Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Biosferada biosmassaning tarqalishi, moddalarning, energiyaning davriy aylanishining moxiyati va axamiyati



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə51/109
tarix23.12.2023
ölçüsü3,87 Mb.
#157473
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

2.Biosferada biosmassaning tarqalishi, moddalarning, energiyaning davriy aylanishining moxiyati va axamiyati.
Okeanlar er yuzining 70 foizini egallashiga qaramay, Er biosmassasining 0,13 foizini xosil qiladi. O‘simliklar maolum bo‘lgan organizmlar turlarining 21 foizini, Er biomassasining 99 foizidan tashkil etadi. Xayvonlar turlari barcha organizmlarning 79 foizini qamrab olganiga qaramay, ularning biomassasidagi xissasi 1 foizdan kamroqdir. Xayvonlarning ichida 96 foizi umirtqasizlardan, 4 foizi esa umirtqalilardan iborat. Umirtqaliklarning esa faqat 10 foizi sut emizuvchilarga to‘g‘ri keladi. Keltirilgan mahlumotlar Erda yashaydigan organizmlarning asosiy kupchiligi xali evalyusiyada yuqori pog‘onaga ko‘tarilmaganligidan dalolat beradi. Tirik moddaldar o‘zining massasiga ko‘ra o‘lik moddalarning faqat 0,001 – 0,02 foizinigina xosil etsa xam, lekin biosferaning asosiy funksiyalarini amalga oshirishda eng muxim rol o‘ynaydi. Tirik moddalar biosferaning eng muxim tarkibiy qismi bo‘lib, geokimyoviy jarayonlar natijasida Erning boshqa qobiqlariga juda katta taosir ko‘rsatadi.
Quriqlik biomassasi. Quriqlik yuzasining turli qismlarida biomassaning miqdori bir xil emas. Qutblardan ekvatorgacha biomassa miqdori va organizmlar turlarining soni tobora ortib boradi. Ayniqsa, tropik o‘rmonlarda o‘simliklar turlari juda ko‘p bo‘ladi, zich va bir necha yaruslarda o‘sadi. Hayvonlar xam xar xil yaruslarda joylashadi. Ekvator biogeotsenozlarida xayot zichligi juda yuqori bo‘ladi Organizmlar o‘rtasida yashash joyi, oziq-ovqat, yorug‘lik, kislorod uchun kuchli raqobat kuzatiladi. Qktblarda buning aksini kuramiz. Odamning taosirida biomassa xosil bo‘ladigan maydonlar keskin o‘zgarishi mumkin. SHuning uchun xam sanoat va qishloq xo‘jalik maksadlarida tibiiy resursdan oqilona foydalanish zarur. Quruqlik yuzasining asosiy qismini tuproq biogeotsenozlari egallaydi. Tuproqning hosil bo‘lishi juda murakkab jarayon bo‘lib, uning tarkib topishida tog‘ jinslari birlamchi axamiyatga ega. Tog‘ jinslariga mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonlarning taosirida Erning tuproq qatlami asta-sekin shakllanadi. Organizmlar o‘zining tarkibida biogen elementlarini to‘playdi. O‘simlik va hayvonlar o‘lganidan, parchalanganidan keyin ulardagi elementlar tuproq tarkibiga o‘tib, biogen elementlar to‘planib boradi. SHuningdek oxirigacha parchalanib ulgurmagan organik moddalar xam tuprokda tuplanadi. Tuprokda tirik organizmlar xam zich joylashgan. Masalan, 1t qora tuproqda mikroorganizmlarning soni 25x108 ga etishi mumkin, 1 ga tuproqda 2,5 millionga yaqin yomg‘ir chuvalchangi yashashi mumkinligi aniqlangan. Tuproqda gazlar almashinishi xam tinmasdan davom etib turadi. Havo tarkibidagi kislorod o‘simliklarga yutiladi va kimyoviy birikmalar tarkibiga kiradi. Azot esa ayrim bakteriyalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Kunduzi tuproq qiziganda undan karbonat angidrid, vodorod sulg‘fid, ammiak ajraladi. SHunday qilib, tuproq biogen usulida xosil buladi. U anorganik va organik moddalardan xamda tirik organizmlardan tashkil topadi. Biosferadan tashqarida tuproqning hosil bo‘lishi mumkin emas. Tuproq tirik organizmlarning yashash muxiti bo‘lib, undan o‘simliklar o‘ziga oziq moddalar bilan suvni oladi. Tuproqda kechadigan jarayonlar moddalarning biosferada aylanishining tarkibiy qismini tashkil etadi. Odamning xo‘jalik faoliyati ko‘pincha tuproq tarkibining tobora o‘zgarishiga, undagi mikroorganizmlarning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun xam tuprqdan oqilona foydalanish tadbirlari ishlab chiqilishi zarurdir.
Okean biomassasi. Suv biosferaning muxim tarkibiy qismlaridan bo‘lib, tirik orgnizmlarning yashashi uchun eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Suvning asosiy qismi okean, dengizlardayu Okean va dengiz suvi tarkibiga 60 ga yaqin kimyoviy elementdan iborat bo‘lgan mineral tuzlar kiradi. Organizmlar xayoti uchun juda zarur bo‘lgan kislorod va karbonat angidrid gazlari suvda yaxshi eriydi. Suvdagi xayvonlar nafas olish jarayonida karbonat angidrid ajratadi. O‘simliklar fotosintezi natijasida esa suv kislorod bilan boyiydi. Okean suvlarining 200 m gacha bo‘lgan eqori qatlamida bir xo‘jayrali suv o‘tlari juda ko‘p bo‘lib, ular mikroplanktonni (yunoncha «planktos» - sayyor, ko‘chib yuruvchi degan so‘zdan olingan) xosil qiladi. Sayyoramizdagi fotosintez jarayonining 30 foizga yaqin suvda kechadi. Suv o‘tlari quyosh energiyasini qabul qilib, uni kimyoviy reaksiyalar energiyasiga aylantiradi. Suvda yashaydigan xayvonlarni oziqlanishida plankton asosiy axamiyatga egadir. Suvning tupiga yopishib xayot kechiradigan organizmlar bentos deb ataladi ( yunoncha «bentos» - chuqurdagi degan so‘zdan olingan). Okeanning tupida juda ko‘p bakteriyalar mavjud bo‘lib, ular organik moddalarni onorganik moddalarga aylantiradi. Gidrosfera xam biosferaga kuchli taosir ko‘rsatadi. Gidrosfera sayyorada issiqlik va namlikning taqsimlanishida, moddalar aylanishida muxim rol o‘ynaydi.



Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə