Yalpi Ichki Maxsulot Statistikasi G’aybullayeva Madina, Nurmatova Nargiza, Otamurodova Madina



Yüklə 17,82 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü17,82 Kb.
#161020
41 22 tezis statistika


Yalpi Ichki Maxsulot Statistikasi
G’aybullayeva Madina, Nurmatova Nargiza, Otamurodova Madina
Guliston Davlat Universiteti talabalari


Abstract. Maqola materiallari O’zbekistonning va ba’zi MDH davlatlarining yalpi ichki maxsuloti to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Ush bu maqola O’zbekiston va MDH davlatlarining yalpi ichki maxsulot hajmi to’g’risida ma’lumot, president huzuridagi Statistika agentligi, davlat statistika qo’mitasi va Milliy statistika xizmatlarining rasmiy saytlari orqali statistik va pragnoz tayyorlangan.
Key words: yalpi ichki maxsulot(YaIM),yalpi milliy maxsulot(YaMM), nominal YaIM, real YaIM, YaIM defelyatori, potensial YaIM.
Kirish (Introduction)
Bugungi kundalik hayotimizda eng ko’p qo’llaniladigan va davlatning iqtisodiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatadigan yalpi ichki maxsulot ko’rsatkichini oshirish muhim hisoblanadi. YaIM butun dunyo mamlakatlari uchun muhim bo’lib u bugungi kunda qaysi mamlakat iqtisodiyoti yaxshi rivojlanganligini yaqqol ko’rsatib beradi. YaIM statistik ma’lumotlari orqali xato va kamchiliklar, aholi soning o’sishi YaIM qanday ta’sir o’tkazishi, rivojlangan mamlakatlar YaIM nega bunchalik yuqoriligini o’rganish mavzuning dolzarbligi hisoblanadi.
Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroiqtisodiy koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bazor qiymati (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan). Shuningdek, YaIM davlatlar iqtisodiyoti hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulot mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich ham hisoblanadi. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi. YaIM mamlakatning moliyaviy ko'rinishini beradi va iqtisodiy o'sish hajmi va tezligini aniqlash uchun ishlatiladi. YaIM uchta usuldan birida xarajatlar, ishlab chiqarish yoki daromadlar yordamida baholanishi mumkin. Batafsil ma'lumotni taqdim etish uchun uni inflyatsiya va demografiyaga qarab o'zgartirish mumkin. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti barcha davlat va xususiy xarajatlar, davlat xarajatlari, investitsiyalar, xususiy aktsiyalarning o'sishi va tashqi savdo balanslari faktoringi orqali hisoblanadi. Eksport miqdori import qiymatidan minus qiymatga qo'shiladi.YaIMning eng katta foizi iste'mol deb ataladigan iste'mol xarajatlaridan iborat. U bir necha avlodlar uchun o'rtacha 65 va 70 foizni tashkil etdi va YaIMga sezilarli hissa qo'shmoqda. Yuqorida aytib o'tilganidek, investitsiyalar YaIMning muhim tarkibiy qismidir. Bunga oddiy xarajatlar, zavod qurilishi xarajatlari va biznes zaxiralarining qo'shilishi yoki kamayishi kiradi. 
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) va yalpi milliy maxsulot (YaMM) bir-biriga bog'liq ikkita moliyaviy ko'rsatkichdir. YaIM - bu mamlakat aholisining qaerda yashashidan qat'i nazar, ishlab chiqaradigan barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy qiymati. Yalpi milliy maxsulot (YaMM)- mamlakatning maʼlum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri. (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qatʼi nazar) jami yigʻindisini koʻrsatadi. hisoblanadi. Nominal YaIM -Hozirgi bozor narxlari darajasida yaratilgan barcha mahsulot va xizmatlarning umumiy bahosi. Bu taqvim yilida inflyatsiya ta'siridan kelib chiqqan barcha narxlarning o'zgarishini o'z ichiga oladi. Nominal YaIM ikki sababga ko’ra o’sishi mumkin: umumiy narx darajasining o’sishi hamda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish xajmining o’sishi. Faqat ikkinchi holatdagina turmush darajasi ko’tariladi. Shu sababli nominal YaIM narxlarning o’sishi yoki tovar va xizmatlar ishlab chiqarish miqdorining oshishi natijasida o’zgarganligini farqlash lozim. Nominal YaIMga umimiy narx darajasi o’sishi ta’sirini hisobga olish uchun iqtisodchilar YaIM deflyatoridan foydalanadilar. YaIM deflyatori umumiy narx darajasining basis yilga (basis yil uchun u 100 ga teng) nisbatan o’zgarishini o’lchaydi. Narxlar basis yilga nisbatan oshsa, YaIM deflyatori ham shunga mutanosib ravishda oshadi. YaIM deflyatori nominal YaIM bilan birgalikda real YaIMni hisoblashda qo’llaniladi. Real YaIM o'zgarmagan narxlarda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning umumiy miqdori. YaIMni hisoblash uchun ishlatiladigan narxlar ma'lum bir bazaviy yilga yoki oldingi yilga bog'liq. Ilgari u inflyatsiyaga moslashtirilgan ko'rsatkich bo'lgani uchun inflyatsiya ta'siri olib tashlanadi; bu iqtisodiy taraqqiyotning yanada real tasvirini taqdim etadi. Real YaIM barcha chiqishlar har qanday chastotada yoki istalgan vaqtda jonli vaqtda o'lchanadi. U iqtisodiyotning hozirgi holatini aks ettiradi. Potensial YaIM-to`liq bandlilik sharoitida, yoki mavjud sarmoya resurslari va ishchi kuchidan to`liq foydalanish hisobiga erishilishi mumkin bo`Igan ishlab chiqarish hajmi.
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2022 yilda 5,7 foizga o‘sib, 888,34 trln so‘mni (80,4 mlrd dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaIM hajmi esa 2255 dollargacha oshdi. Agentlik xabarida ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich 2021 bilan taqqoslaganda 3,5 foizga oshgan.O‘zbekistonda 2022 yilda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 888,34 trln so‘mga yetdi, deb xabar berdi prezident huzuridagi Statistika agentligi. 2021 yil darajasiga nisbatan real o‘sish sur’ati 5,7 foizni tashkil etdi. YaIMda sanoat mahsulotlarining ulushi 484,7 trln so‘mga (+5,2 foiz), xizmatlar ko‘rsatish — 343,3 trln so‘mga (+8,5 foiz), mahsulotlarga sof soliqlar — 60,3 trln so‘mgacha oshdi. Savdo, turar joy va oziq-ovqat xizmatlari sohasi 9,3 foizga, transport, axborotlashtirish va aloqa sohasi 14,7 foizga o‘sdi. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (3,6%) nisbatan past o‘sish sur’atlari kuzatildi.

1-diagramma MDH davlatlarining statistic ko’rsatkichlari.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak YaIM bugungi kunda davlat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun muhim axamiyat kasb etadi. Har yili YaIM va aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushini yanada yuqoriga o’sishini ta’minlash zarur. Shu asosda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham referendumda alohida to’xtalib o’tdi: ”Yalpi ichki mahsulotimiz hajmini hozirgi 80 milliard dollardan yaqin yillarda 160 milliard dollarga yetkazish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak”. Bu – aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 4 ming dollarga yetadi, degani va biz bu natijaga erishsak bizning iqtisodiyotimiz va aholining turmush darajasi sifatini ancha oshirgan hisoblanamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Sh.Shodmonov A.Yusupova Iqtisodiyot nazaryasi o’qitish uslubiyati : O’quv qo’llanma –T.: TDIU, 2012.

  2. Egamberdiyev Erkin Mikroiqtisodiyot. Darslik.-T.:G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2005.

  3. Makroiqtisodiy tahlil. Maxmudov N.M, Xakimov H.A. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2019.






Yüklə 17,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə