Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


-mavzu: Biosfera xaqida ta’limot



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə50/109
tarix23.12.2023
ölçüsü3,87 Mb.
#157473
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

4-mavzu: Biosfera xaqida ta’limot


Reja:

1.Biosfera tushunchasi, uning chegaralari takibiy qismlari va funksiyalarini.


2.Biosferada biosmassaning tarqalishi, moddalarning, energiyaning davriy aylanishining moxiyati va axamiyati.
3.Biogen igratsiyada qatnashuvchi asosiy guruxlarni – produtsentlar, konsumentlar, redutsentlarni.


Tayanch iboralar: biosfera, gaz almashinish funksiyasi, konsentratsiyalash funksiyasi, oksidlanish–qaytarilish funksiyasi, biokimyoviy funksiyalar, produtsentlar avtotrof organizmlar, biogen migratsiyasi
4.1.Biosfera tushunchasi, uning chegaralari takibiy qismlari va funksiyalarini.

Biosfera (yunoncha bios – xayot, sfera – shar so‘zlaridan olingan) tushunchasi fanga birinchi marta avstriyalik geolog olim E.Zyuss tomonidan tirik organizmlar yashaydigan er qobig‘ini belgilash maqsadida kiritilgan. Biosfera xaqidagi taolimotni rus akademigi V.I. Vernadskiy yaratgan va rivojlantirgan.


Biosfera- tirik organizmlar yashaydigan va ularning taosirida tinmay o‘zgaradigan er shari qobig‘ining bir qismidir. Erdagi xamma biogeotsenozlarning yig‘indisi umumiy ekologik sistema – biosferani xosil qiladi. SHunday qilib, biosferaning elementar (eng kichik) birligi biogeotsenozalar xisoblanadi.
Biosfera tirik va o‘lik tarkibiy qismlardan iborat. Sayyoramizda yashaydigan xamma tirik organizmlarning yig‘indisi biosferaning tirik moddasini tashkil etadi. Tirik organizmlar, asosan Erning gazsimon (atmosfera) suyuq (gidrosfera) qattiq (litosfera) geologik qobiqlarida joylashgan. Keyingi maolumotlarga qaraganda biosferaning yuqori chegarasi dengiz satxidan 22 km balandlikda, atmosferaning quyi qatlami troposferada joylashgan.
Xayot gidrosferaning xamma qismida hatto eng chuqur – 11 km gacha bo‘lgan joylarda xam uchraydi. Xayot erning qattiq qobig‘i litosferaning yuqori qatlamlarida 3-4 km chuqurlikkacha bo‘lgan masofada tarqalgan. Biosferaning quyi chegarasi okeanlarning eng chuqur joylariga va litosferada neftp bor bo‘lgan, anaerob bakteriyalar yashaydigan qismlariga tarqaladi. Biosferaning o‘lik tarkibiga atmosferaning, gidrosferaning va litosferaning moddalar va energiya almashinuvi jarayonida qatnashuvchi qismlari kiradi.
Sayyorada xayot chegaralari biosferaning chegaralarini aniqlaydi. Biosfera – Erning tirik organizmlar yashaydigan geologik qobiqlarining bir qismidir.
Biosferaning o‘ziga xosligi organizmlar faoliyati tomonidan iroda qilinuvchi moddalarning davriy aylanishidir. Biosfera energiyani tashqaridan – quyoshdan olgani uchun ochiq sistema xisoblanadi. Tirik organizmlar moddalar davriy aylanishini iroda qilib, sayyoraning yuzasini o‘zgartiruvchi kuchli geologik omil xisoblanadi.
Tirik moddaning funksiyalari. Tirik moddaning quyidagi asosiy biokimyoviy funksiyalari mavjud:
1) gaz almashinishi; 2) oksidlanish qaytarilish; 3) konsentratsiyalash, jamg‘arish; 4) biokimyoviy.
Gaz almashinish funksiyasi fotosintez va nafas olish jarayonlariga bog‘liq. Avtotrof organizmlarning organik moddalarni sintezlash jarayonida qadimgi atmosfera tarkibidagi korbonat angidrid ko‘p miqdorda sarflanadi. YAshil o‘simliklar toboro ko‘payib borishi bilan atmosferaning gaz tarkibi xam o‘zgara boshlaydi. Korbonat angidrid miqdori kamayib, kislorod orta boshlaydi. Atmosfera tarkibidagi kislorodning xammasi tirik organizmlar faoliyati natijasida xosil bo‘ladi. Nafas olish jarayonida kislorod sarflanib, karbonat angidrid xosil bo‘ladi va yana atmosferaga chiqariladi. SHunday qilib tirik organizmlarning faoliyati natijasida xosil bo‘lgan atmosfera xozirgi davrda xam ularning faoliyati tufayli saqlanib turadi.
Konsentratsiyalash funksiyasi – tirik organizmlar tomonidan atrof-muxitda tarkqalgan kimyoviy elementlarning to‘planishidir. O‘simliklar fotosintez jarayonida kimyoviy elementlarni tuproqda, kaliy, fosfor, azot, vodorod va boshqalarni, havodan uglerod olib xo‘jayraning organik moddalari tarkibiga kiritadi. Jamg‘arish funksiyalari tufayli tirik organizmlar ko‘p miqdorda cho‘kma jinslarni, masalan, bo‘r, ohak jinslarini hosil qiladi.
Oksidlanish–qaytarilish funksiyasi – o‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘lgan kimyoviy elementlarning temir, oltingurgut, marganets, azot va boshqalarni aylanishini taominlaydi. Masalan: tuproqdagi xemosintezlovchi bakteriyalar ana shu jarayonlarini amalga oshiradi. SHuning natijasida N2S , temir rudasining baozi turlari, xar xil azot oksidlari xosil buladi.
Biokimyoviy funksiyalar tirik organizmlarning xayot faoliyati davomida va ularning o‘limidan keyin biokimyoviy jarayonlarni taominlaydi. Biokimyoviy funksiya organizmlarning oziqlanishi, nafas olishi, ko‘payishi, o‘lgan organizmlarning parchalanishi, chirishi bilan bog‘liqdir.
Biomassa, quruqlik yuzasi va okean biomassasi.
Biosferadagi tirik moddalarning umumiy massasi biomassa deyiladi. Xozirgi davrda Erda yashaydigan o‘simliklarning 500 mingga yaqin turi, xayyovonlarning esa 1,5 millonga yaqin turi aniqlangan. SHularning 93%i quriqlikda, 7%i esa suvda yashaydi.
Quyidagi jadvalda suvda xam quriqlikda yashovchi organizmlarning quruq massasi tonnalardan ifodalangan.



Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə