" " fanidan himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani


O`simliklarning havodan oziqlanishi



Yüklə 153,97 Kb.
səhifə12/15
tarix27.09.2023
ölçüsü153,97 Kb.
#123925
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
o‘simlikning tashqi belgilari va kimyoviy tarkibiga qarab oziq elementlariga bo‘lgan talabini aniqlash

2.4 O`simliklarning havodan oziqlanishi
Siz biror marta daraxtni bagʻringizga bosganmisiz? Agar yoʻq boʻlsa, bu borada biroz oʻylab koʻrishingizni tavsiya qilamiz. Shuni unutmaslik kerakki, biz – butun insekundt bu hayotda mavjudligimiz uchun yorugʻlik energiyasini oʻzida ushlab qoluvchi oʻsimliklar va boshqa tirik organizmlar oldida qarzdormiz. Quyosh ekotizimlarni doimiy energiya manbai bilan taʼminlagani bois ham Yer yuzida hayot mavjud.
Insonlar bilan bir qatorda barcha organizmlar oʻsish, rivojlanish va koʻpayishda metabolik reaksiyalarni amalga oshirish uchun energiyadan foydalanadi. Ammo organizmlar oʻzlarining metabolik ehtiyojlari uchun yorugʻlik energiyalaridan toʻgʻridan toʻgʻri foydalana olmaydi. Aksincha, yorugʻlik energiyasi birinchi navbatda fotosintez reaksiyalari yordamida kimyoviy energiyaga aylanishi kerak boʻladi.
Fotosintez ekotizimni organik uglerod va energiya bilan taʼminlashdan tashqari, Yer atmosferasining shakllanishida ham katta oʻrin tutadi. Fotosintez qiluvchi organizmlarning aksariyati ikkilamchi mahsulot sifatida kislorod gazini hosil qiladi. Hozirgi kunda mavjud boʻlgan sianobakteriyalarga oʻxshash bakteriyalarda fotosintezning paydo boʻlishi 333 milliard yil oldin Yerdagi hayotni butunlay oʻzgartirib yuborgan " start superscript, va superscript" Ushbu bakteriyalar oʻzlari ishlab chiqargan kislorodni asta-sekin Yerning kislorod kam boʻlgan atmosferasiga ajratib turgan va kislorod konsentratsiyasi koʻpayishiga sabab boʻlgan. Ushbu jarayon natijasida aerob hayot shaklida yashovchi organizmlar – hujayraning nafas olishi uchun kisloroddan foydalanuvchi organizmlarning evolyutsiyasiga taʼsir koʻrsatdi. Ushbu farazga koʻra, agar oʻsha fotosintezlovchi organizmlar boʻlmaganda, hozir Yer yuzidagi koʻplab boshqa jonzotlar kabi biz ham mavjud boʻlmas edik.
Fotosintez (foto... va sintez) — yuksak oʻsimliklar, suvoʻtlar va ayrim fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofill va boshqa fotosintetik pigmentlar oʻzlashtiradigan yorugʻlik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil boʻlishi. Fotosintez tabiatda sodir boʻladigan eng , muhim biologik jarayonlardan biri. Fotosintezda kuyosh energiyasi organik birikmalardagi kimyoviy energiyaga aylanadi. Fotosintez da hosil boʻlgan organik birikmalar barcha tirik organizmlar uchun asosiy hayot manbai hisoblanadi. Fotosintezda barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod atmosferaga ajralib chikadi.
Fotosintez haqidagi dastlabki maʼlumotlar ingliz botanigi va kimyogari S. Geyls (1727), rus olimi M.V.Lomonosov (1753) ishlarida keltiriladi. Ammo F.ni tajribalar orqali oʻrganish ingliz kimyogari J.Pristli (1771), golland tabiatshunosi J.Senebye (1782), shveysariyalik olim T. Sossyur (1804) va boshqalarning ishlari bilan boshlandi. Nemis fiziologi Yu.Saks (1863) barglardagi xloroplastlarda kraxmal sintezlanishini koʻrsatadi. Fotosintezda kislorod hosil boʻlishi jarayonini nemis fiziologi T.V.Engelman (1881) oʻrgangan. Fotosintezdada yorugʻlik nurining ahamiyati 19-asrning oʻrtalaridan oʻrganila boshlandi. Rus olimi K.A.Timiryazev (1875) yorugʻlik energiyasining oʻsimlikdagi xlorofill orqali fotosintetik oʻzgarishlar jarayonida ishtirok etishini koʻrsatdi. 19-asrning oʻrtalaridan boshlab fotosintezni oʻrganishda yangi metodlar (gaz analizi, izotop metodi, spektroskopiya, elektron mikroskopiya usullari va boshqalar) qoʻllanila boshlangandan soʻng F.da xlorofillning katnashish mexanizmlari ishlab chiqildi.
Rus biokimyogari A.N.Bax (1893) F. da SO2 assimilyatsiyasi suv vodorodi va gidroksil guruhi ishtirokidagi oksidlanishqaytarilish jarayonidan iborat ekanligi haqida fikr bildirdi.
Gollandiyalik mikrobiolog K. B. Van Nil bakteriyalar va oʻsimliklar fotosintezini solishtirib, birlamchi fotosintezning fotokimyoviy jarayoni suvning dissotsialanishidan iboratligini aniqladi.
Fotosintezlovchi organizmlar atmosferadan juda koʻp miqdordagi karbonat angidridni oʻzlashtiradi va karbonat angidrid tarkibidagi uglerod atomlaridan organik molekulalarni sintezlashda foydalanadi. Agar yer yuzidagi oʻsimlik va suv oʻtlari miqdori koʻpaymasa, atmosferada koʻp miqdorda gaz yigʻila boshlaydi. Bu esa issiqlikning toʻplanishi va iqlim oʻzgarishiga olib keladi. Koʻp olimlar oʻrmonlar va boshqa oʻsimliklar dunyosini saqlab qolish orqali karbonat angidrid miqdori ortib ketishining oldini olish mumkinligiga ishonadi.



Yüklə 153,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə