1- dars. Mavzu: informatika fani nimani o'rganadi sana: 7- sinf



Yüklə 81,57 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü81,57 Kb.
#159727
1   2   3   4
1-21430397159

Tarbiyaviy: Bilimga tasnalik ruhida tarbiyalash.

  1. Rivojlantiruvchi : Esda saglash malakasini o`stirish

g) Davlat ta`limi standartlarga asosan ta`lim mazmunining majburiy minimumi .
Axborotning ko`rinishlari. Axborotning asosiy xususiyatlari.Axborotning turlari
Dars tipi Yangi bilim beruvchi
(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –
tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)
Dars turi Disput
Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib o`rganish birgalikda o`qitish , sahnalashtirish ,
hamkorlik , ponarama , viktorina , disput , muloqot , mustaqil ijodiy faoliyat ,
zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.
(Dars turi belgilab olinadi va yoziladi .)
Dars metodlari: chuqurlashtirilgan maruza
Foydalanilgan adabiyotlar : 7- sinf darslik
Dars jihozi : Kurgazma,tarqatma kartochkalar, darslik.
Darsning plani.
Tashkiliy qism .
O`tgan mavzuni so`rash .
Yangi mavzuni o`rganish .
Darsni mustahkamlash
Uyga vazifa
Drsning borishi
Chaqiriq: O`tilgan mavzu bo`yicha savollar.
Ahamiyatni anglash:


Inson hayotiniaxborotsiztasavuurqilib bo'lmaydi. Axborotning esa hayotda har xil ko'rinishlari va turlari bor. Axborotning rasm, chizma, matn, jadval kabi ko'rinishlari bilan informatikafanida tanishgansiz. Umuman, olingan axborotdanfoydalana olishimiz uchun u qanday sifatlarga ega bo'lishi hamg'oyatda muhimdir.
Axborotning ko'rinishlari
Ma'lumki, bar bir inson moddiy ne'matlar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy va anjomlar va hokazo) bilan birga ular haqidagi axborotlarni (qanday maqsadda ishlatilishi, shakli, rangi, og'irligi, va hokazolarni) bilishi ham zarurdir.
Inson qo'li orqali jismning qattiq va tekisligini, tili orqali oziq ta'mini, burun orqali turli hidlarni biladi, qulog'i orqali har xil tovushlarni eshitadi, ko'zi orqali turli shakllarni, ranglarni yoki manzaralarni ko'radi, ya'ni sezgi organlari orqali turli axborotlar oladi.
Bundan kelib chiqadiki, axborotni hayotdan har xil ko'rinishlarda yoki shakllarda olish mumkin ekan:
rasm, chizma, fotosurat, yozuv; nur yoki tovushlar; har xil to'lqinlar; elektr va nerv impulslari; magnit yozuvlari; mimika; hid va ta'm; organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar va hokazo.

Informatika fanida axborotni yuqoridagi ko'rinishlardan ba'zilari orqali tasvirladingiz, ba'zilarini hayotda ko'rgansiz, ba'zilari bilan esa boshqa fanlar orqali tanishasiz.


Hayotda bir xil axborotni turli ko'rinishlarda tasvirlash mumkin. Masalan: Bugun do'stlarim bilan ... ....

















qorbobo yasadik


yulduzlarni tomoshaqildik.|


futbol oynadik



Informatikada narsalar, jarayonlar, moddiy va aomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi.
Axborotning asosiy xususiyatlari
Axborotdan hayotiy faoliyatimizda foydalana olishimiz uchun, asosan, quyidagi muhim uchta xususiyatga ega bo'lishi lozim:
> Axborot ma'lum darajada qimmatli bolishi lozim, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug'ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o'tishi bilan o'z qimmatini yo'qotishi mumkin. Masalan, "30-sentabr kuni tantana o'tkaziladi" degan axborot 1-noyabrda o'z qimmatini yo'qotadi.
> Axborot to'liqlik xususiyatiga ega bo'lishi lozim, ya'ni axborot o'rganilayotgan narsa yoki hoclisani har tarailama toliq ifodalashi lozim. Aks holda noto'g'ri tushunishga yoki xato qaror qabul qilishga olib keladi. Masalan, sinf rahbaringiznmg "Yakshanba kuni barchamiz teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida yig'ilsin" degan axboroti to'liq emas. Chunki, qaysi teatr, qaysi yakshanba, soat nechadaliginoma'lum.
> Axborot Ishonchli bo'lishi lozim. Aks holda undan foydalanish xato qaror qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi.

Masalan, hazilkash sinfdoshingizning "matematikadan bo'ladigan nazorat ishi qoldirildi" dcgan axborotiga asosan nazorat ishiga tayyorlanmaslik qanday natijaga olib kelishi murnkinligini tasawur qilishingiz qiyin emas.
Biror bir axborotda shu xususiyatlarning birortasining yo'qligi undan foydalanib bo'lmasligiga olib keladi. Yana sharoitdan kelib chiqib axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta'kidlab o'tish joiz.
Axborotni ishlatish maqsadidan kelib chiqib foydalilik yoki ortiqchalilik xususiyatlarini bilish zarur. Masalan, "2008-yilda daftarga tomoni 5 ta katakka teng bo'lgan kvadrat qizil rangda chizilgan. Uning yuzini hisoblang" masalasi uchun kvadrat tomonini bilish yetarli, lekin "2008-yilda" va "qizil rangda" kabi qo'shimcha berilishi ortiqcha axborotdir. "Tomoni 10 ga teng kvadratni perimetri 3 ga teng bo'lgan nechta to'g'ri to'rtburchak bilan to'ldirish muminligini toping." masalasiga qo'shimcha "tomonlari butun son bo'lgan" izoh berilishi masalani yechilishini ham osonlashtiradi, ham aniqlashtiradi (ikkala holda masalani yechimini toping).
Axborot turlari
Axborotlar yuqoridagi xususiyatlar bilan farqlanishidan tashqari shakliga ko'ra ikki: uzluksiz (analog) va uzlukli (diskret, raqamli) turlarga ajratiladi.
Ob-havo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo'ladi.
Ammo shunday jarayonlar ham borki, ular to'g'risida hamma vaqt ham axborot ola olmaymiz. Masalan, faqat soat va minutlarni ko'rsatadigan soat yordamida lahzalarni bilish mumkin emas. U uzuq shaklda faqat soat va minutlarni ko'rsatadi, holos. Inson hayoti uzluksiz axborotga misol bo'lsa, uning yurak urishi, nafas olishi uzlukli (chunki, qachondir nafas chiqarishi zarur) axborotga misol bo'ladi.
Axborot turlarini chizma ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
10

uzluksiz axborot uzlukli axborot
Endi borliqning ta'sirini inson ongida axborot ko'rinishida aks etishi jarayonini quyidagi ko'rinishda tasvirlashimiz mumkin:








ko'rish hid bilish
eshitish ta'm bilish tana orqali



Shuni ta'kidlash joizki, har kuni axborot haqidagi tailimingiz yangi ma'lumotlar bilan kengayib va chuqurlashib boradi.

Yüklə 81,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə