Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 51,89 Kb.
tarix21.06.2018
ölçüsü51,89 Kb.
#50830

4-ma’ruza


Mavzu: JISMONIY TARBIYa VA SPORTNI BOSHQARISHDA ISHTIROK ETUVCHI DAVLAT IDORALARI

Reja:


  1. O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy tarbiya vasport soxasidagi asosiy vazifalari

  2. Xalq ta’limi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sprt ishlarini tashkil qilishdagi ishtiroki.

  3. Sag’liqni saqlash vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish. Axolining sog’lig’ini nazorat va muxofaza qilish “Sog’lom avlod uchun” davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar.

  4. Ichki ishlar, mudofa, qishloq, va suv xo’jaligi, yengil sanoat, madaniyat ishlari va boshqa soxalar bo’yicha idora qiluvchi vazirliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari.

O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy tarbiya va sport soxasidagi asosiy vazifalari

Xalq xo’jaligining barcha soxalari bo’yicha mutaxassis xodimlarni tayyorlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunda taraqqiy etgan mamlakatlarning ish tajribalaridan maqsadli foydalannilmoqda. Xozirgi zamon texnika taraqqiyoti va davlatlararo qo’shma korxonalarning yurtimizda faoliyat ko’rsatishi zamon talablari asosida kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqdi.

Boshqa davlatlar kabi O’zbekistonda xam yangi asrda ishtimoiy-iqtisodiy madaniy va sport taraqiyoti uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa buyuk kelajakning sog’lom avlodlarni tarbiyalab yetishtirish bo’lajak o’qituvchi, shifokor, muxandis, aktiyor va barcha soxalardagi mutaxassislarni jismoniy kamolat sari yetaklash bugunning muxim vazifalaridan biridir. Jismoniy jixatdan barkamol mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirishda o’quv yurtlariga ega bo’lgan vazirliklar davlat qo’mitalari kontsenrlar davlat kampaniyalari o’z xislarini qo’shmoqdalar.

Ma’lumki o’quv yurtlarining dasturlari xamda o’quv rejalari Xalq ta’limi va oliy va o’rta maxsus ta’lim tvazirliklari tamonipdan ishlab chiqilsada ular boshqa soxalardagi vazirliklar tarkibidagi barcha o’quv yurtlarida bevosita qo’llaniladi. Ular asosan o’quv yurtlarini moliyaviy moddiy- texnik jixatdan ta’minlashda xizmat qildi.

SHunga ko’ra o’quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan yagona «Jismoniy tarbiya» dasuri barcha turdagi o’quv yurtlarida qo’llaniladi.

O’quv yurtlarining asosiy qismi Xalq ta’limi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tarkibida bo’lsada tibbiyot savdo qishloq va suv xo’jaligi texnika qurilish va boshqa soxalardagi vazirliklar xamda qo’mitalar tarkibida xam o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari mavjuddir. Ularda jismoniy tarbiya darslari sport turlari bo’yicha mashg’ulotlar ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlari Davlat dasuri asosida olib boriladi. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida bo’lajak mutaxassislarning jismoniy kamolotini oshirish ishlari amalga oshiriladi.

O’quv yurtlariga ega bo’lgan barcha davlat idoralarida “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonun “Sog’lom avlod uchun” davlad dasturi davlat ta’lim standarti talablari amalga oshiriladi.

Xalq ta’limi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sprt ishlarini tashkil qilish

Xalq ta’limi vazirligi tizimida barcha fanlar bilan bir qatorda jismoniy tarbiya darslari xam o’zining mazmunan va shaklant o’rni xamda moxiyatiga ega. SHu tufayli Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ummumta’lim maktablari, maxsus maktablar, kollej, litseylar, o’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlari, sport maktablari xamda maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaga aloxida o’rin berilgan.O’vuv yurtlari va turli muassasalarinig ish mazmuniga qarab jismoniy tarbiyaning mazmuni shakli va xususiyatlari xam o’ziga xosdir. Ularni tashkil qilish va boshqalarning xam aloxida xususiyatlari mavjud. SHu tufayli Xalq ta’limi vazirligi tizimiga jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarish bo’limlari turli idoraviy va jamoat sport tashkilotlari xam kiradi.

SHu o’rinda aytish kerakki “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun asosida xozirgi kunda respublikada xalq ta’limi tizimida keskin o’zgarishlar, isloxatlar qtkazilmoqda. Jismoniy tarbiya darslari davlat ta’limi standartlari asosida tashkil etilmoqda. Respublikdagi 9 mingdan ortiq maktablarda 6 mln.ga yaqin o’quvchilar ta’lim olmoqda.O’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlaridagi talablarning soni xam tobora o’sib bormoqda. Ularda 17 mingdan ortiq o’qituvchilar jismoniy tarbiyadan mashg’ulotlar o’tkazilmoqda. Deyarli barcha o’quv yurtlarida sport zallari o’yin maydonlari ba’zi birlarida suv xavzalari mavjud. Sportning 20 dan ortiq turlari bo’yicha xar yili “Quvnoq startlar”, “Umid nixollari” musobaqalari o’tkazilib kelinmoqda. Bu xolatlar o’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlarida bir muncha ko’proq va sifatliroq tashkil qilinadi. O’quvchi yoshlarning ko’pchiligi turli sport to’garaklari sayoxatlar ommaviy sport musobaqalarida doimo ishtirok etadi. Xalq ta’limi vazirligi tizimida turli doirada va toifada tashkil qilingan bolalar va o’smirlar sport maktablari faoliyat ko’rsatadi ularning o’ziga xos tashkiliy moliyaviy-xo’jalik tadbirlari mavjud. Ana shularning xammasini uyushtirish va boshqarish uchun juda katta mexnat talab qilinadi.

O’quvchi yoshlarning darsdan tashqari sport va sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini tashkil qilish va sport musobaqalarini o’tkazishda ularning jamoatchi tashkilotlari, ya’ni “Yoshlik”, “Talaba”sport uyushmalari xamda ularining quyi tarmoqlari xizmat qiladi.

Yana shuni xam etirof etish kerakki mustaqillik sharofati bilan milliy qadiryatlar urf-odatlar tiklanmoqda. U juda ko’p ijobiy tamonlarga ega bo’lish bilan birgalikda maktab o’quvchilari ayniqsa maxalliy millat qizlarining jismoniy tarbiya sport bilan shug’ullanishlari xaqida turli fikr va muloxazalarni keltirib chiqarganligi sir emas. Ya’ni ularning murakkab mashqlarni bajarmasligi xozirgi mavjud bo’lgan sport kiyim-boshlarini kiymasligi va xakozolar. Bu xaqda Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o’rta maxsusta’lim vazirligi o’zining katta anjumanini Farg’onada o’tkazib ma’lum qarorga keldi. Bu o’z navbatida axolining xaqli etirozlarini inobatga olish va qizlar mashg’ulotlarini talab va zamon sharoitiga moslab o’tkazishda birqadar olg’a siljish bo’ldi. Lekin mazkur soxada mutaxassislar qizlarning o’zlari va ba’zi bir ota-onalarining xam jiddiy e’tirozlari borki qizlarni jismoniy tarbiya va sportdan butunlay uzoqlashtirish mumkin emas.

Xalq ta’limi vazirligi tizimida bevosita jismoniy tarbiya va sport ishlariga rahbarlik qiluvchi bo’limlar, kabinetlar asosan quyidagi faoliyatlarni amalga oshi-rishda rahnamolik qiladilar:


  1. O’quvchi yoshlarning jismoniy kamolotini oshirish, ularni mehnat va hayotga tayyorlash, bunda jismoniy mashq-lar bilan mustaqil shug’ullanishni o’rgatish.

  2. Sog’lom turmush tarzida jismoniy tarbiya va sport-ning mohiyatini, o’rnini ongli ravishda tushunishlariga erishish.

  3. Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari va turli musobaqalarda qatnashish yo’li bilan o’zlarining jismoniy sifatlarini tarbiyalash, jamoa (komanda) ahilligi, o’zaro hurmat va g’oliblik, kurash yo’llarini o’rgatish.

  4. Jismoniy tarbiya vositalari orqali mehnatga tay-yorgarlik va Vatan himoyasi uchun o’z kuch va qudratlarini oshirishga odatlantirish. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini to’la bajarishlariga erishish.

  5. Sport cho’qqilarini egallashga chorlash, xalqaro sport maydonlarida respublika obro’yini ko’tarish tuyg’ulari-ni kuchaytirish va vatanparvarlik fazilatlarini rivoj-lantirish.

  6. Bo’lajak kasbga tayyorlash va qaysi kasb-hunar bo’lma-sin, o’z sog’liqlarini mustahkamlashga intilish, kelajakda sog’lom avlod uchun kurash yo’llarini egallash va hokazolar.

Ana shu faoliyatlar o’quv yurtlarida qanday amalga oshi-rilayotganligi bilan faqat mutasaddi tashkilotlargina emas, balki juda ko’p mutaxassislar, ilmiy xodimlar ham qiziqadi. Ana shularni e’tiborga olgan holda maktab o’quv-chilarining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqish-lari hamda ularning jismoniy tayyorgarliklarini o’rga-nish maqsadida maxsus izlanish va tadqiqot ishlarini olib borish davom etmoqda. Bu tadqiqotlar Davlat sport qo’mitasi va O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya insti-tutining 1991-1995; 1996-2000 hamda 2005 yilgacha mo’ljal-langan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarining birinchi yo’nalishi va ilmiy hisobotlarida o’z ifodaeini topgan. SHuningdek, bir qator o’quv qo’llanmalari, uslubiy tav-siyanomalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar e’lon qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonla-ri va Vazirlar Maxkamasining "Kadrlar^tayyorlash mil-liy dasturi"ni amalga oshirish yo’lida O’zbekiston Res-publikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi hisoblanadi. Muassasaviy mansublikdan qatьiy nazar, barcha o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining o’quv rejala-ri, dasturlari, shu vazirliktomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. SHular qatorida o’quvchi-yoshlar va talaba-larningjismoniy tarbiya darslari, ommaviy sog’lomlash-tiruvchi sport tadbirlariga ham umumiy qoida va talab-lar asosida rahbarlik shu vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.

O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining jismoniy tar-biya va sport mashg’ulotlarini tashkil qilishda ularga rah-barlik tartibi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»-gi, «Ta’lim to’g’risida»™ qonunlar hamda davlat ta’lim standartlarida ko’rsatilgan umumiy qoidalar asosiga taya-niladi. Eng muhimi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini amalga oshirish ko’zda tutiladi. Bunda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimi tarkibida-gi bir qator maxsus bo’limlar va tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi. Bular quyidagilar:


  1. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining «Jismo-niy tarbiya va sport» bo’limi.

  2. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya kafedralari va sport klublari.

Ularning faoliyatiga ko’maklashuvchi sport jamiyatla-ri ham mavjud, ya’ni:

  1. Respublika Oliy o’quv yurtlari talabalarining «Ta-laba» sport uyushmasi, uning viloyatlardagi tarmoqlari /sport klub, bo’limi va hokazolar/.

  2. Respublika o’quvchi-yoshlarining «Yoshlik» sport ja-miyati, uning joylardagi sport klublari.

O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari asosan quyidagi vazifaparni hal etish-ga qaratilgandir:

  1. O’quvchi-yoshlar va talabalarning sog’lig’ini mustahkamlash, jismoniy va ma’naviy kamolotini yuksaltirish, iqtidorli sportchilarning mahoratini oshirish bilan bog’liq barcha tadbir hamda faoliyatlarni ta’minlash.

  2. Bo’lajak kasb-hunar yo’nalishi asosida jismoniy tarbiya va sportning nazariy bilimlari, amaliy ko’nik-malari hamda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish usullari bilan qurollantirish.

Ma’lumki, ijtimoiy mehnat va turmush sharoiti bi-lan bog’liq sohalar juda ko’p. Ular malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu yo’lda kasb-hunar kollejlari, turli yo’nalishdagi bilim yurtlari o’z fao-liyatlarini davom ettirmoqda. SHu bilan birgaliqda, Dav-lat ta’lim standartlari hamda «Kadrlar tayyorlash mil-liy dasturi» asosida yangidan kollejlar, litseylar, gim-naziyalar tashkil etilmoqda. Bunday o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari va ommaviy sport turlari bir-muncha ustuvor turadi. Ularni uyushtirish va tashkiliy ma-salalar umumiy qoidalar hamda maxsus Nizomlar asosida olib boriladi. Ularning «Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalari asosiy tadbirlardan biridir.

Yuqorida qayd etilgan Xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tizimining barcha turdagi hamda toifadagi o’quv maskanlari, muassasalarida «Jis-moniy tar^biya» darslari davlat dasturi asosida tashkil etiladi. Uquvchi-yoshlar va talabalarning «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablari hamda ommaviy sog’-lomlashtiruvchi sport tadbirlari sog’lom avlod tarbiyasi, ularning ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol bo’lib o’sishlarini ta’minlashga qaratilgandir. Ularning Uni-versiadalari eng muhim ommaviy sport tadbirlari tar-kibiga kirib bormoqda.

Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlik-lari o’z faoliyatlarini o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish, bo’lajak mutaxassislarni jismonan barka-mol qilib tarbiyalab yetishtirish maqsadiga qaratganlar.

Sog’liqni saqlash muassasalari tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish. Aholining sog’lig’inn nazorat va muhofaza qilish,

«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagn faoliyatlar

Sog’liqni saqlash muassasalari tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish. Aholining sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish

Sog’liqni saqlash vazirligi keng tarmoqli tizimlar-dan hisoblanadi. Uning tarkibida quyidagi o’quv va davo-lash muassasalari mavjud;



  1. Oliy va o’rta tibbiyot o’quv yurtlari.

  2. SHifoxonalar, davolash markazlari.

  3. Poliklinikalar.

  4. Sanatoriyalar va aholi sog’ligini qayta tiklash, da-volash markazlari.

  5. Ilmiy-tadqiqot institutlari, markaziy laborato-riyalar.

  6. O’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari tarki-bidagi tibbiy yordam bo’limlari.

  7. Jismoniy tarbiya dispanserlari va hokazolar.

Bularni tashkiliy jihatdan asosan ikki yo’nalishga ajratish mumkin:

  1. barcha tur va toifadagi tibbiy o’quv yurtlarida jis-moniy tarbiya darslari, sog’lomlashtiruvchi mashg’ulotlar hamda sport tadbirlarini tashkil qilish.

  2. bemorlarni jismoniy tarbiya vositalari yordamida davolash hamda sportchilar salomatligini kuzatish, nazorat qilish, jarohatlarni davolashni uyushtirish va hokazo.

Yuqorida qayd etilgan sohalar va tizimlar Sog’liqni saqlash vazirligi, viloyat va yirik shaharlardagi uning boshqarma yoki bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot bilim yurtlari, litsey va kollejlar hamda institutlardagi o’quvchi-yoshlar va talabalar jismoniy tar-biyaning umumtalab me’yorlarini darslarda, ommaviy sport tadbirlarida bajarib boradilar. SHu bilan birga, jismo-niy tarbiya, sport, sayohat, xalq milliy o’yinlari va tabi-atni sog’lomlashtiruvchi omillari: suv, havo, quyosh va bo-shqalar bilan davolash usullarini egallaydilar.

SHifoxona, davolash muassasalari va markazlarda shi-fokorlar tomonidan bemorlarni jismoniy mashqlar yordamida davolash faoliyatlari amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish korxonalari, o’quv yurtlari va turli muassasalar tarkibidagi tibbiy punktlar shifokori xo-dimlar va o’quvchi-yoshlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish, ularning salomatligini kuzatish, zarur bo’lganda tibbiy yordam ko’rsatish va nihoyat salomatlik haqida targ’ibot ishlarini olib borish bilan shug’ullanadilar.

Sog’lomlashtiruvchi tibbiy markazlar, jismoniy tar-biya dispanserlarida sog’lomlashtiruvchi guruhlar va sport jamoalarida shug’ullanuvchilarning jismoniy tayyorgar-ligi, rivojlanishi ustidan nazorat, ko’rik, sinov-taj-riba ishlari olib boriladi.

Umuman olganda, tibbiyot tizimidagi davolash muassa-salari hamda sanatoriya-kurortlarda bemorlarga tibbiy yordam berish, ularning sog’ligini tiklash va mehnat fao-liyatiga qaytarishda juda katta mahorat ko’rsatilmoqda.

Tibbiyot tizimi va shifokorlar oldida «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturida qo’yilgan vazifalarni astoydil, qunt va halol mehnat bilan ado ztish burchi turadi. Bu, o’z navbatida, sog’lom avlodni tarbiyalash, onalar va bola-larning salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarga chalinishning oldini olish bilan bog’liq g’oyat muhim mu-. ammolarni hal qilishni taqozo etadi.

«Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi, «Sog’liqni saqlash to’g’risida»gi qonunlar asosida Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi mutaxassislar Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi tizimidagi tashkilotlar, Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarmog’i-dagi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari bilan o’z faoliyatlarini hamkorlik asosiga qurgan holda ish olib boradilar.



Aholining sog’ligini nazorat va muhofaza qilish

O’tgan bo’limda asosan, tibbiyot sohasidagi o’quv yurtla-ri va davolash muassasalarining ba’zi bir faoliyatlari tilga olindi. Unda aholi istiqomat qiluvchi joylarda faoliyat ko’rsatuvchi poliklinikalar, shaxsiy davolash muassasalari alohida o’ringa egadir.

Aholi istiqomat joylarida ko’pchilik kasalliklarning turlariga qarab davolash, nazorat qilish, tez yordam ko’rsa-tish kabi bo’limlar, laboratoriyalar, ilmiy-uslubiy mar-kazlar tashkil qilingan. Ularning asosiy faoliyatlari quyidagi turlarga bo’linadi:


    1. Bemorlarni poliklinikada yoki uylarida ko’rish, davolash.

    2. Poliklinika tarkibidagi laboratoriyalar, davolash bo’limlarida uqalash /massaj, trenajerlarda mashq bajarish va hokazolar/ sog’lomlashtirish tadbirlari.

SHular asosida poliklinika shifokorlari bemorlar-ni maxsus hisobga olish (og’ir bemorlar, nogironlar va h.k.) va davriy nazorat qilish guruhlariga ajratadi. Ular bilan ishlashda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, tabiatning sog’lomlashtiruvchi omillaridan foydalanish, tozalik va gigienik qoidalarga rioya qilish tavsiya ztila-di. O’z navbatida, bu faoliyatlarning bajarilishi, ular-ning samaralarini doimiy ravishda kuzatib, nazorat qilib boradi. SHu tariqa shifokorlar bemorlarning sog’ligini qayta tiklaydilar va ularni muhofaza qiladilar.

Ma’lumki, aholining o’zini-o’zi boshqarish idorala-ri qonun asosida tashkil etilgan. Bunda mahalla oqso-

qollari kengashi faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Bu-larning ish faoliyatida poliklinika shifokorlari ham bevosita ishtrok etib, aholining salomatligi, yoshlar-ning oila qurishi kabi masalalarda suhbatlar va ma’ru-zalar olib boradi. Bu faoliyatlar ham aholining, ayniq-sa yosh bolalar, onalarning salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yosh ota-onalarning salomatligini ta’minlashdagi nazariy bilimlari hamda ko’nikmalarini rivojlantirishda shifokorlarning xis-salari g’oyat kattadir.

«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar

O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov o’zining «O’zbe-kistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» risolasida (1992 y.) «Yashash muhiti, tabiat va ma’naviyat ekologiyasi bir-biridan ajralmasdir. Bizning ota-bobolarimiz ki-shilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda, avvalo, chin yurakdan mustahkam salomatlik tilashgan. Sihat-salomat bo’lishning an’anaviy qadrini qayta tiklash va oila qad-ri bilan sharafli bir o’ringa qo’yish kerak» (69-bet), -degan. Buning amaliy ijrosi Prezident tomonidan «Sog’-lom avlod uchun» farmonining imzolanishi (1993 y. 4 mart) hamda shu asosida «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturining ishlab chiqilishi, uni hayotda qo’llashga qaratilgan bir qator qarorlarning qabul qilinishida ifodalangan.

O’zbekiston Prezidenti va xukumati tomonidan «Oila yili» (1998 y), «Ayollar yili» (1999 y.) «Sog’lom avlod yili» (2000 y.) «Ona va bola yili» (2001 y.) e’lon qilin-di. Bu borada amaliy ishlar sifatida juda ko’p madaniyat, sport tadbirlari hamda «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston» mavzusida o’tkazib borilayotgan vatanparvarlik, san’at-sport festivallarini misol qilib keltirish mum-kin.

«Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish Sog’liqni saqlash vazirligi, turli davlat idoralari va jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan. SHu sabab-dan davolash muassasalari onalik va bolalik nufuzlari-ga katta urg’u bermoqda. SHuningdek, o’quvchi-yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini o’stirish, aholining salomatligini yaxshilash borasida mutasaddi vazirliklar, «Sog’lom avlod uchun», «Mahalla», «Navro’z», «Ekosan» kabi xayriya jamg’armalari zimmasiga ham katta vazifalar yuk-latilgan.

Sog’lom avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari, ommaviy-sog’lomyaashtiruvchi jismo-niy tarbiya, sayohat va Xalq milliy o’yinlaridan foyda-lanishni yaxshi yo’lga qo’yishda xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda O’zbe-kiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi faol ishtirok etmoqda. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari, o’tkazilayotgan spartakiada-lar, universiadalar va turli sport, san’at festivallari kabi muhim tadbirlar omil bo’lib hisoblanmoqtsa.



Ichki ishlar, Mudofaa, Qishloq va suv xo’jaliga, Madaniyat va boshqa vazirliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari. Ichki ishlar vazirligi tiznmida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish

O’zbekistonning mustaqilligi sharoitida davlat va aho-lining osoyishtaligini ta’minlash, uni astoydil himoya qilishga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Bunda Ichki ishlar vazirligi xodimlari eng muhim faoliyat ko’rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Bu sohada kadrlarni tayyorlash, ularning nazariy bilim, amaliy ko’nikmalarini oshi-rishda jismoniy tarbiya va sport muhim rol o’ynaydi.

Ichki ishlar vazirligi xodimlarini tayyorlovchi o’rta maxsus o’quv yurtlari va Akademiyasi mavjud bo’lib, o’quv rejalarida jismoniy tayyorgarlik va sport mahoratla-rini oshirish maqsadida maxsus darslar tashkil etiladi. SHu bilan birgalikda, sport turlari bo’yicha jamoalar tuziladi va sport musobaqalari tashkil etiladi.

Sport tayyorgarligi va ommaviy sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan barcha tadbirlar «Dinamo» sport jamiyati tomonidan olib boriladi. Viloyatlar va yirik shaharlar-da «Dinamo» sport-klublari faoliyat ko’rsatib, ularga ichki ishlar xodimlari va iqtidorli sportchilar jalb etiladi.



Mudofaa vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sport ishlari

Mudofaa vazirligi tizimida zobitlar (ofitserlar) va shaxsmy tarkibdagi harbiylarni jismoniy, harbiy-jis-moniy hamda texnik jihatdan chiniqtirish, tarbiyalash asosiy faoliyatlar tarkibiga kiradi. SHu jihatdan har-biy Akademiya, havo, tank, avtomobil va boshqa sohalar-dagi Oliy hamda o’rta bilim yurtlarida jismoniy tarbiya bo’yicha mashg’ulotlar muntazam o’tkazilib, sport mashg’u-lotlari va musobaqalar tashkil etiladi. Harbiy qism-lardagi sport tadbirlari, harbiylarning jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maxsus yo’riqnomalar (instruktsiyalar) asosida olib boriladi.

Mudofaa vazirligi tarkibida mavjud bo’lgan Marka-ziy harbiy sport klubi (MHSK) zobitlarning harbiy jiemoniy tayyorgarligini oshirish va sport mashg’ulotla-rini tashkil etish uchun xizmat qiladi. Klub terma jamoa-lar tuzib, harbiy tashkilotlar respublika va boshqa sport musobaqalarida ularning qatnashishini ta’minlaydi.

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sport ishlari

Yuqorida ta’kidlanganidek, o’quv yurtlariga ega bo’lgan barcha vazirliklar, Davlat qo’mitalari o’z sohalarida jis-moniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qiladilar. Un-dan tashqari, o’z ixtisosliklarida faoliyat ko’rsatayotgan mehnat jamoalari, muassasalar va tashkilotlardagi aholi-ning jismoniy jihatdan sog’lom bo’lishini ta’minlash ularning muhim vazifalariga kiradi.

Ma’lumki, qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizi-mida ham ko’pgina o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari mav-juddir. Ularning o’quv rejalari va dasturlarida jismo-niy tarbiya darslari hamda ommaviy sport tadbirlari asosiy faoliyatlar tarkibidan o’rin egallagan. CHunki mu-taxassislarni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash umum-davlat ahamiyatga molik bo’lgan pedagogik jarayon hisob-lanadi.

Mehnatkash yoshlarning ish qobiliyatlarini, mehnat unumdorligini oshirish va ularning jismonan tetik bo’li-shida jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari muhim omillardan biridir. SHu sababli ishlab chiqarish korxo-nalari, ularning sport majmualarida sport klublar fao-liyat ko’rsatadi. Unda yetakchi murabbiylar, tajribali us-lubiyatchilar mehnat qilishadi.



Sport klublar tarkibida quyidagi ish turlari mavjud:

  1. Ishchi va mehnatkashlarning bo’sh vaqtlarida sog’lom-lashtiruvchi jismoniy mashqlar, o’yinlar, gimnastika va h.k.ni tashkil etish.

  2. Sport turlari bo’yicha terma jamoalar (komanda) tuzish, mashg’ulotlar tashkil qilish, ularning shahar, tu-man, viloyat va respublika sport musobaqalaridagi ish-tirokini ta’minlash.

  3. Sport turlari bo’yicha korxona xodimlarining bola-lari uchun sport maktabini tuzish.

  4. Sog’lomlashtiruvchi guruhlar tashkil qilish.

  5. Sport inshootlarini ko’paytirish, ta’mirlash, ular-da pullik xizmatlarni tashkil qilish (mashg’ulotlar, mu-sobaqalar, ijara va h.k.).

Madaniyat ishlari vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sport

Respublikamizdagi eng ko’p tarmoqli tizimlar qato-riga Madaniyat ishlari vazirligi ham kiradi. Uning tar-kibida quyidagi sohalar va tarmoqlar mavjud:



  1. Konservatoriya, madaniyat, san’at, musiqa va boshqa sohalardagi bilim yurtlari va Oliy o’quv yurtlari.

  2. Kino uylari, kinoteatrlar va shu sohadagi ishlab chiqarish muassasalari.

  3. Istirohat, ko’ngil ochish va dam olish bog’lari.

  4. Ilmiy - tadqiqot muassasalari.

Barcha turdagi ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darsi olib boriladi. O’quvchi-yoshlar va talabalarning ixtisosliklari hisobga olingan holda ommaviy sog’lom-lashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, mu-sobaqalari tashkil qilinadi. Aktyorlar, san’atshunoslar, rassomlar, ko’rgazma zallari, madaniyat klublari va ular bilan bog’liq tashkilotlar, muassasalarning xodimlari bilan maxsus jismoniy tarbiya mashg’ulotlari (balet, ritmik gimnastika, milliy raqslar tipidagi turli mashq-lar^ tashkil qilinadi.

O’zbekiston mustaqilligi sharoitida ommaviy mada-niy sport tadbirlarining shakli va mazmunlari kengay-ib, tobora boyib bormoqda. Bu jihatlar «Navro’z», «Mus-taqillik kuni» bayramlari, teatr va san’at bayramlari-da keng namoyon bo’lmoqda.

Madaniyat ishlari vazirligi Daalat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi hamda boshqa idoralar, jamoat tashki-lotlari, sport jamiyatlari bilan hamkorlikda xalqmil-liy o’yinlari respublika musobaqalari, festivallar va boshqa tadbirlarni o’tkazib kelmoqda. 2000 yilda O’zbekls-ton mudofaasiga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilo-ti «O’zbekkontsert» uyushmasi va boshqa daa^at jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston» mavzusida respublika aholisiga manzur bo’lgan festivalni tashkil etdi. Bunday ulkan madaniy tadbir-lar zamirida sog’lom avlod tarbiyasi, o’quvchi-yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotlarini yuksaltirish, Va-tan tuyg’usini tarbiyalash kabi hozirgi kun vazifalari mujassamlashgan.

Umumiy xulosa qilib aytganda, yurtimiz aholisini sog’lom qilib tarbiyalash, ularning salomatligini muho-faza qilish va o’quvchi-yoshlarning jismoniy kamolotini o’stirishda turli davlat idoralari hamda ularning quyi tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning mehna-ti yaxshi samaralar bermoqda.

Bu jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishda O’zbe-kiston Prezidentining «Sog’lom avlod uchun» farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror-lari, «Sog’lom avlod uchun» daapat dasturining mohiyatla-ri g’oyat bebahodir.

O’quvchi-yoshlar va talabalarning kasb-hunar egallash-lari, ularning jismoniy jihatdan rivojlanishlari uchun davlat ta’lim standartlari tarkibidagi «Jismoniy tar-biya» dasturlari, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test-lari keng yo’l ochib bermoqda.

Buyuk kelajak sari dadil borish va yangi asr avlodlarini jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlarida o’quv yurt-lariga ega bo’lgan vazirliklar, davlat qo’mitalarining faoliyati va ish mas’uliyati tobora oshmoqda.

Savollar?.

1.O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari jismoniy tarbiya va sport soxasidagi kanday asosiy vazifalarini amalga oshiradi?.

2.Xalq ta’limi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishda ishtiroki kanday amalga oshiriladi?.



3.Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish kanday amalga oshiriladi?.

4. Vazirliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari nimalardan iborat?.
Yüklə 51,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə