Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


-mavzu: Amaliy va ijtimoiy ekologiya. Inson ekologiyasi. Zamonaviy ekologik muammolar



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə54/109
tarix23.12.2023
ölçüsü3,87 Mb.
#157473
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

5-mavzu: Amaliy va ijtimoiy ekologiya. Inson ekologiyasi. Zamonaviy ekologik muammolar


Reja:

1. Amaliy va ijtimoiy ekologiya.


2. Inson ekologiyasi.
3. Zamonaviy ekologik muammolar
.


Tayanch iboralar: amaliy ekologiya, ijtimoiy ekologiya, inson ekologiyasi,global, regional, local.
5.1. Amaliy va ijtimoiy ekologiya.
Bugungi kunda tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarda mutanosiblik yo‘qolgani, insoniyat tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlariga emas, aksincha, shaxsiy manfaatlariga asoslanib faoliyat ko‘rsatishi oqibatida tabiatdagi muvozanatning sezilarli darajada buzilgani, ya’ni dunyoning turli burchaklarida: suv toshqinlari, zilzilalar, o‘rmon yong‘inlari va boshqa shu kabi tabiiy ofatlar ro‘y berayotgani hech kimga sir emas. Inson tabiiy muhitga ta’sir etar ekan, uning o‘zi ham “aks ta’sir”ga duch kelmoqda. Bularning barchasi endilikda insonning o‘ziga va uning sog‘lom tabiiy muhitda yashashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tabiat boyliklaridan ekologik omillar hisobga olinmagan holda foydalanish tufayli atrof-muhitni ifloslantiruvchi sanoat va maishiy chiqindilarning hajmi keskin ortib borishi bilan insonning tabiatga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri kuchaymoqda.
XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida fan-texnika taraqqiyotining jadal sur’atlarda rivojlanishi, aholi sonining keskin oshishi tabiiy zaxiralardan keng foydalangan holda oziq-ovqat, yoqilg‘i, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlarni yanada ko‘p ishlab chiqarishni talab etmoqda.
Ma’lumki, so‘nggi 50 yil ichida er yuzi aholisi deyarli uch marotaba ko‘paygan, ro‘yxatga olingan transport vositalarining soni 10 marotaba, elektr stansiyalari quvvati 21 martaga, neft mahsulotlaridan foydalanish 7 marotaba, toshko‘mirdan foydalanish - 3,6 marotaba, gaz ishlatish – 15 marotaba ortgan, bug‘doy ishlab chiqarish 4 baravardan ko‘proqqa, yog‘och iste’moli 14 marotaba, alyuminiy ishlab chiqarish 15 baravarga, qog‘ozga bo‘lgan talab 5 baravarga hamda so‘nggi 40 yil davomida baliq ovlash yiliga 18 mln. tonnadan 100 mln. tonnaga oshdi.
SHuni qayd etish kerakki, er yuzida 2 mlrd.dan ziyod aholi toshko‘mirdan foydalanadi. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80 %i an’anaviy uglevodorod xom ashyosi asosida ishlab chiqariladi. Tabiiy boyliklarning 80% i 20 % aholi tomonidan iste’mol qilinadi.
Hozirgi davrga kelib, tabiiy zaxiralardan foydalanishning keskin ko‘payishi hamda insoniyatning tabiat qonuniyatlariga bo‘ysunmasdan unga ta’sir ko‘rsatishi oqibatida ekologik muammolarning dolzarbligi oshib bormoqda.
Ma’lumki, bugungi kunda sayyoramiz aholisining har oltinchisi ekologik nomaqbul hududda yashaydi. Achinarlisi, baliq zahiralarining 75%i yo‘qolib ketdi yoki yo‘qolish arafasida. Ta’kidlash lozimki, er yuzida yashovchi insonlarning har beshinchisi ovqatlanish ratsioniga baliq kiradi.
Butun sayyora bo‘ylab har o‘ninchi katta daryo bir necha oy mobaynida dengizga etib bormaydi. 1 mlrd. aholi sanitar normalariga javob beradigan xavfsiz ichimlik suviga ega emas. Har kuni dunyoda 5000 kishi ifloslangan ichimlik suvidan foydalanish oqibatida olamdan barvaqt ko‘z yumadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2025 yilga kelib, suv tanqisligidan 2 mlrd. aholi aziyat chekish ehtimoli bor.
Ekologik xavfsizlikning eng nozik va eng murakkab qirralaridan biri toza ichimlik suvi muammosi bugun dunyo aholisini jiddiy tashvishga solmoqda. CHunki ayni paytda jahon aholisining 40 foizi toza ichimlik suvi etishmaydigan joylarda yashamoqda. Bu holat 2025 yilga borib yanada murakkablashib, har o‘n odamdan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi toza ichimlik suvi tanqis bo‘lgan hududlarda yashash ehtimoli borligi bashorat qilinmoqda. Yiliga er yuzidan 13 mln. ga. o‘rmonzor yo‘qolib ketadi. amazoniya o‘rmonlari oxirgi 40 yilda 20%ga qisqargan. 2050 yilga kelib, hayvonot turlarinig 25%i yo‘qolib ketish xavfi ostida qolishi mumkin, har to‘rttadan bitta sut emizuvchi, har 8 tadan 1 ta qush, har 3 tadan 1 ta quruqlik va suvda yashovchi hayvon turlari. Biologik turlar tabiiy sur’atlardan 100 marotaba tezroq tugab bitishi xavfi bor.
Iqlim geografiyasi o‘zgarmoqda. So‘nggi 15 yil davomida o‘rtacha harorat eng yuqori ko‘rsatkichga etdi.
Iqlimiy o‘zgarishlarning ta’siri qutblarda, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Suv isishi jarayoni tezlashib bormoqda. Er shari qutb qopqog‘ining qalinligi so‘nggi 40 yilda 40% ga kamaygan. O‘rtacha harorat oshib borishi natijasida ichimlik suvi zaxiralarining 20 % ini tashkil etadigan Grenlandiya muzliklari erisa, suv sathi 7 metrga ko‘tariladi. Harorat oshishi sababli XX asrning o‘zidayoq dengiz sathi 20 sm.ga ko‘tarilgan.
Bu muammolar aynan bizning mintaqamiz uchun ham o‘ta dolzarbdir. Prezidentimiz “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ta’kidlaganlaridek, “Ekologiya muammosi Er yuzining hamma burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir”.

Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə