Yer magnit maydonining ekomuhitga ta’siri va ekologik ta’lim axmedov Yodgorbek Olimjonovich



Yüklə 45 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü45 Kb.
#135757
Axmedov Y.


YER MAGNIT MAYDONINING EKOMUHITGA TA’SIRI VA EKOLOGIK TA’LIM


Axmedov Yodgorbek Olimjonovich
Navoiy davlat pedagogika instituti “Fizika va astronomiya” kafedrasi dotsenti v.b., p.f.f.d.(PhD).
Hozirda eng dolzarb muammolardan biriga aylanib qolgan ekologiya masalasini ta’lim jarayoniga ham bevosita tadbiq etgan holda uzluksiz ekologik ta’limni amalga oshirish pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Xusasan, fizika ta’limi jarayonida o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish fizik qonunlarning ma’no va mazmunini yanada oydinlashishiga, tabiatda kechadigan jarayonlarning haqiqiy ilmiy manzrasini o’quvchilar idrokida shakllanishiga ko’mak beradi. Shuni e’tiborga olgan ichki ishlar akademik litseylarida fizika fanidan “Yerning magnit maydoni” mavzusini o’qitishda o’quvchilarga ekologik ta’lim berishning ilmiy-metodik asoslarini keltirib o’tmoqchimiz.
O’quvchilarga Yerning elektr va magnit maydoni haqida ma’lumot berishdan avval taqqoslash va tushuntirish qulay bo’lishi uchun atmosferaning himoyalovchi funksiyalari haqida ma’lumot berish lozim: atmosfera koinotdan kirib keluvchi yorug’lik nurlarini filtrlaydi, shuningdek, xavsiz va foydali nurlarni o’tkazadi. Bundan tashqari atmosfera Yerimizni Koinotning taxminan -2700 S bo’lgan ayovsiz sovug’idan asraydi.
Shundan so’ng o’qituvchi, Yer elektromagnit maydonni hosil bo’lishiga oid quyidagi fikrlarni keltirishi mumkin: ma’lumki, elektromagnit maydon harakatdagi elektr zaryad atrofida hosil bo’ladi. Shunga asoslanib, Yerning elektromagnit maydonini hosil bo’lishini tushuntirish mumkin. Yerning ichki faol qatlamlarida yuqori haroratli kuchli ionlashgan suyuq plazma domiy harakatda bo’ladi va o’zining atrofida Yerdan biror balandlikkacha huddi atmosferaga o’xshash qatlamni hosil qiladi. Bu qatlam fanda Van Allen belbog’i deb yuritiladi va u sayyoramizga tahdid soluvchi zararli radiyatsiyalarga qarshi qalqon bo’lib xizmat qiladi.
Tajriba natijalariga ko’ra, kuchsiz magnit maydonlarning tirik jonzotlarga ko’rsatadigan ta’sirlari kuchsiz elektrmaydonlarining ta’sirlariga nisbatan ancha kuchli. Tajribalarda kuzatilgan bunday ishonchli dalillarning ko’p bo’lishiga qaramasdan kuchsiz va o’takuchsiz elektromagnit maydonlarning biologic sistemalarga ta’sirining tabiati hamda ularning ta’sirlashish mexanizmi hozirgacha yechilmagan muammo hisoblanadi.
Yer magnit maydoni induksiyasi B=50 mikrotesla, elektr maydon kuchlanganligi E=100 V/m ga teng bo’lib, ularning o’zgarishi jonli tabiat hayotiga o’ta jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Yerning magnit maydon induksiyasi ekvatordan (10 mikrotesla) qutblarga qarab (100 mikrotesla) ortib boradi. Kurs magnit anomaliyasida uning kattaligi 200 mikroteslaga teng. Ilmiy dalillarga ko’ra, Yerning magnit maydoni bundan 2000 yil ilgari hozirgidan ikki marta kuchli bo’lib, u muntazam kamayib bormoqda. Bu kamayish natijasida vaqti kelib, Yerning magnit maydoni yo’qoladi va vaqt o’tishi bilan yana paydo bo’ladi, faqat bunda shimoliy va janubiy qutblar o’z o’rinlarini alamashtiradi. Bunday o’zgarishlar Yer tarixida bir necha million yilda davriy takrorlanib turganligi va bunday almashinish davrida Yerdagi o’simlik va hayvonot dunyosida ham katta o’zgarishlar bo’lganligi haqida ilmiy dalil va farazlar mavjud.
Yer Quyosh sistemasida yagona magnit maydonga ega bo’lgan sayyoradir. Mana shu muhim xulosa hayotning paydo bo’lishi haqidagi bilimlarimizning asosi hisoblanadi. Ma’lumki, Yerdagi har qanday tirik jonzod va o’simlik paydo bo’lishidan toki nobud bo’lguncha o’zi yashayotgan geografik hududdagi Yerning magnit va elektr maydonlari ta’siri ostida bo’ladi. Yerning magnit maydoni (geomagnitmaydon) Yerdagi hayotning kechishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Geomagnit maydon ta’siridan to’la himoyalangan sharoitda olib borilgan tajribalarda kalmushlarning ko’payishi juda sekinlashgan va tug’ilganlari ham o’tanimjon va tuksiz bo’lib, tezda nobud bo’lishganligi kuzatilgan. Magnit maydoni jonli sistemalardagi modda almashinish jarayonlarining kechishida katalizator vazifasini bajaradi. Tashqi maydonning kamayishi tirik jonzotlarning immunitetining faoligini kamaytiradi, modda almashinuv jarayonini buzadi va natijada organizmni tez qarishiga olib keladi. Masalan, ekvatorda magnit maydon kuchlanganligi juda kichik, shuning uchun Afrika va boshqa ekvatorga yaqin mamlakatlarda yashovchilar bo’yin, qo’l va oyoqlarida metal halqalardan qilingan turli bezaklar taqib yurishadi, chunki bu bezak-halqalar ularning harakatlari vaqtida tashqi kuchsiz magnit maydonning kuch chiziqlarini kesishi natijasida qo’l, oyoq va bo’yinlarda local elektr toklarini hosil qiladi. Ular esa o’z navbatida magnit maydonlarni hosil qilib, organizmni magnit maydonga bo’lgan ehtiyojini qisman bo’lsada qondirib turadi. Bundan ko’rinib turibdiki, tabiiy kuchsiz elektromagnit maydoni tirik mavjudod uchun eng zarur bo’lgan ekologik omil deb qarash kerak ekan.
Yer magnit maydoni o’zgarishining jonli organizmlarga ko’rsatadigan salbiy ta’sirini Quyosh faolligining oshishi bilan bo’g’liq bo’lgan jarayon misolida ko’rish mumkin. Biz bu to’qnashuvning texnika va jonli sistemalarga ta’sirini qarab chiqamiz: magnit to’fonining turli texnik asboblar ish faoliyatiga ta’siri sezilarli bo’lib, u radio va internet aloqalarining, radarlarni ish sifatining, radionavigatsiya tizimlarini buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, u inson organizmiga ham salbiy ta’sir etadi. Magnit to’foni davrida odamning qon-tomiridagi qon aylanishi buziladi, bu ayniqsa kapilyar qon tomirlarida kuchliroq bo’ladi va natijada qon bosimi birdaniga oshib ketadi, qon tarkibidagi adrenalinning miqdori ko’payadi. Bundan tashqari magnit to’foni asab tizimi, tayanch harakatlanish organlari xastalangan odamlarda ko`proq seziladi. Statistika ma`lumotlariga qaraganda bunday odamlar aholining 17-25%ini tashkil etadi.
Tashqi muhit odam organizmining embrional rivojlanish davridan boshlab butun umri davomida uning saomatligiga, ish faoliyatiga uzluksiz ta`sir ko`rsatib turadi. Yosh va sog’lom kishilar uchun bu ta’sir sezilarsiz bo’lishi mumkin, lekin kuchsiz, keksa va surunkali kasalikka ega kishilarda yetarlicha muammo tug’diradi. Shunday qilib, geomagnit maydon o’zgarishining asosiy ta’sir qilish nishoni bu qon-tomir tizimidir.
Odamlar hayoti uchun shunchalik zararli bo’lgan magnit to’fonining o’zi nima? Yerning birinchi su’niy yo’ldoshlarning uchirilishi bilanoq, Quyosh tojidan uzluksiz esib turuvchi quyosh shamoliy a’niissiq plazma oqimining mavjudligi aniqlangan. Bu plazma Yerdan uning radiusidan 10-12 marta katta masofada yig’ilib, Yerning magnitosferasini hosil qiladi. Magnitosfera murakkab, lekin yetarlicha turg’un tuzlishga ega bo’lib, uning geometrik o’lchamlari Quyosh shamolining bosimi va o’z navbatida Quyoshning faoligiga bog’liq.
Demak, o’qituvchi dars jarayonida hamda ekologik ta’limning sinfdan tashqari mashg’ulotlarida biz yuqorida keltirgan ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari, hozirda ko’pchilik insonlar foydalanadigan uyali telefonlarning kishi salomatligiga ko’rsatadigan salbiy ta’sirlari to’g’risida ham ma’lumotlarni berishi hamda telefondan foydalanish madaniyatini shakllantirish bo’yicha bir qancha ishlarni amalga oshirish mumkin.





Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə