Ўзбекистон республикаси согликни саклаш вазирлиги



Yüklə 152,02 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü152,02 Kb.
#30566


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

TASDIQLAYMAN”

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Professor Teshaev O.R.

___________________________

“27” avgust 2015y.

DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI
Fakultet jarroxlik fani

O‘T-TOSH KASALLIKLARI.

SURUNKALI TOSHLI XOLETSISTIT”

mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari uchun

o‘quv texnologiyasi

Toshkent 2015

Tuzuvchilar:

Professor Xakimov M.Sh.

Dotsent Berkinov U.B.

Assistent Sattarov O.T.


O‘quv texnologiyasi tasdiqlandi:

Davolash fakulteti gospital va fakultet jarroxlik kafedrasi o‘quv-metodik kengashi, “27” avgust 2015y. № 1 bayoni


Mavzu: O‘t-tosh kasalliklari.

Surunkali toshli xoletsistit.



  1. O‘quv mashg‘ulotida o‘quv texnologiyasi modeli.

Davomiyligi – 6 soat

Talabalar soni – 8-10 odam.

O‘quv mashg‘uloti shakli

O‘quv xonasida amaliyot darsi va seminar “qora -quticha” va “o‘rgimchak ini” usullarini qo‘llash bilan.

Mashg‘ulot o‘tqazilishi joyi

Mashg‘ulot fakultet va gospital jarroxlik kafedrasida va statsionarda o‘tkaziladi (o‘quv xonasi, palata, bog‘lov xonalari, poliklinika – TTA 2-klinikasi).

O‘quv mashg‘uloti strukturasi

  1. Kirish

  2. Amaliy qism

- bemorlar kuratsiyasi

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni muxokama qilish


  1. Nazariy qism

- Nazariy qismni muxokama qilish

4. Baholash

- o‘z-o‘ziga baho berish va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi tomonidan baholash

5. O‘qituvchi xulosasi. Bilimlarni baholash. Kelgusi dars mashg‘uloti bo‘yicha savollarni berish.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga O‘t-tosh kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar, kuratsiya uchun olingan bemorlar misolida tekshirish yo‘llarini, tashxis ko‘yish, qiyosiy tashxis va davolash usullarini o‘rgatish. O‘t-tosh kasalliklari etiologiyasini, patogenezini, tasnifi, klinikasi va umumiy davolash xususiyatlarini taxlil kilish.

O‘qituvchining vazifalari:

  • O‘t-tosh kasalliklari. Surunkali toshli xoletsistitning klinik manzarasi va kechishi xususiyatlari haqida talabalar bilimlarini mustah-kamlash va yanada chuqurlashtirish.

  • O‘t-tosh kasalliklari. Surunkali toshli xoletsistit klinik manzarasi va kasallikni kechish variantlari.

  • Boshqa kasalliklar bilan differensial diagnostika o‘tkazish tamoyillarini tushuntirish.

  • Talabalarda kasallik-ni o‘z vaqtida erta aniqlash va xavfli asoratlar rivojlani-shidan avval bemorlar-ni ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborish ko‘nikmalarini shakl-lantirish.

  • Kasallikni yangi davo-lash usullari tamoyil-lari va oldini olish chora-tadbirlari bilan talabalarni tanishti-rish.

O‘quv faoliyati natijalari:

Talaba bilishi lozim:

  • diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

  • tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlar interpretatsiyasi;

  • ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

  • operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini balish;

  • amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

  • O‘t-tosh kasalliklari. Surunkali toshli xoletsistit bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

  • maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.

Talaba bajara olishi lozim:

Amaliy ko‘nikmalarni bajara olishi – O‘t-tosh kasalliklari va surunkali toshli xoletsistit bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.



O‘quv metodlari va texnikasi

“Qora quticha” va “O‘rgimchak ini” usullari, vaziyatli masalalar, mavzu bo‘yicha testlar.

O‘quv vositalari

O‘quv qo‘llanmalari, o‘quv materiallari, slaydlar, video va audio materiallar, kasallik tarixi.

O‘quv shakllari

Individual ishlash, guruxda kollektiv bilan ishlash, prezentatsiya qilish.

O‘quv sharoitlari

Auditoriya, palata.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruxda o‘quv vazifalarini bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish; yozma nazorat: test o‘tkazish.


2. Motivatsiya

Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi. Talabalar kasallikning xavfli asoratlari rivojlangunga qadar o‘z vaqtida adekvat operatsiyalarni bajarish lozim ekanligini bilishlari kerak, asoratlar rivojlanganda esa – eng informativ va zamonaviy diagnostika hamda jarroxlik davolash usullari bilan tanishtirish, operatsiyadan tashqari va operatsiya jarayonidagi asoratlar, ularni oldini olish usullari bilan tanishtirish. Talabalarda klinik fikrlashni shakllantirish.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar ichki kasalliklar, reanimatologiya va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi


4. Mashg‘ulot mazmuni

4.1. Nazariy qism

O‘t yo‘llari va o‘t pufagi kasalligini kasalligi - hozirgi zamon gastroenterologiyasining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Bu kasallik 100 000 aholiga hisob qilganda 7-9 hollarda uchraydi. Kasallik yoshlar va yoshi ulg‘aygan hamda keksa odamlarda ham uchrab tursada, asosan 20-60 yoshdagi kishilarda bo‘ladi. Erkak va ayollarda uchrash nisbati yoshlarda va o‘rta yoshlarda 1/3, yoshi ulg‘aygan odamlarda 1/5 va keksalarda deyarli 1/6. Bemorlarning nogiron bo‘lishlari jihatidan o‘t yo‘llari va o‘t pufagi kasalligi 4-5 - o‘rinni egallaydi.



Anatomik-fiziologik ma'lumotlar. O‘ng va chap tomondagi jigar yo‘llari jigarning shu nomidagi bo‘laklaridan chikib, umumiy jigar yo‘lini xosil kiladi. Jigar yo‘lining eni 0,4 dan 1 sm gacha o‘zgarib turadi va o‘rta xisobda 0,5 sm ni tashkil kiladi. O‘t yo‘lining uzunligi taxminan 2,5-3,5 sm. Umumiy jigar yo‘li o‘t pufagi yo‘li bilan ko‘shilib, umumiy o‘t yo‘lini xosil kiladi. Umumiy o‘t yo‘lida to‘rtta bo‘lim fark kilinadi: o‘n ikki barmok ichak ustida joylashgan supraduodenal, o‘n ikki barmok, ichak yukori-gorizontal tarmoki orkasidan o‘tadigan retroduodenal, retropankreatik (me'da osti bezi boshchasi orkasidagi) va o‘n ikki barmok ichakning vertikal tarmoki devoridagi intramural bo‘limlar.

Umumiy o‘t yo‘lining distal bo‘limi o‘n ikki barmok, ichak shillik pardasi ostidagi kavatda joylashgan katta duodenal surgich (Fater surgchi) xosil kiladi. Katta duodenal surgich uzunasiga ketgan, doirasimon va kiyshik tolalardan iborat avtonom mushak sistemaga - Oddi sfinkteriga ega, bu sfinkter o‘n ikki barmok ichaklariga boglik emas. Pankreatik yo‘l katta duodenal surgichga yakinlashib, umumiy o‘t yo‘lining terminal bo‘limi bilan birga duodenal surgich ampulasini xosil kiladi. Katta duodenal surgichda operatsiya bajarishda o‘t yo‘li bilan pankreatik yo‘llarning o‘zaro munosabatlariga doyr turli variantlar xisobga olinishi lozim. O‘t pufagi jigarning pastki yuzasida unchalik katta bo‘lmagan chukurchada joylashgan. O‘t pufagining sigimi taxminan 50—70 ml ni tashkil kiladi. O‘t yo‘lining shakli va o‘lchamlari uning yallig‘lanishi va chandiqli jarayonlarida o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. O‘t pufagining tubi, tanasi, bo‘yni farq qilinib, bo‘yni pufak yo‘liga o‘tadi. Aksariyat o‘t pufagi bo‘ynida qo‘ltiqsimon bo‘rtma - Gartman cho‘ntagi hosil bo‘ladi. Pufak yo‘li ko‘pincha xoledox o‘ng yarim doirasiga o‘tkir burchak ostida tushadi. O‘t pufagi devori uchta parda: shiliq, mushak va fibroz pardalaridan iborat. Pufak shilliq pardasi ko‘p sonli bo‘rmalar hosil qiladi. Pufak bo‘yni soxasida va pufak yo‘lining boshlang‘ich qismida ular Geyster klapanlari degan nom olgan, pufak yo‘lining bir-muncha distal bo‘limlarida silliq mushak tolalari dastalari bilan birga Lyutkins sfinkterini hosil qiladi. Shilliq parda mushak dastalari orasida joylashgan ko‘p sonli bo‘rmalar - Rokitanskiy - Ashoff sinuslarini hosil qiladi.

O‘t pufagiga o‘t pufagi bo‘yni tomonidan asli jigar arteriyasining bitta yoki ikkita shohi, yoki uning o‘ng tarmog‘idan keladigan pufak arteriyasi orqali qon bilan ta'minlanadi. Limfatik tugunlarga limfa oqib ketishi jigar darvozasidan va jigarning o‘zidagi limfatik sistemadan sodir bo‘ladi. O‘t pufagi innervatsiyasi qorin chigali tarmoqlari, chap adashgan nerv va o‘ng diafragmal nervdan tashkil topgan jigar tarmog‘idan amalga oshiriladi. Jigarda ishlanadigan va jigardan tashqaridagi o‘t yo‘llariga tushadigan o‘t suyuqligi (safro) suv (97%), o‘t tuzlari (1 -2%), pigmentlar, xolesterin va o‘t kistalaridan (taxminan 1%) iborat. Jigarning o‘t ajratish o‘rtacha debiti minutiga 40 ml. O‘t pufagida suv va elektrolitlar surilishi hisobiga o‘t suyuqligi konsentratsiyasi ro‘y beradi. Bunda o‘tning asosiy komponentlari konsentratsiyasi ularning jigar o‘tidagi dastlabki miqdoridan 5-10 marta oshgan bo‘ladi. Ovqat, nordon me'da shirasi, yog‘lar va qon intestinal gormonlar - xoletsistokinin, sekretin o‘t pufagining qisqarishini va ayni vaqtda Oddi sfinkterining bo‘shashishini vujudga keltiradi.

Ovqat o‘n ikki barmoq ichakdan o‘tgandan va o‘n ikki barmoq ichakda ishqoriy bo‘lib qolgandan keyin qonga gormonlar ajralishi to‘xtaydi, Oddi sfinkteri qisqarib, o‘tning ichakka tushib turishiga tusqinlik qiladi.



Tekshirish usullari. O‘t pufagi va o‘t yo‘llarining diagnostikasi avvalo bemorlarning shikoyatlarini, anamnezni va organizmni fizik usullar bilan tekshirish natijalarini o‘rganishga asoslanadi.

Bemorlar quyidagilarga eng ko‘p shikoyat qiladilar: og‘riq, dispepsiya, istma, et junjikishi, teri qichishi, sariqlikdir. Anamnezni Aniqlashda bemorda ilgari sariqlik va jigar hamda o‘t pufagining o‘tkir kasalliklari, sanchiq xurujlari bo‘lgan-bo‘lmaganiga ahamiyat berish zarur, ular bu organlarning (Surunkali xoletsistit, xolangit va o‘t-tosh kasalligi) shu kasallikni boshlab bergan bo‘lishi extimol. Fizik tekshirish usullaridan bemorni ko‘zdan kechirish, paypaslab ko‘rish, perkussiya, auskultatsiyadan foydalaniladi. Ular anatomik va funksional o‘zgarishlar to‘g‘risida tushuncha hosil qilishga imkon beradi va ko‘pincha bemorni davolash jarayonida o‘ning xolati dinamikasiga baho berishda asosiy usullardan sanaladi.

Jigarni funksional tekshirish bu organning spetsifik faoliyatini, masalan, pigment, zararsizlantiruvchi, oqsil hosil qiluvchi, farmakometabolizm kabi vazifalarni aks ettiradi.

Biliar kasalliklarni diagnostika qilishda rentgenologik tekshirish ko‘p xollarda hal qiluvchi axamiyatga ega bo‘ladi.

Bemor qornini bosib yotganida olingan su'rat jigarning o‘lchamlari, shakli va joylashuvi va undagi yirik strukturaviy o‘zgarishlar to‘g‘risida ma'lumot berishi mumkin.

Xoleografiya. Xoleografiya usuli jigarning o‘t yo‘llariga tushganda organ - yod saqlaydigan moddalar ajratish qobiliyatiga asoslangan bo‘lib, ularning rentgen kontrast tasvirini olishga imkon beradi. Vena ichi xoletsistoxolangiografiyasi o‘t pufagining holatidan qat'y nazar, uning qisqarish funksiyasi buzilganda, pufak yo‘li blokadasida, shuningdek xoletsistektomiyadan keyin pufak olib tashlanganda o‘t yo‘llarining rentgen kontrast tasvirini olishga yordam beradi.

Teri orqali xoletsistografiya qilish. Kattalashgan o‘t pufagi punksiya qilingandan va kontrast modda yuborilgandan keyin o‘ni rentgenologik tekshirishdan iborat. Operatsion xolangiografiya xirurgik operatsiyalar vaqtida o‘t yo‘llarini rentgen kontrast tekshirishdan iborat. Xozirgi sharoitlarda bu tekshiruv o‘t yo‘llaridagi operatsiyalarda albatta o‘tkaziladigan bosqich xisoblanadi, chunki u diagnostika sifatini oshirib, asoratlar sonini kamaytirishga va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.

Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (RPXG) - Fater surg‘ichiga yoki duodenoskopiyada biliar anastomoz og‘ziga kiritilgan kateter yordamida kontrast modda yuborishdan iborat.

Teri orqali jigar orqali xolangiografiya (ChChXG) jigar ichidagi o‘t yo‘llarini punksiya qilish, ularga kontrast modda yuborish va keyin rentgenologik tekshirishni o‘z ichiga oladi. Odatda teri orqali xolangiografiyani mexanik sariqlikda o‘tkaziladi: bu usul o‘t yo‘llarida obturatsiya borligini tasdio‘lash, uning joyini Aniqlash va sababini bilishga imkon beradi. Tekshirish uchun ingichka po‘lat ignalar va rentgentelevizion moslamalardan foydalanish tufayli bu metodika keng tarqaldi.

O‘t yo‘llarini manometrik tekshirish - xolangiomanometriya ularga suyuqlik yuborilgandan keyin bosim ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat, bu o‘t chiqaruvchi yo‘lning funksional qobiliyati va o‘tkazuvchanligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.

Jigar o‘t yo‘llarini ultratovush bilan tekshirish. O‘t pufagini ultratovush bilan tekshirishda juda qimmatli ma'lumot olish mumkin, bu ularda konkrementlar yoki yangi xosil bo‘lgan tuzilmalar borligini Aniqlash imkonini beradi.

Jigarni radioizotop tekshirish - uning radioaktiv moddalarni yutish xususiyatiga asoslangan. Shunga asoslanib, jigarning radioaktiv preparatni yutish dinamikasi bo‘yicha funksional qolati aniqlanadi va radioaktiv preparatning jigar to‘qimalariga taqsimlanishiga doyr morfologik xususiyatlari o‘rganiladi.

O‘t yo‘llarini endoskopik tekshirish usullari. Xirurgiya amaliyotida laparoskopiyani aksariyat jigarning o‘chokli zararlanishi, o‘t yo‘llari saratonini aniqlash maqsadlarida, shuningdek sariqlikni differensial diagnostika qilishda qo‘llanishga to‘g‘ri keladi.

Duodenoskopiya - katta duodenal surg‘ich xolatini tekshirish, o‘n ikki barmoq, ichak patologiyasini istisno qilish imkoniyatini beradi.

Xoledoxoskopiya – operatsion diagnostika usullari qatoriga kiradi va tekshirishning muhim bosqichi xisoblanadi.

O‘t-tosh kasalligi. O‘t-tosh kasalligi - 40 yoshdan oshgan odamlarda uchraydigan tarqalgan kasallik. 70 yoshdan oshgan kishilarda kasallanish 30-40 foizni tashkil qiladi. Aksariyat ayollar kasallanadilar.

O‘t-tosh kasalligining morfologik substrati pufak va o‘t chikaruvchi yo‘llardagi toshlar xisoblanadi. O‘t toshlari o‘tning odatiy tarkibiy qismlari - bilirubin, xolesterin, kalsiydan tashkil topgan. O‘t toshlari asosan o‘t pufagida xosil bo‘ladi, toshlar o‘t yo‘llarida kamdan-kam paydo bo‘ladi. O‘t toshlari paydo bo‘lishining asosiy sababi 3 ta: moddalar almashinuvi buzilishi, o‘t pufagi epiteliysidagi yallig‘lanish o‘zgarishlari va o‘t dimlanishidir. O‘t-tosh kasalligi simptomlarsiz o‘tishi mumkin va o‘t pufagida toshlarni bemorni boshqa kasallik sababli tekshirayotganda, qorin bo‘shlig‘i organlarini operatsiya qilayotganda yoki yorib ko‘rish vaqtida tasodifan aniqlanadi. Klinik jixatdan o‘t-tosh kasalligi ko‘pincha jigar (o‘t pufagi) sanchig‘i ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Og‘riq aksariyat parxez buzilganda, jismoniy zo‘riqishda paydo bo‘ladi. Og‘riq xuruji paydo bo‘lishiga o‘t po‘fagi bo‘ynida pufak yo‘lida tosh qisilib qolishi sabab bo‘ladi. Og‘riq, o‘ng qovurg‘alar ostida va epigastral soxada joylashgan bo‘lsa, bel soxasiga, o‘ng kurakka beriladi. Ko‘pincha jigar sanchig‘i xuruji ko‘ngil aynishi va safro aralash bir necha marta qayt qilish bilan o‘tadi, biroq bunda bemor yengil tortmaydi.

Kuzdan kechirishda qorinning bir oz kepchishi e'tiborni o‘ziga tortadi, qorin devorining o‘ng yarmi nafas aktidan orqada qoladi, qorin paypaslab ko‘rilganda o‘ng qovurg‘alar ostida, ayniqsa o‘t pufagi proeksiyasida keskin og‘riq paydo bo‘ladi. Mushaklarning o‘z-o‘zidan tarang tortishi bo‘lmaydi yoki kam ifodalangan, Ortner - Grekov, Myusse - Georgievskiy simptomlari musbat. Laborator analizida leykotsitlar miqdori normal yoki birmuncha oshgan.

Surunkali kalkulyoz xoletsistit. Jigar sanchig‘i xuruji tuxtagandan keyin bemorlar xech nimadan shikoyatlar qilmay, o‘zlarini sog‘lom xis qilishlari mumkin. Biroq ularda o‘ng qovurg‘alar ostida og‘irliq va simillagan og‘riq bo‘lib, u ovqatdan keyin kuchayadi, qorin dam bo‘ladi, ich ketadi, og‘iz bemaza bo‘ladi. Birlamchi Surunkali xoletsistit jigar sanchig‘i xurujlarisiz ko‘rsatib o‘tilgan simptomlar bilan kechadi. O‘t-tosh kasalligi va kalkulyoz xoletsistit asoratlari: xoledoxolitiaz, xoledox terminal bo‘limida chandiqli striktura, ichki oqmalar paydo bo‘lishi, xolangit, xoletsistopankreatit, o‘t pufagi istisqosi, o‘t pufagi empiemasi.

Xoledoxolitiaz - o‘t-tosh kasalligi va kalkulyoz xoletsistitning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan sanaladi (20% bemorlarda uchraydi). Yoshi o‘tgan va keksa yoshdagi odamlarda xoledoxolitiaz 2-3 marta ko‘proq kuzatiladi. Ko‘pchilik bemorlarda umumiy o‘t yo‘liga toshlar o‘t pufagidan tushadi. Bunga pufak yo‘lining kalta serbarligi, pufak bo‘yni yoki gartman cho‘ntagi soxasida yara bo‘lib, o‘t pufagi bilan umumiy o‘t yo‘li o‘rtasida keng oqma paydo bo‘lishi sababchidir.

Xoledoxolitiaz o‘zok vaqtgacha simptomlarsiz kechishi mumkin. Xatto gipotikoxoledoxning ko‘p sonli toshlarida xam o‘t ajralishi buzilishi hamavaqt sodir bo‘lavermaydi. O‘t suyuqligi jigardan tashqaridagi o‘t yo‘llari bo‘shlig‘idagi toshlarni guyo chetlab oqib o‘tadi va xoledox terminal bo‘limida to‘siq bo‘lmasa, bemalol o‘n ikki barmoq, ichakka tushadi. Toshlar gepatikoxoledoxning eng tor bo‘limlariga, uning terminal bo‘limiga va Ayniqsa katta duodenal surg‘ichi ampulasiga tushganda o‘t suyuqligining ichakka oqib ketishiga to‘siq - paydo bo‘lib, bu klinikasida mexanik sariqlik bilan yuzaga chiqadi. Ba'zan sariqlik xoledox terminal bo‘limida yoki katta duodenal surg‘ichda «ventil» tosh bo‘lganda sariqlik remittirlovchi xarakterga ega bo‘ladi. Toshlarning xoledox terminal bo‘limidagi okklyuziyasida o‘t gipertenziyasi vujudga kelib, klinik jixatdan bu o‘ng qovurg‘alar ostida simillagan og‘riqlar va mexanik sariqlik bilan o‘tadi. Jigardan tashqari yo‘llarda bosim yanada osha borganda ularning bo‘shlig‘i kengayadi va tosh gepatikoxoledox proksimal bo‘limlariga guyo suzib chiqqanday bo‘ladi, sariqlik kamayadi va yo‘kolishi mumkin.

Katta duodenal surg‘ich va umumiy o‘t yo‘li terminal bo‘limidagi chandiqli strikturalar duodenal surg‘ich shillik, pardasi toshlardan, yalig‘lanish jarayonida zararlanganda paydo bo‘ladi. Strikturalar bir necha millimetrlardan 1 - 1,5 sm gacha masofada chegaralangan va umumiy o‘t yo‘lining terminal bo‘limi 2-2,5 sm va bundan ko‘prok konsentrik toraygan tubulyar bo‘lishi mumkin. Chandiqli strikturalarda, odatda, patognomonik klinik simptomlar bo‘lmaydi. Xoledox terminal bo‘limining o‘t suyuqligi va pankreatik shira oqishining bo‘zilishi bilan o‘tadigan stenozida xoletsistopankreatit, o‘tkir yoki Surunkali pankreatit, mexanik sariqlik, xolangit simptomlari paydo bo‘ladi.

Ichki biliodegistiv oqmalar. O‘t pufagida toshlarning uzoq, vaqt turib qolishi devorida va o‘t pufagi bilan perixoletsistitga uzviy bog‘langan yakin joylashgan kavak organda yara paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Oqmalarning ko‘pincha o‘t pufagi bilan me'da o‘rtasida yoki o‘t pufagi bilan gepatikoxoledox o‘rtasida shakllanishi ro‘y beradi. Ichki biliodegistiv oqmalarning klinik belgilari juda kam, shunga ko‘ra operatsiyaga qadar hamma bemorlarda ham diagnoz qo‘yishning iloji bo‘lavermaydi.



Toshsiz xoletsistit. O‘tkir toshsiz xoletsistit. Uning etiologiyasida bakterial infeksiya omili, o‘t pufagining me'da osti bezi yo‘lidagi o‘ut yo‘llariga va o‘t pufagiga reflyuksida pankreatik jigarning jarohatlovchi ta'siri muayyan axamiyatga ega.

Diagnostikada va davolash usulini tanlashda bemorni ob'ektiv tekshirish ma'lumotlari, o‘tkazilayotgan davo zaminida kasallik klinik manzarasining dinamikasi hal qiluvchi axamiyatga ega.

Surunkali toshsiz xoletsistit. Toshsiz Surunkali xoletsistit klinikasi Surunkali kalkulyoz xoletsistit klinikasiga o‘xshash. Biroq o‘ng qovurg‘alar ostidagi og‘riq unchalik kuchli bo‘lmaydi, biroq uzoq davom qilishi, deyarli doimiy xarakteri bilan ajralib turadi, parhyez bo‘zilganda keyin kuchayadi. Diagnostikada xoletsistoxolangiografiya o‘t yo‘llarini ultratovush bilan tekshirish eng ko‘p ma'lumot beradi.

O‘t yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarida konservativ davolash. O‘tkir xoletsistitli hamma bemorlar statsionarda xirurgning doimiy nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Tarqalgan peritonit simptomlari bo‘lganda shoshilinch operatsiya qilish talab etiladi. Boshqa hollarda bemorlar dori-darmonlar bilan davolanadi. Bemorlarga ovqatni cheklangan miqdorda berilib, faqat ishqoriy suyuqliklar ichishga ruxsat etiladi.

Bu bemorlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

1. Me'dani nazogastral zond bilan bushatish kerak, chunki me'da parezi o‘t pufagida va o‘t yo‘llarida dimlanishni battar qiyinlashtiradi.

2. Paranefral novokain blokadasi.

3. Spazmolitiklar. Kuniga ikki marta til ostiga 1q2 tabletka nitroglitserin tayinlash shart, chunki u Oddi sfinkteriga tanlab spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Atropin, no-shpa, galidor o‘t pufagi bo‘ynidagi sfinkter apparatiga xuddi shunday bo‘shashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.

4. Infuzion terapiya 5%li glyukoza eritmasi va Ringer eritmasi yuborishni o‘z ichiga oladi.

5. Mikrob florasi aktivligini pasaytirish uchun gepatotoksik bulgan tetratsiklin qatoridagi preparatlardan tashqari, ta'sir spektri keng antibiotiklar tayinlanadi.

6. Simptomatik va kardial terapiya. O‘tkir xoletsistopankreatitda dori-darmonlar bilan davolash kompleksi o‘tkir pankreatitni davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlarni ham o‘z ichiga olishi kerak.

Ko‘pchilik bemorlarda o‘tkir xoletsistit xuruji to‘xtashi mumkin. Xuruj to‘xtagandan keyin bemorni o‘t pufagida toshlar bor-yo‘qligiga tekshirish zarur. Agar o‘tkir xoletsistitni 12-24 soat davolash zaminida bemorning ahvoli yaxshilanmasa, qorinda og‘riq saqlanib qolsa yoki kuchaysa, qorin oldingi devori mushaklarining o‘z-o‘zini ximoya qilish qobiliyati saqlanib qoladi va kuchayadi, puls tezlashadi, leykotsitoz oshadi, shoshilinch xirurgik operatsiya o‘tkazish talab etiladi.



Sariqlik. Teri va shillik pardalar, skleralarining tuqimalarida ortiqcha bilirubin yig‘ilishi natijasida sarg‘imtir buyalishiga sariqlik deyiladi. Bunda qonda bilirubin miqdori oshgan bo‘ladi. Sariqlik ichki organlarning qator kasalliklariga xos klinik sindrom xisoblanadi. Bilirubin darajasining oshish sababiga ko‘ra sariqlikning uchta asosiy tipi farq qilinadi.

Gemolitik (jigar ustidagi) sariqlik eritrotsitlar parchalanishi va bilvosita bilirubin ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu hodisalar retikuloendotelial sistema xujayralarining funksiyasi oshib ketganda birlamchi va ikkilamchi gipersplenizmda vujudga keladi.

Parenximatoz (jigarga oid) sariqlik gepatotsitlar jarohatga uchrab, ularning qondagi ozod bilirubinni bog‘lash va uni bilirubin glyukuronidga (bevosita bilirubin) o‘zgartirish kobiliyati pasayganda ruy beradi. Virusli gepatit, leptospiroz, jigar sirrozi, ayrim zaxarlanish parenximatoz sariqlikning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan xisoblanadi.

Mexanik (obturatsion) sariqlik o‘t chiqaruvchi yo‘llar qisman yoki to‘liq tutilib qolib, o‘ut suyuqligining ichakka oqishi bo‘zilishi natijasida rivojlanadi. Mexanik sariqlik aksariyat xoledoxolitiaz, katta duodenal surg‘ich strikturasi, me'da osti bezi boshchasi va o‘t chiqo‘vchi yo‘llardagi o‘smalarga bog‘liq.

Mexanik sariqlikda teri qoplami sarg‘imtir-yashil bo‘ladi, o‘t yo‘llarini bekitib qo‘yadigan o‘smalarda esa yersimon rangda bo‘ladi. O‘t-tosh kasalligiga bog‘diq obturatsion sariqlikda kasallik boshlanayotganda jigar sanchig‘i tipi bo‘yicha o‘ziga xos xurujsimon og‘riqlar paydo bo‘ladi, ba'zan sariqlik o‘tkir xoletsistit zaminida vujudga keladi. Pankreatoduodenal zona o‘smalarida sariqlik og‘riq sezgilarisiz paydo bo‘ladi. Teri qichimasi, ayniqsa bilirubin darajasi baland bo‘lganda kuchli bo‘ladi. Pankreatoduodenal zonasida o‘smalari bo‘lgan bemorlarning yarmida Kurvuaze simptomining musbatligi aniqlanadi. Ahlat ochiq rangli, o‘t yo‘llari butunlay epilsa axolik bo‘ladi. Siydik to‘q, rangli. Bevosita va bilvosita bilirubin konsentratsiyasi, ayniqsa pankreatoduodenal zonaning obturatsion o‘usmalarida keskin oshgan bo‘ladi.

Sariqlikning biror turining klinik kechish xususiyatlari sariqlikni qo‘zg‘atgan kasallik xarakteriga bog‘lik. Bu xol sariqlik turlarini differensial diagnostika qilishda qo‘shimcha qiyinchiliklar to‘g‘diradi. Sariqlikni diagnostika qilishning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan klinik va laboratoriya metodlaridan tashqari, sariqlikning har xil turlarini differensial diagnostikasi uchun zarur va kimmatli axborot olishga imkon beradigan rentgenologik, endoskopik, radiologik, ultratovush bilan tekshirish usullariga katta o‘rin beriladi.

Mexanik sariqlik butun gepatobiliar sistemadagi o‘zgarishlar va butun organizmning bir qator umumiy og‘ir buzilishlari bilan o‘tadi, bemorlar qolatining og‘irligi sariqlik darajasi va davomliligiga proporsional ravishda ortadi, bu qator yangi patologik holatlar paydo bo‘lishiga olib keladi, shu sababli davolash natijasi yomonlashadi va letallik ko‘payadi. Jigar funksional holatining dekompensatsiyasi nisbatan tez o‘tkir jigar yetishmovchiligi avj olishiga olib keladi. I. M. Matyashin ma'lumotlariga binoan o‘t yo‘ullari obturatsiyasidan 10-14 kun o‘tgach jigar funksiyasi shu qadar buziladiki, xirurgik operatsiya qilish g‘oyat xatarli bo‘lib qoladi va yuqori letallik bilan o‘tadi.

Mexanik sariqlikni davolashda dekompressiv aralashuvning muddatlari va turlari, profilaktika qilish yo‘llari va operatsiyadan keyin jigar yetishmovchiligini davolash muxim masala xisoblanadi. Operatsiya o‘t pufagi gipertenziyasini davolashning eng ta'sirchan chorasi xisoblanadi Biroq narkoz, operatsion jarohat jigar yetishmovchiligi rivojlanishi va klinik ifodalangan formaga o‘tishi sababli bemorlarning axvolini qiyinlashtiradi. Ko‘rsatib o‘tilgan jixatlar xirurglarni mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarda radikal operatsiyalarni 2 bosqichda o‘tqazish kerak degan fikrga olib keladi: birinchi bosqichda jigar funksional xolatini va bemorlarning umumiy axvolini yaxshilaydigan operatsiya, ikkinchisida radikal operatsiya qilish taklif etiladi. Xozirgi vaqtda laparoskopik xoletsistostomiya, o‘t yo‘llarini nazobiliar drenajlash, endoskopik transduodenal papillotomiya kabi extiyot qiladigan metodlar qo‘llaniladi. Teri orqali jigar orqali xolangiostomiya sariqlik, xolangit xodisalarini kamaytirish yoki to‘gatish, antibiotiklarni tanlash va maxalliy antibakterial davolash uchun o‘tni ekish, xayfli o‘smalarni ximiyaviy preparatlar bilan davolash imkonini beradi. Undan operatsiyani ko‘tara olmaydigan bemorlarda o‘t chiqaruvchi yo‘llarni tashqi yoki ichki drenajlashning doimiy metodi sifatida foydalanilishi mumkin.



Teri orqali jigar orqali endobiliar operatsiyalar. Bunday operatsiyalarga ko‘rsatmalar klinik, laboratoriya va instrumental tekshirish metodlari bilan belgilanadi. Agar mexanik sariqlik xavfli kasalliklarga bog‘lik, bo‘lsa, xatto bilirubin miqdori nisbatan yuqori bo‘lmaganda teri orqali jigar orqali xolangiografiya va o‘t yo‘llarini teri orqali jigar orqali drenaj qilishdan foydalaniladi. Mexanik sariqlikka xavfsiz kasalliklar sabab bo‘lib, yuqori xolemiya va davolashning endoskopik metodlari naf bermaganda yoki yaxshi natijalarga olib kelmaganda, xirurgik operatsiyalar esa jiddiy xavf ostida bo‘lganda o‘t yo‘llarini teri orqali jigar orqali drenaj qilishga kirishiladi. O‘t yo‘llarini teri orqali jigar orqali drenaj qilishga monelik qiladigan xollarga jigarning ko‘p sonli metastatik zararlanishi, jigar-buyrak yetishmovchiligi korreksiya qilinmaydigan bemorlar axvolining nixoyatda og‘irligi, qon ketish xavfi bo‘lgan o‘zaro gipokoagulyasiyani kiritish mumkin. Klinikaga keltirilgan xamma bemorlar suv-tuz balansi, kislota-ishkor holati, gemodinamika va nafas buzilishini korreksiya qilishga qaratilgan endobiliar operatsiyaga puxta tayyorgarlikdan o‘tadilar. Yoshi o‘tgan va keksa bemorlar uchun bu tayyorgarlik aloxida ahamiyatga ega bo‘ladi. Teri orqali jigar orqali endobiliar operatsiyaning asosiy metodlari tashqi va tashqi-ichki drenajlar xisoblanadi. Zararlanish xarakteriga ko‘ra o‘t yo‘llarini kateterlashning u yoki bu turi bajariladi. O‘sma yoki tiqilgan tosh sababli to‘liq okklyuziyada tashqi drenajlash bajariladi: kateter obstruksiya soxasi ustida o‘rnatiladi. Gepatikoxoledoxda stenotik zararlanishlar aniqlanganda xoledoxolitiazda tashqi-ichki drenajlash bajariladi, gepatikoxolangiostomaning distal qismini o‘t yo‘li segmenti bo‘shlig‘iga yoki o‘n ikki barmoq ichakka o‘rnatilib, birmuncha fiziologik drenajlash xosil qilinadi. Biliar bosim normaga tushgandan keyin 2-3 kun o‘tgach, xolangit hodisasi bo‘lmaganda yoki birmuncha kamayganda tashqi-ichki kateterning tashqi uchi berkitiladi va drenajlash butunlay ichki drenajlashga utkaziladi. Xar kuni o‘tni bakteriologik analiz qilinadi: ekspress-bakterioskopiya va o‘t suyuqligini ekish.

Davolashning bu bosqichidan maqsad o‘tning ichakka normal oqishini tiklashdan iborat. Xoledox terminal bo‘limi va katta duodenal surg‘ich stenozlarida stenozlangan uchastkani Gryunsig kateteri bilan ballonli dilatatsiya qilinadi.

Xoledoxolitiazda Oddi sfinkteri oldindan kengaytirilgandan keyin spazmolitik terapiya zaminida toshlar tushiriladi.

Xoledoxolitiazni davolashning yangi usuli - teri orqali jigar orqali drenajlab, keyin konkrementlarni tarkibida monooktanoin, mono-va diglitseridlar, xenodezoksixolat kislota kabilarni tutadigan eritmalar bilan eritish tobora diqqatni tortib kelmoqda.

Xozirgi vaqtda o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda jaxon amaliyotida ekstrakorporal ligotripsiya metodi qo‘llanilmoqda. Metod o‘t toshlarini zarbali to‘lkinlar bilan mayda fragmentlargacha parchalashga asoslangan. Obturatsion sariqlikda jigardan tashqaridagi o‘t yo‘llarini teri orqali jigar orqali endoprotezlash metodi istiqbolli xisoblanadi. O‘t yo‘lining o‘sma bilan stenozlangan bo‘limiga rigid kateter - kateterga ulangan uzunligi 5 - 12 sm endoprotez transparietal kiritiladi. 2 sutka o‘tgach bu kateter chiqarib olinadi, endoprotez esa biliar yo‘lni umr bo‘yi palliativ drenajlashni ta'minlaydi.
4.2. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:
«QORA QUTIChA» USULINI QO‘LLASh.

Ushbu usul mashg‘ulot davomida xamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko‘zda tutadi, o‘qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.

Xar bir talaba qora qutichadan savol yozilgan kartochkani oladi.

Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So‘ngra javoblar muhokama qilinadi. Usulning ohirida o‘qituvchi berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.

Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.

Annotatsiya turlari:

Bemorda defekatsiya vaktida kup mikdorda axlatga aralashmagan xolda kirmizi kon chikishi kuchatiladi
«O‘RGIMChAK INI» USULINI QO‘LLASh.

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni ( javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirgi talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.
4.3. Taxliliy qism

Vaziyatli masala:

Bemor 32 yosh, shikoyati o‘ng qovurg‘a osti soxasidagi og‘riqqa, ko‘ngil aynishiga, holsizlikka. Kasallik boshlanishini ovqat qabul qilishi bilan bog‘laydi. Umumiy axvoli o‘rta og‘ir. Qorin yumshoq palpatsiyada o‘ng qovurg‘a osti soxasi og‘riqli. UTT da o‘t qopida soyalar aniqlanadi.

Sizning tashxisingiz.

A. Surunkali toshli xoletsistit*

B. Gepatit

V. Yara perforatsiyasi

G. O‘tkir xoletsistit

D. Pankreatit


5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (qiyosiy tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, parxez, UTT va rejali davo buyurish ).


1. QIYOSIY TASHXIS O‘TQAZISH VA SO‘NGI TASHXISNI ASOSLASH.

Maqsad: qiyosiy tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslashni o‘rgatish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1.

Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o‘xshash bulgan kasalliklarni keltirib o‘tish

0

25

2.

Asosiy klinik sindromlarning differensial tashxisini o‘tka-zish

0

35

3.

Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asosla-nib va differensial tashxis utkazib sungi tashxisni qo‘yish

0

40




Jami

0

100

2. TO‘G‘RI PARXEZ VA REJALI DAVONI BELGILASH.



Maqsad: Kasallikni davolash va remissiyaga erishish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1.

Pevzner bo‘yicha davo parxezlarining xarakteristikasini o‘rganish

0

10

2.

Tashxisga mos ravishda parxez stolini to‘g‘ri tanlash

0

10

3.

Parxezning sifatini baholash

0

20

4.

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib asosiy terapiyani tayinlash

0

20

5.

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib simptomatik terapiyani tayinlash

0

20

6.

Profilaktik choralar

0

20




Jami

0

100

3. ME'DANI ZONDLASH



Maqsad: me'da maxsulotlaridan asfiksiya yuzaga kelishini oldini olish, me'dani bushatish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1.

Bemorni tinchlantirish, manipulyasiyani tushintirish.

0

10

2.

Rezina perchatkani kiyish.

0

10

3.

Ogiz bushligi va me'dagacha bulgan masofani ulchash.

0

10

4.

Burun teshigi orkali vazilinlangan me'da zondini kirgazish.

0

10

5.

Shprits-Jane yerdamida me'da ichidagi maxsulotni surib olish.

0

10

6.

Zondni bint bilan bemor boshiga fiksatsiya kilish.

0

10

7.

Zondni fiziologichesk eritma bilan yuvish, zond me'da devoriga yepishib kolmasligi uchun uni kimirlatib turish.

0

10

8.

Kayta zond orkali me'da maxsulotlarini surib olish

0

10

9.

Ishlatilgan jixozlarni dezeritmaga solinigan idishga solish.

0

10

10.

Perchatkilarni yechish va ularni dezeritmaga solish.

0

10




Jami

0

100


6. Bilim va ko‘nikmani nazorat qilish shakllari

1. Og‘zaki;

2. Yozma;

3. Vaziyatli masalalarni yechish;

4. O‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni namoyish qilish.
7. Joriy nazoratni baholash mezoni




O‘zlashtirish

% va balda



Baho

Talabaning bilish darajasi

1

96-100%

A'lo

“5”


Ushbu kasallikning ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, asoratlar bo‘yicha berilgan savollarga to‘liq javob beradi. Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi. Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi. Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi. Barcha test savollarini va vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha oladi. Savollarni mohiyatini tushunadi, to‘g‘ri javob beradi, ishonch bilan aytib beradi, aniq tasavvurga ega.

2

91-95%

A'lo

“5”


Ushbu kasallikning ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, asoratlar bo‘yicha berilgan savollarga to‘liq javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi. Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi. Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi. Vaziyatli masalalarni 1 xatolik bilan to‘g‘ri yecha oladi. Test savollarini 1 xatolik bilan to‘g‘ri yecha oladi. Savollarni mohiyatini tushunadi, to‘liq javob beradi, ishonch bilan aytib beradi.



3

86- 90%

A'lo

“5”


Ushbu kasallikning ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, asoratlar bo‘yicha berilgan savollarga to‘liq javob beradi. Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi. Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi. Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi. Vaziyatli masalalarni 2-3 xatolik bilan to‘g‘ri yecha oladi. Test savollarini 2-3 xatolik bilan to‘g‘ri yecha oladi. Savollarni mohiyatini tushunadi, 1 savolga noaniqlik bilan javob beradi.

4

81-85%

Yaxshi

“4”


Ushbu kasallikning ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, asoratlar bo‘yicha berilgan savollarga to‘liq javob beradi. Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi. Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi. Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi. Vaziyatli masalalarni 2-3 xatolik bilan to‘g‘ri yecha oladi. Test savollarini 2-3 xatolik bilan to‘g‘ri yecha oladi. Savollarni mohiyatini tushunadi, 2-3 savolga noaniqlik bilan javob beradi.

5

76-80%

Yaxshi

“4”


Ushbu kasallikning ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, asoratlar bo‘yicha berilgan savollarga to‘liq javob beradi. Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi. Vaziyatli masalalarga to‘liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi. Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi. Vaziyatli masalalar, test va savollarga 3-4 xatoliklar bilan javob beridi.

6

71-75%

Yaxshi

“4”


Ushbu kasallikning ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, asoratlar bo‘yicha berilgan savollarga to‘liq emas, ammo to‘g‘ri javob beradi. Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi. Vaziyatli masalalarga to‘g‘ri javob beradi. Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi. Test va savollarga 3-4 xatoliklar bilan javob beridi.

7

66-70%

Qoniqarli

“3”


Ushbu kasallikning ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, asoratlar bo‘yicha berilgan savollarga to‘liq, ammo 60%ga to‘g‘ri javob beradi. Xulosa qabul qiladi, ammo qaror qabul qila olmaydi, har doim ham mustaqil mushohada yurita olmaydi. Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, to‘liq asosli javob beradi. Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi va ijodiy yondasha oladi, amalda qo‘llay oladi. Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.

8

61-65%

Qoniqarli

“3”


Ushbu kasallikning ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, asoratlar bo‘yicha berilgan savollarga to‘liq emas, ammo 50%ga to‘g‘ri javob beradi. Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, har doim ham mustaqil mushohada yurita olmaydi. Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, har doim ham to‘liq asosli bo‘lmagan javob beradi. Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi, har doim ham asosli xulosa qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi. Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.

9

55-60%

Qoniqarli

“3”


Ushbu kasallikning ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, asoratlar bo‘yicha berilgan savollarga to‘liq emas, ammo 50%ga to‘g‘ri javob beradi. Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to‘g‘ri, to‘liq asosli bo‘lmagan javob beradi. Interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda qatnashadi, har doim ham asosli xulosa qabul qila olmaydi, amalda qo‘llay olmaydi. Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to‘g‘ri javob beradi.



10

50-54%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/5 qismiga to‘g‘ri javob beradi. Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda yechadi.

11

46-49%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/4 qismiga to‘g‘ri javob beradi. Vaziyatli masalalarni noto‘g‘ri, asossiz yondogan holda yechadi..

12

41-45%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/5 qismini xatolik bilan o‘zlashtiradi. Berilgan savolga noto‘liq va qisman noto‘g‘ri javob beradi.

13

36-40%

Qoniqarsiz

“2”


Berilgan savollarni 1/10 qismini noto‘g‘ri o‘zlashtiradi.

14

31-35%

Qoniqarsiz

“2”


Savollarga noto‘g‘ri javob beradi.


8. Mashg‘ulotning texnologik kartasi



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiy-ligi (90 min.)

1.

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash).




5

2.

Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar (kichik guruhlar, munozara-bahs, vaziyatli masala, «qorbo‘ron», «aylana stol» va h.k.), shuningdek, ko‘rgazmali materiallar (slayd, audio-videokasseta, mulyaj, fantom, EKG, rentgenogramma va h.k.) ni qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish.

so‘rov, tushuntirish

25

3.

Muhokamaga yakun yasash.




5

4.

Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish. Mavzu bo‘yicha bemorlarni ko‘rish.




10

5.

Amaliy ko‘nikmani o‘zlashtirish bo‘yicha talabalarni mustaqil ishi.




15

6.

Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash.

og‘zaki so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalari­ni tekshirish

25

7.

Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami).

Axborot, mustaqil tayyorlanish uchun savollar

5


9. Tekshiruv savollari

  1. Ushbu kasallikning xakida tushuncha, etiopatogenezi, klinikasi, tashxisi va davolash yo‘llari.

  2. Ushbu kasallikning davolash xususiyatlari.

  3. Tashxis ko‘yishga va jarroxlik amaliyotiga tayyorlashga o‘rgatish.

  4. Ushbu kasallikning ning jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatmalari.


10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red. M.I.Kuzina., Meditsina, Moskva. 2002.

6. Operatsii na organax bryushnoy polosti. Voylenko I. GEOTAR. Moskva. 2000.

7. Chastnaya xirurgiya. Yu.L.Shevchenko. SpetsLit. Sankt Peterburg. 2000.
II. Qo‘shimcha:

8. Federov I.V. i dr. Endoskopicheskaya xirurgiya . Moskva. GEOTAR. 2006.

9. Astapenko V.G. Prakticheskoe rukovodstvo po xirurgicheskim boleznyam. Minsk, 2004.

10. E.Itala Atlas abdominalnoy xirurgii. 1,2,3 tom. Moskva. Meditsinskaya literatura. 2006.

11. Illyustrirovannoe rukovodstvo po endoskopicheskoy xirurgii. S.I. yemelyanov Meditsinskoe informatsionnoe agentstvo. Moskva. 2004.

12. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g.

13. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

14. Xoledoxolitiaz – Maystrenko N.A.2000.

15. Atlas operatsiy na jelchnix putyax, Krasilnikov D.M., Mavrin M.I., Mavrin V.M. 2000.

16. Laparoskopicheskaya i torakoskopicheskaya xirurgiya – Konstantin Frantzaydes. 2000.

17. Rukovodstvo po xirurgii jelchnix putey – Galperin E.I.2009g

18. Zdraviy smisl v neotlojnoy abdominalnoy xirurgii – Moshe Shayn.2003g



19. Maloinvazivnie vmeshatelstva v abdominalnoy xirurgii . Timoshin A.D. Triada-x. Moskva 2003

20. Mavzuga doir internet manzillar: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www.omoc.su, www.medline.ru
Yüklə 152,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə