Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


-mavzu: Biotsenoz xaqida ta’limot. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha. Organizmlar orasidagi munosabat tiplari, turlararo munosabatlar



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə46/109
tarix23.12.2023
ölçüsü3,87 Mb.
#157473
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

3-mavzu: Biotsenoz xaqida ta’limot. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha. Organizmlar orasidagi munosabat tiplari, turlararo munosabatlar


Reja:
1. Biotsenoz xaqida ta’limot
2. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha.
3. Antibioz, simbioz, neytralizm munosabatlar
Tayanch iboralar: biotsenoz, fitosenoz, zootsenoz, mikrosenoz, trofik aloqalar, forik munosabatlar, fabrik munosabatlarda, neytraliim, konkurensiya, amensalizjm, mutualizm

    1. Biotsenoz xaqida ta’limot.



Biotsenozlar tushunchasi, ta’rifi va asosiy belgilari, biotsenoz ichidagi munosabatlar Tabiyatda har xil turlar populatsiyalari birlashib, yuqori tuzilish va xususiyatlarga ega bo’lgan biologik birliklar yoki biotzenozlarni hosil qiladi. Biotsenozlar-bu o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar populatsiylari guruhidan iborat bo’lib, ma’lum joyda birlikda yashashga moslashgan biologik birlikdir. «Biotsenoz» atamasini 1877-yili nemis zoolog olim Myobius fanga kiritgan. Membius biosenozni quyidagicha ta'riflaydi, ya'ni:
1.Biosenozga ma'lum joyda uchraydigan mikro va makroskopik formalar, o'simlik va hayvonlarning hamma massasi kiradi;
2.Biosenozni hosil qiluvchi turlar bir-birlari bilan bog'langan va bir-birlariga qaramdir;
3.Biosenoz tashqi muhit omillari ta'siri ostida bo'ladi;
Quruqlikdagi biotsenoz bir xil yashash joyi, muhiti hududini egallasa, suv muhitidagi biotsenozlar suv havzalarining qismlari bo'yicha bo'linadi, har qanday biotsenoz va biotop (biologik organizmlar yashaydiganjoy) bilan dialektik birlik, yuqori darajada tuzilgan biogeosenozni hosil qiladi.
Biogeotsenoz turli katta-kichik ekosistemalarda bo'ladi va ko'p xil murakkabligi bilan farqlanadi. Masalan, o'rmon, tundra, dasht, cho'l biogeotsenozlari bir-birlaridan keskin farqlanadi.
Biotsenoz o'z navbatida quyidagi komponentlarga bo'linadi: fitosenoz — o'simliklar, zootsenoz — hayvonlar, mikrosenoz — mikroorganizmlar guruhlari.
Biotsenoz va uning komponentlarini bir-biridan ajratib bo'lmaydi, ularni har xil tur hamda darajadagi bir biologik uyushma deb qarash kerak.

Biotsenozda ekologik nisha tushunchasi



  • Turning umumiy biologik sistema ichidagi biotik munosabatlar va uning abiotik omillarga bo’lgan talabi, turning ekologik darajasi, yashash uchun ozuqa joyi-nishasi deb aytiladi.

  • Ekologik joy-nisha tushunchasi ancha keng, ya’ni makondagi nisha yoki makondagi ma’lum joy nisha; trofik nisha; ko’p gomerli yoki giper hajimli nisha kabilar tushuniladi

  • BiBiotsenoz ichida uchraydigan u yoki bu tur o'rtasidagi ko'p biotik munosabatlar — ozuqa va yangi yashash joyni egallash ularning biosenoz ichidagi hayotiy o'rnini aniqlaydi.

  • Professor V.N.Beklemishev tadqiqotlari bo'yicha biotsenozda turlararo bevosita va bilvosita munosabatlar quyidagi 4 turga bo'linadi, ya'ni: trofik, topik, forik va fabrik munosabatlar.

  • Ular quyidagicha ta'riflanadi:

  • 1) Trofik aloqalar, munosabatlar biosenozdagi bir turning ikkinchi tur bilan, uning tirik vakillari yoki o'lik qoldiqlari, mah-sulotlari bilan oziqlanish jarayonidan kelib chiqadi. Masalan, ninachilarning hasharotlar bilan oziqlanishi, qo'ng'izlarning molok go'ng arilar changi, yo'lbarslar turli o'ljalar, ularning qoldiqlari bilan oziqlanishi misol bo'ladi.

  • osenozda turlararo munosabatlar tarifi.

  • ) Tropik aloqalar, munosabatlar, bir tur hayot-faoliyati natijasida ikkinchi turning yashash muhiti, fizikaviy va kimyoviy sharoiti o'zgaradi, ya'ni bir tur ikkinchi tur uchun yashash mu-hitini yaratadi. Masalan, tirik organizmlar ichida uchraydigan ichki parazitlar yashashi uchun ot, sigir, odam tanasi muhit hisoblanadi.

  • 3) Forik munosabatlarda biosenozdagi bir tur ikkinchi turning tarqalishiga yordam beradi. Bu holatda tashuvchi vazifasini ko'pchilik hayvonlar o'taydi (zooxoriya); hayvonlar juni, tanasiga o'simlik urug'lari ilinib, yopishib bir joydan ikkinchi joyga tushadi.

  • 4)Fabrik munosabatlarda biosenoz ichidagi bir tur o'zining yashash joyi uchun ikkinchi tur qoldig'i, o'lik yoki tirik qismlaridan foydalanadi. Masalan, qushlar uya qurish uchun o'simlik bargi, poyasi, butalar shoxi, boshqa qushlar patlari, hayvonlar junlari, paxta va lattalardan ham foydalanadi. Daryolardagi toshlar ustida uchraydigan qurtlar loyqa, o'simliklar shoxi, poyasi, bargidan foydalanadi.

  • Biosenoz ichidagi har bir aniq tur o'zi uchun qulay fizikaviy muhitda yaxshi o'sadi, ko'payadi va rivojlanadi. Tur tarqalishida fiziologik va sinekologik optimumlar farqlanadi.

  • Fiziologik optimum — bu biotsenoz ichidagi turning o'sish, ko'payish va rivojlanishi uchun hamma abiotik omillarning qulay bo'lishidir.

  • Sinekologik optimum — bu biotsenoz ichidagi biotik aloqalar bo'lib, shu yerdagi tur boshqa turlar ta'siri (raqobati, yirtqichlar, parazitlar)dan holi sharoit turning yaxshi rivojlanishiga imkon beradi. Jumladan, don ekinlarining kushandasi gessen pashsha-sining ko'payib ketishiga, uning ashaddiy dushmani parazit pardaqanotli hasharotning kam bo'lishidir.

4.Biosenoz vaqt bo'yicha doim turg'un va bir xil holatda bo'ladigan guruhlardan iborat bo'ladi;
5.Biosenozni hosil qiluvchi vakillar o'z joylarida, biosenoz ichida ko'payish xususiyatlariga egadir.
Hozirgi vaqtda Membius ko'rsatib o'tgan biosenozning shu belgilari o'zining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolgan.
3.2. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha.
Jamoa — Ekosistemasining tirik ajralmas qismi bo‘lib, ma’lum bir hududni egallagan, bir-biriga o'zaro ta’sir qo'rsatuvchi populatsiyalar yig'indisi hisoblanadi.
Masalan, emanlar jamoasi yoki shuvoqlar jamoasi deganda ana shu hududlarda yashovchi barcha o‘simliklar va hayvonlami o'z ichiga oluvchi tirik organizmlar jamoasini e’tiborga olib, ularda emanlar va shuvoqlar us- tunlik qiladi. Shu sababli bu jamoalami emanlar yoki shuvoqlar jamoasi deb yuritiladi.
Ba’zi bir jamoalami aniqlash qiyinlik tug'diradi, chunki bu jamoaga kimvchi bir-birlari bilan o'zaro munosabatda bo'lgan komponentlar o'z chegarasidan tashqariga chiqib ketgan bo'lishi mumkin. Jamoa bu dinamik harakatda bo'lgan birlik bo'lib, unda har xil tropik darajada bo'lgan or­ganizmlar hayot kechiradi, jamoa orqali energiyalar oqimi hamda ozuqa moddalaming uzluksiz almashinuvi bo'lib turadi.
Jamoaning tizimi ma’lum vaqt ichida asta-sekinlik bilan shakllanadi. Bunga m iso I qilib, vulqonlar ta’sirida hosil bo'lgan yalong'och tog' jinslarida asta-sekinlik bilan jamoaning hosil bo'lish jarayonini model qilib olish mumkin. Bunday jinslarda tuproq hali hosil bo'lmaganligi sababli ularda daraxtsimon o'simliklar o'sa olmaydi. Biroq, har xil yo'llar bilan bu verlarga kelib qolgan suvutlari va lishayniklar o'sib joylashib oladilar va jamoaning dastlabki tizimini shakllantiradilan Sekin-asta halok bo'lgan va parchalangan suvo'tlari va lishayiiiklaming qoldiqlari bu yerlarda tuproq qatlamining hosil bo'lishiga olib keladi, natijada, bunday joylarda moxsi- monlar va paporotniklarning o'sishi va rivojlanishi uchun imkoniyat vu- judga keladi. Pirovardida ulardan so'ng yuqori taraqqiy etgan urug'li o'simliklaniing o'tsimon, bo'tasimon va hattoki daraxtsimon vakillari paydo bo'la boshlaydi. Ana shu yuqorida aytilgan sxemalardagidek ma’lum davr ichida bir turlarning ikkinchi bir turlar bilan almashinishi ekologik sulcsessiya deyiladi. Shunday jamoalarning hayvonlar dunyosida ham bir turning ikkinchi tur bilan almashinib turishi kuzatiladi. Bunday almashinib turishga turlarning almashinishi yoki qo'shni jamoalardan turlarning mi- gratsiyasi (kirib kelishi) sabab bo'ladi.
Tog' jinslaridagi dastlabki paydo bo'lgan suksessiyalar birlamchi sukses- siyalar deyiladi. Birlamchi suksessiyadan farq qilib ikkilamchi suksessiya deb ilgari tirik organizmlar yashagan qoldiqlari bo'lgan, biroq hozirgi kunda o'simliklari juda kam rivojlangan joylarda boshlanayotgan suksessiyaga ayti- ladi. Ana shunday ikkilamchi suksessilarga misol qilib, kesilgan o'rmonlarni, qishloq xo'jaligida foydalanib keliiigan, biroq kuygan va tashlab qo‘yilgan yerlarni olish mumkin. Ana shunday joylarda o'simliklarning sporalari, uaig'lari, vegetativ ko‘payish organlari (Udizpoyalar, piyozboshlar) saqlanib qolib, suksessiyaning shakllanisliiga ta’sir ko'rsatadilar. Birlamchi va ikkilam­chi suksessiyalarda ham uni o‘rab turgan flora va fauna hal qiluvchi rolni o‘ynaydi, ana shular ishtirokida suksessiyalar bo‘lib turadi.



Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə