Zulayho Temirov 3-o‘quv topshiriq



Yüklə 58,56 Kb.
səhifə1/3
tarix05.01.2023
ölçüsü58,56 Kb.
#98215
  1   2   3
3-ўқув топшириқ ТА (1)




Zulayho Temirov


3-o‘quv topshiriq



  1. FSMU jadvalini to`ldiring.

Savol: Nima uchun pedagog shaxsi va unga qo‘yilgan talablar ta`lim jarayoninig muhim elementi hisoblanadi?



F



O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. U eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi darkor. O‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o‘quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini eʼtirof etishi, ularning yana-da boyishiga ishonch bildirishi u bilan ijobiy munosabat o‘rnatishga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi kasb etikasi nuqtayi nazaridan talab va qoidalarga kiradi. O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-eʼtibor qozonishini taʼminlaydi. O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat maʼnaviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini namoyon eta olishi, yetuk pedagog sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishni o‘zining kasbiy burchi, deb bilishi kerak. Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, taʼlim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor bo‘lish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish asosida rivojlanib boradi. Yosh, shuningdek, taʼlim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zini kasbiy jihatdan takomillashtirish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga taʼminlanadi. Jumladan, mustaqil o‘qib-o‘rganish, yaʼni pedagogika olamida ro‘y berayotgan yangiliklar haqida maʼlumotlarni beruvchi ilmiy adabiyotlar, Internet materiallari, bosma ommaviy axborot vositalarida chop etilayotgan xabarlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni o‘qib tahlil qilish va umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash bo‘yicha o‘z ustida doimiy izlanish olib borishi kerak. Respublikamiz misolida oladigan bo‘lsak, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufidagi Bosh ilmiy-metodik markaz qoshida tashkil etilgan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq hamda mintaqaviy markazlarida kasbiy malakalarini oshirish, xalq taʼlimi tizimi bo‘yicha esa Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida bo‘lgan Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti hamda Respublika taʼlim markazlarida o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirib borish, doimiy ravishda ilmiy anjumanlar – nazariy va amaliy konferensiya va seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglarda faol ishtirok etish, O‘zbekiston va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida ularning ish tajribalarini o‘rganish yoki stajirovka o‘tash orqali amalga oshiriladi.

(Fikringizni bildiring)



S

O‘z davrining mashhur pedagog-gumanisti, chexlik yozuvchi Yan Amos Komenskiy o‘qituvchining bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga katta baho berib, o‘qituvchilik “yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” ekanligini yozib qoldiradi. Muallifning fikricha, pedagog o‘z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Yan Komenskiy o‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quvchilarga otalardek muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy eʼtiqod fazilatlarining namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiq ekanligiga urg‘u beradi. Taniqli rus pedagogi va adabiyotshunosi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy o‘qituvchi maʼnaviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish zarurligi to‘g‘risida o‘z g‘oyalarini fikrlarida ilgari suradi. Mazkur g‘oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi jarayon – o‘qituvchilarni tayyorlovchi tizimni ilk bor asoslaydi.

(Bildirilgan fikrga sabab ko`rsating)



M

Bugungi kunda esa mamlakatimizda 2020-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun va unda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarni amaliyotda yangicha uslublar asosida qo‘llash Respublika maktabgacha taʼlim, oliy va o‘rta maxsus taʼlim hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining maʼnaviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog‘liqdir. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilish mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Biror bir inson pedagoglik kasbini tanladimi, demak, u albatta, pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablarga ham har tomonlama mos bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning maʼnaviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? O‘qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus maʼlumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda taʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs sanaladi. Bizning nazarimizda, zamonaviy o‘qituvchi-bakalavr qiyofasida ijobiy fazilatlar namoyon bo‘la olishi kerak. So‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o‘qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va masʼuliyatlarni o‘zida umumlashtiradi. Demak, o‘qituvchi-bakalavr jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli maʼlumotlarni bera olishi, zamonaviy o‘qituvchi sifatida ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan doimo xabardor bo‘lishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega, o‘z ustida tinimsiz izlanishi, pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, taʼlim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi, taʼlim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga hamda ijodkorlik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi, yuksak darajadagi pedagogik mahorat, jumladan, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika – nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest kabi jarayon qoidalarini chuqur o‘zlashtirib olgan bo‘lishi, nutq madaniyatiga amal qilishi, yaʼni uning nutqida jozibadorlik, aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik va turli dialektal so‘zlardan holilik aks etgan bo‘lishi, shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.

(Ko`rsatilgan sababgd misol keltiring)



U

o‘rnida shuni qayd etish joizki, “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun Yangi O‘zbekiston taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini o‘zida aks ettirgan yangi va o‘z o‘rnida xalqchil muhim yuridik hujjat bo‘lib, mamlakatimiz taʼlim sohasining istiqboli uchun yo‘llanmadir. Mazkur Qonun g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida pedagog kadrlar muhim rol o‘ynaydilar. Komil inson va yetuk malakali mutaxassis maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida tarbiyalanar ekan, ushbu jarayonda o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ularning shaxsida bir qator ijobiy maʼnaviy-axloqiy sifatlar namoyon bo‘la olishi maqsadga muvofiq sanaladi. Qolaversa, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan jamiyatda o‘qituvchi va murabbiylarning obro‘-eʼtibori va maqomini ko‘tarish, o‘quv dasturlari va metodikasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, maktabni taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bog‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib, o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va rag‘batlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilmoqda. Mamlakatimizda xususiy taʼlim muassasalariga keng sharoit yaratilayotgani bois eksperiment tariqasida kam quvvatda ishlayotgan maktablarni tanlov asosida salohiyatli talabgorlarga ishonchli boshqaruvga berish takliflarining bildirilayotganligi, shuningdek, taʼlimning ushbu jarayoniga Davlat rahbari darajasida qaratilayotgan eʼtibor – biz kabi bo‘lajak pedagoglarga ham pedagog shaxsi va unga qo‘yilayotgan talablarga mos tarzda sifatli taʼlim olib, o‘z ustimizda tinim bilmay ishlashimiz uchun masʼuliyatli daʼvat hisoblanadi. Zotan, yurtimizning kelajak avlod vakillarini ayni vaqtda biz kabi oliy taʼlimda tahsil olayotgan yosh pedagoglar tarbiyalaydilar.


(Fikrlaringizni umumlashtiring)





  1. Yüklə 58,56 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə