Sug'urta polisi
- sug'urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat.
Sug'urta polisida quyidagi rekvizitlar bo'lishi sharl: sug'urta kompaniyasining yuridik
manzili, sug'urtalanuvchining nomi, sug'urta obyekti. sug'urta mukofotining miqdori.
shartnomaning amal qilish muddati. Sug'urta qoplamasini to‘lashda sug'urtalanuvchi
sug‘urta polisini sug'urta kompanivasiga taqdim etishi zarur.
Sug'urta dalolatnomasi
- sug'urta hodisasi ro'v berganda sug'urta
kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada
mol-mulkning zararlanish
yoxud nobud bo'lish sabablari, ko'rilgan zarar miqdori va boshqa ko'rsatkichlar
bo'ladi.
Dalolatnomaga, zarur hollarda sug'urta hodisasi va mol-mulkning
zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlaming (yong'inga
qarshi kurash,
davlat avtomobil nazorati, qishloq xo'jaligi. veterinariya xizmati va boshqalar) yozma
hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug'urta munosabatlarida sug'urta dalolatnomasini
adjaster yoki avariya komissari tuzadi va mohiyatan avariya sertillkatiga vaqinlashadi.
Sug'urta mukofoti
— sug'urta xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lanadigan haq.
Sug'urta mukofotining miqdori sug'urta summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
Sug'urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan,
avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik javobgarligini
sug'urtasida sug'urta mukofoti aniq pul birligida ko'rsatiladi.
Sug'urta puli
- sug'urta majburiyatini bajarish hamda sug'urta opcratsiyalarini
moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida
yuridik shaxs maqomiga cga
bo'lmasdan o'zaro kelishgan holda bir qancha sug'urta kompaniyalarining ixtiyoriv
uyushmasi. Sug'urta puli, asosan, xavfli, yirik obyektlami sug'urtalash
maqsadida
tashkil etiladi. Har qavsi kompaniya o'z sug'urtalangan riskni pulga beradi va buning
uchun, pul orqali vig'ilgan sug'urta mukofotlarining bir qismini oladi.
Dostları ilə paylaş: