• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169
Strategik marketing (1)

«narx/ qoniqish» 
nisbatiga 
ko‘proq e’tibor beradigan qilib qo‘ydi. Endilikda iste’molchilar tovarning 
narxlari bilan uning tavsifnomalarini solishtirib ko‘rishga yaxshiroq tayyorlanganlar, 
ularning tovarning narxi maxsus talablarga kamroq darajada moslashtirilganligi 
tufayli arzonlashtirilgan deb qabul qilishga ko‘proq moyildir. Ko‘pgina g‘arb 
mamlakatlarida 
“markasiz” tovarlarning muvaffaqiyat qozonganligi ushbu 
evolyusiyani yana bir bor tasdiqlaydi. 
Shu munosabat bilan ba’zi sektorlarda va avvalo ommaviy iste’mol tovarlari 
sektorida tovarlarni ataylab soddalashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni 
cheklangan funksiyalarga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday tovarlar 
standartlashtirish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq 
daromad keltirmoqda. SHunday qilib, «kontrsegmentlash» - 
«narx/qoniqish»
mezoniga asoslangan segmentlashdir. 
Pozitsiyalash strategiyalari.
Firma maqsadli segmentni tanlab olgach, har bir 
segmentda qanday pozitsiyani egallash kerakligini hal qilishi kerak. Bu qarorning 
ahamiyati shundaki, u marketing dasturini ishlab chiqishda asos vazifasini o‘taydi. 
Pozitsiyalash firmaning maqsadli xaridorlar tomonidan qanday qabul qilinishini 
belgilaydi. Unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 
Pozitsiyalash -
tovarning imijini xaridorning ongida raqobatchi tovarlarnikidan 
farqli ravishda munosib o‘rin egallaydigan tarzda ishlab chiqish va yaratishdir. 
Bozorni pozitsiyalashtirish – bu alohida bozor segmentlarida mahsulot pozitsiyasini 
aniqlash 
texnologiyasidir. 
Pozitsiyalashtirishning 
maqsadi 

mavjud 
va 
shakllanayotgan fikrlarni tadqiq qilish, xaridorlar yoki ularning guruhini mahsulot 


73 
parametrlariga bo‘lgan munosabatini baholash tahlilidan, maqsadli bozorni ushbu 
segmentida mahsulotni raqobatli afzalligini ta’minlashda shunday tovar pozitsiyasini 
marketing chora-tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan tuzishdan iborat. 
Marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun maqsadli bozorni tanlash va 
pozitsiyalashtirish strategiyasi iste’molchilar bilan aloqalarni o‘rnatish, yangi 
tovarlarni ishlab chiqish, siljitish va boshqalar uchun asos hisoblanadi. SHunday 
qilib, pozitsiyalash strategiyasi differensiyalash strategiyasini amalga oshirish 
vositasidir. Odatda bu bosqichda quyidagi savollar vujudga keladi: 
-
Xaridorlar ko‘proq ijobiy nazar bilan qaraydigan (haqiqiy yoki his 
qilinadigan) xususiyatlar va yoki foydalar qanday? 
-
Raqobatlashuvchi markalar va firmalarning ushbu xususiyatlar va foydalarga 
nisbatan pozitsiyalari qanday qabul qilinmoqda? 
-
Muayyan 
segmentda 
potensial 
xaridorlarning 
istak-xohishlarini 
va 
raqobatchilar tomonidan egallab bo‘lingan pozitsiyalarni hisobga olgan holda qanday 
pozitsiyani egallagan ma’qul? 
-
Tanlab olingan pozitsiyani egallash va himoya qilish uchun qanday marketing 
vositalari mos keladi? 
Differensiasiyalangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab 
chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar 
uchun zarurdir. 
Mahsulot differensiasiyasi turli bozorga chiqishning keyingi imkoniyatidir. Bu 
birinchi navbatda tovar taqsimlashda diversifikasiya strategiyasini olib borishga 
asoslanadi. 
Konsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foydali 
segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni talab qiladi. Bu 
bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli 
marketing dasturi bilan yondashadi. O‘z mazmuniga ko‘ra, bu strategiya bozor 
chuqurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash 
kerakki, tovar ushbu firma va uning etkazib berish imkoniyatlari uchun ko‘proq mos 
keluvchi bo‘lib hisoblanadi. Konsentrlangan marketing strategiyasi ko‘proq kichik va 


74 
o‘rta korxonalar uchun mos keladi, chunki bozorning barcha segmentlarida ishlash 
uchun hamda katta etarli moliyaviy vositalarning bo‘lishi talab etilmaydi. 
Mahsulotni samarali pozitsiyalashtirish uchun talab va taklifning muhim 
tavsifnomalarini, xarid to‘g‘risida qaror qabul qilishda mo‘ljal bo‘lib hisoblanuvchi 
omillar ta’sirini o‘rganish zarur. Aniqlovchi omillar esa mahsulot sifati, sifat darajasi, 
ishonchliligi, tashqi ko‘rinishi va tovar raqobatbardoshligining boshqa ko‘rsatkichlari 
bo‘lishi mumkin. Bozorni pozitsiyalashtirishni to‘g‘ri tashkil etishning marketing 
rejasi va kompleksini samarali ishlab chiqish shart-sharoiti bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə