʻrgatishning bunday jarayonida oʻqituvchining bola ongiga ta'siri — mashqning maqsad va vazifasini tushunishga yordam beruvchi soʻzi katta ahamiyatga ega boʻladi. U harakat analizatorida vujudga keladigan barcha sezgilar majmuasiga koʻra kuchliroq qoʻzgʻatuvchi hisoblanadi. Bu paytda bosh miya poʻstlogʻida koʻp sonli asab torlari oʻrtasida muvaqqat bogʻlanishlar vujudga keladi: harakat va vegativ analizatori, idrok etuvchi turli sistema va organlarning faoliyati uygʻun boʻladi. Harakat malakalarining kishi uchun amaliy ahamiyati juda katta. Hosil qilingan malakalar jismoniy va psixik kuchlarni tejamkorlik bilan sarf etishi, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bajarish imkonini beradi. Ular ongli harakatlarni bajarish usuliga toʻxtovsiz diqqat qilishdan xalos etadi va uni yuzaga keltiruvchi yangi vazifalarga qaratishga sharoit yaratadi. Harakatlar uyushgan, aniq va tez bajarilganda, kishida, shuningdek, bolada ijobiy his-tuygʻular vujudga keladi. Kichik yoshdagi maktab oʻquvchilarida harakat koʻnikmasi va malakalarining shakllanish jarayonlari ularni kamol toptirish hamda maktabdagi oʻqish yillarida takomillashtirish uchun poydevor hisoblanadi. Bu qonuniy jarayonda uch bosqich farq qilinadi.
Birinchi bosqich— dasglabki koʻnikma hosil boʻlishi. U vaqt jihatdan qisqa boʻladi. Bunda bolalar yangi harakatlar bilan tanishadilar. Bu shakllanish bosh miya poʻsglogʻidagi qoʻzgʻalish jarayonining keng irrodiasiyasi va ichki tormozlanishning etarli emasligi bilan tavsiflanadi. Bu bilan bogʻliq ravishda bolalar harakatlarida ishonchsizlik, muskullarning umumiy tarangligi, ortiqcha, keraksiz harakatlar, fazo va vaqtni idrok qilishda noaniqliklar kuzatiladi. Bu keng yoyilgan qoʻzgʻalish irrodiasiyasi jarayoni natijasida kechib, harakat analizatorlarining boshqa markazlariga ham tarqaladi.
Ikkinchi bosqich— vaqt jihatdan uzoq davom etadi.U shartli refleksning ixtisoslashish jarayoni bilan ajralib turadi. Bu bosqich davomida bolalarda takroriy mashqlar yoʻsinidagi malakalarning rivojlanishi, oʻrganilayotgan harakatning toʻgʻri bajarilishi borgan sari yaxshilanadi. Bu ayrim reflekslari va ularning butun bir sistemasini aniqlash darajasi bilan kechadi. Ikkinchi bosqich qoʻzgʻalish jarayonining tarqalishini chegaralovchi ichki differensial tormozlanishning tobora rivojlanishi, ikkinchi signal sistemasi rolining oshishi bilan tavsiflanadi. Biroq bu bosqichda harakat malakalarining hosil boʻlishi toʻlqinsimon kechadi. Bu harakatlarning vaqti-vaqgi bilan yaxshilanishi yoki yomonlashuvida ifodalanadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, umumiy taraqqiyot jarayonida harakat faoliyatining sifatidagi bunday tebranishlar ta'limning boshlanishida sodir boʻladi. Harakat malakalarining borgan sari sayqallashuvi va takomillashuviga koʻra, bosh miya poʻstlogʻida muvaqqat bogʻlanishlarning murakkab sistemasi — dinamikasi vujudga keladi.
Uchinchi bosqich— malakaning stabillashuvi (barqarorlashuvi), harakatning asosiy variantiga muvofiq keladigan dinamik stereotipning mustahkamlanishidir. Bu bosqichga kelib bola malakalarni egallagan boʻladi. Uning harakatlari erkin, tejamli, bemalol, ikkinchi signal sistemasining etakchiligida etarlicha aniq boʻladi.
Bola harakatini (uning asosiy vazifasini tushungan holda) mustaqil va ishonch bilan bajaradi, orttirgan malakasini real vaziyatlar (oʻyin va hayotiy vaziyatlar)da ijodiy qoʻllay oladi. Bundan tashqari, malaka rivojlanishining mazkur bosqichida harakat texnikasining turli variantlariga muvofiq, qoʻshimcha harakat reaksiya (ta'sirlanish)lari ham hosil qilinadi. Harakat malakalari oʻzaro aloqada boʻlishi mumkin. Koʻchirish mexanizmi borasida orttirilgan malaka yangi koʻnikma va malakaning hosil boʻlishiga yordam berishi mumkin.
Koʻchirish — uslub va usullarini yangi ob'ektlar, jarayonlardan iborat. Bajariladigan u yoki bu harakat unsur (element)lari va tuzilishining oʻxshashligi, bajarishning anglab olingan umumiy prinsiplari malakasi koʻchirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Bunday hollarda bola oʻzidagi tajriba va malakalarga tayanib, yangi malakani tez oʻzlashtiradi. Bunda harakatining asosiy fazalari oʻxshash boʻlishi (masalan, sport oʻyinlarida) majburiy shartdir.


Yüklə 26,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə