Zaxarlanish va uning turlari



Yüklə 69 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü69 Kb.
#143077
  1   2
O’tkir zaharlanishlar va ularga qarshi chora tadbirlar. Reja Ku


ZAXARLANISH VA UNING TURLARI

Zaxarlanish — zaxarli modda organizmga ogʻiz, meʼdaichak, nafas yoʻllari orqali kirganda, teridan soʻrilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda roʻy beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Zaxarlanishning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yoʻl bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, eritma, chang va h.k.), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga bogʻliq, Odamlarda zaxarlanishning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir 3. tasodifiy va qasddan boʻlishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli taʼsiri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funksiyalarning izdan chiqishi bilan kechadi. Surunkali 3. zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt ozozdan taʼsir etishi oqibatida roʻy beradi; dorilardan boʻladigan, shuningdek, kasbkorga aloqador zaxarlanishlar kuzatiladi. Turmushda 3. kundalik hayotda uchrab turadi. Maye, pechka yoqish va gaz plitalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda is yoki yoritish gazidan 3.; aynigan ovqat isteʼmol qilinganda 3. (qarang Ovqatdan zaharlanish); alkogoldan 3.; dezinseksiya, deratizatsiya va b. maqsadlar uchun ishlatiladigan ximikatlardan 3. Dorilardan 3. ular dozalanganda, yanglish ishlatilganda, notoʻgʻri tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechogʻli qattiq zaharlanishi shu doriga organizmning qanchalik sezgirligiga ham bogʻliq (qarang Idiosinkraziya).

1.2. KUCHLI TA'SIR ETUVCHI ZAHARLI MODDALAR BILAN ZAXARLANISH VA VA ULARNING XUSUSIYATLARI


Xaql iste'moli mollarini ishlab chiqaruvchi ayrim korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan kuchli zaharlovchi moddalar zahiralari bo'lishi mumkin. Bunday inshootlardagi mazkur moddalar turli katta-kichik talafotlar tufayli yoki dushmanlar xatti-harakati oqibatlarida saqlanayotgan idishlaridan tashqi muhitga tushishi, kimyoviy ikqilamchi zaharlanish o'choqlarining vujudga keisi va odamlar orasida sanitar yo'qotishlarga sabab bo'lishi mumkin.Bunday kimyoviy moddalar qatoriga xlor, ammiak, azot kislotasi va azot oksidlari, ftor va uning birikmalari, vodorod perekisi, gidrazin, aminobirikmalar kiradi.

Ammiak - qitiqlash-g'ashga tegish ta'siriga ega bo'lgan gaz bo'lib, bug'lanish jarayonida hosil bo'ladigan moddalarni so'rib olish maqsadida sovitgichli korxonalarda hamda azotli o'g'itlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Ammiak ta'sirida kuchli ravishda qitiqlash alomatlari kelib chiqadi (nafas yo'llari kuchli ta'sirlanadi). Kam miqdorlarda burun shamollashining yengil alomatlariga sabab bo'ladi. Shikastlanish bronxlar bo'ylab tarqaladi. Jarayon 3-5 kun davom etadi.
Ammiak katta miqdorlarda kuchli yo'talni, ko'krak qafasi sohasida og'riq va siquv sezgisini, bronxlarni - tarqalgan yiringli yallig'lanishga sabab bo'ladi. Og'ir zaharlanganda nafas - tovush paylari taranglashib, qisiladi, o'pkalarning shamollashi va shishishi vujudga kelishi mumkin. Bunday hollarda markaziy
O'rtacha darajadagi zaharlanish vujudga kelib chiqqanida, ko'pincha bronx-o'pka yallig'lanishi belgilari ko'zga tashlanadi: umumiy holning izdan chiqishi, kuchli darajadagi ko'p balg'am ajralishi bilan namoyon bo'ladigan yo'tal. Bu paytda o'pkalar eshitilib ko'rilganda, turli xildagi xirillashlar: (mayda va o'rtacha) ho'l hamda quruq xirillashlar aniqlanadi.
Azot kislotasi va uning birikmalari bilan og'ir darajadagi zaharlanish yo`z berganida, o'pkalarning zahariy shishishi paydo bo'ladi. Bunday holat bo'g'uvchi xususiyatli kimyoviy zaharlovchi moddalar, ayniqsa fosgen va difosgen ta'sir etganida ko`zatiladi.
Zaharlovchi moddalar alveolalardagi havo va qon oqimi orasidagi pardalar- membranalarga, ya'ni kapillyarlar bilan alveolalar orasidagi devorlarga ta'sir etadi. Bunday hollarda, bir tomondan gazlarning qonga singishi (diffo`ziyasi) izdan chiqsa, ikkinchi tomondan esa, qonning tarkibiy qismlari kapillyarlardan alveolalarga sizib o'tadi va natijada kislorod bilan ko'mir kislotasi (uglekislota) orasida almashinuv jarayoni bo`ziladi.
Zaharlanishning klinik manzarasi tanaga azot kislotasi va uning birikmalari kirgan paytdan boshlab, tomoqning qichishi, ko'krak qafasi sohasida siquv, bosh aylanish seziladi. Keyinchalik bu belgilar barham topadi va odam o'zini nisbatan yaxshi seza boshlaydi. Shundan so'ng 4-8 soatcha o'tgach, o'pkalarning shishib ketganlik alomatlari yo`zaga kelib chiqadi. Dastavval kuchli nafas siquvi, nafas olish tezlashib (taxipnoe), yo`zaki bo'ladi, yo'tal tezda kuchayib, kasalning kechishi oldin rangsiz, so'ngra sarg'ish-pushti rangli (gemorragik) balg'am tashlash bilan ko'zga tashlanadi. Zaharlanganlarni umumiy bezovtalanish qiynaydi. Yo`z va qo'I-oyoqlar terisi ko'karib ketadi (ko'karish anoksemiyasi bosqichi). Vaqt o'tgach, ular o'limtik, kulrang tus oladi (kulrang anoksemiya bosqichi).
Og'ir hollarda o'pkalar shishi boshlanganidan bir-necha soat o'tgach, odam nobud bo'ladi. Ayrim hollarda o'pkalarning yallig'lanishi qo'shiladi yoki zararlanish o'pkalar skleroziga (o'pkalarda va bronxlar devorlarida biriktiruvchi to'qimaning rivojlanishi) aylanadi.
1-tibbiy yordam, zaharlanganlarga qisman sanitar ishlovini berib, ularga havotozalagichni kiydirib, tezlikda zararlangan joydan xavfsiz joyga ko'chirish amallarini bajarishdan iborat. Zararlangan joylarda xizmat qiluvchi tuzilmalarning o'zlari ham shikast topmasliklari maqsadida maxsus havotozalagichlar va himoya kiyimlarini kiyib, so'ng vazifalarini ado etishlari lozim.
Og'ir darajali zaharlanish chog'ida, o'pkaning zahariy shishishi rivoj topadi. Ayrim zaharlanganlarda tirishishlar, koma - chuqur uyqu holati rivojlanib, bu paytda odam hushsizlanib. tomir urishi juda ham tez va yo`zaki bo'lib qoladi; arterial qon bosimi va tanasining harorati pasayib ketadi, nafas olishi chuqur va yo`zaki bo'lib, rangi oqarib ketadi, atrof-muhitdagi omillar ta'siriga javob bermaydi. Koma, markaziy nerv tizimining chuqur shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi.
Dastlabki tibbiy yordam va tuzilmalarning ishlash qoidalari, xuddi azot kislotasi va uning birikmalari bilan zaharlangan paytdagi singari bo'ladi.

VODOROD PEROKSIDI BILAN ZAXARLANISH


Uning ta'sirida asosan qondagi qizil qon tanachalari - eritrotsitlarning yemirilishi - gemolizi ko`zatiladi. Qon tarkibiga o'tgan gemoglobin - qonga qizil rang beruvchi birikma, vodorod perekisi bilan jarayonga kirishishib.
metgemoglobin degan mahsulotni hosil qiladi. Natijada eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobinning asosiy vazifasi bo'lmish, kislorodni hujayralarga yetkazib bera olish qobiliyati barham topadi va tanada kislorod - gipoksiya yetishmaslik alomatlari vujudga keladi.
Perekis vodorod terini kuydiradi, ko'zning pardasini xiralashtirib. ko'r qilib qo'yishi mumkin. Uning bug'lari ta'siridan nafas yo'llari va o'pkalarda yallig'lanish belgilari paydo bo'ladi. O'pkalar shishi kelib chiqqanida, odamning ahvoli og'irlashadi.
Dastlabki tibbiy yordam, ftor va uning birikmalari bilan zaharlangandagi singari olib boriladi.
1.3. O’TKIR ZAHARLANISHDA BAKTERIYALI (BIOLOGIK) QUROL BILAN SHIKASTLASH TURLARI VA ULARNINIG XUSUSIYATLARI
Ushbu qoidalardan xabardor bo'lish epidemiyalarga qarshi usullarni chamalab olish uchun imkoniyat yaratadi. Ular orasida alohida e'tiborga sazovor bo'lganlari quyidagilar: 1) dezinfeksiya -qo'zg'otuvchilarga qiron keltirish; 2) dezinseksiya - hasharotlarni qirish; 3) deratizatsiya - kemiruvchi hayvonlarni nobud qilish; kasallik qo'zg'otuvchilarini va ularni tashuvchilarini qirib tashlash uchun sanitar-ishlov berish; 5) oziq-ovqatlar va suvni bakterial vositalar bilan ifloslanishining oldini olish chora-tadbirlari; 6) shaxsiy va jamoa gigiyena qoidalariga rioya qilish; 7) shaxsiy himoya vositalaridan ifloslanishning oldini olish uchun foydalanish; 8) dushman tomonidan aholini yuqish jarayonini amalga oshiradigan ishlarda qo'llaniladigan kasallik qo'zg'otuvchilariga nisbatan tana chidamliligini oshirish niyatida shoshilinch nomaxsus va maxsus himoya ishlarini bajarish. Ammo, shuni hisobga olish kerakki, dushman bakteriologik qurollarni qo'llashda turli usullardan foydalanishi mumkin. Bunday vaziyat, epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish jarayonini murakkablashtirib yuboradi. Odamlarning kasallanishi uchun qo'shimcha manbaalarni tashkil qiluvchi chidamli qo'zg'otuvchilarni qo'llash, shikastlovchi ikqilamchi manbaalarini hosil qilishi mumkinligi yuqumli kasalliklarning qaytadan tarqalishiga sabab bo'ladi.
O'z vaqtida o'tqazilgan yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari va shaxsiy himoya vositalarini qo'llash. hatto o'ta yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilari qo'llanilgan taqdirda ham kasallikning keskin ravishda kamayishiga olib keladi.
Dushman tomonidan qo'llanilgan bakteriologik qurol oqibatlariga barham berish uchun fuqarolar muhofazasining barcha xizmatlarini jalb qilishni talab qiladi. Ammo, bakteriologik qurol bilan ifloslangan o'choqlarda tadbirlarning epidemiyaga qarshi yo'naltirilganligi, ularni bajarish jarayonida fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining uslubiy va tashkiliy ahamiyati mavjudligini ko'rsatadi.

2.1. O’TKIR ZAXARLANISHGA QARSHI ASOSIY KURASH VA CHORALARI



Zaxarlanishga sabab boʻlgan zaharli moddani iloji boricha organizmdan tezroq chiqarish choralarini koʻrish, zaharli moddaning zaharini kesuvchi ziddizaharlardan foydalanish, zaharlangan aʼzolar faoliyatini tiklashdan iborat. Birinchi yordam: zaxarlanishga gumon tugʻilganda darhol vrach chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak. Kislotalar (sirka essensiyasi, xlorid kislota va h.k.)dan zaharlanganda kuydirilgan magneziya bilan suv yoki suvning oʻzini koʻp ichirib, qustiriladi. Bemor behush yoki kollaps holatida boʻlsa, qustirish yaramaydi. Ishqorlar (novshadil spirti)dan zaharlanganda 3% sirka (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) qoʻshilgan limonli suv ichirib qustiriladi. Soʻngra bir boʻlak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy qoshiqlab ichiriladi, xom tuxum, bir boʻlak sariyogʻ yuttiriladi; toʻsh ostiga muzli xalta, qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Ovqatdan zaharlanganda meʼda yuvilgandan keyin qorin va qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Koʻplab issiq ichimlik, quyuq kofe ichiriladi. Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta hidla tiladi, meʼdasini yuvgach, surgi beriladi, soʻngra bir stakan suvga novshadil spirtidan 3—5 tomchi qoʻshib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qoʻyiladi. Koʻp choy yoki quyuq kofe ichiriladi. Narkotik va uxlatuvchi dorilardan zaharlanganda meʼdani yuvgach, bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuk, suv quyib, keyin issiq suvga tushirish, badanini issiq tutish, ishqalash, nafas toʻxtab qolganda sunʼiy nafas oldirish kerak. Is gazi va yoritish gazidan zaharlanganda sof havoga olib chiqib, novshadil spirti hidlatish, sunʼiy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq choy, quyuq kofe ichirish kerak. Hayvonlar zaharli oʻt, buzilgan yemxashak yeganda, ogʻziga zaharli moddalar tushganda va zaharli gaz bilan nafas olganda zaharlanadi. Zaharlangan hayvon boʻshashadi, soʻlagi oqadi, ichi ketadi, nerv sistemasining faoliyati buziladi. Birinchi yordam: meʼdasi yuviladi, goʻshtxoʻr hayvon va choʻchqalarga qustiruvchi dori beriladi, surgi ichiriladi. Hazm yoʻlida zaharning soʻrilishini sekinlatish uchun adsorbsiyalovchi dorilar beriladi.


Yüklə 69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə