Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə55/109
tarix23.12.2023
ölçüsü3,87 Mb.
#157473
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

5.2. Inson ekologiyasi.
Mintaqamizda joylashgan Orol dengizining qurishi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik fojealardan biridir.
Orol dengizi – sayyoramizdagi eng qadimiy yopiq suv havzalaridan biri va u yirikligi jihatidan dunyoda to‘rtinchi o‘rinda bo‘lgan, boy tabiiy zahiralari bilan mashhur edi. Orolbo‘yi mintaqasi esa biologik jihatdan boy tabiiy muhit hisoblanardi. 1960 yilga qadar Orol dengizi maydoni 68,9 ming kv. km ga teng edi, suv hajmi 1083 kub. km ni tashkil etardi. Orol va Orolbo‘yi suv havzalarida 38 turdagi baliq bo‘lib, yiliga 30 ming tonnagacha baliq ovlangan. Orolbo‘yining keng hududlarida bir qator hayvon turlari – Buxoro kiyigi, jayron, Ustyurt tog‘ echkisi va sayg‘oqlarning ko‘p sonli populyasiyasi mavjud edi.
Bir paytlar Amudaryo deltasi florasi tarkibida 638 turdagi turli o‘simliklar mavjudligi ham ushbu mintaqaning naqadar boy bioxilma-xillikka ega bo‘lganidan yorqin dalolatdir.
Bugun Orol dengizining hajmi 13 barobarga, maydoni 7 barobarga qisqardi. Suv sathi 26m ga pasaydi, suv chegarasi yuzlab kilometrga chekindi. Suvning sho‘rlanishi, ya’ni minerallashuvi g‘arbiy qismida 120 g/l ga, sharqiy qismida 280 g/l gacha etdi.
Ekologik halokat oqibatlari Orol dengizi havzasida yashovchi millionlab odamlarning turmush tarziga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Bugun xalqaro miqyosdagi ekologik muammolarning murakkab majmui Orol fojiasida o‘z aksini topdi. Ochig‘i, mintaqadagi barcha jarayon va holatlar global iqlim o‘zgarishi sharoitida yanada keskin, shiddatli va murakkablikda namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda mavsumiy qurg‘ochilikning kuchayish tendensiyasi sezilarli ko‘lam kasb etgan. Bu esa Orolning qurish jarayoni mintaqa iqlim sharoiti o‘zgarishiga salbiy ta’sir o‘tkazayotganidan dalolat beradi. Orol fojiasi iqlim kontinentalligini keskinlashtirdi, natijada, yoz kunlari qurg‘oqchilik kuchayib, qishning sovuq kunlari esa aksincha uzaydi. Orolbo‘yida harorat 40°S dan yuqori bo‘ladigan kunlar soni 2 martaga ko‘paydi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlatlari aholisining suvga bo‘lgan talabi transchegaraviy daryolar - Amudaryo va Sirdaryo hisobiga qondiriladi. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, iqlim o‘zgarishi, global haroratning oshishi tufayli Amudaryo va Sirdaryoning suv zahirasi manbai bo‘lgan muzliklar 2015 yilga borib 15-20% ga kamayishi kutilmoqda. Bu esa hududimizda suv ta’minotining 20% gacha qisqarishiga olib kelishi mumkin. Tog‘ muzliklarining hajmi hozir yiliga 0,2 dan – 1 foizgacha kamayib borayotgani fikrimiz isbotidir.
Orol dengizining qurigan qismida maydoni taxminan 5,5 mln. ga bo‘lgan yangi cho‘l – Orolqum, oppoq tuz bilan qoplangan keng hududlar paydo bo‘ldi. Undan yuzlab kilometrga millionlab tonna tuz, chang va qumlarni tarqatuvchi dovullar ko‘tariladi.
Tuz shleyflari 400 km dan oshadi, qumli va tuzli buxronlarning ta’sir doirasi - 300 km gacha etmoqda. Har yili bu erdan atmosferaga 100 mln. tonnagacha qum aralash tuzli changlar ko‘tariladi. O‘tgan asrning 80-yillari boshidan boshlab bunday dovullar yiliga 90 kundan ortiq vaqt davomida tez-tez sodir bo‘lmoqda.
Orolbo‘yi cho‘llanishi er resurslarining degradatsiyasiga, tabiiy yaylovlar va pichanzorlar sifatining yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda, tuproqning sho‘rlanishi faollashib, u yil sayin yangidan-yangi maydonlarni qamrab olmoqda. Antropogen cho‘llanish natijasida Orolbo‘yining biologik unumdorligi 10 barobarga qisqardi. Ko‘pgina joylarda er va erosti suvlarida shu qadar ko‘p tuz to‘planganki, bu qishloq xo‘jaligi ekinlari etishtirishni qariyb imkonsiz qilib qo‘ymoqda.
Bugun shuni afsus bilan ta’kidlash kerakki, Orolbo‘yi o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondining yarmidan ko‘p yo‘q bo‘lib ketdi.
Ayni paytda, Janubiy Orolbo‘yida ko‘plab kichik ko‘llar sayozlashdi yoki qurib qoldi. Bu esa, o‘z navbatida, 800 ming gektar maydondagi mavjud butazor va to‘qayzorlarning 90%i, ular bilan birga, bu erda qo‘nim topgan jonivorlarning yo‘qolishiga olib keldi. Suv tanqisligi tufayli daryo bo‘yidagi o‘rmonlar, deltadagi yuzlab ko‘llar qurib qoldi.



Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə