Курс иши doc



Yüklə 460,87 Kb.
səhifə1/8
tarix06.03.2022
ölçüsü460,87 Kb.
#84351
  1   2   3   4   5   6   7   8
Inson kamoloti va shaxsni rivojlanishda muhitning roli”.docx1.docx11243



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Boshlang’ich ta’lim fakulteti

5111700- Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi

2-kurs talabasi
Tursunaliyeva CHarosxonning
Tarbiyaviy ishlar metodikasi”

fanidan

KURS ISHI

MAVZU: “Inson kamoloti va shaxsni rivojlanishda muhitning roli”

Ilmiy rahbar: Muxammadiyeva X.K.

Toshkent 2022

MUNDARIJA

KIRISH 3

I. SHAXSNING IJTIMOIYLASHUV JARAYONI 5

1.1. Shaxs tushunchasi. Shaxs - tarbiyaning ob’ekti va sub’ekti 5

1.2 . Shaxs shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida tushuncha 12

II. SHAXS RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR 14

2.1. Shaxs kamolotida irsiyatning ta'siri 14

2.2. Shaxs rivojlanishida muhitning o’rni 17

2.3. Shaxs rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning ta’siri 21

Xulosa 26

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 28


.

2

KIRISH




Yuqori sinflarda bolalar shaxs boʻlib, jamoa boʻlib shakllanadi. Ayni oʻsha paytda ularni oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratib qoʻymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda taʼlim-tarbiyasiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shu bois taʼlim jarayonining usluksizligini taʼminlash, oʻquv dasturlarini takomillashtirish zarur.

SHAVKAT MIRZIYOYEV
Mavzuning dolzarbligi: Jamiyat bilan shaxsning munosabatlari, erkinligi uning xuquqi va burchlari, insoniy qadiryatlari xaqidagi muammolar barcha tarixiy davrda xam buyuk mutaffakirlarining etiborda turgan eng muhim masalalaridan bo’lib hisoblangan.

Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ajralmas xuquqi o‘z taqdirini o‘zi belgilash xuquqi ruyopga chiqarildi. "Respublika xaqiqatdan ham, uning milliy manfatlaridan kelib chiqqan holda, xalqning azaliy turmush tarzi an’analari, urf odatlari va kunikmalarini, beqiyos tabiiy boyliklarini xar tomonlama xisobga olish yuksaltirish amalda mumkin bo‘lib qoldi

Har tamonlama rivojlangan, barkamol shaxs fuqoroni shakllantirish g‘oyasi ishlab chiqildi va asoslab berildi. Prizidentimiz asarlarida "Kadrlar tayorlash milliy dasturida olga surgan" shaxs to‘g‘risida konsepsiya (g‘oyalar) milliy mustaqilligimiz sharoitida shaxsning mohiyati rivojlanishi, tarbiyasi, tarkib topishini istiqlol g’oyalari asosida izohlash taxlil etishga imkoniyat yaratdi.

«Milliy mafkuramiz xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin» nomli «Tafakkur» jurnalining (2- son, 1998 y) bosh muharriri bilan bo‘lgan muloqotida, 2000 yil iyun oyida «Fidokor» gazetasining muxbiri bilan «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» nomli muloqotlarida insonni ma’naviy – amaliy shakllanishida hayotiy jarayonning hamma jabhalari mohiyatli ekanligini asoslab berdi.

Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.”

SHAVKAT MIRZIYOYEV

Prezidentimiz «Sog‘lom avlod yili» ni e’lon qilar ekan: «Sog‘lom avlod deganda shaxsan men, eng avvalo sog‘lom naslni nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi, fikri sog‘lom, iymon – e’tiqodi butun bilim, ma’naviyati yuksak mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman», deb ta’kidlaydi.

Sog‘lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har bir inson, har bir oila, butun jamiyatdan jiddiy e’tibor va uzluksiz mehnat talab qiladi. Prezidentimiz fikrlarini

davom ettirar ekanlar: «…hech shubha yo‘q, sog‘lom avlod orzusi ajdodlarimizdan bizga o‘tib kelayotgan, qon – qonimizga singib ketgan muqaddas intilishdir. Agar ota – bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl – nasab, etti pushtining tozaligiga, avlodning sog‘ligiga juda katta e’tibor berganini ko‘ramiz. Sog‘lom bolaning tug‘ilishi, eng avvalo, onaning sog‘lig‘iga bog‘liq», deb ta’kidlaydi yurtboshimiz.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muhit ta’sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti faoliyati davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.

Mavzuning maqsad va vazifalari: Insonning shaxs sifatida shakllanish jarayoni, unga ta’sir etuvchi omillar, shaxsni shakllantirish jarayonida muhitning o‘rni haqida ma’lumotlarni o’rganish.


  • Shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni

  • Shaxs tushunchasini tahlil qilish;

  • Shaxs shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida tushuncha;

  • Shaxs kamolotida irsiyatning ta'siri;

  • Shaxs rivojlanishida muhitning o’rni;

  • shaxs rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning ta’sirini adabiyotlardan tahlil qilishdan iborat.

Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki bob, 5 paragraf, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

4

  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə