04-guruh talabasi Karimova Nilufar 6-Mavzu. Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari -o’quv topshiriq


Ijtimoiy ong mohiyati va uning shakllari



Yüklə 46 Kb.
səhifə3/5
tarix08.01.2023
ölçüsü46 Kb.
#98329
1   2   3   4   5
04-guruh talabasi Karimova Nilufar 6-Mavzu. Bilish nazariyasi a

5. Ijtimoiy ong mohiyati va uning shakllari
Ijtimoiy ong tabiiy va ijtimoiy vokelikning in’ikosi, jamiyatning muayyan davriga yoki qismiga tegishli bo`lgan umumiy xis-tuyg`ular, kayfiyatlar, qarashlar, G`oyalar, nazariyalar majmuidir.
Ijtimoiy ong tufayli jamiyatning o`z-o`zini anglashi sodir bo`ladi, kechayotgan jarayonlarga munosabati shakllanadi. Ijtimoiy o`zgarishlar bilan bir qatorda ijtimoiy ong ham o`zgarib rivojlanib boraveradi. Ammo bundan, aslo, ijtimoiy ongning taraqqiyoti faqat ijtimoiy vokelikdagi o`zgarishlargagina bog`liq ekan-da, degan xulosa kelib chiqmaydi. Zero, ijtimoiy ong o`z taraqqiyotida nisbiy mustaqillik harakteriga va ijtimoiy vokelikka faol aks ta’sir eta olish xususiyatiga ham egadir.
6.
Ijtimoiy ong va uning darajalari haqidagi muloxazalar yakunida ijtimoiy ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, fan, falsafa kabi shakllari ajratilishini ta’kidlash lozim. Bilish jarayonining bosqichlari.
Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt ( mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obʼyektiv dunyoning subʼyektiv inʼikosi. U sezgi aʼzolari orqali dunyo hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrimayrim, bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aklan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada kilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi.

Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə