Yig‘ilish kotibasi: Q. G‘aniyeva- psixolog Qatnashdilar: 26 nafar pedagoglar kun tartibi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasini o‘rganish to'g'risida



Yüklə 23,1 Kb.
səhifə1/3
tarix23.05.2022
ölçüsü23,1 Kb.
#87705
  1   2   3
Murojaatnoma Bayonnoma


Ishtixon tumani xalq ta'limi bo'limiga karashli 35-umumiy o'rta ta'lim maktab jamoasi o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini urganish to'g'risida o'tkazilgan yig'ilish
BAYONNOMASI
2021-yil 5-yanvar J. Mahmudov MFY


Yig‘ilish raisi : Z. Sadinov– MMIBDO‘
Yig‘ilish kotibasi: Q. G‘aniyeva- psixolog
Qatnashdilar: 26 nafar pedagoglar

KUN TARTIBI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasini o‘rganish to'g'risida
ESHITILDI:
(Z.Sadinov)

Yig'ilishda maktab MMIBDU Z. Sadinovning kirish so'zi bilan boshlandi. U o'z so'zida murojaatnomada aytilgan ta'limga oid eng muhim gaplar to'g'risida fikr bildirdi:


-xususiy oliygohlarga ham kerakli mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha davlat buyurtmasi berish tizimi yo'lga qo'yiladi;
- keyingi yildan oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi;
- OTMlarga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni 2 barobarga ko'paytirilib, 2 mingtaga yetkaziladi;
- a'lo baholarga o'qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi;
- “El-yurt umidi” jamg'armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o'quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o'qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi;
- 30 ta yetakchi OTMga o'quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi;
- 240 mingdan ziyod maktab o'qituvchilariga sinf rahbarligi uchun ustama to'lovlar 1,5 baravarga oshirilib, byudjetdan 400 mlrd so'm qo'shimcha mablag' ajratiladi;
- boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o'qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatdagi olis tumanga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to'lanadi;
- Xalq ta'limi xodimlarini rag'batlantirish hududiy jamg'armalariga 330 mlrd so'm yo'naltiriladi;
- kelgusi yil maktabgacha ta'lim qamrovi 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkaziladi. Bu ishlarga byudjetdan 600 milliard so'm subsidiya berish hisobidan qo'shimcha 2 mingta nodavlat bog'cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi;
- 2021 yili doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkaziladi yoki 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun byudjetdan qo'shimcha 240 milliard so'm ajratiladi;
- 2021 yilda fizika va chet tillarini o'rganish ustuvor yo'nalish etib belgilandi.
-O'qituvchilar boshqa tumandagi olis maktabga borib ishlasa, oylik ish haqiga 50 foiz, bo boshqa viloyatga borib ishlasa, 100 foiz ustama haqi to'lanadi.
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi tinglandi. Davlat rahbari ushbu tadbirda bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, 2021-yilda yurtimizda 10 ta Prezident maktabi, kimyo, biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab o'z faoliyatini boshlaydi. Iqtidorli o'g'il-qizlarni yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur o'zlashtirishga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida alohida yangi universitet tashkil etiladi.
2021 yilda birinchi marta byudjetdan 900 nafar chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta'minlashga 50 milliard so'm ajratiladi. Bunday ezgu ishlarni tizimli yo'lga qo'yish uchun Bolalarni qo'llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etib, unga byudjetdan 100 milliard so'm yo'naltiriladi. 2021 yil 1 martdan boshlab aholining minimal iste'mol xarajatlari e'lon qilinadi. «Temir daftar»ga kiritilgan har bir oilani kambag'allikdan chiqarish bo'yicha yangi mexanizm ishga tushiriladi
Aholini kasb-hunarga o'rgatish bo'yicha mingdan ortiq markazlar tashkil etiladi. O'quv kurslariga kelgan har bir shaxs uchun bir million so'mgacha subsidiya beriladi. Buning uchun byudjetdan 100 milliard so'm mablag' ajratiladi. O'quv kurslarini tamomlagan fuqarolarga esa uskunalar xarid qilish uchun 7 million so'mgacha subsidiyalar beriladi.2021 yilda avtomobil` sanoatida sog'lom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida sohada ishlab chiqaruvchilar soni ko'paytiriladi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan 2021 yil Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini
mustahkamlash yili deb e'lon qilindi. O'zbekistonda 2021–2023 yillarda

  • 22 ta bog'cha, 31 ta maktab va 16 ta oliy ta'lim muassasasi quriladi. 22 ta bog'cha (jami 2 970 o'ringa ega), 31 ta umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktablar (jami 13 934 o'quv o'rniga ega), 16 ta OTM (jami 9 300 o'quv o'rniga ega) yangi quriladi;

  • jismoniy tarbiya va sport ob'ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta'mirlash bo'yicha jami 55 ta loyiha (shundan 23 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

  • 11 ta madaniyat va san'at ob'ektlari yangidan qurilib, 7 tasi rekonstruktsiya qilinadi;

  • sog'liqni saqlash ob'ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash bo'yicha jami 131 ta loyiha (shundan 24 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

Shuningdek, ilm-fan va innovatsion ob'ektlarni rivojlantirish bo'yicha 14 ta loyiha amalga oshiriladi. Xususan, 2021-2022 yillarda Toshkent shahrida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini qurish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, temir yo'l va metropoliten yo'lini rivojlantirish choralari ham ko'riladi. Prezident parlamentga murojaatnomasida pedagoglar malakasini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilishini ta'kidladi. Ma'lumki, muallimlar hozirgi vaqtda eskicha usulda har 5 yilda malaka oshiradi. Bundan buyon ularning, «hayot davomida o'qish tamoyili asosida, o'z malakasini uzluksiz oshirib borishi yo'lga qo'yiladi.
Shuningdek, o'qituvchilarning o'z fanini bilishi, pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligidan kelib chiqib, toifa berish mezonlari ham qayta ko'rib chiqiladi. Yana bir bor takrorlayman, jamiyatda o'qituvchi kasbi eng nufuzli va obro'li kasb bo'lishi lozim.
Muallimlarimiz bolalarga sifatli ta'lim berish va o'z ustida ishlashdan boshqa narsa haqida
o'ylamasligi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur.
Shu bois, o'qituvchi, murabbiy va metodistlar mehnatiga munosib haq to'lash bo'yicha boshlagan
ishlarimiz kelgusi yilda ham davom ettiriladi. Buning uchun xalq ta'limi xodimlarini rag'batlantirish hududiy jamg'armalariga 330 milliard so'm yo'naltiriladi. Shu bilan birga, 240 mingdan ziyod maktab o'qituvchilariga sinf rahbarligi uchun ustama to'lovlar 1,5 barobarga oshirilib, byudjetdan 400 milliard so'm qo'shimcha mablag' ajratiladi. Yig'ilish yuqoridagi masalalarni atroflicha o'rganib,


Yüklə 23,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə