Ўзбекистон республикаси ўрта махсу ва олий таълим вазирлиги



Yüklə 242,35 Kb.
səhifə1/3
tarix02.10.2017
ölçüsü242,35 Kb.
#2594
  1   2   3

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI O’RTA MAXSUS VA OLIY TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha

prorektor, professor

Teshayev O.R.______

«____»___________2012 yil
Kafedra: Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya
Fan: Travmatologiya-ortopediya

4-kurs Tibbiy profilaktika fakulteti uchun


YAGONA USLUBIY TIZIM
Umurtqa pog’onasining sinishi va chiqishi.

TMI - Osteoxondropatiyalar.


10 MAVZUSI bo’yicha amaliy mashg’ulot




T A ‘ L I M T E X N O L O G I YA S I

Toshkent - 2012



Tuzuvchilar:

Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya

kafedrasi mudiri: t.f.d. Karimov M.Yu.

O’quv ishlari bo’yicha mas’ul: ass., t.f.n. Salohiddinov F.B.




Ko'rib chiqildi va kelishildi.

Azizova F.X.- TTA o'quv bo'limi boshlig'i, professor
Muhokama qilindi va tasdiqga tavsiya etildi

TTA "Tibbiy-profilaktika fanlari

siklopredmet seksiyasi" raisi, professor______________ B.M. Mamatqulov
"_____" _____________ 2012 yil

Mashg’ulot № 10

O`QUV MASHG`ULOTIDA TA`LIM TEXNALOGIYASI MODELI

Mavzu: Umurtqa pog’onasining sinishi va chiqishi.

TMI - Osteoxondropatiyalar.

Talim berish texnologiyasi(amaliy mashg’ulot)

Vaqt: 225 minut (5 soat akadem soatlarda)

Talabalar soni:10-12

O’quv mashg’ulotining shakli va turi

Amaliy mashg’ulot

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

1. Kirish qism.

2. Nazariy qism

3.Analitik qism:

-Keys-stadi

-Testlar

4. Amaliy qism



O’quv mashg’uloti maqsadi:

Talabalarga umurtqa pog’onasi sinish va chiqishlari teoritik bilim berish va ularga shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordamni ko’rsatish va keyinchlik davolash uchun travmatologiyadan xususan amaliy ko’nikmalarini oshirish.

Talaba bilishi lozim:


  • umurtqa shikastlri turlari;

  • umurtqa jarohatida tibbiy yordam ko’rsatishni asosiy tamoyillari;

  • umurtqa jarohatlanishi tasnifi, tashxislash va davolash.

Talaba bajara olishi lozim:


Amaliy mashug’ulotlarni bajara olishi: Umurtqa pog’onasi shikastlanganlarni trasportirovka uchun immobilazastiya texnikasini o’zlashtirish.

Pedagogik vazifalar:

Umurtqa pog’onasi shikast turlari, tasnifi bilan tanishtirish.;

Umurtqa pog’onasi uchraydigan asoratlar va oldini olish tadbirlari usullari;

Ambulator sharoitda UASh dispanserizastiya vazifalari.

Ularni tibbiyot amaliyotidagi o’rni va axamiyati.


O’quv faoliyati natijalari:

Umurtqa pog’onasi shikast turlari ko’rsatadilar;

Umurtqa pog’onasi shikast turlarini tasniflaydilar va bilimlarini shakllantiradilar, tashxis qo’yish;

Umurtqa pog’onasi shikast turlari klinik tekshirish;

- birlamchi dispanserizastiyani o’rni va axamiyatini tartibli ravishda ochib beradilar.



Ta’lim usullari

Kuchsiz bo’im” o’yini, ma’ruza, axborot berish, namoyish, interaktiv ish o’yinlari. Keys-stadi

Ta’lim shakli

Jamoaviy, guruhlarda ishlash («Kuchsiz bo’im »), yakka tartibli

Ta’lim vositalari

Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rengent tasvirlar, skelet, jarroxlik anjomlari.

Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.

Ta’lim berish sharoiti

Guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar

Monitoring va baholash

Og’zaki so’rov: tezkor-so’rov, yozma so’rov: test




Umurtqa pog’onasining sinishi va chiqishi o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqich-lari va vaqti

225 daq


Faoliyat

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish

10 daqiqa

5 daqiqa


    1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni etkazadi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar: shikast turlari, klinikasi, profilaktikasi va davosi to’g’risida tushuncha beradi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.

    2. Adabiyotlar ro’yxatini beradi (ilova №6)

    3. Talabalarni aqliy hujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi Amaliy mashgulot rejasi va tuzilishiga qarab ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibi bayon qilinadi.

1.4. Amaliy mashg’ulotda talabalar faolligini baholash mezonlarini e’lon qiladi (ilova №5.2):




Tinglaydilar va yozib oladilar.

Tinglaydilar va yozib oladilar


Savollarga javob beradi.

Tinglaydilar


2-bosqich.

Asosiy qism

30 daqiqa

5 daqiqa
45 daqiqa

40 daqiqa
15 daqiqa
45 daqiqa
5 daqiqa

45 daqiqa


20 daqiqa

2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida mavzuning asosiy tushunchalari bo’yicha tezkor-so’rov o’tkazadi

2.2. Keys materiallarini muhokama qilishni tashkillashtiradi, ishlash qoidasi, vaziyatlarni tahlil qilish chizmasi, muammolarni ifodalanishiga e’tibor berishlariga qaratadi

Tanaffus
2.3. Vaziyatni mustaqil tahlil qilishni, muammoni ifodalashni, echish yo’llarini aniqlashni, so’ngra uni yechish topshirig’ini beradi( Ilova№3).
Tanaffus
2.4. Testlarni yakka tartibda ishlaydilar

2.5. Talabalarga ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish

(slaydlar, prezentastiya, videofilmlar va bq.), ularni izoxlash
Tanaffus

2.6. Talabalarga amaliy ishning rejasi va qadamma qadam bajarilishi tushuntiriladi.

2.7. Talabalar o’z qo’llari bilan amaliy ishni mustaqil bajarishadi va natijalarni daftarlarga bayonnoma tarzida yozishadi.

2.8. TMI mavzusi e’lon qilinadi va muxokama qilinadi


Kasallik tarixi yozish uchun bemorlar kurastiyasi va muxokama qilish.

Savollarga javob beradilar.
Muhokama qiladilar, aniqlashtiruvchi savollar beradilar

Amaliy qism materiallarini muhokama qiladilar,

aniqlaydilar, savollar beradilar.

Mustaqil ravishda tahlil qilish varag’ini to’ldiradilar, muammoni echadilar.

Vaziyatli masalalarni muhokama qiladilar

taqdimot qiladilar boshqa talabalar munozarada ishtirok etadilar, savollar beradilar



3-bosqich.

Yakuniy


10 daqiqa

3.1. Xulosa: Mavzu bo’yicha xulosa qiladi.

3.2. Faol talabalar baholanadi Guruh bo’yicha baxolash mezonlari e’lon qilinadi

3.3. Mustaqil tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va topshiriqlar beriladi


Tinglaydi

O’z o’zini baholaydilar.

Savollar beradilar

Topshiriqni yozadilar








1.Kirish qism:
1.1 Mashg’ulotni o’tkazish joyi va jihozlanishi:

  • Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya auditoriyalari.

  • Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rentgen tasvirlar, skelet, Shans yoqasi, gips bog’lamlar.

  • Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar






1.2 Motivatsiya

Mazkur mashulotni o’tkazish talabaga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, tekshirish, oriqsizlantirish ,immobilizatsiya tamoyillari, rentgen surati tahlili va dastlabki tashhis qo’yish va bemorni keyingi davolash shifoxonaga otkazishni tanlash imkoniyatini beradi. Talabaga javobgarlik xissini, singdirish, qiziqtirish va amaliy ko'nikmalarni egallashda zaruriy bilimlar xajmini kengaytirishga yordam beradi. Kelajakda to'g'ri va o'ziga ishongan xolda, logik va kritik fikrlashni, kasbiga ma'suliyatli yondoshishni talabada shakllantiradi.Umurtqa pog’onasining sinishi va chiqishi haqida to’liq tasavvur va ma’lumotga ega bo’lish UASHning ish faoliyatida amaliyotni to’g’ri tashkillashtirishga yordam beradi.





1.3 Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik:

Ushbu mavzu bo’yicha talabalarni o’qitish odam anatomiyasi, topografik anatomiya va operativ jarrohlik, radiologiya, neyroxirurgiya va umumiy xirurgiya bilimlariga asoslangan.




  1. Nazariy qism:


2.1 MASHG’ULOTNING QISQACHA MAZMUNI.

UMURTQA POG’ONASINING ASORATSIZ ShIKASTLANIShLARI

Orka miya va uning tutamlarini zararlamasdan umurtqa pog’onasining shikastlanishi asoratsiz shikastlanish deyiladi. Ular ichida oqibatlari nazarda tutilsa, eng og’iri umurtqalarning chiqishi va sinishi xisoblanadi. Bunday shikastlanishlarni o’z vaqtida davolamaslik umurtqalarning ikkilamchi shikastlanishiga va dural ko'pincha ichidagi orqa miya va uning tutamlarining xam zararlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuni esda saqlamoqlik joizki, umurtqalarning shikastlanishi to’la inkor qilingandan keyin «orqa soxa, boylamlar va boshqa a’zolar lat egan» degan tashxis qo’yish mumkin.



UMURTKA TANALARINING ChIQIShI VA SINIShI

Umurtqa tanalarining shikastlanishi ko’proq bilvosita ta’sirotdan, umurtqa pog’onasi o’qi bo’ylab yuk tushishi, to’satdan haddan tashqari uning bukilishi yoki (kamrok) yozilishidan kelib chiqadi. Ayrim hollarda ikki va xatto uch turdagi ta’sirotlarning ko’shilishi kuzatiladi. Masalan, mashina turtib yuborgan yoki birdan to’xgatilganda «xipchin urish» mexanizmida umurtqa pogonasi bo’yin qismining kuchli bukilishi uning yozilishi bilan ko’shilib keladi (216-rasm).

Kattalarda umurtka pogonasini fiziologik kiyshayishilarining biri-ikkinchisiga o’tish qismlari, ya’ni pastki bo’yin va yuqori ko’krak pastki ko’krak va yuqori bel umurtqalari ko’proa shikastlanadi.

Bo’yin soxasida ko’prok chiqish, ko’krak va bel soxalarida sinish va sinib-chiqish kuzatiladi.

Umurtqa pog’onasi shikastlanishini barqaror-beqaror orqa boylam majmuasi butunligi bilan aniqlanadi. Orqa boylam kompleksiga o’tkir o’siklararo, o’tkir o’siklar usti va sarik boylamlar xamda umurtkalararo bo’g’imlar kiradi. Shikastlanish orqa boylam majmuasining to’la buzilishi bilan kechsa bekaror, qolganlari barkaror shikastlanish deb ataladi. Bekaror shikastlanishlarda umurtkalarning oldingi-orka tarafga surilishga moyillik bo’lib, dural krpcha ichidagilarni ezib qo’yish xavfi bor. Barkaror sinishda bunday moyillik va xavf yo’q.. Bekaror shikastlanishla r g a umurtqalarning chiqishi va sinib chiqishi, umurtqa tanasi oldingi qismining yarim balandligi va undan ko’prok darajada ponasimon ezilib sinishi, shu bilan birga, buralib bukilgan sinishlar kiradi (217-rasm). Umurtqa tanalarining be-




k a r o r sinishlariga — tana burchagining qo’porilishi, umurtqa tanasining yarim balandligidan kam darajada ponasimon ezilish va «portlagan» sinishlar kiradi (218-rasm). «Portlagan» sinish umurtqa pog’onasi bukilmagan va yozilmagan xrdda o’ki bo’ylab og’irlik tushganda xosil bo’ladi va umurtqa tanalarining ustki va pastki yuzalarini krplab turuvchi plastinkalari parchalanadi. Dirildok yadrolar umurtqa tanalari ichiga kiradi va gidravlik zarba tamoyili bo’yicha ularni bo’laklarga parchalab tashlaydi. Barqaror shikastlanishlar beqaror shikastlanishlarga nisbatan ko’proq uchraydi.

T a sh x i s. Bemorlarning dastlabki vaqtlarda ko’p shikoyatlari umurtqa pog’onasining shikastlangan qismidagi og’riqdir. Og’riqding darajasi suyaklar sinishining og’irligigina emas, balki yumshoq to’qimalarning shikastlanishi, bemorning umumiy axvoli, shaxsiy sezgirligi va boshqa omillarga bog’liq,. Umurtqa pog’onasining shikastlanishi boshqa a’zolar jaroxatlanishi bilan birgalikda kelsa, bemor shifokor dikdatini umurtqa pog’onasidagi og’riqqa qaratmasligi natijasida uning shikastlangani aniqlanmay qolishi mumkin. Bunday hollarda to’g’ri tashxis qo’yishga to’la yig’ilgan anamnez va qunt bilan klinik tekshirish yordam beradi.

Qon quyilish, shilinishlar shikastlanish soxasini, ta’sirot kuchini aniqlyushda qo’l keladi. Umurtqa pog’onasi singanda bemorlar majburiy xolatni egallaydilar, ayniqsa, u bo’yin soxasining singani yoki chikdani ko’zga tashlanadi. Orqadan ko’rilganda, avvalo umurtka pogonasining fiziologik qiyshayishlariga diqqatni jalb qilish kerak Chin bukurlik kam uchraydi, ammo bel lordozining tekislanishi yoki ko’krak kifozining kuchayishi ko’p kuzatiladi. Kator x.ollarda yonga qiyshayish (skolioz) xam paydo bo’lishi mumkin. Mushaklari yaxshi rivojlangan shaxslarda shikastlangan umurtqalar sohasida orqa uzun mushaklar qisqarib, teri ostidan arqon kabi o’tkir o’siqlardan ikki tomonga qarab bo’rtib turadi. Bo’yin umurtqalari shikastlanganda bu soxada mushaklarning spastik qiskarishi doimiy uchraydigan belgi xisoblanadi. O’tkir o’siklarni paypaslaganda og’riq. seziladi. Og’riqdan

tashqari, paypaslaganda singan umurtqa o’tkir o’sig’ining orqaga turtib turgani va o’siqlar orasi shikastlangan soxada kattalashgani aniqlanadi. Bel umurtqalari singanda qorinda og’riq bo’lishi va qorin oldingi devori taranglashishi mumkin. Bu qorin seroz pardasi orqa soxasida gematoma borligi bilan bog’liqdir. qorin parda orqasidagi gematoma, kuyosh chigali va chegara simpatik ustuni zararlanishi yoki qattiqlanishi soxta o’tkir qorin klinikasini berishi mumkin, ayrimlarida u shunday yakkrl bo’ladiki, natijada tashxislovchi laparoskopiya, xatto laparotomiya qilishga to’g’ri keladi.

Bel yoki pastki ko’krak umurtqalari singanini orqa yumshoq to’qimalari shikastlangani va ko’ndalang o’sikdar singanidan kiyoslash uchun qornida yotgan bemorni yozilgan oyoqlarini ko’tarib, o’tkir o’siqlar paypaslanadi (Silin belgisi). Yumshoq to’qimalar lat eganida, cho’zilganida yoki ko’ndalang o’siklar singanida og’riq. kuchaymaydi, umurtka tanalari, o’tkir o’siklari va yoyi singanida og’riq. juda kuchayadi. Bu belgi shikastlanishdan ko’pgina vakt o’tgan bo’lsa, umurtkalarning singanini aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi, chuyki boshqa belgilar aniq, bo’lmaydi. Bemorning tovoniga urib yoki boshini bosib umurtka pogonasi o’ki bo’ylab ta’sirot berish faqat yotgan holda o’tkazilishi mumkin. O’k bo’ylab kattarok kj berish va ko’pollik bilan umurtka pogonasi xdrakat x.ajmini aniqlash, ayniksa, vertikal xolatda man etiladi.

Rentgenologik tekshirishni ikki yuzada, fas va profil xolatlarda olinadigan suratlar bilan boshlanadi. Keyinchalik ko’rsatmaga karab mo’ljal suratlar, tomografiya, rentgenogrammalar kiyshik yuzalarda olinadiki, ular umurtka tanalari va ularning orqa qismlari: yoylari, bo’g’im va o’tkir o’siklarida kuzatiladigan patologik o’zgarishlarni mayda qismlari bilan ko’rishga imkon beradi. Umurtka tanasi singanining doimiy belgisi bo’lib, yon tomondan olingan rentgen suratida ko’rinadigan ponasimon deformastiya xisoblanadi.

Pastki ko’krak va bel umurtkalari sinishi-ni davolash. Umurtka pogonasi sinishiga shubx.alanayotgan bemorga birinchi yordam berilayotganda umurtka pogonasini xarakatlantirish, ayniqsa, bukish mumkin emasligi, aks xolda u umurtka pogonasi va orqa miyaning yanada ko’prok shikastlanishiga olib keladi. Bunday bemorlar ostiga taxta ko’yilgan maxsus moslamalarda, umurtka pogonasini buqilishga yo’l ko’yilmagan xolda shifoxonaga yotkizilishi zarur. Umurtkalar sinishini davolash uchun ko’p usullar ichida eng ko’p qo’llaniladigani bir zumda yopiq repozistiya qilib, korset qo’yishdan, funkstional usul bo’lsa, asta-sekinlik bilan repozistiya qilib, korset qo’yishdan iborat.

Bir zumda yopiq repozistiya va ketidan korset qo’yish umurtka tanalarining yarim balandliga va undan ortikrok darajada ezilib, ponasimon bo’lib qolishida qo’llaniladi.



Usul tamoyili. Singan umurtkani kuch bilan orqaga to’krilash va shu xolda qadoqdanish bo’lguncha ekstenzion korset qo’yish. Bir zumda repozistiyani umumiy yoki maxalliy og’riqsizlantirish bilan amalga oshiriladi. Eng soddasi, Beler usulida og’riqsizlantirishdir. Unda singan umurtkalar sohasida o’tkir o’siklar orasiga 2-4 sm chukurlikka 0,5% novokaindan 20 ml yuboriladi. Maxalliy og’riqsizlantirish teri ostiga analgetiklar yuborish bilan to’ldiriladi.

Repozistiyani turli balandlikdagi stollarga bemorni korni bilan yotkizib, umurtka pogonasini orqaga bukib, Uotson-Djons-Beler usulida (219-rasm) yoki korni bilan yotgan bemorni oyoqlaridan yuqoriga tortib (Devis usuli) qilish mumkin. Lekin universal ortopedik stolda repozistiya qilish ko’prok maqsadga muvofiq. bo’ladi. Bunda umurtka pogonasini orqaga bukish prujinalovchi tasmalar kiyshikligini stollarni yaqinlashtirish bilan o’zgartirish orkali erishiladi.

Bir zumda yopiqrepozistiya qilib, rentgen nazorati o’tkazilgach, tezda umurtka pogonasini orqa yuzaga buqilgan holda korset ko’yiladi. Bemor holatini korset ko’yilayotgan chogda o’zgartirmaslik ko’zda tutiladi. Umurtka pogonasi ezilib singanda gipsli korsetning o’ziga xos xususiyatlari bor. Uning asosiy maqsadi — orqaga buqilgan xolda turgan umurtka pogonasini oldinga burilishiga yo’l ko’ymaslik Shuning uchun xam bunday korset ekstenzion deb ataladi. Korsetning uch tayanch nuqtasi bo’lishi kerak: tush, simfiz va umurtka pogonasining bel lordozining eng botik sox;alari. Iloji boricha tana orqa qismi ochiq qolishiga intilgan ma’kul. Bu keyinchalik orqa mushaklarni ukalash, fizioterapevtik va gigienik muolajalar o’tkazishni osonlashtiradi. Korset Yumashev, Silin va Talambum usulida ko’yiladi (220-rasm). Bu korsetning o’ziga o’xshagan ekstenzion korsetlardan farqi shundaki, unda gipsli bintlar yuk tushuvchi chiziklar bo’ylab o’tkaziladi. Shuning uchun material chikimi eng kam, korset vazni engil va tananing ko’p sohasi ochiq qoladi.

Birinchi kunlardan boshlabok fizioterapiya, ukalash, davolovchi jismoniy tarbiya o’tkaziladi. Repozistiyadan 3 xafta o’tgach, korsetda





yurishga ruxsat beriladi. 4-6 oydan so’ng korset olinadi. Keyinchalyus va katta ezilib sinish xollarida olib ko’yiluvchi ortopedik korset tavsiya qilinishi mumkin. Ishga layokatlilik singandan bir yil o’tgach tiklanadi.

Uchdan bir kiem balandligidan ko’p bo’lmagan ezilib umurtka tanasining asoratsiz sinishlarida funkstional usul bilan davolashga ko’rsatma bo’ladi.

Usul tamoyshi. Xarakatsizlantirish o’rinda yotish rejimi va umurtka pogonasi bo’ylab tortish bilan erishiladi, erta davolovchi jismoniy tarbiya (LFK) to’lakonli tabiiy «mushakli korset» yaratishga karatiladi.Singan umurtkaning butunligini tiklash maqsadi bu x.ollarda ko’yilmaydi. Umurtka pogonasi kiyshikligi keyinchalik ko’shni qismlarning moslashish, kompensastiya qilish xisobiga to’g’rilanadi. Korset dam ko’yilmaydi. Bu usul V.V.Gorinevskaya va E.F.Drevinglar tomonidan taklif qilingan bo’lib, mamlakatimizda keng qo’llaniladi.

Kdyshik yuzada qo’ltik osti soxasidan tortib, umurtka pogonasiga o’kh1 bo’ylab tushuvchi og’irlikni yo’qrtiladi, buning uchun fiziologik kiyshayishlar ostiga bolishlar ko’yib, yordam beriladi. Yostikchalar tabiiy kiyshikliklarni to’latib tursa bo’lgani, umurtkhning ork;aga buqilganini ular kuchaytirmasliga kerak (221-rasm). Bemor birinchi kundanokhjismoniy tarbiya bilan shugullanishi lozim. O’rinda yotish rejimi muddati 1,5-2 oy. 4-6 oy o’tgach ishga layokatliligi dakdsta so’z ketadi. Lekin katta jismoniy kuch bilan bog’liq. ishlar kshshshi, shikastlangandan bir yil o’tguncha man qilinadi.

Asta-sekin repozistiya qilish usuli uchun ko’rsatmalar bir zumda repozistiya qilingani kabidir.

Usul tamoyili. Repozistiya qilish umurtka pogonasini orqaga buqilishini 1-2 hafta mobaynida bosqichli oshirish va keyinchalik ekstenzion korset ko’yigddan iborat. Repozistiya bemor o’rnida (ostida qattiq taxta bilan) bel sodasiga keng yostikcha ko’yib amalga oshiriladi. 2-3 kundan so’ng yostikcha balandligi oshirilib, 7-10 kunlarda 10-12 sm ga olib boriladi. Asta-sekinlik bilan bajariladigan repozistiyani umurtka pogonasini orqa yuzaga sekinlik bilan yozishni amalga oshirib, bukadigan maxsus konstrukstiyalar (reklinator) yordamida amalga oshirsa ham bo’ladi (222-rasm).

Eng kulay moslama bo’lib, Yumashev va muallifdoshlari tavsiya qilishgan, rezinali uch bo’lmali ustma-ust joylashgan, ichiga x.avo






to’ldiriladigan rek-linator l;isoblanadi. Bo’lmalar bir-biri-dan ajratilgan, sigi-mi 15, 10 va 5 l ga tengdir. Umurtke pogo­nasini ork;aga bukish darajasi moslama bo’lmalarini boshich-ma-bosqich \a’o bilan tuldirib boshk;ari-ladi. Xavo reklinato-rida bemorlar metall konstrukstiyalarga nisbatan o’zlarini yaxshi khs k;iladilar.

Sekin-asta repozistiya bilan birga jismoniy tarbiya, ukdlash va fiziotera-pevtik muolajalar o’tkaziladi. 15-20 kunlarda bemor yotgan >;olatida ekstenzion korset ko’yiladi. Keyingi davolash bir zumda repozistiya khilingan bemorlar kabi olib boriladi.

Umurtka tanalari-ning asoratsiz flek-sion sinishida ope­rastiya usulida bir necha umurt-k;alarni ork;a khismlarini xo­ti r i sh g a ko’rsatma

tug’iladi.



Usul tamoyshi. Repozistiyadan so’ng shikastlangan umurtka pokonasi segmentining o’tkir o’siklari, yoylari yoki ko’ndalang o’sik>lari biriktiriladi. Shunday qilib, yuk umurtka pogonasining orqa shmkastlanmagan qismita gushadi, zararlangan umurtka tanasi esa bitish vaqti davomida yukdan ozod kilinadi. Umurtka pogonasini ,\arakatsizlantiruvchi tashqi moslamalar kullanilmaydi.

Singan umurtqani operastiyadan oldin bir zumda yopiq usulda yoki asta-sekinlik bilan to’rrilanadi.

Orqa miya kanali oldingi devori shikastlanmay umurtkalarning barkaror sinishida Stivyan va Ramix temir tortkichi, Veysflog kontraktori yoki Yumashev-Silin usulida orqa mushaklarni shikastlamay alloplastik biriktirishni amalga oshirish mumkin. Yumashev-Silin usulida shikastlangan umurtkadan tashqari ixki yuqori va ikki pastda joylashgan umurtkalar xam qotiriladi (223-rasm).

Operastiyadan keyingi davrda davolovchi jismoniy tarbiya va ukalashga katta ahamiyat beriladi, ular orqa mushaklarni mustaxkamlashga qaratilgan.

O’rinda yotish rejimi muddati umurtka pogonasi sinishining xarakteri va operastiya vaqtida orqa mushaklar shikastlanish x.ajmiga bog’liq.. Yumashev-Silin operastiyasidan 4-6 kundan keyin bemorlar oyoqda tursa, Stivyan va Ramix moslamasi ishlatilganda — 14-16 kundan so’ng metall plastinalari ishlatilganda (orqa mushaklar ko’prok zararlanadi) o’rinda yotish rejimi muddati 3 x.aftagacha uzaytiriladi. 2-3 oy o’tgach ishga layokatlilikning tiklanishi hakida so’z boradi.

«Portlab» sinishlarda dirildok yadro singan umurtka bo’laklari orasiga kirib qoladi (disk to’qimalari bilan interpozistiya) va qadoqlanish jarayoniga xalakit beradi, shuninguchun bunday x,ollarda singan umurtka tanasini olib tashlab, o’rnini suyak transplantanta bilan almashtirgan ma’kul.



o’gkaziladi. O’rinda yotish rejimi muddati 2-3 xdfta. Ishga layokatlilik 4-6 x,aftadan so’ng tiklanadi.



UMURTQALAR O’TKIR O’SIKDARINING SINIShI

O’tkir o’siklar x,am bevosita, xdm bilvosita shikastlanishdan sinishi mumkin. Bir necha o’tkir o’siklarning birvarakayiga sinishi x,am kuzatiladi.

T a sh x i s. Bemorlarni singan soxdstagi maxdlliy og’riq. bezovta kiladi, og’riq. umurtka pogonasini orqaga yo oldinga bukkanda kuchayadi. Singan o’tkir o’siklar ustida xosil bo’lib paypaslanganda ogriydi. Ayrim lollarda o’tkir o’siklar orasining o’zgargani, ularning xdrakatchanligi va o’rta chizikdan yonga surilganligi aniqlanadi. Yon tomondan olingan rentgen suratida sinish chizigi ko’rinadi.

D a v o l a sh. Singan soxlga 5 ml dan 0,5-1% novokain eritmasi yuboriladi. Og’riq. davom etaversa, og’riqsizlantirish 2-3 kunda krytariladi. 2-3 xafta o’rinda yotish rejimiga rioya qilinadi. Ishga layokatlilik 3-5 xdftadan so’ng tiklanadi.



O’TKIR O’SIQDAN U STI VA ORASIDAGI BOYLAMLARNING ShIKASTLANIShI

O’tkir o’siklar usti va orasidagi boylamlarning alox,ida shikastlanishi bo’yin va bel soxdlarida uchraydi. Shikastlanish mexanizmi bilvosita. Boylamlar umurtka pogonasi oldinga ko’p buqilganda yoki kuch bilan yozilganda o’tkir o’siklar orasida ezilishi mumkin.

Tashxis. Orqa boylamlarning yangi uzilishida maxdlliy okrik bezovta kiladi. Umurtka harakatlari og’riq. bilan kechadi. Ayniqsa, umurtka pogonasini orqaga bukish buziladi, ayrim xollarda juda azob bero’vchi og’riq. seziladi. Bu o’gkir o’siklar orasida boylamlarning ezilishidan bo’lsa kerak Ko’rilganda shikastlangan boylamlar sohasida qon ko’yilishi xhisobiga bukyl aniqlanishi mumkin. O’tkir o’siklar oralikini paypaslaganda og’riq, bo’ladi. O’siklararo boylamlar jarohatlanganda k1 gtik og’riq. o’tkir o’siklar orasini o’rta chizikda bosilganda emas, balki undan ozgina yon tomonda aniqlanadi. Paypaslaganda shikastlangan boylamlar kemtigi kuzatilishi, to’la uzilganda barmoq. o’tkir o’siklar orasiga erkin kiradi. O’tkir o’siklarning bir-biridan kochishi boylamlarning aloxdda yangi uzilishida odatda kuzatilmaydi. Umurtka pogonasining oddiy rentgen suratlarida o’zgarishlar ko’rinmaydi. Pekin rentgen suratini olish suyak singahini inkor etish uchun shart.

O’tkir o’siklar usti va orasidagi boylamlarning shikastlanishi kech muddatlarda jaroxdglangan sohada bel sanchigi tipidagi og’riqlar xarakgerlvdir. Bemorlar bel mushaklariningtezsta charchashini aytishadi. Keyinchalik uzatiluvchi og’riqdar paydo bo’lishi mumkin, ularning kelib chiqishi ko’pincha disklardagi degenerativ o’zgarishlar, krlaversa orqa va orqa yon disk churralarga bog’liqdir. Umurtka pogonasini xarakati, ayniksa, uni orqaga bukish cheklanadi. Doimiy belgilari: og’riqh o’tkir o’sikdar orasining kengayishi, o’tkir o’siklar orasidagi boylamlarning bo’shashishidir.

T a sh x i s. O’tkir o’siklar usti va orasidagi boylamlarning shikastlanishining kech davrlardagi klinik manzarasi boshqa ko’p patologik xolatlarga o’xshab ketadi; masalan, umurtka pogonasi osteoxondrozi. Shuning uchun aytib o’tilgan boylamlar shikastlanganini kech davrlarda aniqlash uchun maxsus tekshirish usullarini o’gkazish lozim. Ularning eng soddasi jaroxatlangan boylamlarni vaqtincha og’riqsizlan-tiradigan sinamadir. O’tkir o’sikdar orasiga 3-5 ml 2% novokain eritmasi yuboriladi. Agar bemorlarda xakikatdan boylamlar shikastlangan bo’lsa, og’riq. vaqtincha o’tadi. Xatto umurtka pogonasini orqaga bukish og’riqsiz bo’lib qoladi (og’riqsizlantirish sinamasi musbat). Lekin boylamlarning



shikastlangani disklardagi degenerativ o’zgarishlar bilan birgalikda kechsa, sinama natijasi manfiy bo’lishi mumkin, chunki og’riq.faqat boylamlardagi o’zgarish bilan emas, balki disklardagi o’zgarishlarga xrm bog’liq, Bu xollarda o’tkir o’siklar orasidagi boylam­larning butunligi hakida noto’kri fikr paydo bo’lishi mumkin. Shunday qilib, og’riq.sizlantirish bilan topilgan musbat sinama o’tkir o’siklar orasidagi boylamlarning uzilganini bildirsa, manfiy sinama uni inkor eta olmaydi. Shubxa k;ilingan xollarda kontrast modda yuborib, rentgen tekshiruvi — ligamentografiya o’tkazish tavsiya qilinadi. O’tkir o’siklarni ikkala yon tomonlaridan kontrast moddani suvdagi eritmasi yuboriladi. Agar o’siklar orasidagi boylamlarda darcha, kemtik bo’lsa, u kontrast modda bilan to’ladi va fas rentgen suratida o’siklararo boylamlar yoruglanishi fonida kontrast modda soyasi ko’rinadi (228-rasm).

D a v o l a sh. Boylamlar shikastlanishining dastlabki davrida konservativ funkstional davolash tavsiya qilinadi. Shifoxonada shikastlangan soxa og’riqsizlantiriladi, keyinchaliku 3-4 kundan keyin qaytariladi. Bemorni ostida taxtasi bor kdggiko’ringachalkancha yotkdoiladi. Davolovchi jismoniy tarbiya o’tkaziladi. 2-xaftadan boshlab krrniga aylanishga ruxsat beriladi, shu vaktdan boshlab tana orqa qismini massaj qilishga ko’rsatma beriladi. O’rinda yotish rejimining umumiy muddati 3-6 xafta.

Lekin korset ishlatilganda yaxshirok natijalarga erishiladi. Bunday davolashning asosida uzilgan bog’lam bo’laklarini maksimal yaqinlashtirish va barcha bitish davrida xdrakatsizlantirish yotadi. Og’riqsizlantirilgach, umurtkha pogonasini orqaga buqilgan xolda ekstenzion korset ko’yiladi. Shunday khilib, o’tkir o’sikdar va ularga yopishadigan boylamlar maksimal yakinlashtiriladi. Jismoniy davolovchi tarbiya, fizioterapevtik muolajalar bemor korsetdaligidanoko’tkaziladi. Korsetni takib yurish muddati 4-6 \_afta. Shikastlangandan keyin ko’prok vakt o’tgan bo’lsa, konservativ davolash natijasi kamrokdir. Agar bir yil mobaynida konservativ muolajalar bilan natijaga erishilmasa, jarroxlik usuli qo’llani-ladi, o’siklararo boylamlarni Yumashev, Silin va Dmitriev usulida lavsan tasmachalar bilan plastika qilinadi (229-rasm).



Operastiyadan so’ng qattiq yotokda o’rinda yotish rejimiga rio5 qilinadi. O’rinda agdarilish cheklanmaydi. Operastiyadan so’ng birinch! kunlardanok davolovchi jismoniy tarbiya va fizioterapevta! muolajalar tavsiya qilinadi. Bemorlar oyoqda ko’tarilgach umurtk1 pogonasini harakatsizlantirish uchun tashkoy moslamala} ishlatilmaydi. Tanani oldinga bukishni 8-10 x,afta mobaynid(

cheklanadi. Ishga layokatlilik 11-12haftadan so’ng tiklanadi. :

-


Yüklə 242,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə