1- bilet g‘arbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini o‘zaro taqqoslang



Yüklə 52,33 Kb.
səhifə1/12
tarix18.05.2023
ölçüsü52,33 Kb.
#110969
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9-sinf Tarix imtihon javoblari 2023



9-SINF TARIX FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI
2022-2023-o‘quv yili uchun
1- BILET
1. G‘arbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini o‘zaro taqqoslang.
Turk xoqonligi turli-tuman turkiy qabilalarai kuch bilan birlashtirish natijasida tuzilgan edi. Har bir qabilaning o’zi bir nechta urug’ birlashmasidan iborat bo’lgan. Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka intilganlar. Turk xoqonligi tasarrufida bo’lgan hududlardagi hokimlar mustaqil bo’lishni istar edilar.
Bu omillar xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan.
Bo’ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik nhvolini yanada og’irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirlarida ikkiga – Sharqiy turk xoqonligi va Garbiy turk xoqonligiga bo’linib ketadi.
Garbiy turk xoqonligi tasarrufiga o’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning bir qismi kirardi. Uning markazi Yettisuv edi. Garbiy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. Sharqiy xoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador ko’chmanchilar edi. Garbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi esa o’troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg’ul edi.
VII asrning birinchi choragida Garbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind daryosi bo’ylariga borib taqaladi. Xoqon To’n yabg’u (618-630) hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. Viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog’lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning "yabg’u" unvoni beriladi.
Natijada ular xoqonning noibiga aylanadilar. Shu bilan birga o’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari - tudunlar yuboriladi.
Biroq ichki kurash oqibatida Garbiy turk xoqonligi zaiflashib boradi.

Yüklə 52,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə