Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari



Yüklə 28,95 Kb.
tarix07.06.2022
ölçüsü28,95 Kb.
#88957
Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari


Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari.

XXI asr. Globallashuv davri. Ushbu iboralar o`z o`rnini “virtuallashuv” so`ziga bo`shatib berganiga ancha bo`ldi desak adashmagan bo`lamiz. Keling dastavval “virtual” so`zining lug`viy ma`nosiga nazar tashlasak. “Virtual” so`zi - ingliz tilidan “haqiqiy”, “hayotiy” deb tarjima qilinadi. Lekin o`z-o`zidan bu so`z bizning hozirgi zamonaviy hayotimizda o`z lug`aviy ma`nosini o`zgartirgan. Ya`ni “virtual olam” deganda haqiqatdan ancha yiroq bo`lgan holatlar tushunila boshlandi. Quyida buning sabablarini ham ilmiy, ham hayotiy tarzda ifodalashga harakat qilamiz. Shu o`rinda bir savol bilan murojaat qilmoqchiman. Buyuk sarkarda Amir Temurning nechta farzandlari bo`lgan? Bu savolni javobini biladiganlar uchun juda oddiydek tuyuladi, ammo bilmaydiganlar uchun unday emas. Ular buni shunchaki e`tiborsiz qoldirishni yoki bilmasliklarini ta`kidlashni afzal ko`rishadi. Lekin bu imtixondagi kabi muhim axamiyatga ega bo`lgan bir savol deb qarasak, biz zudlik bilan uni javobini topishga kirishamiz. Va albatta birinchi o`rinda internetga yuzlanamiz. Umuman bu va shu kabi boshqa elemantar narslar va kundalik yangiliklar haqida ham biz aynan internet tarmog`i orqali ma`lumotga ega bo`lamiz. Katta ehtimol bilan oxirgi o`n yillikdagi avlod, o`zi uchun kerakli bo`lgan informatsiyalarni ijtimoiy tarmoqlardan boshqa manabalardan ham izlash mumkinligi haqida o`ylab ham ko`rishmaydi. Buning bir nechta sabablari mavjud. Shular orasidan haqiqatga ko`proq yaqin bo`lgani bu – dangasalik. Inson psixologiyasi shuni ko`rsatadiki, miyyamiz biz bajarishimiz kerak bo`lgan kundalik vazifalarni, jismoniy jixatidan biroz osonroq usulda bajarish haqida o`ylaganimizda, odatdagiga qaraganda yaxshiroq ishlay boshlaydi. Ya`ni odamzotda dangasalikka moyillik kuchliroq bo`ladi. Bu esa o`z-o`zidan o`zimizni ko`p urintirmasdan, kitob yoki gazeta va jurnallarni bittalab ko`zdan kechirish o`rniga ijtimoiy tarmoqlar kabi “oson” usulni tanlashga olib keladi. Shu o`rinda dunyoga mashxur, Microsoft asoschisi Bill Gatesning ushbu jumlalarida fikrimiz o`z tasdig`ini topadi desak adashmagan bo`lamiz: “Men ishga doimo dangasa odamni qidiraman, chunki u vazifani hal qilishning ko`plab oson yo`llarini topadi”.


Biz o`zimizga kerak bo`lgan har qanday ma`lumotni osongina topa olishimizdan tashaqari ijtimoiy tarmoqlardan boshqa shu toifadagi yumushalarimizni ham birmuncha yengil tarzda amalga oshirish imkoniyatiga ega ekanligimiz yaxshi albatta. Ya`ni biz bu orqali aniq fakt va raqamlar haqida to`liq ko`nikmalar hosil qilaolamiz. Bu holat ayniqsa talaba va o`quvchi yoshlar orasida keng tarqalgan. Lekin maslaning boshqa tomoni ham mavjud. Kerakli ma`lumotlarni tezlikda va oson izlab topish imkoniyati mavjudligi sabab, miyyamizning fikrlash, tashqi dunyoga shaxsiy munosabatini bildiraolish qobiliyati sezilarli darajada susayadi. Bu esa vaqt o`tishi bilan xotira susayishi va ilmiy salohiyatga bog`liq bo`lgan muammolarga olib kelishi mumkin.
Biz biror muhim xabar yoki ma`lumotni ham aynan zamonaviy usulda o`z egasiga yetqazamiz. Odamlar ijtimoiy tarmoqlardagi saxifalari orqali o`z hayot tarzlari haqida ham boshqalar bilan o`rtoqlashadilar. Ular uchun o`z muammolari, kundalik yumushlari haqidagi atrofdagilarning fikrlari tobora muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bu ham virtuallashuvning sababalaridan biri sanaladi.
Bundan tashqari haqiqiy hayotdan ko`ra “virtual hayot” birmuncha yengil va jozibaliroq ko`rinadi. Buning sababi juda oddiy. Internet tarmoqlarida odamlarning e`tiborini ko`proq jalb qilish maqsadida iloji boricha chiroyli va qiziqarli kontentlardan foydalanishadi. Shuningdek insonlarning o`zlari ham atrofda sodir bo`layotgan ijobiy voqeliklar bilan nisbatan ko`proq o`rtoqlashishadi. Odatda yoqimli narsalarga qaraganda inson organizmi dofamin garmonini ishlab chiqaradi. Bu esa o`z navbatida miyyada ijobiy hislarni paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Shu kabi holatlarni virtual hayot tarzida yuqoridagi va boshqa bir nechta holatlarda ham kuzatish mumkin. Ya`ni og`ir o`tgan ish va o`qish kunidan keyingi, yoki shunchaki bo`sh vaqtimizni asosini tashkil qilib ulgurgan, kompyuter o`yinlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi ko`ngilochar kontentlarni kuzatish jarayonidagi organizmimizda hosil bo`ladigan dofamin garmoni bizni “virtual hayot”da ko`proq vaqtimizni o`tqazimishga sabab bo`la oladi. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar orasida ommalashishiga asosiy sabab ham aynan shundan iborat.
Biz hayotimizning virtaullashuviga oid sabablar bilan qisqacha tanishib o`tdik. Endi masalaning yechimiga to`xtalishga harakat qilib ko`ramiz. Xo`sh, yuqorida ta`kidlab o`tganimiz “virtuallikdan” haqiqiy real hayotga qanday qilib qaytish va fikrlash doiramizni ongli ravishda oshirish uchun nima qilishimiz mumkin? Aslini olganda “virtuallika” bo`lgan qaramlik allaqachon yoshlarning ko`p qismini qamrab olishga ulgurgan. Shu sababli biz undan chiqishdan ko`ra, to`g`ri usulda foydalana bilish ko`nikmasini hosil qilishimiz kerak.
Insonlar allaqachon o`ganishga ulgurgan, hozirgi zamonaviy hayot tarzida internet va umuman ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu esa o`z navbatida unga bo`lgan extijoyni qondirish maqsadida o`ziga mos kadrlarni ham talab qiladi. Ya`ni so`nggi yillarda bir nechta zamonaviy kasblar ham paydo bo`ldiki, ular bir vaqtning o`zida bir nechta sohalarni o`z ichiga olmoqda. Bunga misol sifatida IT kasblarni bir nechtasini sanab o`tish mumkin. So`ngi yillarda mamalakatimizda bu borada keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 11 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga tashrifi chog`ida «Hozirgi zamonda xizmatlarning katta qismi axborot texnologiyalari orqali ko‘rsatilayapti. Boshqa sohalarning ham samaradorligi shunga bog‘liq. Shuning uchun bu yerdagi sharoitlarni kengaytirib, zamonaviy IT-xabga aylantirish kerak» degan jumlalari ham fikrimizning yaqqol misoli bo`la oladi .
Bundan tashqari yoshlar orasida kitob o`qishga bo`lgan qiziqishni ham oshirish kerak. Kitob mutolaa qilish nafaqat voqelikka o`z fikrimizni bildiraolish balki, ilm–fan va mamalakatimiz ravnaqi uchun foyda berishi mumkin bo`lgan ilmiy salohiyatimizni takomillashtirishda ham ko`mak beradi. Bu borada davlatimiz rahbarining amalga oshirayotgan islohotlari bilan ham tanishib chiqishimiz lozim. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3721-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazilmoqda. Ushbu ko`rik tanlov g`oliblari qimmatbaho esdalik sovg`alari va sertifikatlar bilan rag`batlantiriladilar. Bir tasavvur qilib ko`ring, o`zingiz uchun kitob o`qiysiz va hukumat tomonidan taqdirlanasiz. Bu ham soatlab bo`sh vaqtimiz davomida internetdagi haqiqatdan ancha yiroq bo`lgan “virtual olam” bilan mashg`ul bo`lishdan ko`ra kitob o`qishni naqadar foydali mashg`ulot ekanligini ko`rsatib beradi.
Dunyoda iqtisodiyot va boshqa bir nechta yirik sohalarda yetakchilardan biri bo`lgan Xitoy davlatining muvafaqqiyati, qisman aholi vakillari orasida kitob mutolaasiga bo`lgan qiziqishning o`ta yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Dunyo yoshlarini kata qismini o`ziga jalb qiladigan yirik ijtimoy platformalar yaratuvchisi bo`lishiga qaramasdan, Xitoyliklar vaqtlarini o`zlari yaratgan “virtual faol” olamdan ko`ra, real hayotdagi yutuqlari uchun zamin bo`ladigan mashg`ulot bilan shug`ullanishni avzal bilishadi. Mamalakatdagi aholi vaqtining kata qismini ilm olish va o`zini iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish maqsadida o`z ustlarida tinimsiz ishlashadi. Bu nafaqat o`zlari balki davlat uchun ham katta foyda keltirayotgani taqsinga sazovor albatta.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, mamalakat rivoji ham aynan yoshlarning ilmiy salohiyatiga bog`liq bo`lgan bir vaqtda, biz o`z imkoniyatlarimizdan to`g`ri foydalanishimiz juda muhim sanaladi.

Yüklə 28,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə