Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə1/16
tarix31.10.2018
ölçüsü3,87 Mb.
#77551
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




















ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ

ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ТОШКЕНТ ФАРМАЦЕВТИКА ИНСТИТУТИ


ЭКОЛОГИЯ ФАНИНИ ЎҚИТИШДА ИЛҒОР ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ”



модули бўйича


ў қ у в –у с л у б и й м а ж м у а


Тошкент -2016

Мазкур ўқув-услубий мажмуа Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2016 йил 6 апрелидаги 137-сонли буйруғи билан тасдиқланган ўқув режа ва дастур асосида тайёрланди.

Тузувчилар:
Нурмухамедов А.А. экология ва микробиология кафедраси доценти,

кафедра мудири

Абзалов А.А. экология ва микробиология кафедраси профессори

Дусмуратова Ф.М. экология ва микробиология кафедраси катта

ўқитувчиси

Максудова С.А. экология ва микробиология кафедраси

ассистенти

Тақризчи:
Жабборов А. Тошкент фармацевтика институти

фармакогнозия кафедраси доценти


Сапарова Г. Тошкент Аграр университети ўрмончилик ва

экология кафедраси доценти



Мундарижа

1.Ишчи дастур.......................................................................................................

2.Силлабус.............................................................................................................

3.Модулни ўқтитишда фойдаланиладиган интерфаол таълим методлари.....

4.Назарий материаллар.........................................................................................

5.Амалий машғулотлар материаллари................................................................

6.Кейслар банки.....................................................................................................

7.Мустақил таълим................................................................................................

8.Тестлар.................................................................................................................

9.Глоссарий............................................................................................................

10.Адабиётлар рўйхати.........................................................................................


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI

Ro‘yxatga olindi: “TASDIQLAYMAN”

№___________________ O’quv ishlari bo’yicha

prorektor

2016 yil “___”_________

________________________

“___”_____________2016 yil

EKOLOGIYA

FANINING

ISHCHI O‘QUV DASTURI

Bilim sohasi: 500000 - Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy

ta’minot

Ta’lim sohasi: 510000 - Sog‘liqni saqlash

Ta’lim yo‘nalishlari: 5111000 - Kasb ta’limi (5510500-

farmasevtika ishi)

5510500 - Farmatsiya (Klinik farmatsiya)

5510500 - Farmatsiya (farmasevtik taxlil)

5510600 - Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari)

5510500 - Farmatsiya (farmasevtika ishi)

5510600 - Sanoat farmatsiyasi (kosmesevtika)

5510600 - Sanoat farmatsiyasi (farmasevtik biotexnologiya)

5320500 - Biotexnologiya (farmasevtik biotexnologiya)


Toshkent – 2016
Fanning ishchi o‘quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:
Nurmuxamedov A.A – Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi

dotsenti,q/x.f.n.


Abzalov A.A. – Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi professori, b.f.n.
Dusmuratova F.M. – Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi katta o‘qituvchib.f.n.
Taqrizchilar:
Saparova G.K. – Toshkent davlat Agrar Universiteti o’rmonchilik va ekologiya kafedrasi dotsenti b.f.n.
Yulchiyeva M.T. – Toshfarmi farmakagnozi kafedrasi dotsenti, b. f. n.


Fanning ishchi o‘quv dasturi “Ekologiya va mikrobiologiya” kafedrasining 2016 yil “__” iyundagi “__”-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.



Kafedra mudiri:_____________ Nurmuhamedov A.A.

Fanning ishchi o‘quv dasturi “Sanoat farmatsiyasi” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2016 yil “__” iyundagi “__”-sonli bayonnoma).



Fakultet kengashi raisi:__________ Ilxomov X.Sh.
Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i
_____________________________________________

2.Nazariy mashg`ulotlar mazmuni



KIRISH
Ushbu dаsturdа ekologiya fanining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, ekologik omillar, ularning organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari, adaptatsiya jarayoni, yorug’lik, xarorat va namlikning tirik organizmlarga ta'siri, dorivor o’simliklarning ushbu omillarga nisbatan ekologik guruhlarga bo’linishi, moslanishi va suv hayotiy muhitining ekologiyasi, suvning radioaktivligi, quruqlik muhiti abiotik omillarning xususiyatlari, tuproq tabiiy tuzilishining ekologik mohiyati, tuproqni ifloslantiruvchi moddalar manbalari; biosfera tasnifi; tirik moddalar va ularning funktsiyalari; muhofazaga olingan turlar ekologiyasi, populiyatsiyalar, ekotizmlar, biotsenozlar, biosfera xaqidagi ta’limoti, zamonaviy ekologik muammolar, ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi, bioxilma-xillik, uning muxofazasi, O’zbekistondagi qo’riqxonalar va O’zbekiston “Qizil kitobi”ni o’rganadi.ekologik xafvsizlik, talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish kabi mavzularni o’z ichiga olgan.
O`quv fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri

Fаnni o`qitishdаn mаqsаd-tаlаbаlаrni fаrmаtsiya, kasb ta’limi, sanoat farmatsiyasi, biotexnologiya yo’nalishlari bo`yichа o`quv rеjа аsоsidа bo`lаjаk mаtаxаssislаrning ekologik, biоlоgik bilimini sifаtini yaxshilаshgа qаrаtilgаn. Dаstur I, III, IV sеmеstrlargа mo`ljаllаngаn.



Fanning vazifasi - talabalarga ekologiya va jonli organizmlarning o‘zaro munosabatlarning va ularning atrof muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuvi, hozirgi zamon ekologiyasi tabiatdan samarali foydalanishning ilmiy uslublarini, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning strategiyasini ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq etishini o’rganish buning uchun jamiyatdagi har bir inson ekologik qonuniyatlarni bilishi kerak.
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
“Ekologiya” fanini o‘zlashtirish jarayonidabakalavr:

  • ekologik omillar va ularning tasniflanishi;

  • turli ekologik omillarning organizmga ta’sir etishiningumumiy qonuniyatlari. Moslashishning turlari va ko‘rinishlari;

  • yorug‘lik, xarorat, namlik kabi omillarning organizmga ta’siri, o‘simlik va hayvonlarning ushbu omillarga nisbatan ekologik guruxlarga bo‘linishi;

  • suv - xayotiy muxitning ekologiyasi;

  • suv abiotik omillarining organizmlarga ta’siri;

  • suvning radioaktivligi;

  • suvning kimyoviy tarkibi;

  • gidrobiontlarning ekologik guruxlari;

  • quruqlik muhiti abiotik omillarining xususiyatlari;

  • tuproq tabiiy tuzilishining ekologik mohiyati;

  • o‘simlik va hayvonlarning ekologik hayotiy formalari;

  • tirik organizmlar o‘rtasidagi ekologik munosabatlar;

  • populyasiyalar ekologiyasi;

  • biotsenozlar ekologiyasi;

  • biosfera tushunchasi;

  • inson ekologiyasi;

  • ifloslangan atmosfera havosining atrof – muxitga, o‘simlik, hayvon organizmi hamda insonning sog‘lig‘iga ta’siri;

  • atmosfera havosidagi zararli omillarning er sirtiga tarqalish qonuniyatlari;

  • atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlar;

  • loyixalashga asoslangan tadbirlar;

  • suv manbalari va ularning sanitariya holati;

  • yuqumli va yuqumsiz kasalliklar;

  • suvni koagulyasiyalash usuli;

  • suvlarni maxsus tozalash;

  • chiqindi suvlarni tozalash;

  • tuproqni ifloslantiruvchi manbalar. Tuproqda o‘z – o‘zini tozalash jarayoni;

  • o‘simlik resurslaridan tejamli foydalanish va ularni muxofaza qilish;

  • xayvonot olamini muhofaza qilish;

  • “Qizil kitob” ning ahamiyatini bilish;

Bular bilan bir qatorda bakalavr:

  • adabiyotlar bilan mustaqil ishlash;

  • tajriba – tadqiqotchi tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan ma’lum tabiiy jarayonni kuzatish;

  • tasviriy, modellashtirish uslublaridan foydalanish;

  • ekologik monitoring va ekologik ekspertizalar haqida tushunchaga ega bo‘lish.

Talabalarning malakasiga qo‘yiladigan talabalar:

  • ekologiyada foydalaniladigan uslublar;

  • ekologik omillarining tirik organizmlarga ta’sir etishining umumiyqonuniyatlari;

  • mintaqa biosferasiga transportning ta’siri;

  • atmosfera havosidagi chang zarrachalarining inson organizmiga zararli tasiri;

  • suv sifatining gigienik me’yorlari;

  • tuproqni ifloslantiruvchi moddalar manbalari;

  • o‘simliklar dunyosining ekologik muvozanatini saqlash haqidagi malakalariga ega bo’lishi kerak.


O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Ekologiya fani 1-4-6 semestrlarda o‘qitiladi. Bu dasturni amalga oshirish uchun institutgacha bo’lgan umumiy biologiyadan, institut o‘quv rejasida rejalashtirilgan kimyo sanoati, tayyor dori turlari texnologiyasi, farmakognoziya, botanika fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi. Chunki bu fanlarning ayrim bo‘limlaridan olingan bilimlar talabani ekologiya fanini o‘zlashtirish vaqtida kerak bo‘ladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Ekologiya fanini ozlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan (“Vertushka”, “Aqliy xujum” va “Bumerang” va hk.) keng foydalaniladi.

O’quv jarayoni bilan bo’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogic darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedogogik texnologiyalardan va multimediya vositalridan foydalanish, tinglovchilarni undadigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqat yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.



“Ekologiya” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:

Shaxsga yonaltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayoninig barcha ishtirokchilarini tolaqonli rivojlantirishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyhalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo kelgusidagi mutaxasisslik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimining barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’I lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’imlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogic yondashuv. Bu yondashuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi.uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlidagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurlugini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

Axborotni taqdim qilishni zamonaviy vositalarini va usullarini qo’llash- yangi kompuyter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradox va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O’qitishni tashkil etish shakllari: diolog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal kollektiv va guruh.

O’qitish vositalari:o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik ma’ruza matni) bilan bir qatorda-kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits- so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarni tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi oquv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqri mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash:o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham oqitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib boorish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

“Ekologiya” fanini o’qitish jarayonida komyuter texnologiysidan, “Exsel” electron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular boyicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.


Ekologiya” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:

Kasb ta’limi (farmasevtika ishi), farmatsiya (klinik farmatsiya, farmasevtik taxlil, farmasevtika ishi), sanoat farmatsiyasi (dori vositalari, kosmesevtika, farmasevtik biotexnologiya), biotexnologiya (farmasevtik biotexnologiya)


t/r

Mavzular nomi

Jami soat

Ma’ruza

Laboratoria

mashg’ulot



Mustaqil ta’lim

1

Ekologiyaga kirish,Autekologiya va ekologik omillar.Hayot muhitlari: suv, er-tuproq, havo va tirik organizm. YAshash muhitlarining o‘ziga xosligi. Moslanish

14

2

6

6

2

Populyasiya xaqida ta’limot Populyasiyaning tuzilishi unda organizmlarning joylashishi

13

2

6

5

3

Biotsenoz va ekosistemalar xaqida ta’limot

Biotsenozlar (jamoalar) xaqida tushuncha,Organizmlar orasidagi munosabat tiplpri, turlararo munosabatlar



12

2

6

6

4

Biosfera xaqida ta’limot

Biosfera xaqida umumiy tushuncha . Biosferada moddalarning aylanishi



12

2

6

6

5

Amaliy va ijtimoiy ekologiya. Inson ekologiyasi Zamonaviy ekologik muammolarZamonaviy ekologik muammolar

12

2

6

5

6

Atmosfera xavosi va suv manbalarining ifloslanishi, va muxofaza qilish yo‘llari.Atmosfera havosining ahamiyati, uni iloslantiruvchi manbalar

12

2

6

5

7

Tuproqni ifloclantiruvchi manbalarining. Tuproq muxofazasi. Tuproqni floslantiruvchi man’balar, zaharli kimyoviy moddalar

12

2

6

5

8

Bio xilmaxillik va uning muxofazasi. Biologik zaxiralar, ularning ahamiyati va muxofazasi

12

2

6

5

9

Ekologik xavfsizlik, uzuluksiz rivojlanish, ta’lim va tarbiya konsepsiyasi. Muhit holatini nazorat qilish monitoringi. Ekologik ekspertiza

12

2

6

6

jami

121

18

54

49


Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Farmatsevtika instituti farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti yo’nalishlari sohalariga ekologiya fani moslashtirilgan bo’lib, u o’z ichiga ekologik omillarning organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari, adaptatsiya jarayoni, yorug’lik, xarorat va namlikning tirik organizmlarga ta'siri, dorivor o’simliklarning ushbu omillarga nisbatan ekologik guruhlarga bo’linishi, moslanishi va suv hayotiy muhitining ekologiyasi, suv abiotik omillarining tirik organizmlarga ta'siri, suvning radioaktivligi, suvning kimyoviy tarkibi, gidrobiontlarning ekologik guruhlari, quruqlik muhiti abiotik omillarning xususiyatlari, tuproq tabiiy tuzilishining ekologik mohiyati, tuproqni ifloslantiruvchi moddalar manbalari; biosfera tasnifi va chegaralari; biosferada hayotning paydo bo’lishi; tirik moddalar va ularning funktsiyalari; biosferaning geoximik sikllari va turg’unligi; muhofazaga olingan turlar ekologiyasi, O’zbekistondagi qo’riqxonalar va O’zbekiston “Qizil kitobi”ni o’rganadi.
Ma’ruza mashg’ulotlari
Ekologiyaga kirish. Autekologiya va ekologik omillar. Hayot muhitlari: suv, er-tuproq, havo va tirik organizm. Yashash muhitlarining o‘ziga xosligi. Moslanish.
Ekologiya fani haqida qisqacha tushuncha. Maqsadi vazifalari. Ekologiya fani bo’limi. Ekologiya faninning qisqacha tarixi, fanining vazifalari, bo’limlari. Autekologiya-tur vakllarining yashash sharoiti, bir-birlari hamda ularni o’rab turgan atrof-muhit bilan munosabatlarini organadi, shuningdek turning turg’unligini, uning turli ekologik omillar ta’sirida moslashuvini, muhitning organizmlarning morfologik, fizioligik va xulqiy o’zgarishlariga sabab bo’lishini aniqlaydi. Organizmlarning atrof-muhit ta’siriga reaksiyasiva o’zgarishiga oid ilmiy materiallarni taqqoslash. Natijada organizmlarning fasllar, yil va ko’p yillar davomida bo’lib o’tadigan o’zgarish qonuniyatlarini aniqlaydi, organizmgata’sir qiladigan tabiiy va sun’iy omillarning salbiy hamda ijobiy mohiyatini o’rgatadigan ilmiy materiallarni tasnif qilish natijasida qator ekologik qonunlarni ochadi (Libixninig minimum qonuni, Shelfordning ekologik tolerantlik qonuni, Lundogard-Poletaev qonunlari). O’simliklar dunyosi va hayvonot dunyosini o’rganishga qaratilgan ilmiy- uslubiy ishlar. Ekologiya (atrof-muhit) muammolarining tabiatdan foydalanish jihatlarini tadqiq qilish .

Tirik organizmlarning tashqi muhitga moslashuvining turli daraja va ko’rinishlarda namoyon bo’lishi.


Ekologik omillar,ularning organizmga ta’sir etish qonuniyatlari. Ekologik nisha.

Tashqi muhit, ekologik omillar. Ekologik omillarning ta'sir etish kuch bilan organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlarning o’zaro ta'siri. Ekologik muhit buzilishining sabab va oqibatlari. Ekologik omillarning tasniflanishi. Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari ).ekologik joy-nisha tushunchasi ancha keng, ya’ny : makondagi nisha yoki makondagi ma’lum joylanish ; trofik nisha (turlararo aloqalardagi turning joyi), ko’p gomerli yoki giper hajmli nisha. Bulardan shu narsa ko’rinadiki, organizm ekologik nishasida organizm qaerda yashayotganligi va uning atrof –muhitga bo’lgan umumiy talabi inobatga olinishi haqidagi tushunchalar.


Populyasiya xaqida ta’limot Populyasiyaning tuzilishi unda organizmlarning joylashishi
Populyatsiya tushunchasi. Populatsiya tur va ekosistemaning asosiy tizim birligi hisoblanadi. Populyatsiya haqidagi ta'limot, uning shakllanishi va rivojlanishi, ko’payishi qonuniyatlari, Populatsiya ma’lum bir tizim va tashkiliy xususiyatga ega bo'Iib uni tasvirlash ham mumkin. Populatsiyadagi individlar tug'iladi, qariydi va nobud bo'ladi, biroq populatsiya esa bu belgilardan mustasnoligi .

Populatsiyaning turli xususiyatlarga ega xaqidagi tushunchalarga ega bo’lib ya’niy: tug'ilish va nobud bo'lish, populatsiyaning katta kichikligi bir necha sabablarga asoslangan bo'lishi, populatsiyalar qo'shni populatsiyadan kelgan itidividlar hisobiga yoki bo'lmasa tug'ilish hisobiga kengayib borislii murnkinli xaqida farazlar

Tug'ilishning fiziologik va ekologik xillari bo'ladi. Fiziologik tug'ilishda ideal sharoitda nazariy hisoblangan, ya’ni individlaming maksimal hosil bo'lish soni tushunilib, bunda cheklovchi omillar ta’sir etmaydi, ko'payish faqat fiziologik sabablarga ko'ra cheklanishi mumkin va tug'ilish formulalar yordamida aniqlanishi, populatsiyaning o'sish chizig'I, populatsiya gomeostazi xaqida farazlar.

Populyatsion guruhlarning xususiyatlari, tur miqdori, zichligi, tug’ilishi, ko’payishi, yangidan vujudga kelgan individlar va ularning rivojlanishi. Turlarning populyatsion tuzilishi, bo’linishi. Populyatsiyalarning biologik tomondan xosligi, jinsi va yoshiga o’ziga qarab tuzilishi


Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə